06.04.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 917
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“TASDIQLAYMAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vaziri

A. Polvon-zoda

2000-yil 6-aprelda

20-314/10-son

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari,

Kichik va xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirishni rag‘batlantirish

bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi

kengashining raisi

B. Hamidov

2000-yil 6-aprel

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasining

Bosh prokurori
R. Qodirov
2000-yil 6-aprel

7-Z-00-son

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vaziri
Z. Almatov
2000-yil 6-aprel
1/278-son

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo‘mitasining raisi

B. Xodjayev

2000-yil 6-aprel

2000-44-son

“KELIShILGAN”

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy xavfsizlik xizmati raisi

R. Inoyatov

2000-yil 6-aprel

9/357-son

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARni TEKShIRIShLAR O‘TKAZISh VA TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBINI YURITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 6-aprelda 917-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizomning yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2001-yil 15-maydagi 55-sonli “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish va tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 917-1, 15.05.2001-y.) qarori bilan tasdiqlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi va 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida”gi farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-noyabrdagi 496-son va 2000-yil 17-fevraldagi 57-son qarorlariga muvofiq tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar va ularning ta’riflari qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi - tekshirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus ro‘yxatga olish Kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik yurituvchi subyekt — mulk shaklidan qat’i nazar, korxona yoki mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tadbirkor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat organlari — xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirlik va idoralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taftish — moliya va soliq masalalari bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliq, davlat statistika organlariga hamda banklarga taqdim etiladigan hisobga olish va hisobot ishlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalterlik, moliya va boshqa hujjatlarini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi yoki bir xo‘jalik yurituvchi subyektning turli bo‘linmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat tartibida tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlarlarning ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom nazorat qilish organlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha turdagi tekshirishlari (ayni bir vaqtdagi tekshirish, taftish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish va boshqalar), shu jumladan yong‘in, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xavfsizligi, energiya nazorati xizmati, tabiatni muhofaza qilish, karantin va o‘simliklar himoyasi, tovarlar bilan savdo qilish qoidalariga rioya qilishni tekshirish faoliyatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati tegishli qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlar amaldagi qonunchilik me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. TEKShIRISh O‘TKAZISh UChUN ASOSLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tekshirishlar o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqargan buyrug‘i yoxud Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining tekshirish, shu jumladan taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda tekshirish maqsadi, uni o‘tkazish sanasi va tekshirishni amalga oshirish topshirilgan mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan qarorlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasiga muvofiq Prokuratura, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasidan uni tekshirishga aloqador ma’lumotlar (rejalashtirilgan tekshirish sanasi, turi, nazorat organi nomi va boshqalar)ni olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirish tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, vetirinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompleks tekshiruvlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tasdiqlagan rejalar asosida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat tartibida tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tekshirish o‘tkazishga faqat tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan attestatsiya natijalari bo‘yicha va tekshirish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi maxsus guvohnomalarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. TEKShIRISh O‘TKAZISh ShARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddati 30 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas. Istisno hollarida bu muddat Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-apreldagi 166-son qaroriga muvofiq kichik va o‘rta biznes korxonalarining, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolarining ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatlarini barcha tekshirishlar Palata yoki uning hududiy tuzilmalari yuridik xizmatlarining majburiy ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tekshirishlar o‘tkazish uchun mutaxassis, auditorlar (auditorlik firmalari) jalb qilingan holda ekspertizalar (auditorlik tekshirishlar) o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar faqat ushbu tekshirishlarni tayinlagan nazorat organlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mutaxassislar va/yoki auditorlar (auditorlik firmalari) jalb qilinganda nazorat organi hamda mutaxassislar va/yoki auditorlar (auditorlik firmasi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi albatta taqdim qilinishi lozim. Shartnomada mutaxassis va/yoki auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va mansabi albatta ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. 14-bandda ko‘rsatilgan shartnoma tuzishning zaruriy sharti bo‘lib mutaxassis va/yoki auditor (auditorlik firmasi)ning ekspert va/yoki auditorlik xulosasining to‘g‘riligi va uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi uchun ekspert va/yoki auditorning javobgarligi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xo‘jalik yurituvchi subyektni rejali tarzda tekshirish Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga soliqlar va to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘la miqdorda to‘lovchi, boshqa tartib va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-noyabrdagi 496-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni o‘tkazish tartibi”ning 2.6-bandiga muvofiq qo‘shimcha, shuningdek, muqobil tekshirishlarni o‘tkazish jinoiy ishlar bo‘yicha tergov davomida yoki faqat Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga ko‘ra nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Gorizontal tekshirishlar va taftishlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlarni o‘tkazish esa faqat ularning tekshirish obyekti bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagina yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tekshiriladigan obyektning nomi, tekshirish o‘tkazish maqsadi, muddatlari va uning o‘tkazilishini asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining rejadan tashqari tekshirishlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat organining mansabdor shaxslari tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i xo‘jalik yutiruvchi subyekt faoliyatini rejadan tashqari tekshirishini o‘tkazish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar tekshiruvni o‘tkazish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qaroridan kelib chiqqanda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo‘shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar nazorat organlarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslikka haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Hujjatlarni olib qo‘yish va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talabi bo‘yicha taqdim etish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi, prokuratura organlari esa, bu holda O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga ham asoslanadilar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar asl nusxasi olib qo‘yilgan hujjatlarning saqlanishi uchun javobgardirlar. Hujjatlarning asl nusxasini olib qo‘yishda nazorat organlarining vakolatli shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularning asl nusxasidan bosh buxgalter yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmalar olishga imkoniyat berishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Nazorat organlari va ularning mansabdor shaxslari, mutaxassislar va/yoki auditorlar (auditorlik firmalari) xo‘jalik yurituvchi subyektni tekshirish natijasida ma’lum bo‘lgan tijorat siri ma’lumotlarini oshkora qilganliklari uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z faoliyatlari tekshirilishi to‘g‘risidagi tegishli axborotga ega bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo‘linmalari qarorini, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalalarni qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruvga vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki ma’muriy jazo choralarini qo‘llash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralishishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tekshirishni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarini(yakka tadbirkorni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilik bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritishi lozim (1-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi raqamlangan va varaqlar soni ko‘rsatilib, xo‘jalik yurituvchi subyektning (yakka tadbirkor uchun agar u mavjud bo‘lsa) muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi. Tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tadbirkor) nazorat organining mansabdor shaxsiga Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini tegishli ustunlarini to‘ldirish uchun taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat organining vakolatli shaxsi Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt tekshirish o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslikka haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish 2-ilovada ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Nazorat organlari tekshirishni nazorat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish rejasiga muvofiq amalga oshiradi. Tekshirish uni o‘tkazish rejasi yoki nazorat organi vakolatlari doirasidan tashqariga chiqmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan, zarur hollarda esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Dalolatnoma va ko‘rsatmani rasmiylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma, nazorat organi rahbari tomonidan tasdiqlangan tekshirish o‘tkazish buyrug‘i va rejasi, jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxalari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga (yakka tadbirkorga) ularni olganligi haqidagi tilxat asosida topshiriladi. Shuningdek, tekshirish o‘tkazish uchun mutaxassis va/yoki auditor (auditorlik firmasi) jalb qilingan taqdirda nazorat organi va mutaxassis va/yoki auditor (auditorlik firmasi) o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi to‘ldirilgandan va tekshirish tugagandan so‘ng mansabdor shaxs — tekshirish rahbari va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tadbirkor) unda qayd qilingan yozuvlarni sana va vaqt ko‘rsatilgan imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. JAVOBGARLIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha shaxsiy, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlik nazorat organlarining rahbarlari va vakolatli shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Huquqi buzilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt unga keltirilgan zararni to‘liq undirilishini talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yurituvchi subyekt aybdor mansabdor shaxsning noqonuniy aralashuvi natijasidagi yetkazilgan zararni, boy berilgan foydani, shuningdek ma’naviy zararni qoplashni sud orqali talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni berish nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining harakatlarini to‘xtatib qo‘ymaydi. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan qilingan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBI‎‎

__________________________________________________________

(xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

Nazorat yoki huquqni muhofaza q�luvchi organning nomi‎

Tekshiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va guvohnoma raqami‎

Mutaxassis, auditor ismi, familiyasi, otasining ismi (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, litsenziya berilgan sana va raqami)‎

Tekshirish o‘tkazish uchun asos; jinoiy ish raqami‎

Tekshirish turi va maqsadi‎

Tekshirish o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar‎

Tekshirishni boshlash va tugatish sanasi va vaqti‎

Tekshirishni aniq davom etgan vaqti‎

Talab kilingan hujjatlar‎

Tekshirish jarayonida ko‘rilgan choralar‎

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tadbirkorni fikri)‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik yurituvchi subyektning Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tekshiruvchi 2—8, tekshiriluvchi 9—12 ustunlarni to‘ldirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikkinchi ustunda nazorat organining to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, u bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Uchinchi ustunda tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus) raqami, guvohnomani bergan organ nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. To‘rtinchi ustunda mutaxassis, auditor (auditorlik firmasi) taklif etilgan bo‘lsa ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma raqami, litsenziya raqami, litsenziya bergan organ nomi va litsenziyaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Beshinchi ustunda tekshirish o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlagan sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni tasdiqlash raqami va sanasi; jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoiy ishning raqami.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oltinchi ustunda tekshirish turining to‘liq nomi va maqsadi (bir martalik tekshirish, taftish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish) ko‘rsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish o‘tkazish reja-jadvalida va buyruqda ko‘rsatilgan turga muvofiq bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ettinchi ustunda tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatiladi. U tekshirish o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sakkizinchi ustunda har kuni tekshirish o‘tkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda nazorat organlari mansabdor shaxslarining xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqtidan keyingi faoliyati haqida maxsus belgilar qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. To‘qqizinchi ustunda tekshirishning aniq davom etgan kalendar muddati ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘ninchi ustunda talab qilingan hujjatlarning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali hamda buyruqda ko‘rsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘n birinchi ustunda nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi (ishlab chiqarishni to‘xtatish, omborni yoki korxonani to‘liq muhrlash, pul mablag‘laridan va/yoki xom-ashyodan foydalanishni taqiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qo‘yish va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘n ikkinchi ustunda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tadbirkorning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “E’tirozlar bilan roziman” shaklidagi fikri ko‘rsatiladi. “Rozi emasman” shakli ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tadbirkor) buning asoslangan sabablarni ko‘rsatadi. “E’tirozlar bilan roziman” shakli ko‘rsatilgan holda asoslangan e’tirozlar keltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida o‘chirib yozish va bo‘yash taqiqlanadi. To‘g‘rilashlar xato yozuvlar o‘chirilib, kerakli ma’lumotlar ustidan qayta yozish yoki qo‘lda ustidan yozish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday to‘g‘rilash tekshirish rahbari-mansabdor shaxs va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tadbirkor) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi raqamlangan va varaqlar soni ko‘rsatilib, xo‘jalik yurituvchi subyektning (yakka tadbirkor uchun agar u mavjud bo‘lsa) muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 7-son; 2001-y., 9-10-son)