1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.82.00 (Кучини йукотган) Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDAGI SHAHODATNOMANING DAVLAT NAMUNASINI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, yangi davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjatlarni berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi shahodatnoma blankalarini Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chop etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi taqdim etgan smeta asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablagʻlarni, ushbu maqsadlarga 2003-yil budjetida rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida, belgilangan tartibda ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 2-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyundagi 235-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SHAHODATNOMA

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyundagi 235-son qaroriga 1-ILOVAning davomi

A'LO DARAJALI SHAHODATNOMA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY OʻRTA TAʻLIM TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA DAVLAT NAMUNASIDAGI SHAHODATNOMA TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma 100x145 mm oʻlchovda, vertikal joylashgan, muqovasi toʻq havorang (aʼlo darajali shahodatnomaniki — toʻq kizil) rangda boʻladi. Muqovaning yuqori qismiga oʻzbek tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, quyi qismiga “SHAHODATNOMA” soʻzlari, aʼlo darajali shahodatnomada esa “SHAHODATNOMA” soʻzidan avval “AʻLO DARAJALI” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri oltin zar qogʻozda, issiq bosma usuli bilan tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqova yuqori sifatli, yeyilishga chidamli, qalinligi 300 mkm. materialdan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning ichki qismi qalin qogʻozga ofset bosma usulida ikki rangda: matn qismi qora va tasviriy elementlar havo (aʼlo darajali shahodatnomada oltin) rangda bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matn qismi oʻzbek tilida qora rangda bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning chap varagʻining yuqori qismida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY OʻRTA TAʻLIM TOʻGʻRISIDAGI SHAHODATNOMA” soʻzlari yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning chap varagʻida U harfi va yettita sondan iborat tartib raqami yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning chap varagʻi pastida va oʻng varagʻi yuqorisida oʻquv rejasidagi fanlar va ulardan olingan baholar (reyting ballari) hamda fakultativ kurslar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnoma sakkizta darajali himoyaga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 100% paxta, ultrabinafsha nurlarni aks ettirmaydigan, zichligi 180+5 g/m2 qogʻozdan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qogʻoz ultrabinafsha nurlarda koʻrinadigan koʻk va qizil rangli tolalardan hamda har tarafga tartibsiz tarzda joylashgan koʻrinmas koʻk va och yashil ranglardan iborat tolalarni oʻzida mujassam etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ikki qatlamdan iborat fonli toʻr ingichka chiziqli naqshdan iborat boʻlib, u nusxa koʻchirishga qarshi muhofaza sifatida xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Asosiy fonli toʻrdagi rasm turli kattalikda va notoʻgʻri shaklli doirachalardan, mayda elementli rasmdan iborat. Shahodatnomaning chap va oʻng varagʻi markazida diametri 48 mm. boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi havo (aʼlo darajali shahodatnomada — oltin) rangda bosilgan. Quyi qismida, rasm, shu ranglarda, qalinligi bir xil boʻlgan turli burchaklarga egilgan “xoch” deb ataluvchi chiziqlarga oʻtadi. Ular tutash ichki ikki betga va undan atrofiga nafis naqsh boʻlib oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoʻshimcha fon toʻri “tovlanish” usulida, yaʼni rasmning chiziqlarini buzmagan holda, bir rangdan ikkinchi rangga ravon tarzda oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ultrabinafsha ranglarda koʻrinadigan, ammo oddiy koʻrishda koʻrinmaydigan “Xumo” qushining tasviri ichki qismning chap va oʻng varagʻida joylashgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koʻp marotaba kattalashtirilganda koʻrinadigan mikromatn shahodatnomaning chap va oʻng varagʻida joylashgan boʻlib, u uzluksiz qaytariladigan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY OʻRTA TAʻLIM TOʻGʻRISIDAGI SHAHODATNOMA”, aʼlo darajali shahodatnomada esa “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY OʻRTA TAʻLIM TOʻGʻRISIDAGI AʻLO DARAJALI SHAHODATNOMA” soʻzlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yetti xonali seriya raqami flyuoressent boʻyogʻida bosilgan boʻlib, blanka ichki qismining chap varagʻida ultrabinafsha nurlari ostida yashil rangda tovlanib koʻrinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-iyundagi 235 -son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma davlat namunasidagi hujjat boʻlib, u oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida taʼlim olishni davom ettirish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida nizom asosida ishlab chiqilgan va u umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomalarni tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash va bitiruvchilarga berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shahodatnoma blankalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari hamda tasarrufida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning yozma buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan, muhofazalangan qogʻozda chop etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shahodatnoma blankalarini saqlash va hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida shahodatnoma blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish boʻyicha masʼul shaxslar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnoma blankalarini olish va tarqatishga buyruq bilan tayinlangan masʼul xodimlardan boshqa shaxslarni jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul shaxslar vaqtinchalik boʻlmagan yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda shahodatnoma blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan dalolatnoma boʻyicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shahodatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari shahodatnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligidan oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xalq taʼlimi boshqaruv idoralari hamda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yuboriladigan shahodatnomalar soni davlat statistika hisoboti asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari shahodatnoma blankalarini olganlaridan soʻng ularning sonini va tartib raqamlarini yuk xati boʻyicha tekshiradi. Tekshirish yakuniga koʻra shahodatnoma blankalarining qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri) va shahodatnomalarni saqlash uchun masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Dalolatnoma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga 5 kundan kechikmay joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalariga kelgan shahodatnomalar nazorat va tarqatish daftarida hisobga olinadi va qoʻriqlanadigan xonadagi seyf (poʻlat shkaf)da saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning tasarrufida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari shahodatnomalarni olgani toʻgʻrisidagi dalolatnomani bevosita Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Shahodatnomalar tarqatilgani haqidagi hisobot hamda ularni hisobga olish va oʻquvchilarga topshirishni qayd qilish daftarini Xalq taʼlimi vazirligining mazkur masala bilan shugʻullanadigan xodimi tekshiruvdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari shahodatnomalarni tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimi vakillariga ishonchnoma asosida beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlariga beriladigan rasmiy davlat hujjatlari soni IX sinflar boʻyicha yakuniy attestatsiyaga qoʻyilgan oʻquvchilar soni asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Taʼlim muassasalari direktorlari oʻquvchilarning yakuniy attestatsiyasi natijalariga koʻra tuzilgan baholar vedomostlarini va pedagogik kengashning umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani berish haqidagi qaroridan koʻchirmani tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridan shahodatnomalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining direktorlari olishadi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktorlarga shahodatnoma blankalarini berish taʼlim muassasasi pedagogik kengashining IX-sinf oʻquvchilarini yakuniy attestatsiyaga qoʻyish haqidagi qaroridan koʻchirma, VIII, IX sinf jurnallari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlari har bir taʼlim muassasasiga berilayotgan shahodatnoma blankalarining soni va ularning tartib raqamlarini hisobga olish va oʻquvchilarga topshirishning qayd qilish daftarida qayd etilishini qatʼiy nazoratga oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Umumiy oʻrta taʼlim dasturi boʻyicha yakuniy attestatsiya tugagandan soʻng, pedagogika kengashi qarori asosida maktabni bitirgan barcha IX sinf oʻquvchilari uchun shahodatnomalar toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Shahodatnomani toʻldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Shahodatnoma quyidagi hujjatlar asosida toʻldiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII va IX sinf jurnallari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shahodatnoma qora tush bilan oʻzbek tilida (lotin alifbosiga asoslangan harflarda), chiroyli, aniq qilib toʻldiriladi. Bitiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan aniq qilib yoziladi. Taʼlim muassasasining nomi, tartib raqami va joylashgan hududi ham toʻliq yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shahodatnoma direktor, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbari imzosi hamda taʼlim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. Muhr aniq va oʻqilishi oson boʻladigan holda tushiriladi. Gerbli muhri boʻlmagan shahodatnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Shahodatnomaga VIII, IX sinf oʻquv rejalarida koʻrsatilgan oʻquv fanlari boʻyicha baholar qoʻyiladi. Oʻquv fanlari boʻyicha (oʻquvchilarning bilim darajasini nazorat qilishning reyting tizimi boʻyicha ish olib borayotgan oʻquv muassasalarida) baholar raqam bilan, qavs ichida soʻz bilan—5 (aʼlo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli), sinov tizimida kiritilgan ayrim fanlar boʻyicha “sinovdan oʻtdi” deb belgilanadi hamda “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashhis markazi tavsiyanoma”si ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy tarbiya yoki mehnat taʼlimi fanlari boʻyicha ozod etilganlar uchun “ozod etilgan” soʻzlari yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobidan fanlarni oʻrgangan bitiruvchilarning shahodatnomalariga bahosiz tegishli yozuv aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Imtihonlarni eksternat tartibida topshirgan shaxslar shahodatnomalarining yuqorigi oʻng burchagiga “ekstern” deb yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Shahodatnomadagi yozuvlarni oʻchirib, qayta toʻgʻrilashga yoki biror ustunning toʻldirilmay qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Shahodatnomalarning toʻgʻri toʻldirilishi, baholarning haqqoniy qoʻyilishi va “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashhis markazi tavsiyanoma”sini shahodatnomaning ajralmas qismi sifatida ilova qilinishi boʻyicha javobgarlik shaxsan taʼlim muassasasi direktoriga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Shahodatnomani toʻldirish jarayonida xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda masʼul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻriladi va bu haqdagi buyruqdan koʻchirma hamda boshqa zarur hujjatlar asosida buzilgan blankalar oʻrniga yangi nusxalar Xalq taʼlimi vazirligidan olinadi. Bu blankalar shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etiladi. “Asos” ustuniga “buzilgan blankalar oʻrniga” deb yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzilgan shahodatnomalarning tartib raqamlari qirqib olinadi va alohida qogʻozga yopishtirilib, dalolatnomaning asl nusxasiga ilova qilingan holda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Buzilgan shahodatnomalar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida kamida 3 kishidan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan yoʻq qilinadi. Komissiya tarkibiga tuman(shahar) xalq taʼlimi mudirining oʻrinbosari kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya buzilgan shahodatnomalarning yoʻq qilinganligi haqida 2 nusxada dalolatnoma tuzadi va unda yoʻq qilingan hujjatning nomi, soni va tartib raqamlari koʻrsatiladi. Dalolatnoma barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va taʼlimni boshqarish idorasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi va ilovasining nusxasi maʼlumot uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalariga, ular tomonidan esa umumlashtirilgan holda Xalq taʼlimi vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Shahodatnomalarni bitiruvchilarga topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bitiruvchilarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma tantanali marosimda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomalarni tantanali topshirish marosimi bitiruvchilarda Vatani, xalqi, taʼlim muassasasi bilan faxrlanish tuygʻulari va ular bilan gʻururlanish hislarini shakllantiradigan ssenariy asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tantanali marosim taʼlim muassasalarining maxsus ajratilgan joylarida rasmiy marosimlarga qoʻyiladigan talablar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Marosimga ota-onalar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, sanʼatkorlar hamda mahalla, tuman (shahar) hokimliklari va homiy tashkilotlarning vakillari taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aʼlo darajali shahodatnoma olgan oʻquvchilarning foto suratlari taʼlim muassasasining “Bizning faxrimiz” kitobida qayd etiladi va tantanali marosimda rasmiy eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim muassasasining eng hurmatli yoki butun umrini yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga bagʻishlagan keksa oʻqituvchisi bitiruvchilarga “Oq yoʻl” tilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Bitiruvchilarga berilgunga qadar toʻldirilgan shahodatnomalar, ularni hisobga olish va tarqatish daftari, taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni olish va berishga asos boʻladigan barcha hujjatlar umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbarida (seyfda) saqlanadi. Taʼlim muassasasi direktori oʻzgargan taqdirda barcha hujjatlar dalolatnoma asosida yangi rahbarga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bitiruvchiga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma taʼlim muassasasi pedagogik kengashning qarori bilan, aʼlo darajali shahodatnoma esa pedagogik kengashning qaroriga binoan tavsiya etilgan oʻquvchilarga tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari buyrugʻiga asosan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Har bir bitiruvchi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani bevosita taʼlim muassasasidan oladi. Eksternat tartibida umumiy oʻrta taʼlim dasturi boʻyicha attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga shahodatnomalar berish eksternat tartibida imtihon olish huquqi berilgan taʼlim muassasasi direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bitiruvchilar shahodatnomani olgani haqida shahodatnomalarni hisobga olish va oʻquvchilarga topshirishni qayd qilish daftariga imzo qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Shahodatnomalarni hisobga olish va oʻquvchilarga topshirishni qayd qilish daftarida xatolikka yoʻl qoʻyilsa, ushbu xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʻriladi. Daftardagi barcha yozuvlar taʼlim muassasasi direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbari imzolari hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomalarni hisobga olish va oʻquvchilarga topshirishni qayd qilish daftari boshqaruv idoralarining masʼul xodimlari tomonidan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ayrim sabablarga koʻra vaqtida berilmagan shahodatnomalar bitiruvchilarga berilgunga qadar toʻldirilgan holda taʼlim muassasasida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilmay qolgan toʻldirilgan shahodatnomalar boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ularning tartib raqami va mazkur hujjatlarni olmagan bitiruvchilarning ismi va familiyasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Toʻldirilmagan shahodatnomalar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga bir kun davomida qaytarilishi shart. Toʻldirilmagan shahodatnomalarni taʼlim muassasalarida saqlash qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomalarning toʻldirilmagan blankalari yoʻqolgan hollarda taʼlim muassasasi direktori bu haqda darhol tuman(shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga va ichki ishlar organlariga xabar qiladi, bunda yoʻqolgan hujjatning tartib raqami koʻrsatilib, yoʻqolish yuz bergan vaziyatlar aniq bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Taʼlim muassasalari rahbarlari xalq taʼlimi boshqaruv idoralariga bitiruvchilarga topshirilgan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomalar boʻyicha muntazam ravishda hisobot berib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari shahodatnomalarning topshirilishi boʻyicha har yili 1-oktabrga qadar hisobotlar tuzadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalariga 5-oktabrga qadar yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, shahodatnomalarning topshirilishi boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda 10-oktabrga qadar Xalq taʼlimi vazirligiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari shahodatnomalarni topshirish boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda har yili 10-oktabrga qadar bevosita Xalq taʼlimi vazirligiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat dublikatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini bitirish shahodatnomalarini yoʻqotgan, buzgan yoki familiyasini oʻzgartirgan shaxslarga hujjat dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Dublikat berishda quyidagi tartibga amal qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahodatnomani yoʻqotgan, oʻquvchi tomonidan buzilgan yoki familiyasi oʻzgargan shaxslar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni bergan maktab maʼmuriyatiga yoʻqotish, buzish yoki familiyasi oʻzgarishi holati toʻliq bayon etilgan yozma ariza beradilar. Arizaga hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida bir oy oldin gazetada chop etilgan eʼlon ilova qilinadi (eʼlonda yoʻqolgan shahodatnomaning berilgan yili, seriyasi va tartib raqami koʻrsatilishi shart);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi maktabda oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda direktor dublikat berish masalasini pedagogik kengashga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagogik kengash dublikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi (qarorda yoʻqolgan shahodatnomaning berilgan yili, seriyasi va tartib raqami koʻrsatiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kengash qarori xalq taʼlimi boʻlimiga yuboriladi va uning asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga dublikat olish uchun buyurtmanoma tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalarining buyurtmanomalari asosida shahodatnoma blankalarini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahodatnoma dublikati mazkur Nizomning III boʻlimida koʻrsatilgan qoidalarga asosan toʻldiriladi va yuqorigi oʻng burchagiga qora tush bilan “dublikat” deb yoziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dublikat umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etiladi. Daftarning “olganligi haqida imzo” ustuniga “yoʻqolgan asl nusxa oʻrniga ...№.., ..”..da berilgan hamda “baholar uchun asl nusxa berilgan ustunga qaralsin” deb yoziladi, asl nusxa berilganligi haqidagi qatorda “...№...” dagi dublikat berilganligi yoziladi hamda dublikat olganlik toʻgʻrisida imzo qoʻyiladi va sana koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab tomonidan toʻldirilgan dublikat tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining masʼul xodimi tomonidan nazoratdan oʻtkazilgandan soʻng arizachiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yoʻqolgan va gazeta orqali bekor qilingan asl shahodatnomalar tartib raqamlari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan kompyuter roʻyxatiga kiritiladi va nazorat qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Taʼlim muassasasi tugatilgan hollarda dublikat maktab hujjatlarini saqlash boʻyicha masʼul boʻlgan boshqa taʼlim muassasasi yoki arxiv tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnomalar asosida beriladi.