Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2019 02.06.2003 yildagi 235-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI SHAHODATNOMANING
DAVLAT NAMUNASINI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjatlarni berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani bitiruvchilarga berish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi shahodatnoma blankalarini Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chop etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni, ushbu maqsadlarga 2003-yil budjetida rejalashtirilgan mablag‘lar doirasida, belgilangan tartibda ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 2-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-iyundagi 235-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI‎‎




‎‎






‎‎SHAHODATNOMA‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-iyundagi 235-son qaroriga
1-ILOVAning davomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI‎‎




‎‎





A'LO DARAJALI‎
‎SHAHODATNOMA‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-iyundagi 235-son qaroriga
1-ILOVAning davomi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎UMUMIY O‘RTA TA‘LIM TO‘G‘RISIDA


‎‎SH A H O D A T N O M A ‎

‎‎U № 0000000‎

‎‎________________________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi,‎

‎‎________________________________________________________________________________________________________‎
‎ismi, otasining ismi)

‎‎Tug'lgan yili va sanasi __________________________________________________

‎‎Tug'ilgan joyi _______________________________________________________‎

__________________________________________________________________‎‎‎

‎‎200 _____ yilda _____________________________________________________
‎(ta'lim muassasasining ‎

‎‎__________________________________________________________________
‎to'liq nomi)‎

‎‎Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlariga muvofiq ‎belgilangan o‘quv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:‎

O‘quv fanlari‎

Reiyting baholari
‎(ball)‎

Ona tili ‎

_______________________________________‎

Adabiyot ‎

‎_______________________________________

_________ tili ‎ ‎______________________________________________________
Xorijiy til (_________) ‎ ‎_______________________________________
O‘zbekiston tarixi ‎ ‎_______________________________________
Jahon tarixi ‎ ‎_______________________________________
Davlat va huquq asoslari ‎ ‎_______________________________________
Iqtisodiy bilim asoslari ‎ ‎______________________________________________________
Algebra ‎ ‎_______________________________________
Geometriya ‎ ‎_______________________________________
Informatika ‎ ‎_______________________________________
Fizika ‎ ‎_______________________________________
Kimyo ‎ ‎_______________________________________
Biologiya ‎ ‎______________________________________________________
Geografiya ‎ ‎_______________________________________
Milliy istiqlol g‘oyasi va ‎ ‎_______________________________________
ma‘naviyat asoslari ‎ ‎_______________________________________
Chizmachilik ‎ ‎_______________________________________
Chizmachilik ‎ ‎_______________________________________
Musiqa madaniyati ‎ ‎______________________________________________________
Mehnat ‎ ‎_______________________________________
Jismoniy tarbiya ‎ ‎_______________________________________
_________________________‎ ‎_______________________________________
_________________________‎ _______________________________________
Fakultativ kurslar ‎ ‎_______________________________________
_________________________‎ ‎_______________________________________



‎M.O‘. Maktab direktori
__________
‎(imzo)



‎‎
‎‎_____________________________________________
(familiyasi)‎

O‘quv ‎ishlari bo‘uicha
‎direktor ‎o‘rinbosari
__________

‎‎(imzo) ‎‎



‎‎_____________________________________________
‎(familiyasi)‎

Sinf rahbari __________
‎‎(imzo) ‎‎

‎_______________________________
‎(familiyasi)‎

Qayd qilingan raqami _____



‎200___ yil ______________ da berildi. ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA DAVLAT NAMUNASIDAGI
SHAHODATNOMA TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma 100x145 mm o‘lchovda, vertikal joylashgan, muqovasi to‘q havorang (a’lo darajali shahodatnomaniki — to‘q kizil) rangda bo‘ladi. Muqovaning yuqori qismiga o‘zbek tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, quyi qismiga “SHAHODATNOMA” so‘zlari, a’lo darajali shahodatnomada esa “SHAHODATNOMA” so‘zidan avval “A‘LO DARAJALI” so‘zlari yoziladi va markaziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri oltin zar qog‘ozda, issiq bosma usuli bilan tushiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqova yuqori sifatli, yeyilishga chidamli, qalinligi 300 mkm. materialdan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning ichki qismi qalin qog‘ozga ofset bosma usulida ikki rangda: matn qismi qora va tasviriy elementlar havo (a’lo darajali shahodatnomada oltin) rangda bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matn qismi o‘zbek tilida qora rangda bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning chap varag‘ining yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY O‘RTA TA‘LIM TO‘G‘RISIDAGI SHAHODATNOMA” so‘zlari yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning chap varag‘ida U harfi va yettita sondan iborat tartib raqami yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomaning chap varag‘i pastida va o‘ng varag‘i yuqorisida o‘quv rejasidagi fanlar va ulardan olingan baholar (reyting ballari) hamda fakultativ kurslar ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnoma sakkizta darajali himoyaga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 100% paxta, ultrabinafsha nurlarni aks ettirmaydigan, zichligi 180+5 g/m2 qog‘ozdan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qog‘oz ultrabinafsha nurlarda ko‘rinadigan ko‘k va qizil rangli tolalardan hamda har tarafga tartibsiz tarzda joylashgan ko‘rinmas ko‘k va och yashil ranglardan iborat tolalarni o‘zida mujassam etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ikki qatlamdan iborat fonli to‘r ingichka chiziqli naqshdan iborat bo‘lib, u nusxa ko‘chirishga qarshi muhofaza sifatida xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Asosiy fonli to‘rdagi rasm turli kattalikda va noto‘g‘ri shaklli doirachalardan, mayda elementli rasmdan iborat. Shahodatnomaning chap va o‘ng varag‘i markazida diametri 48 mm. bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi havo (a’lo darajali shahodatnomada — oltin) rangda bosilgan. Quyi qismida, rasm, shu ranglarda, qalinligi bir xil bo‘lgan turli burchaklarga egilgan “xoch” deb ataluvchi chiziqlarga o‘tadi. Ular tutash ichki ikki betga va undan atrofiga nafis naqsh bo‘lib o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qo‘shimcha fon to‘ri “tovlanish” usulida, ya’ni rasmning chiziqlarini buzmagan holda, bir rangdan ikkinchi rangga ravon tarzda o‘tadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ultrabinafsha ranglarda ko‘rinadigan, ammo oddiy ko‘rishda ko‘rinmaydigan “Xumo” qushining tasviri ichki qismning chap va o‘ng varag‘ida joylashgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ko‘p marotaba kattalashtirilganda ko‘rinadigan mikromatn shahodatnomaning chap va o‘ng varag‘ida joylashgan bo‘lib, u uzluksiz qaytariladigan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY O‘RTA TA‘LIM TO‘G‘RISIDAGI SHAHODATNOMA”, a’lo darajali shahodatnomada esa “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY O‘RTA TA‘LIM TO‘G‘RISIDAGI A‘LO DARAJALI SHAHODATNOMA” so‘zlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yetti xonali seriya raqami flyuoressent bo‘yog‘ida bosilgan bo‘lib, blanka ichki qismining chap varag‘ida ultrabinafsha nurlari ostida yashil rangda tovlanib ko‘rinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-iyundagi 235 -son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani
bitiruvchilarga berish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma davlat namunasidagi hujjat bo‘lib, u o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining “Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida nizom asosida ishlab chiqilgan va u umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomalarni tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash va bitiruvchilarga berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shahodatnoma blankalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari hamda tasarrufida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning yozma buyurtmanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyurtmasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan, muhofazalangan qog‘ozda chop etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shahodatnoma blankalarini saqlash va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida shahodatnoma blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish bo‘yicha mas’ul shaxslar belgilanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnoma blankalarini olish va tarqatishga buyruq bilan tayinlangan mas’ul xodimlardan boshqa shaxslarni jalb qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mas’ul shaxslar vaqtinchalik bo‘lmagan yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda shahodatnoma blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan imzolangan dalolatnoma bo‘yicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shahodatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari shahodatnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligidan oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xalq ta’limi boshqaruv idoralari hamda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yuboriladigan shahodatnomalar soni davlat statistika hisoboti asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari shahodatnoma blankalarini olganlaridan so‘ng ularning sonini va tartib raqamlarini yuk xati bo‘yicha tekshiradi. Tekshirish yakuniga ko‘ra shahodatnoma blankalarining qabul qilib olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri) va shahodatnomalarni saqlash uchun mas’ul shaxslar tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Dalolatnoma nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 5 kundan kechikmay jo‘natiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalariga kelgan shahodatnomalar nazorat va tarqatish daftarida hisobga olinadi va qo‘riqlanadigan xonadagi seyf (po‘lat shkaf)da saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning tasarrufida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari shahodatnomalarni olgani to‘g‘risidagi dalolatnomani bevosita Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Shahodatnomalar tarqatilgani haqidagi hisobot hamda ularni hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd qilish daftarini Xalq ta’limi vazirligining mazkur masala bilan shug‘ullanadigan xodimi tekshiruvdan o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari shahodatnomalarni xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman, shahar bo‘limi vakillariga ishonchnoma asosida beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman, shahar bo‘limlariga beriladigan rasmiy davlat hujjatlari soni IX sinflar bo‘yicha yakuniy attestatsiyaga qo‘yilgan o‘quvchilar soni asosida belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ta’lim muassasalari direktorlari o‘quvchilarning yakuniy attestatsiyasi natijalariga ko‘ra tuzilgan baholar vedomostlarini va pedagogik kengashning umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani berish haqidagi qaroridan ko‘chirmani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishi shart.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlaridan shahodatnomalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining direktorlari olishadi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktorlarga shahodatnoma blankalarini berish ta’lim muassasasi pedagogik kengashining IX-sinf o‘quvchilarini yakuniy attestatsiyaga qo‘yish haqidagi qaroridan ko‘chirma, VIII, IX sinf jurnallari asosida amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari har bir ta’lim muassasasiga berilayotgan shahodatnoma blankalarining soni va ularning tartib raqamlarini hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishning qayd qilish daftarida qayd etilishini qat’iy nazoratga oladilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Umumiy o‘rta ta’lim dasturi bo‘yicha yakuniy attestatsiya tugagandan so‘ng, pedagogika kengashi qarori asosida maktabni bitirgan barcha IX sinf o‘quvchilari uchun shahodatnomalar to‘ldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Shahodatnomani to‘ldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Shahodatnoma quyidagi hujjatlar asosida to‘ldiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII va IX sinf jurnallari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shahodatnoma qora tush bilan o‘zbek tilida (lotin alifbosiga asoslangan harflarda), chiroyli, aniq qilib to‘ldiriladi. Bitiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga asosan aniq qilib yoziladi. Ta’lim muassasasining nomi, tartib raqami va joylashgan hududi ham to‘liq yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shahodatnoma direktor, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbari imzosi hamda ta’lim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. Muhr aniq va o‘qilishi oson bo‘ladigan holda tushiriladi. Gerbli muhri bo‘lmagan shahodatnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Shahodatnomaga VIII, IX sinf o‘quv rejalarida ko‘rsatilgan o‘quv fanlari bo‘yicha baholar qo‘yiladi. O‘quv fanlari bo‘yicha (o‘quvchilarning bilim darajasini nazorat qilishning reyting tizimi bo‘yicha ish olib borayotgan o‘quv muassasalarida) baholar raqam bilan, qavs ichida so‘z bilan—5 (a’lo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli), sinov tizimida kiritilgan ayrim fanlar bo‘yicha “sinovdan o‘tdi” deb belgilanadi hamda “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashhis markazi tavsiyanoma”si ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy tarbiya yoki mehnat ta’limi fanlari bo‘yicha ozod etilganlar uchun “ozod etilgan” so‘zlari yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soatlar hisobidan fanlarni o‘rgangan bitiruvchilarning shahodatnomalariga bahosiz tegishli yozuv aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Imtihonlarni eksternat tartibida topshirgan shaxslar shahodatnomalarining yuqorigi o‘ng burchagiga “ekstern” deb yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Shahodatnomadagi yozuvlarni o‘chirib, qayta to‘g‘rilashga yoki biror ustunning to‘ldirilmay qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Shahodatnomalarning to‘g‘ri to‘ldirilishi, baholarning haqqoniy qo‘yilishi va “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashhis markazi tavsiyanoma”sini shahodatnomaning ajralmas qismi sifatida ilova qilinishi bo‘yicha javobgarlik shaxsan ta’lim muassasasi direktoriga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Shahodatnomani to‘ldirish jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi va bu haqdagi buyruqdan ko‘chirma hamda boshqa zarur hujjatlar asosida buzilgan blankalar o‘rniga yangi nusxalar Xalq ta’limi vazirligidan olinadi. Bu blankalar shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etiladi. “Asos” ustuniga “buzilgan blankalar o‘rniga” deb yozib qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzilgan shahodatnomalarning tartib raqamlari qirqib olinadi va alohida qog‘ozga yopishtirilib, dalolatnomaning asl nusxasiga ilova qilingan holda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Buzilgan shahodatnomalar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida kamida 3 kishidan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan yo‘q qilinadi. Komissiya tarkibiga tuman(shahar) xalq ta’limi mudirining o‘rinbosari kiritilishi shart.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya buzilgan shahodatnomalarning yo‘q qilinganligi haqida 2 nusxada dalolatnoma tuzadi va unda yo‘q qilingan hujjatning nomi, soni va tartib raqamlari ko‘rsatiladi. Dalolatnoma barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va ta’limni boshqarish idorasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi va ilovasining nusxasi ma’lumot uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalariga, ular tomonidan esa umumlashtirilgan holda Xalq ta’limi vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Shahodatnomalarni bitiruvchilarga topshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bitiruvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma tantanali marosimda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomalarni tantanali topshirish marosimi bitiruvchilarda Vatani, xalqi, ta’lim muassasasi bilan faxrlanish tuyg‘ulari va ular bilan g‘ururlanish hislarini shakllantiradigan ssenariy asosida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tantanali marosim ta’lim muassasalarining maxsus ajratilgan joylarida rasmiy marosimlarga qo‘yiladigan talablar asosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Marosimga ota-onalar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar hamda mahalla, tuman (shahar) hokimliklari va homiy tashkilotlarning vakillari taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
A’lo darajali shahodatnoma olgan o‘quvchilarning foto suratlari ta’lim muassasasining “Bizning faxrimiz” kitobida qayd etiladi va tantanali marosimda rasmiy e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’lim muassasasining eng hurmatli yoki butun umrini yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga bag‘ishlagan keksa o‘qituvchisi bitiruvchilarga “Oq yo‘l” tilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Bitiruvchilarga berilgunga qadar to‘ldirilgan shahodatnomalar, ularni hisobga olish va tarqatish daftari, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni olish va berishga asos bo‘ladigan barcha hujjatlar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarida (seyfda) saqlanadi. Ta’lim muassasasi direktori o‘zgargan taqdirda barcha hujjatlar dalolatnoma asosida yangi rahbarga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bitiruvchiga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma ta’lim muassasasi pedagogik kengashning qarori bilan, a’lo darajali shahodatnoma esa pedagogik kengashning qaroriga binoan tavsiya etilgan o‘quvchilarga xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari buyrug‘iga asosan beriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Har bir bitiruvchi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani bevosita ta’lim muassasasidan oladi. Eksternat tartibida umumiy o‘rta ta’lim dasturi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tgan shaxslarga shahodatnomalar berish eksternat tartibida imtihon olish huquqi berilgan ta’lim muassasasi direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bitiruvchilar shahodatnomani olgani haqida shahodatnomalarni hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd qilish daftariga imzo qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Shahodatnomalarni hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd qilish daftarida xatolikka yo‘l qo‘yilsa, ushbu xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Daftardagi barcha yozuvlar ta’lim muassasasi direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbari imzolari hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahodatnomalarni hisobga olish va o‘quvchilarga topshirishni qayd qilish daftari boshqaruv idoralarining mas’ul xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ayrim sabablarga ko‘ra vaqtida berilmagan shahodatnomalar bitiruvchilarga berilgunga qadar to‘ldirilgan holda ta’lim muassasasida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilmay qolgan to‘ldirilgan shahodatnomalar bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, ularning tartib raqami va mazkur hujjatlarni olmagan bitiruvchilarning ismi va familiyasi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. To‘ldirilmagan shahodatnomalar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlariga bir kun davomida qaytarilishi shart. To‘ldirilmagan shahodatnomalarni ta’lim muassasalarida saqlash qat’iyan taqiqlanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomalarning to‘ldirilmagan blankalari yo‘qolgan hollarda ta’lim muassasasi direktori bu haqda darhol xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga va ichki ishlar organlariga xabar qiladi, bunda yo‘qolgan hujjatning tartib raqami ko‘rsatilib, yo‘qolish yuz bergan vaziyatlar aniq bayon qilinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ta’lim muassasalari rahbarlari xalq ta’limi boshqaruv idoralariga bitiruvchilarga topshirilgan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomalar bo‘yicha muntazam ravishda hisobot berib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari shahodatnomalarning topshirilishi bo‘yicha har yili 1-oktabrga qadar hisobotlar tuzadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalariga 5-oktabrga qadar yetkazadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, shahodatnomalarning topshirilishi bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda 10-oktabrga qadar Xalq ta’limi vazirligiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari shahodatnomalarni topshirish bo‘yicha hisobotlarni belgilangan tartibda har yili 10-oktabrga qadar bevosita Xalq ta’limi vazirligiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini bitirish shahodatnomalarini yo‘qotgan, buzgan yoki familiyasini o‘zgartirgan shaxslarga hujjat dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Dublikat berishda quyidagi tartibga amal qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahodatnomani yo‘qotgan, o‘quvchi tomonidan buzilgan yoki familiyasi o‘zgargan shaxslar umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan maktab ma’muriyatiga yo‘qotish, buzish yoki familiyasi o‘zgarishi holati to‘liq bayon etilgan yozma ariza beradilar. Arizaga hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida bir oy oldin gazetada chop etilgan e’lon ilova qilinadi (e’londa yo‘qolgan shahodatnomaning berilgan yili, seriyasi va tartib raqami ko‘rsatilishi shart);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi maktabda o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda direktor dublikat berish masalasini pedagogik kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagogik kengash dublikat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi (qarorda yo‘qolgan shahodatnomaning berilgan yili, seriyasi va tartib raqami ko‘rsatiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kengash qarori xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga yuboriladi va uning asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga dublikat olish uchun buyurtmanoma tayyorlaydi;
(40-band beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalarining buyurtmanomalari asosida shahodatnoma blankalarini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahodatnoma dublikati mazkur Nizomning III bo‘limida ko‘rsatilgan qoidalarga asosan to‘ldiriladi va yuqorigi o‘ng burchagiga qora tush bilan “dublikat” deb yoziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dublikat umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etiladi. Daftarning “olganligi haqida imzo” ustuniga “yo‘qolgan asl nusxa o‘rniga ...№.., ..”..da berilgan hamda “baholar uchun asl nusxa berilgan ustunga qaralsin” deb yoziladi, asl nusxa berilganligi haqidagi qatorda “...№...” dagi dublikat berilganligi yoziladi hamda dublikat olganlik to‘g‘risida imzo qo‘yiladi va sana ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktab tomonidan to‘ldirilgan dublikat xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining mas’ul xodimi tomonidan nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng arizachiga topshiriladi.
(40-band to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 184-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 261-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yo‘qolgan va gazeta orqali bekor qilingan asl shahodatnomalar tartib raqamlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kompyuter ro‘yxatiga kiritiladi va nazorat qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ta’lim muassasasi tugatilgan hollarda dublikat maktab hujjatlarini saqlash bo‘yicha mas’ul bo‘lgan boshqa ta’lim muassasasi yoki arxiv tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnomalar asosida beriladi.