Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xoʻjalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini koʻzlab:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi 2005-y., PF-3694-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 352-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PF-4219-sonli Farmoniga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 150-modda)
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini oʻtkazish chogʻida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qoʻyadilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga budjet tashkilotlari va budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirishni oʻtkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar:
ikki hafta muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslarning roʻyxatini tasdiqlasinlar;
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni taʼminlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, qonunda koʻzda tutilgan choralarni koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini koʻzda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori koʻtarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini koʻrsinlar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio”, ommaviy axborot vositalari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish ishlarini oʻtkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-noyabr,
PF-2114-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 209-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 352-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2010-y., 20-son, 150-modda; 2011-y., 14-son, 133-modda; 2013-y., 13-son, 163-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)