04.02.1998 yildagi PF-1923-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga to‘lovlar tushishini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida
(Farmon nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning konstitutsion huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, pensiyalarni, nafaqalarni, stipendiyalarni, budjet mablag‘idan pul bilan ta’minlanadigan korxonalar va tashkilotlar xodimlariga ish haqini o‘z vaqtida to‘lash maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudining “Korxonalar hisob raqamidan pul mablag‘larini chiqarish navbatini tartibga soladigan qonunchilikni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1998-yil 16-yanvardagi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 1998-yil 20-yanvardagi 568-I-sonli qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1998-yil 1-fevraldan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamidan pul mablag‘larini chiqarishning quyidagi tartibi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob raqamida unga qo‘yiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli miqdorda pul mablag‘i bo‘lsa, bu mablag‘ mijozning farmoyishi va boshqa hujjatlarning tushishi tartibiga (qaysi biri oldin tushganiga) qarab hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob raqamidagi pul mablag‘i unga qo‘yiladigan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob raqamlaridan pul mablag‘i birinchi navbatda budjetga, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlarni hamda ish haqini to‘lashga pul mablag‘i berishni ko‘zda tutgan to‘lov (ijro) hujjatlariga mutanosib ravishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetga to‘lovlar hamda mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha majburiyatlarini baravar ta’minlaydigan darajada hisobdan chiqariladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlariga pul mablag‘larini qonunchilikda belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish kalendardan tashqari navbatda amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-apreldagi PF-1992-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir haftalik muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob raqamidan pul mablag‘ini chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining moliya, soliq, bojxona va bank muassasalari ishiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini hisobdan chiqarishda belgilangan tartibni buzishga olib keladigan aralashuvi taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Farmonning 1-bandida keltirilgan mablag‘ni hisobdan chiqarish tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq qattiq ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. To‘lovlarning davlat budjeti daromadlariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi va budjetning daromad qismi bo‘yicha operatsiyalarning bajarilishi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisob daftarlaridan mablag‘ni chiqarishning belgilangan tartibiga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik tijorat banklari muassasalari va markaziy bank bosh boshqarmalari hisob-kitob-kassa markazlari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi korxonalar va tashkilotlarning budjetga to‘lovlar bo‘yicha 1998-yil 1-yanvargacha qolgan qarzlar tuzilmasini o‘zgartirishga doir takliflarni bir oy muddatda soliq va to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoralarning amaldagi me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalarini ushbu Farmon talablariga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonunlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni kiritishga doir takliflarni tayyorlasin va taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 4-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1923-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 796-modda)