04.10.2025 yildagi PF-180-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida hayotiy qiziqishlarini shakllantirishni ragʻbatlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish orqali mamlakatimizga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi (keyingi oʻrinlarda — maxsus soliq rejimi) joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oʻzbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, maxsus soliq rejimi doirasida tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida turar joy koʻchmas mulk obyektiga ega boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maxsus soliq rejimi voyaga yetgan har bir yaqin qarindosh uchun 10 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlanganda mazkur Farmonning 2-bandida koʻrsatilgan chet el fuqarolarining yaqin qarindoshlariga nisbatan ham tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va Soliq qoʻmitasi uning ishchi organi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) chet el fuqarolari maxsus soliq rejimini olish uchun Komissiyaga Soliq qoʻmitasi orqali murojaat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) chet el fuqarolarining murojaatlari Komissiya tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va natijalari boʻyicha maxsus soliq rejimini taqdim etish yoki uni taqdim etishni rad qilish boʻyicha qaror qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Komissiyaning maxsus soliq rejimini taqdim etish boʻyicha qarorini olgan chet el fuqarolari maxsus vakolatli tijorat bankiga bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjaga kripto-hamyon ochish boʻyicha murojaat qiladi va maxsus yigʻimni toʻlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) maxsus soliq rejimi taqdim etilgan mijozlarning bank hisobvaragʻi yoki kripto-hamyoniga mablagʻlarni kirim qilish maxsus vakolatli tijorat banklari yoki kripto-birjalar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar va xavf-xatarlarni baholash natijalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, maxsus yigʻim toʻlagan mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi (ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga mulk yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyekti) boʻyicha 5 yilgacha muddatga ariza va maxsus yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat asosida bir kun muddatda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibini tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) chet el fuqarolarining maxsus soliq rejimini taqdim etish boʻyicha arizalarini koʻrib chiqish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) maxsus soliq rejimi taqdim etiladigan talabgorlarga qoʻyiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish muddati, uni uzaytirish yoki muddatidan oldin bekor qilish asoslari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha mazkur Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan tartibga soʻzsiz amal qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Markaziy bank — maxsus vakolatli tijorat banklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Istiqbolli loyihalar milliy agentligi — maxsus vakolatli kripto-birjalar roʻyxatlarini tasdiqlasin, ularni oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilsin va Soliq qoʻmitasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) maxsus vakolatli tijorat banklari va maxsus vakolatli kripto-birjalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va maxsus yigʻimni toʻlash boʻyicha toʻlov rekvizitlari oʻz rasmiy veb-sayti va boshqa axborot resurslarida eʼlon qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) maxsus soliq rejimini olish boʻyicha chet el fuqarolarining arizalarini qabul qilish va qayta ishlash boʻyicha axborot tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-180-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-180-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Komissiya raisi

D.R. Li

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari

N.N. Saydullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi, Komissiyaning ishchi organi rahbari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/180/0899-son)