08.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3893
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 08.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3893
Дата вступления в силу
09.07.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini roʻyxatdan oʻtkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3893]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini roʻyxatdan oʻtkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor D. LI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 22-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 22-iyundagi 22-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini roʻyxatdan oʻtkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Ushbu Nizom “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi faoliyatini olib borish, yuridik shaxslarni maxsus zona rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anonim kripto-aktiv — anonimlik prinsipi asosida ishlovchi (amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi maʼlumot yashirin boʻlgan) kripto-aktiv;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda vakolatli organ tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza vakolatli organ tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi (bundan buyon matnda maxsus zona deb yuritiladi) — ushbu Nizomga muvofiq mayning amalga oshirilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha hududi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
generatsiya qiluvchi uskunalar — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, vodorod elektr stansiyalari, shuningdek ushbu Nizomning 62-bandida nazarda tutilgan faoliyat doirasida uglevodorod xomashyosidan foydalanish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mayner — mayning bilan shugʻullanish maqsadida ruxsatnoma olgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mayning faoliyati (bundan buyon matnda mayning deb yuritiladi) — hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) — vakolatli organ tomonidan maynerga mayningni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mayning uskunalari — mayningni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturiy-apparat va (yoki) texnik vositalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus zona rezidenti (bundan buyon matnda rezident deb yuritiladi) — maxsus zona rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma olgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus zona rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma deb yuritiladi) — Direksiya tomonidan berilgan yuridik shaxsning maxsus zona rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgi benefitsiar mulkdor — rezidentni bevosita yoki bilvosita taʼsis etuvchi yoxud uning ustav jamgʻarmasidagi (kapitalidagi) ulushlariga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtkazish — roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish bilan bogʻliq tadbirlar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — maxsus zona rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashirin mayning — maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish boʻyicha faoliyat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Direksiya vakolatli organning ruxsatnomalar berish boʻyicha ishchi organi hisoblanadi, shuningdek rezidentlarni roʻyxatdan oʻtkazadi, ularning hisobini yuritadi va arizalarning sifatli koʻrib chiqilishi uchun javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ruxsatnoma va roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Talabgor nomidan vakolatli boʻlgan shaxslar roʻyxatdan oʻtkazish, qayta rasmiylashtirish, oʻzgartirishlar kiritish jarayonida ishtirok etadilar, shuningdek Direksiyaga arizalar va boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Rezident oʻziga ruxsatnoma va roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan paytdan boshlab mayningni amalga oshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ruxsatnoma va roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani boshqa yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Direksiya har oyda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va vakolatli organga maxsus zona faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Rezident sifatida roʻyxatdan oʻtkazish hamda mayningni amalga oshirish talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Rezident sifatida roʻyxatdan oʻtkazish hamda mayningni amalga oshirish uchun talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) talabgorning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mayningni faqat roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan alohida joy mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan joyning sanitariya normalari va qoidalariga javob berishi hamda texnik xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda elektr energiyasi taʼminoti tizimining texnik sozligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mayning yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda amalga oshirilgan taqdirda, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi alohida hisoblanishini taʼminlash maqsadida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) ulanish imkoniyatiga ega boʻlgan, roʻyxatdan oʻtkazilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasining boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun gumonlanayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud sudlanganlik holati tugallanmagan shaxslar tomonidan rezidentni boshqarishga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) rezidentning ustav kapitalida egasi va (yoki) yakuniy benefitsiar mulkdori sifatida quyidagi shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu bandning 6-kichik bandida koʻrsatilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar hamda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) yashirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningini hamda muqaddam muomalada boʻlgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritishga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organning talabiga muvofiq faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bepul taqdim qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) maxsus zonada faoliyat yuritish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ajratmalarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Rezident sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabgor Direksiyaga quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan elektron shakldagi arizani taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yuridik shaxsning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan joy haqidagi maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasi va bino-inshootning kadastr hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkasiga va bino-inshootga boʻlgan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) bank muassasasining nomi va yuridik shaxsga xizmat koʻrsatuvchi hisobraqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) murojaat qilishning maqsadi (rezident sifatida roʻyxatdan oʻtish va ruxsatnoma olish, roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani va (yoki) ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, ularning muddatini uzaytirish yoki ularga oʻzgartirishlar kiritish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq talabgorning rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi maʼlumotlar. Bunda taʼsischilar haqidagi maʼlumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorgacha (oxirgi benefitsiar mulkdor ham) koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) talabgorning rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari chet el fuqarolari boʻlganda, ushbu Nizomning 8-bandi 6-kichik bandida koʻrsatilgan jinoyatlar boʻyicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan holda tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma, shuningdek uning Oʻzbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) mayningni amalga oshirish uchun elektr energiyasi manbalari haqidagi quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorga tegishli boʻlgan generatsiya qiluvchi uskunalarning soni va turi, ular tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasining toʻliq hajmi, texnik tavsifi, generatsiya qiluvchi uskunalardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma nusxasi, generatsiya qiluvchi uskunaga boʻlgan mulk huquqini, shuningdek egalik qilish va (yoki) foydalanish huquqini (shu jumladan, ijara yoki lizing shartnomalari asosida) tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar generatsiya qiluvchi uskuna talabgorga tegishli boʻlmasa, elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi va ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy hajmi haqida toʻliq maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) mayning uskunalari haqida maʼlumotlar (modeli, ishlab chiqaruvchining nomi, uskunalar soni, uskunaning texnik yoʻriqnomasiga muvofiq isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hajmi, mayning uskunasiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) mayning natijasida olinishi rejalashtirilayotgan kripto-aktivlar roʻyxati va ushbu kripto-aktivlar boʻyicha kripto-hamyonlarning manzillari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning 4 va 8 — 10-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar arizaga ilova qilinadi hamda ular oʻqish mumkin boʻlgan yuqori sifatda “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza topshirishda talabgor amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyatning ushbu Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablar va shartlarga muvofiqligini va ularga rioya qilinishini tasdiqlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Talabgor arizasida elektron pochta manzilini koʻrsatishi uning barcha xabarnoma va qarorlarni elektron hujjat shaklida olishga roziligi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Roʻyxatdan oʻtkazish va ruxsatnoma berish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan ariza, maʼlumotlar va hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tarkibi Direksiya rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ekspert komissiyasi oʻn besh kun ichida taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi va xulosa tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ekspert komissiyasi tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, Direksiya mazkur xulosani ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda ruxsatnoma berish uchun vakolatli organga yuboradi. Salbiy xulosa berilganda esa mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazishni rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vakolatli organ oʻn kun ichida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod (matritsali shtrix-kod) tushirilgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomani rasmiylashtirganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng, shu kunning oʻzida vakolatli organning axborot tizimida mayner uchun shaxsiy kabinet yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mayner tomonidan ruxsatnoma qogʻoz shaklida chop etilishi mumkin va u elektron shaklda berilgan hujjatga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnoma avtomatik rejimda arizada koʻrsatilgan ruxsatnoma egasining elektron pochta manziliga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ruxsatnoma vakolatli organning axborot tizimiga va rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda hamma tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning haqiqiyligini vakolatli organning rasmiy veb-saytida tekshirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vakolatli organ quyidagi hollarda ruxsatnoma berishni rad etishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 9-bandida ruxsatnoma berish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va (yoki) hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va (yoki) buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talab hamda shartlarga muvofiq boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organning asoslantirilgan mulohazasi boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslarga koʻra ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, Direksiya uch kun ichida talabgorni rezident sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Direksiya tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta orqali talabgorni bu haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma Direksiya tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod (matritsali shtrix-kod) tushirilgan elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rezidentning elektron pochta manziliga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rezident tomonidan roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qogʻoz shaklida chop etilishi mumkin hamda qogʻoz koʻrinishida chop etilgan guvohnoma elektron shaklda berilgan hujjatga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda roʻyxatdan oʻtgan rezident toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar Direksiyaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezidentning toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsischilarning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushlari haqida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash, amal qilishini tugatish hamda bekor qilish asoslari va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligini Direksiyaning rasmiy veb-saytida tekshirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar va (yoki) hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan talab va shartlarga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishning rad etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va (yoki) buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslarga koʻra roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Nizomning 22-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etib boʻladigan kamchiliklar mavjud boʻlsa, Direksiya talabgorga ularni bartaraf etish uchun muddat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bir kun ichida talabgorning elektron pochta manziliga elektron hujjat shaklida, taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor kamchiliklarni bartaraf etib, tegishli hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilganda, roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mazkur Nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat davomida toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganda yoki hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmaganda, Direksiya talabgorni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bunda, roʻyxatdan oʻtkazishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma talabgorning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manziliga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor ushbu sabablarni bartaraf etib, arizani qayta topshirishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va qayta koʻrib chiqish uchun arizani toʻldirishga haqli boʻlgan muddat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Talabgor tomonidan ariza belgilangan muddatda rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan holda qayta taqdim etilsa, uning arizasi Direksiya tomonidan koʻrib chiqiladi va qabul qilingan kundan boshlab uch kundan oshmagan muddatda ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqish uchun vakolatli organga yuboriladi hamda ariza mazkur bobda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mazkur Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan ariza qayta koʻrib chiqilayotganda Direksiya tomonidan ilgari talabgorga bayon etilmagan rad etish sabablarining keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar va (yoki) hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi hamda Direksiya tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Direksiya har bir roʻyxatdan oʻtgan rezident toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning bekor qilinishi haqidagi maʼlumotlarni bir ish kuni ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va vakolatli organga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, ularga oʻzgartirishlar kiritish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish elektron shaklda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida Direksiyaning elektron pochtasi orqali tegishli maʼlumotlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va (yoki) hujjatlarni ilova qilgan holda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish haqida ariza berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotlar va (yoki) hujjatlarni olganidan soʻng, ularni bir kun ichida ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun vakolatli organga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Yangi vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani ushbu Nizomning 33-bandida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar rezident tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar rezident oʻz faoliyatini ilgari olingan roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi haqidagi xabarnoma rezidentning arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish rezidentning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza ularning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda Direksiyaga taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ushbu Nizomning 3 va 4-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma rezidentning arizasiga asosan tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mayning amalga oshiriladigan manzil oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ilgari taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritilganda (mayning uskunalarining modeli va miqdori, bogʻlanish uchun maʼlumotlar (elektron pochta manzili va telefon raqami), generatsiya qiluvchi uskunalar birliklari sonining koʻpayishi yoki kamayishi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaga oʻzgartirishlar kiritish ushbu Nizomning 3 va 4-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va ularni bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident tomonidan Direksiya yoki vakolatli organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori unda koʻrsatilgan muddatda bajarilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish Direksiya tomonidan oʻn kungacha boʻlgan muddatga, sud tomonidan oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish vakolatli organ tomonidan oʻn kungacha boʻlgan muddatga, sud tomonidan oʻn kunidan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Direksiya yoki vakolatli organ rezident tomonidan tegishlicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda koʻrsatilgan muddat rezident tomonidan roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qarorni olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Direksiya yoki vakolatli organning tegishlicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda rezidentning elektron pochta manziliga yuboriladi. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi haqidagi maʼlumotlar tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar va kamchiliklar tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan taqdirda, toʻxtatib turish muddatini uzaytirish yoki bekor qilish haqida tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organ sudga daʼvo arizasi kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Rezident tomonidan roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, Direksiya yoki vakolatli organ koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani elektron pochta orqali olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tegishlicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini tiklash haqida qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Direksiya yoki vakolatli organ roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini tiklash haqida qaror qabul qilingandan keyin bir ish kunidan oshmagan muddatda rezidentni elektron pochta orqali xabardor qiladi hamda bu haqidagi maʼlumotlarni tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Agar Direksiya yoki vakolatli organ tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida tegishlicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini tiklash yoxud uni tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, rezident koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organni elektron pochta orqali xabardor qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Rezident oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini olti oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar rezident roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganidan keyin olti oy ichida ularning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organga ariza bilan murojaat qilmasa, u holda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida Direksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, vakolatli organning rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus zona rezidentlarini roʻyxatga olish tartibi bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident olti oy davomida Direksiyaga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilmaganda (agar u ilgari Direksiyaga ularning amal qilishini koʻrsatilgan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan hollarda Direksiya va vakolatli organ tomonidan ularning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan boshlab, uning oʻzgartirilishi, shuningdek, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident tomonidan roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar Direksiya yoki vakolatli organ yoxud sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiyaning rezidentni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi yoki vakolatli organning ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi fakti aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan talab va shartlarini muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda. Bunda, mazkur Nizomning 8-bandi 2 va 5 — 8-kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bajarilmaganligi bir marta qoʻpol ravishda buzilish hamda 1, 3, 4 va 9 — 11-kichik bandlarida belgilangan talablar va shartlarning bir yil davomida ikki va undan ortiq marta bajarilmaganligi muntazam ravishda buzilish deb hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani bekor qilish ushbu Nizomning 55-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda tegishlicha Direksiya yoki vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma ushbu Nizomning 55-bandi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda sud tomonidan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya yoki vakolatli organ roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida sudga ariza yuborilgan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, rezidentga elektron pochta orqali aniq qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda sudga ariza yuborish asoslarini yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnoma mazkur Nizomning 55-bandi yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos boʻyicha bekor qilingan taqdirda, u rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Direksiya yoki vakolatli organ tegishlicha roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, rezidentga elektron pochta orqali aniq qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda uni bekor qilish asoslarini yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direksiya roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan oshmagan muddatda bu haqdagi maʼlumotni Direksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiradi. Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Rezidentlar tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Vakolatli organ rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezidentdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikka rioya etishni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻycha vakilni xabardor etgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazishda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha rezidentlardan zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirish natijalari asosida rezident tomonidan ruxsat berish talablari va shartlari buzilganligini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident zimmasiga aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday huquqbuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga muvofiq ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki ruxsatnomani bekor qilish masalasi boʻyicha qarorlar qabul qilish va (yoki) sudga murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan mayningni amalga oshirish holatlari toʻgʻrisidagi materiallarni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun tegishli organlarga belgilangan tartibda yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi tekshirilganda, vakolatli organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning biri rezidentga beriladi, ikkinchisi esa vakolatli organda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Maxsus zona hududida mayningni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Maxsus zona hududida mayningni amalga oshirish uchun quyidagilardan foydalanishga ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qayta tiklanuvchi energiya manbalarining barcha turlari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) vodorod elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yagona elektr energetika tizimidan olinadigan elektr energiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) maxsus zona hududida joylashgan rentabelligi past, kam debitli, tugab borayotgan konlarni, shuningdek uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud boʻlmagan yoki eskirgan konlarni kelgusida oʻzlashtirish, saqlash va jihozlash orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Maxsus zona rezidentlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan mayningni amalga oshirish uchun foydalanish maqsadida rentabelligi past, kam debitli, qazib olish hajmi pasayayotgan, shuningdek uglevodorodlarni yetkazib berishning transport tizimi mavjud boʻlmagan yoki eskirgan konlarni oʻzlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mayningni amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan issiqlik energiyasi hisobiga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda issiqxonalar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Maxsus zona hududida quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashirin mayningni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anonim kripto-aktivlar mayningini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqaddam muomalada boʻlgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatdan oʻtish paytida koʻrsatilmagan manzil boʻyicha mayningni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezident sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan mayningni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Mayning faqat rezident sifatida roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatilgan manzil boʻyicha, yongʻin xavfsizligi talablari, sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Rezident quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan binoning elektr taʼminoti tizimining texnik sozligini va xavfsizligini taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
topilgan kripto-aktivlarni sotish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha operatsiyalar hisobini yuritishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi vakolatli organ va Direksiyaning talabiga binoan oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bepul taqdim etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Rezident maxsus zonada faoliyatni amalga oshirganligi uchun har oyda Direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan miqdorda ajratmalar oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratmalarni hisoblash va undirish rezidentning arizasiga koʻra roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Nizomning 52-bandiga muvofiq toʻxtatib turilgan davrga mutanosib ravishda toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Topilgan kripto-aktivlarni realizatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Topilgan kripto-aktivlar milliy kripto-birjalar yoki chet el platformalari orqali, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotiladi va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda topilgan keyinchalik milliy kripto-birjalar yoki chet el platformalari orqali, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish sharti bilan boshqa likvidliroq kripto-aktivlarga ayirboshlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Topilgan kripto-aktivlarni chet el platformalari orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishda rezident:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar bilan shartnomalar tuzishga haqli emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el platformasining roʻyxatdan oʻtgan yurisdiksiyasida litsenziyasi mavjudligini tekshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Topilgan kripto-aktivlarni realizatsiya qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatiga kiritilgan shaxslarga sotish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Mayning natijasida olingan, shu jumladan boshqa yuqori likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlangan kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushum majburiy tarzda Oʻzbekiston Respublikasidagi banklarning hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Direksiya yoki vakolatli organning roʻyxatdan oʻtkazishni yoki ruxsatnoma berishni rad etish, roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari, shuningdek Direksiya yoki vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi, shuningdek uning rezidentlarini roʻyxatdan oʻtkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorning rahbariyati (rahbar va uning oʻrinbosarlari) hamda taʼsischilari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOTLAR

1-jadval.

Talabgorning rahbariyati (rahbar va uning oʻrinbosarlari)

Lavozimi

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Fuqaroligi

JSHSHIR

(Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Hujjat turi

Seriya va raqami

Berilgan vaqti va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2-jadval

Talabgorning taʼsischilari

Familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxs nomi

Ulush hajmi

Fuqarolik

(jismoniy shaxslar uchun)

yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy

(yuridik shaxslar uchun)

JSHSHIR

(jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

yoki STIR

(yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasi

Hujjat turi

Seriyasi va raqami

Berilgan sanasi va amal qilish muddati

Kim tomonidan berilgan

1

2

3

4

5

6

7

8

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2026-y., 10/26/3893/0716-son)