O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi RAISINING
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KORXONALARI UCHUN ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRISH MANBALARINI INVENTARIZATSIYADAN O‘TKAZISH VA UNGA CHIQARIB TASHLANADIGAN IFLOSLANTIRUVCHI MODDALARNI ME’YORLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-yanvarda 1533-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 2024-yil 18-noyabrdagi 19-mh-sonli “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3586, 19.12.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlash bo‘yicha taklif etilgan yo‘riqnoma* tasdiqlansin.
* Yo‘riqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida uning davlat ro‘yxatiga olingandan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruqning kuchga kirishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 11.07.1994-yil 14-TK-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Atmosfera havosini ifloslantirish manbalari inventarizatsiyasini tashkil qilish va uni o‘tkazish tartibi. Yo‘riqnoma.” nomli 118.0027714.35-94-sonli rahbariy hujjat hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 05.11.1992-yil 5-TK-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiat muhofazasi. Atmosfera. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlashning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy me’yorlari loyihalarining tarkibini belgilash uchun korxonaning toifasini aniqlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” nomli 118.0027714.17-92-sonli rahbariy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. ALIXONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-dekabr,
105-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 1-son, 4-modda)