15.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2342
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 15.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2342
Дата вступления в силу
25.03.2012
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING BANK HISOBVARAQLARIDAN PUL MABLAGʻLARINI HISOBDAN CHIQARISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-fevraldagi PF-1923-son “Hisob-kitob mexanizmini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga toʻlovlar tushishini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi va 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 26-dekabrdagi 321-B-12-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 211-son hamda Soliq qoʻmitasining 2024-yil 24-dekabrdagi 2024-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-12, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2025-y., 10/25/2342-12/0038-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda 104-v, 21-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-yanvarda 615-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (roʻyxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 1-son);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-martda 104-v-1, 21-son va 615-1-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-son qoʻshimcha” (roʻyxat raqami 615-1, 1999-yil 3-mart);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 21-aprelda 104-v-2-son, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 20-aprelda 12-02-29/794-son va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 4-mayda 615-2-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-son qoʻshimcha” (roʻyxat raqami 615-2, 1999-yil 4-may);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 27-sentabrda 104-v-3-son, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-sentabrda 21-3-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 5-yanvarda 615-3-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-son oʻzgartirish va qoʻshimcha” (roʻyxat raqami 615-3, 2000-yil 5-yanvar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 6-yanvarda 104-v-4, 4-son va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 1-martda 615-4-son bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-son oʻzgartirishlar” (roʻyxat raqami 615-4, 2000-yil 1-mart).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35/4-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 12-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-41-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82, 2011-41-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan (bundan buyon matnda hisobvaraq deb yuritiladi) pul mablagʻlari ularga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmaganda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Yoʻriqnoma talablari:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy tugatilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tugatish hisobvaraqlari hamda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari asosida ochilgan hisobvaraqlarga;
(1-bandning ikkinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlangan hisobvaraqlarga hamda sud, davlat ijrochilari yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan foydalanishga oid cheklovlar oʻrnatilgan hisobvaraqlarga yoki ushbu hisobvaraqlar boʻyicha xatlangan pul mablagʻlariga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlarini oluvchilarning kreditorlik qarzlarini toʻlash uchun ularning hisobvaraqlariga mablagʻ ajratish rejalari doirasida iqtisodiyot va moliya va soliq organlari tomonidan ishlab chiqilgan hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan sxemalarda koʻrsatilgan hisobvaraqlarga;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarga;
(1-bandning beshinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi toʻlash uchun banklar tomonidan berilgan kreditlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida (keyingi oʻrinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) yetarli miqdorda pul mablagʻlari boʻlganda, mablagʻlarni hisobdan chiqarish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning farmoyishiga va boshqa toʻlov hujjatlarining kelib tushishi tartibida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻida mablagʻ unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan holda, toʻlov hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2-son kartoteka xoʻjalik yurituvchi subyektning faqat asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankda shakllantiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga davlat ijrochilari tomonidan soliq qarzi boʻyicha elektron inkasso topshiriqnomalari qoʻyilgan taqdirda, ushbu inkasso topshiriqnomalari toʻgʻrisidagi elektron xabarnoma banklar tomonidan shu kunning oʻzida soliq organiga yuboriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi keyingi ish kunidan kechiktirmay, ushbu elektron xabarnoma asosida oʻz inkasso topshiriqnomalarini banklardan chaqirib oladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidagi mablagʻlar unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmaganda, asosiy hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank 2-son kartoteka paydo boʻlganligi toʻgʻrisida soʻrovnomaning “taqiq” faylini shakllantirib, Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasiga dasturiy ravishda yuboradi. Ushbu maʼlumotlar Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasi orqali barcha boshqa hisobvaraqlar ochgan banklarga uzatiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 26-dekabrdagi 321-B-12-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 211-son hamda Soliq qoʻmitasining 2024-yil 24-dekabrdagi 2024-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-12, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2025-y., 10/25/2342-12/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur maʼlumotlar Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga axborot tariqasida yuboriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 26-dekabrdagi 321-B-12-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 211-son hamda Soliq qoʻmitasining 2024-yil 24-dekabrdagi 2024-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-12, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2025-y., 10/25/2342-12/0038-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobvaraq ochgan banklar ushbu maʼlumotnomani amaliyot kuni davomida olganda, shu amaliyot kunidan kechikmagan holda, maʼlumotnomani amaliyot kunidan keyin olganda esa keyingi amaliyot kunida mazkur mijozning asosiy hisobvaragʻiga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini uning asosiy hisobvaragʻiga memorial order asosida oʻtkazib berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻida 2-son kartoteka paydo boʻlgandan soʻng, uning boshqa barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan banklar tomonidan toʻlov hujjatlarini qabul qilish va asosiy hisobvaragʻiga boʻlgan toʻlovlardan tashqari boshqa toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvaragʻidan toʻlovlar asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankdan uning 2-son kartotekasi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi fayl maʼlumot dasturiy ravishda olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud boʻlgan hollarda toʻlovlar quyidagi navbatda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) navbatdan tashqari, hisobvaraq egasining arizasiga koʻra bevosita ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlari uchun toʻlovlar oʻtgan oy davomida uning faqat asosiy hisobvaragʻiga kelib tushgan jami tushumlarning 5 foizi miqdorigacha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxatga asosan oʻta muhim obyektlarni qoʻriqlovchi boʻlinmalar xizmatidan foydalanuvchi hisobvaraq egalari uchun esa 6 foiz miqdorigacha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kommunal xizmatlari (elektr energiyasi, gaz taʼminoti) uchun toʻlovlari navbatdan tashqari tartibda ularning asosiy hisobvaragʻiga kelib tushgan jami tushumlar doirasida amalga oshiriladi.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 26-dekabrdagi 321-B-12-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 211-son hamda Soliq qoʻmitasining 2024-yil 24-dekabrdagi 2024-26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2342-12, 15.01.2025-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2025-y., 10/25/2342-12/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-son kartoteka paydo boʻlganda, hisobvaraq egasi tomonidan ariza kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar miqdoriga bogʻliq hisob-kitob bilan birga bir oyda bir marta bankka taqdim qilinadi, oyning oxirgi ish kuni bundan mustasno. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda, bevosita ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq boʻlgan, oʻta muhim obyektlarni qoʻriqlovchi boʻlinmalar xizmati boʻyicha xarajatlarni ham hisobga olgan holda zaruriy xarajatlar roʻyxatini aniqlaydi.
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobvaraq egasi kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun mablagʻlar hisob-kitobini va arizani bankka taqdim etgan kunning ertasidan boshlab joriy oy davomida ushbu toʻlovlarni toʻliq yoki boʻlib-boʻlib amalga oshirishi mumkin. Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun mablagʻlar limitining ishlatilmagan qismi joriy oyning oxirgi kunigacha ishlatilishi mumkin va keyingi oyga ishlatish uchun oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun toʻlovlar hisobvaraq egasining toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda toʻlov topshiriqnomalarining “toʻlov maqsadi” grafasida “kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar summasi hisobiga”, deb yozilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablagʻlar limitining toʻgʻri hisoblanganligi (aniqlashini) va unga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablagʻlar limiti notoʻgʻri hisoblanganligi aniqlangan taqdirda, ular boʻyicha taqdim etilgan ariza va toʻlov hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) birinchi navbatda, mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijrochi) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar boʻyicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni toʻlash boʻyicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha, budjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan toʻlovlar boʻyicha xoʻjalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlovchi ijrochi hujjatlar boʻyicha pul oʻchiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ikkinchi navbatda, navbatdan tashqari va birinchi navbatdagi toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin asosiy hisobvaraqdan quyidagi majburiyatlarning kalendar navbati tartibida bajarilishi taʼminlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilmagan boshqa ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomalari yuzasidan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga Hukumat kafolati ostida berilgan muddatli va muddatida qaytarilmagan kreditlarni (ularning foizlarini ham) qaytarish uchun qoʻyilgan mijozning talabnomalari boʻyicha toʻlovlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan berilgan budjet ssudasi, kredit liniyasi va ular boʻyicha hisoblangan foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi resurslari hisobidan berilgan kreditlar boʻyicha qarzlar va ular boʻyicha toʻlovlar;
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 23-dekabrdagi 321-V-10, 115 va 2019-63-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2342-10, 17.01.2020-y.) asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/2342-10/0064-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) uchinchi navbatda, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga qoʻyilgan boshqa pul talablari yuzasidan toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha toʻlov hujjatlarining kelib tushish sanasiga qarab kalendar navbatida hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektning milliy valyutadagi hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmasa, xizmat koʻrsatuvchi bank soliq organlarining topshiriqnomasi asosida mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektning chet el valyutasidagi hisobvaragʻida mavjud boʻlgan mablagʻning ushbu talablarni qondirish uchun yetarli boʻlgan miqdoridagi qismini keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan chet el valyutasining soʻmga nisbatan belgilangan kursda sotadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan chet el valyutasini sotishdan olingan mablagʻlar xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻiga kirim qilinadi va ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibda mazkur hisobvaraqqa taqdim etilgan talablarni qondirish uchun yoʻnaltiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 23-sentabrdagi 321-V-7, 138, 2017-51-sonli (roʻyxat raqami 2342-7, 29.09.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamgʻarma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar” hisobvaraqlaridagi mablagʻlar, shuningdek “22602 — Mijozlarning akkreditivlari boʻyicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bogʻliq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar boʻyicha depozitlari” hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldiqlari ushbu Yoʻriqnomaning 5-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarni qondirish uchun depozit va akkreditiv shartnomalarida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin banklar tomonidan tegishli hisobvaraqqa kirim qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 321-V-8, 82, 2018-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-8, 25.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Asosiy hisobvaraqda unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlmagan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “20400 — Jamgʻarma depozitlar”, “20600 — Muddatli depozitlar”, “22602 — Mijozlarning akkreditivlari boʻyicha depozitlari” va “22606 — Mijozlarning import bilan bogʻliq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar boʻyicha depozitlari” hisobvaraqlari boʻyicha shartnomalar muddatini uzaytirish hamda yangi shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 321-V-8, 82, 2018-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-8, 25.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan holda toʻlov hujjatlari boʻyicha mutanosib ravishda hisobdan chiqarish
(2-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlar uchun mablagʻlar limiti aniqlangandan va zaxira qilinganidan keyin xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan navbat asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mutanosib ravishda hisobdan chiqarishni amalga oshirish uchun asos boʻlib quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovchining budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organining majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomalari;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona xizmati organlari tomonidan muddatida toʻlanmagan bojxona toʻlovlarini undirish borasida inkasso topshiriqnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlariga (jarima va moliyaviy sanksiyalar hamda boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar koʻrinishidagi) hisobvaraq egasining toʻlov topshiriqnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 27-iyundagi 321-V-6, 91, 2017-32-sonli qarori (roʻyxat raqami. 2342-6, 05.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 27-son, 629-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun hisobvaraqda mablagʻlarni band (bron) qilishga doir ariza, shuningdek ish haqidan Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad soligʻi hamda jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini oʻtkazish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr (muhr mavjud boʻlgan taqdirda, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan toʻlov topshiriqnomalari hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish borasidagi sud qarori asosida ijro organlari tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 13-maydagi 321-V-9, 57 va 2019-33-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlov hujjatlari.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Band (bron) qilishga doir ariza bank bilan kelishilgan grafikdagi kundan bir kun oldin taqdim etilishi lozim. Band (bron) miqdori ish haqidan ajratmalarsiz shakllantirilgan boʻlsa hamda arizada koʻrsatilgan ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar summasiga toʻlov topshiriqnomalari bankka taqdim qilinmasa, bank tomonidan bunday arizalar qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy hisobvaragʻiga qoʻyilayotgan birinchi navbatdagi talablarni mutanosib ravishda qondirish ulushi qarzlarning umumiy hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mutanosiblikni aniqlashda soliqlar va yigʻimlarning barcha turlari boʻyicha qarz budjetga toʻlovlar sifatida bir miqdorga jamlanadi hamda ularga nisbatan bitta ulush aniqlanadi. Barcha davlat maqsadli jamgʻarmalarining barcha talablari ham shunday usulda jamlanadi, keyinchalik ular davlat maqsadli jamgʻarmalari oʻrtasida mutanosib tartibda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ish haqini berish, shuningdek ish haqi toʻlash uchun olingan kreditlarni qaytarish, belgilangan miqdorlardagi ushlab qolingan daromad soligʻi, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallar summalarini oʻtkazish mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 13-maydagi 321-V-9, 57 va 2019-33-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mutanosib taqsimlash hisobvaraqdagi mablagʻlarning kun boshidagi qoldigʻidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oyning oxirgi bank ish kunida asosiy hisobvaraqqa kelib tushgan mablagʻlar kun davomida mutanosib taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidagi mablagʻlar unga qoʻyilgan talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan holda, hisobvaraqdan pul mablagʻlarini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan misol asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kun davomida hisobvaraqqa kelib tushgan mablagʻlar 2-son kartotekaga yetarli boʻlganda, 2-son kartotekadagi mavjud qarzdorlik mazkur Yoʻriqnomaning 5-bandida belgilangan tartibda toʻlab beriladi, qarzdorlik qoplangandan soʻng, keyingi toʻlovlar ushbu Yoʻriqnomaning 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 19-apreldagi 321-V-8, 82, 2018-40-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-8, 25.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Yoʻriqnomaning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidan mablagʻlarni talablarni qondirish uchun mutanosib ravishda hisobdan chiqarishga oid
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MISOL
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning bank hisobvaragʻiga kelib tushgan kunlik mablagʻlar uning budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzi hamda hisobvaragʻida ish haqi uchun band (bron) mavjud boʻlganda, quyidagi tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan mijozning asosiy hisobvaragʻida kun boshida 5000 ming soʻm miqdorida mablagʻlar qoldigʻi mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov topshiriqnomalari va tegishli organlarning inkasso topshiriqnomalariga asosan quyidagi toʻlovlar boʻyicha qarz mavjud:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetga — 4000 ming soʻm (foyda soligʻidan — 3000 ming soʻm, QQSdan — 500 ming soʻm, budjetga toʻlanadigan boshqa soliqlar va toʻlovlardan — 500 ming soʻm);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat maqsadli jamgʻarmalariga — 2350 ming soʻm, bundan ijtimoiy soliq — 2000 ming soʻm, avtotransport yigʻimlari — 350 ming soʻm;
(2-ilovaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, ish haqi boʻyicha umumiy summa — 3000 ming soʻm, bundan ish haqi toʻlashga berilgan kredit summasi — 1000 ming soʻm, ish haqini bronlash summasi — 2000 ming soʻm, unga quyidagilar ham kiradi: daromad soligʻi (12%) — 240 ming soʻm, shundan jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar (0,1%) — 2 ming soʻm va Kasaba uyushmasiga badallar (1%) — 20 ming soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobvaraqdagi ushbu barcha talablar jamlanadi (4000 + 2350 + 3000 = 9350 ming soʻm) va 100 foiz deb qabul qilinadi. Yuqorida sanab oʻtilgan talablarning har birini qondirish boʻyicha mutanosiblik quyidagicha aniqlanadi: 9350 ming soʻm 100 foiz deb qabul qilinadi va hisobvaraqda mavjud 5000 ming soʻm mablagʻlarning unga nisbati aniqlanadi, yaʼni quyidagi hisob-kitob amalga oshiriladi: 5000 x 100/9350 = 53,476%.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu talablarning miqdoridan kelib chiqqan holda, ularning har birining ulushi tegishli mutanosibliklarda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Budjetga toʻlovlar ulushi: 4000 x 0,53476 = 2139,0 ming soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlar ulushi: 2350 x 0,53476 = 1256,7 ming soʻmni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat maqsadli jamgʻarmalarning ichida ijtimoiy soliq va avtotransport yigʻimlari boʻyicha nisbat (proporsiya) belgilanadi. Bizning misolimizdan kelib chiqib, ushbu nisbat quyidagicha boʻladi:
(2-ilovaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soliq ulushi 2000 x 0,53476 = 1069,5 ming soʻmni tashkil etadi;
(2-ilovaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 10-maydagi 11/2-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 5-maydagi 11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-11, 30.05.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport yigʻimlari ulushi: 350 x 0,53476 = 187,2 ming soʻmni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Ish haqi boʻyicha umumiy summa (shu jumladan, ish haqini toʻlashga berilgan kredit va ish haqi fondi boʻyicha bronni oʻz ichiga olgan holda) 3000 x 0,53476 = 1604,3 ming soʻmni tashkil etadi. Ushbu qism ichida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqini toʻlashga berilgan kreditning ulushi 1000 x 0,53476 = 534,7 ming soʻmni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqi fondi boʻyicha bronning ulushi (oʻz ichiga daromad soligʻi, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va kasaba uyushmasiga badallarini oladi) 2000 x 0,53476 = 1069,5 ming soʻmni tashkil etadi. Ulardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish haqiga beriladigan naqd pullar ulushi 1740 x 0,53476 = 930,5 ming soʻmni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning daromadidan soliq (12%) ulushi 240 x 0,53476 = 128,3 ming soʻmni (uning tarkibida jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar ulushi 2 x 0,53476 = 1,1 ming soʻmni) tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasaba uyushmalari ixtiyoriy badallar ulushi (1%) 20 x 0,53476 = 10,7 ming soʻmni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu tariqa, xoʻjalik yurituvchi subyektning budjetga soliq va yigʻimlarning har bir turi boʻyicha qarzdorligi budjet oldidagi umumiy qarzdorligidan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi qarzdorligi ushbu davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ish haqi boʻyicha qarzdorligi ham jismoniy shaxslar daromadidan soliq, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallarni hisobga olgan holda, ular boʻyicha umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 13-maydagi 321-V-9, 57 va 2019-33-sonli qarori (roʻyxat raqami 2342-9, 23.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda, 38-son, 438-modda; 2013-y., 36-son, 480-modda; 2015-y., 26-son, 345-modda; 40-son, 523-modda; 2016-y., 9-son, 97-modda; 2017-y., 27-son, 629-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2018-y., 10/18/2342-8/1276-son; 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son; 17.01.2020-y., 10/20/2342-10/0064-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 31.05.2023-y., 10/23/2342-11/0303-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 16.01.2025-y., 10/25/2342-12/0038-son)