Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001 16.07.1993 yildagi 358-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2001
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REsPUBLIKADA IJTIMOIY TA’MINOTNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-son “O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida aholini ijtimoiy ta’minlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq hamda uning xodimlarining chegaralangan sonni tegishli mehnatga haq to‘lash fondi bilan birgalikda 60 nafar etib (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ta’minot vazirligiga vazirning ikki nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga, 7 kishidan iborat hay’atga (uning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi) ega bo‘lishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Ijtimoiy ta’minot vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ta’minot va Mehnatga layoqatsiz aholiga ijtimoiy yordam berish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarga pensiya ishini rivojlantirish va mehnatga layoqatsiz aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakllanayotgan ya’ni iqtisodiy munosabatlar va mulkchilikning turli xil shakllari sharoitida keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiyalar va nafaqalar to‘lashga sarflanadigan ijtimoiy sug‘urta mablag‘laridan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro aloqalarni amalga oshirish, aholini ijtimoiy ta’minlash ishiga oid chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ijtimoiy ta’minot organlari faoliyatida bir-birini takrorlashga barham berish va quyi bo‘linmalarni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — pensiyalar va nafaqalarni hisoblash va to‘lash bo‘yicha respublika markazini, “G‘amxo‘rlik” respublika markazini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlarda va Toshkent shahrida — pensiyalar va nafaqalarni hisoblash va to‘lash bo‘yicha viloyat (shahar) markazlarini, “G‘amxo‘rlik” viloyat (shahar) markazlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlarda va shaharlarda — ijtimoiy yordam tuman (shahar) bo‘limlarini tugatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ta’minot hududiy boshqarmalari va ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi va xodimlari soni 2, 3, 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*2—4 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy ta’minot vazirligi butun tizimi boshqaruv organlari xodimlarining chegaralangan soni 9515 nafardan iborat etib tasdiqlansin. Shu yilning iyul-avgust oylarida respublika ijtimoiy ta’minot organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish zarur deb hisoblansin, bunda yuqori malakali mutaxassislarni tanlashga, o‘z nomiga isnod keltirgan xodimlarni vazifasidan ozod qilishga alohida e’tibor berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy ta’minot hududiy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligiga hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlariga bo‘ysunadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar va Toshkent shahar ijtimoiy ta’minot boshqarmasi rahbarlarini tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlarini tayinlash tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomalari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar ijtimoiy ta’minot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda nogironlar va nogiron bolalar uchun internet uylarning huquqiy va funksional maqomini, tibbiy va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shtatlar sonini, Mehnatga haq to‘lash fondini qayta ko‘rib chiqsin, ularni haqiqiy moddiy va mehnat xarajatlariga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20 kun muddatda Ijtimoiy ta’minot vazirligi to‘g‘risidagi nizom loyihasini, ijtimoiy ta’minot hududiy boshqarmalari va ijtimoiy ta’minot tuman (shahar) bo‘limi to‘g‘picidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligiga oylik “Saxovat” jurnalini ta’sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qizil Yarim oy jamiyati, mehr-muruvvat va salomatlik jamiyatlari, boshqa jamoat tashkilotlari hamda korxonalar, Davlat xo‘jaliklari, jamoa xo‘jaliklari Mehnat jamoalari bilan birgalikda 1993-yilda va undan keyingi yillarda keksalar va nogironlar uchun internat uylarga, nogiron bolalar, yolg‘iz keksalar va Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyda tibbiy, maishiy, savdo va madaniy xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mehnat vazirligi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda 10 kun muddatda respublikada bolali oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni o‘rganib chiqsin hamda ularni tartibga solish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1967-yil 18-oktabrdagi 2098-son farmoyishi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari respublika kengashining 1987-yil 31-martdagi 35–son qarori O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 3-noyabrdagi 361-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasi majmuining majlisida ko‘rib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 16-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
358-son