Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020 13.03.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1552
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI avtomatlashtirilgan bank tizimlarida AXBOROTNI MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(Qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 13-martda 1552-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi nizom loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaziy bank Boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash va bekor qilish haqida”gi 1998-yil 25-iyuldagi 13/13-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 412-sonli “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida tijorat banklaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi (1998-yil 30-oktabr, ro‘yxat raqami 515), 413-sonli “Avtomatlashtirilgan bank texnologiyasi tizimidagi axborotni muhofaza qilish va ushbu qoidalarning bajarilishida Hisob-kitob kassa markazlaridagi mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi (1998-yil 30-oktabr, ro‘yxat raqami 516) nizomlar hamda Markaziy bank Boshqaruvining “Axborot muhofazasiga tegishli me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1999-yil 25-dekabrdagi 22/16-sonli qarori va u bilan tasdiqlangan 412-1-sonli qo‘shimcha kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 17-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1/8-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy banki Boshqaruvi
tomonidan 2006-yil 17-yanvardagi
1/8-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Arxiv ishi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda), “Axborotlashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 6-son, 67-modda), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda), “Bank siri to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2003-y., 19-son, 174-modda), “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 12-modda) va “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 112-modda) qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/3 sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-2, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 463-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining avtomatlashtirilgan bank tizimlarida ishlov beriladigan hujjatlardagi ma’lumotlarni muhofaza qilishning umumiy tartibi va tijorat banklari faoliyatida avtomatlashtirilgan bank tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari hamda mas’ul xodimlarning javobgarligini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tijorat banklari mazkur Nizom talablari asosida, o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki tartiblarini ishlab chiqishi mumkin. Ushbu ichki tartiblarda mazkur Nizomda belgilangan me’yorlarga zid qoidalar belgilanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tijorat banklarida elektron to‘lov tizimi axborotlarini muhofaza qilishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklarida avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
(II bo‘limga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) muvofiq 3-band kiritildi — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tijorat banklarining rahbarlari, bosh buxgalteri bank balansida va elektron to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarida aks ettirilgan ma’lumotlarning but saqlanishi, shuningdek ma’lumotlarning o‘zgartirishsiz, to‘g‘ri uzatilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklari rahbarlari o‘z bank filiallarida bank sirini himoyalash bo‘yicha, Lokal tarmoq administratori, Axborot muhofazasi, shuningdek antivirus ishlarini yuritish uchun javobgar xodimlarni tayinlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tijorat banklarining rahbarlari elektron to‘lovlarni tayyorlovchi xodim (keyingi o‘rinlarda mas’ul xodim) bilan amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida yozma shartnoma tuzishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mas’ul xodim to‘lov tizimiga kiritayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ri, aniq va qonuniy kiritganligi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Avtomatlashtirilgan bank tizimida ma’lumotlar kiritish va o‘zgartirish vakolatiga ega bo‘lgan har bir mas’ul xodimning ishchi stansiyalari mazkur tizimga ulanishga ruxsat beruvchi apparat — dasturiy qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/3 sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-2, 09.12.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 463-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh banklarning To‘lov markazidagi kompyuter va serverlariga bankning umumiy lokal tarmog‘iga ulangan ishchi stansiyalarning kirish (ko‘rish) imkoniyati bo‘lmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71.Tizimga ulanishga ruxsat beruvchi apparat — dasturiy qurilmalarni boshqa shaxslarga berish va qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/3 sonli qarori (ro‘yxat raqami 1552-2, 09.12.2010-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 463-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Barcha to‘lov hujjatlari alohida xonada joylashgan va lokal tarmoq orqali ulangan printerda qog‘ozga chop etilishi va belgilangan tartibda imzolar bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Har bir Bosh bank va elektron to‘lovlar bazasi bor filiallar bank amaliyot kunini tashkil etish hamda elektron to‘lovlar tizimi orqali filiallararo va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha tuzilma tashkil etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Elektron to‘lov tizimida ishlayotgan Bosh banklar har bir filialdan o‘tadigan to‘lov hujjatlarini elektron imzo bilan tasdiqlanishini apparat-dasturiy qurilmalar yordamida amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Elektron to‘lovlar tijorat banklarida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fayl ko‘rinishida (off-line). Bank filialining bosh buxgalteri mas’ul xodimlar kiritgan ma’lumotlarni tekshirib va uni o‘ziga biriktirilgan elektron raqamli imzoning yopiq kaliti bilan tasdiqlaydi va Bosh bank To‘lov markaziga jo‘natadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lov markaziga kelib tushgan elektron hujjatning elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlash uchun tekshiriladi, elektron raqamli imzo tasdiqlansa, elektron hujjat ishlov berish uchun qabul qilinadi. Agar elektron raqamli imzo tasdiqlanmasa, elektron hujjat ishlov berishga qabul qilinmaydi. Elektron hujjatni hosil qilgan filialga elektron hujjatni qabul qilinmaganligi to‘g‘risida ma’lumot yuboriladi. Qabul qilingan ma’lumot ishlov berilib, To‘lov markazining tegishli elektron raqamli imzosining yopiq kaliti bilan tasdiqlanib, filialga jo‘natiladi. Agar elektron hujjat banklararo to‘lov bo‘lsa, Bosh bankning To‘lov markazi o‘z elektron raqamli imzosining yopiq kaliti bilan tasdiqlab, Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh Markazi “Hisob-kitoblar markazi” (keyingi o‘rinlarda ABM HKM)ga jo‘natadi. Uzatilgan elektron hujjatning elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlash uchun tekshiriladi, Bosh bankning elektron raqamli imzosi tasdiqlansa, ABM HKM tomonidan elektron hujjat qayta ishlanishiga ruxsat beriladi. Agar Bosh bankning elektron raqamli imzosi tasdiqlanmasa, tasdiqlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot Bosh bankka yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot Bank amaliyot kuni dasturida avtomat tarzda shifratsiya jarayonidan o‘tishi va mazkur bankning To‘lov markaziga jo‘natilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) aniq vaqtda (on-line). Tijorat banki filialining har bir mas’ul xodimi hujjatning asl nusxasidan maket asosida ma’lumotlarni To‘lov markazi serveriga kiritadi va o‘ziga biriktirilgan elektron raqamli imzoning yopiq kaliti bilan tasdiqlaydi, so‘ng kiritilgan jadvaldagi elektron to‘lov ma’lumotlarini bosh buxgalter tekshirib, to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beradi. Elektron hujjatning elektron raqamli imzosi haqiqiyligi tekshirilib, ishlov berishga olinadi. Ishlov berish natijasida to‘lov ma’lumoti shu bankka tegishli bo‘lsa, o‘sha filialga tegishli hisobvaraqda aks ettiriladi. Agar elektron raqamli imzo tasdiqlanmasa, elektron hujjat qayta ishlanishga qabul qilinmaydi. Elektron hujjatni hosil qilgan filialga elektron hujjatni qabul qilinmaganligi to‘g‘risida ma’lumot yuboriladi. Banklararo to‘lov ma’lumoti esa ABM HKMga Bosh bank To‘lov markazining elektron raqamli imzosining yopiq kaliti bilan tasdiqlanib, uzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron to‘lov tizimi orqali jo‘natilayotgan yoki qabul qilinayotgan barcha elektron to‘lov hujjatlari so‘nggi bazaga ega antivirus dasturi tekshiruvidan o‘tkazilishi shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/3 sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1552-2, 09.12.2010-y.) muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 463-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tijorat banklari filiallari bilan Bosh bank To‘lov markazi orasidagi, Bosh bank bilan Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh Markazi orasidagi aloqa tarmoqlari buzilganda axborot quyidagi usullarda uzatilishi va qabul qilinishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tijorat banki filiali Bosh bankning To‘lov markazini yozma ravishda kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlashi haqida ogohlantiradi, so‘ngra kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali axborot almashinuvini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kommutatsiyali telefon tarmog‘i orqali ishlash imkoni bo‘lmaganda tijorat bank filiali o‘zining viloyat boshqarmasidan, yoki bank tizimiga tegishli bo‘lgan boshqa bank bo‘limi orqali tegishli sozlash ishlarini amalga oshirgan holda o‘z identifikatori bilan axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Bosh bank bilan ABM orasidagi aloqa tarmoqlari buzilganda Bosh bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentidan yozma ravishda ruxsat so‘raydi, so‘ngra o‘z tizimiga tegishli bo‘lgan bank bo‘limi orqali kerakli sozlash ishlarini amalga oshirib, ABM bilan axborot almashinuvini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bosh bank bilan uning filiallari orasidagi, Bosh bank bilan ABM orasidagi aloqa tarmoqlari yoki elektr manbai buzilganda, axborot almashinuvini tijorat banklari tashqi saqlovchi vositalar yordamida quyidagicha uzatishi va qabul qilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Bosh bank To‘lov markazi bilan uning filiallari yoki ABM bilan Bosh bank elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vositalar yordamida almashuvini amalga oshirish uchun, almashuv tashabbuskori (uzatuvchi bank yoki filial) bo‘lgan filial yoki Bosh bank tomonidan elektron hujjatni qabul qiluvchi Bosh bank to‘lov markazi yoki ABM boshlig‘i nomiga tashabbuskor bank rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan xat yuboriladi. Xatda sana, elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vosita orqali o‘tkazilishining sababi, elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vosita orqali uzatuvchi xodimning ismi, sharifi va lavozimini ko‘rsatish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Elektron hujjatlarni tashqi saqlovchi vosita orqali uzatishga tayyorlashda, kamida ikkita tashqi saqlovchi vosita — asosiy va qo‘shimcha tashqi saqlovchi vositalar tayyorlanishi zarur va quyidagilarga rioya qilish lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vositani formatlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzatishga mo‘ljallangan fayllarning nomi 8.3 formatda (8 bayt — fayl nomining uzunligi, 3 bayt — fayl kengaytmasining uzunligi) bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hujjat tashqi saqlovchi vositaga Bank amaliyoti dasturi orqali ko‘chiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vositada, uzatishga mo‘ljallanmagan elektron hujjatlar bo‘lmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vositadagi elektron hujjat “virus” yo‘qligiga eng so‘nggi bazaga ega Antivirus dasturi orqali tekshirilgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) har bir tashqi saqlovchi vositaga ikkitadan ma’lumotnoma ilova qilinishi kerak bo‘lib, ularda: tashqi saqlovchi vositaning taqqoslash raqami, ya’ni muvofiq tashqi saqlovchi vositaga qo‘yilgan raqam bilan mos tushadigan raqam, uzatishga mo‘ljallangan barcha fayllarning nomi, hajmi, fayllar yaratilgan sana va vaqti, ma’lumotnomaning olingan vaqti va kunini, ijro etuvchining, ya’ni ma’lumotnoma olgan xodimning ismi sharifi va lavozimi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak (ma’lumotning shakli ilovada keltirilgan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ma’lumotnomalarga javobgar shaxs va ijro etuvchi tomonidan imzo qo‘yilgan bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Tijorat banki filiali tomonidan Bosh bank To‘lov markaziga, Bosh bank To‘lov markazi tomonidan ABM ga elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada bosh buxgalter, bosh buxgalter yordamchisi yoki vakolatli boshqa xodim yetkazuvchi bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada qabul qilib oluvchi Bosh bank yoki ABM xodimi quyidagilarni bajarishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatning mavjudligini va uning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’lumotnomalarning mavjudligini va ularda zarur bo‘lgan rekvizitlarning qayd qilinganligini tekshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vositani “virus” yo‘qligiga eng so‘nggi bazaga ega Antivirus dasturi orqali tekshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vositadan o‘z dasturi orqali ikki nusxada ma’lumotnoma olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zi olgan ma’lumotnomalarni tashqi saqlovchi vosita bilan birga keltirgan ma’lumotnomalarga solishtirib ko‘rishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’lumotnomalar bir-biriga mos kelishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida keltirilgan shartlar to‘liq bajarilmasa, tashqi saqlovchi vositadagi elektron hujjat qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bosh bank yoki ABMning elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada qabul qilib oluvchi xodimi quyidagilarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vositadan elektron hujjatni kompyuterga o‘tkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkita ma’lumotnomaga imzo qo‘yadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vosita bilan birga taqdim etilgan ma’lumotnomalarning birini tashqi saqlovchi vosita bilan qo‘shib qaytarib beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vosita orqali qabul qilib olingan elektron hujjatni belgilangan tartibda jo‘natadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vosita bilan keltirilgan ma’lumotnomani maxsus papkaga tikib qo‘yadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus daftarga, elektron hujjatning tashqi saqlovchi vosita orqali qabul qilinganligini yozib qo‘yadi. Shu bilan birga daftarga elektron hujjatning qabul qilingan sanasi, vaqti, qabul qilingan fayllarning nomi va hajmi, elektron hujjat uzatuvchisining rekvizitlarini kiritib boradi. Tashqi saqlovchi vosita orqali elektron hujjatni qabul qilgan xodim maxsus daftarga o‘z imzosini qo‘yadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi saqlovchi vosita orqali qabul qilingan elektron hujjatlarni belgilangan joyga to‘g‘ri uzatilishini nazorat qilib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositada qabul qilib oluvchi Bosh bank yoki ABM xodimi, o‘rnatilgan qoidalarga asosan qabul qilingan elektron hujjatning xatoligiga javobgar bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh bank yoki ABM ning elektron hujjatni tashqi saqlovchi vositalar orqali uzatuvchi xodimi, uzatish qoidalarining barchasiga rioya qilgani holda, tashqi saqlovchi vositaning holatiga va vujudga kelgan yaroqsiz joylariga javobgar bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Elektron to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni yuborish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar natijasida tijorat banki moddiy zarar ko‘rgan taqdirda, aybdor shaxslar qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xodim elektron to‘lov tizimi orqali mijozlarning hisobvaraqlaridan yoki bankning ichki xisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarmasdan elektron to‘lov hujjatlari orqali jo‘natganligi natijasida tijorat bankiga yetkazilgan zarar belgilangan tartibda undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Etkazilgan zararni aniqlash maqsadida zarur hollarda hay’at tuziladi va tijorat banklarining elektron arxiv hujjatlari batafsil tekshirib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Hay’at tarkibiga Markaziy bankning vakolatli xodimlari, tijorat banki bosh buxgalteri va boshqa tegishli xodimlari kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Elektron pochta va internetdan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bank tomonidan “Bank siri”ni tashkil etuvchi ma’lumotlar elektron pochta orqali yuborilganda, ma’lumotlar shifrlanishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi shart. Bank faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarning elektron pochta orqali uzatilishi qat’iyan man etiladi. Bunga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunda ko‘zda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bank tomonidan elektron pochta orqali jo‘natilayotgan har bir elektron ma’lumot “virus” yo‘qligiga eng so‘nggi bazaga ega Antivirus dasturi orqali tekshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Internet tarmog‘iga ega bo‘lgan Bosh banklar va filiallari o‘zlarining to‘lov tizimiga bog‘langan ishchi stansiyalari, serverlari, xavfsizlik majmualarini internet tarmog‘iga ulashlari man etiladi. Internet provayderlari bilan bankning ajratilgan ishchi stansiyalari alohida kanal orqali ulanishini amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank internetdan foydalanish ichki tartib qoidalarini ishlab chiqishi va ruxsat berilgan foydalanuvchilarning internetdan foydalanishini ta’minlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Favqulotda holatlarda to‘lov tizimini ishlatish va zaxirali nusxalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bank elektron to‘lov tizimiga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni arxivga olish Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga asosan amalga oshiriladi. To‘lov tizimi kompyuter va jihozlarining ishdan chiqishi holatlari yuz berganda, to‘lov tizimining beto‘xtov ishlashini ta’minlash uchun tijorat banklari Zaxira tiklanish rejasi, dastur va uskunalarga ega bo‘lishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bosh bank To‘lov markazidagi tizimning ishonchliligini oshirish uchun RAID texnologiyalari asosida disklardagi ma’lumotlar takrorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bosh bank To‘lov markazidagi tizimni favqulotda holat (yong‘in, zilzila, suv toshqini va boshqa) lardan himoya qilish uchun 5 km dan kam bo‘lmagan masofada To‘lov markazining zaxira markazlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Zaxira markazi bankning filiallarida, boshqa bankda, tashkilotda yoki alohida ajratilgan binoda tashkil etilishi mumkin. Zaxira markazi xisoblash texnikasi majmuasi bilan to‘liq ta’minlanishi lozim. Asosiy tarmoqda ishlatilayotgan dastur va ma’lumotlarning zaxira nusxalari zaxira markazda saqlanishi lozim. Bu esa tizimning tez qayta tiklanishini ta’minlaydi. Zaxira markazida ma’lumotlarni tiklab turish davriyligi kuniga bir martadan kam bo‘lmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Har bir bankda favqulotda holatlarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi bo‘lishi shart. Chora-tadbirlar rejasi bir necha turli darajalar, shu jumladan oxirgi foydalanuvchi, tarmoq va bank (filiallar, bo‘linmalar yoki bankning o‘zini to‘liqligicha olingan holda) uchun ishlab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oxirgi foydalanuvchi uchun reja. Favqulotda holatlarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida oxirgi foydalanuvchi uchun hujjatlarni qayta tiklash va himoya qilish, foydalanuvchi javobgar bo‘lgan majmualarni himoya qilish, shuningdek tarmoqning normal tarzda ishlashi to‘xtab qolgan yoki buzilgan hollarda o‘tkaziladigan chora-tadbirlarga doir yo‘riqnomalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tarmoq uchun reja. Favqulotda holatlar rejasida tarmoq qurilmalarida bo‘ladigan buzilishlar va oxirgi foydalanuvchining imkoniyatiga qarab tarmoqdagi buzilishlarga xizmat ko‘rsatish. Bu rejaga bir qancha xodimlarning lavozim majburiyatlari, tizim ishlashini qayta tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bank uchun reja. Bankning Favqulotda holatlarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga korporativ ma’lumotlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ularni himoyalash chora-tadbirlari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Elektr bilan ta’minlash buzilganda ish uzluksizligini ta’minlash uchun banklar serverlarini va zarur bo‘lgan ishchi stansiyalarini energiya bilan ta’minlovchi vosita — UPS bilan ta’minlanishi lozim. Bundan tashqari, bank uzluksiz ishlashi uchun kamida bir sutkaga yetadigan yoqilg‘i zapasiga ega bo‘lgan dizelgeneratorlar bilan ham ta’minlanishi lozim. Bankda elektr bilan ta’minlash bo‘lmaganda 10 minutdan so‘ng dizelgeneratorlar avtomat ravishda ishga tushishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Nizom talablari ustidan nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bosh bank Axborotni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari (shu’ba, javobgar xodim) o‘z banklarida mazkur Nizom talablarining bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borishlari lozim. Davriy o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti tomonidan muvofiqlashtirilgan reja-jadvallar asosida, tijorat banklarida ushbu Nizom talablarini bajarilishi ustidan tekshiruvlar o‘tkaziladi.
(nizomning 3—29-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 20-apreldagi 10/7-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1552-1, 03.08.2006-y.) muvofiq 4—30-bandlar deb hisoblansin — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 324-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi tijorat
banklari elektron tizimlarida
axborotni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh Markaziga Bosh bankdan yoki Bosh bankga filiali tomonidan tashqi saqlovchi vositada taqdim etuvchi fayllar ro‘yxati haqida ma’lumot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Faylning nomi‎ ‎

Faylning hajmi ‎ ‎ ‎

Yaratilish vaqti‎ ‎

Yaratilish sanasi‎

‎‎Tashqi saqlovchi vositaning belgisi: ‎‎‎

‎___________

‎___________ ‎
‎(vaqti, sanasi) ‎ ‎

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 89-modda, 2006-y., 31-32-son, 324-modda; 2010-y., 49-son, 463-modda)