16.04.2026 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish, taʼlim xizmatlarini oluvchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xorijiy tillarga oʻqitish sohasida qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha tasdiqnomaga hamda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati mazkur qaror bilan belgilangan talab va shartlarga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida qoʻshimcha taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomani yuborish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qaror 2026-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 16-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 176-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 54 va 58-bandlardagi “vakil bilan kelishgan” soʻzlari “vakilni xabardor etgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “I. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari uchun:” boʻlimi “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim doirasida chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilganligi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni “III. Quyidagilar nodavlat taʼlim xizmatlarining litsenziyalanadigan faoliyat turlarining alohida talab va shartlari hisoblanadi:” boʻlimi “Umumiy oʻrta taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” qatori quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

11.

Bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talablarning bajarilganligi:*

bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim doirasida chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilgan boʻlishi hamda har uch yilda malakasi oshirib borilishi.

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 20-ilovasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 9-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “b1” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b1) chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar beradigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 10-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha xulosalar olishi mumkin (10 ish kuni)”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 41-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va tekshiruvlar haqida muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ belgilangan tartibda xabardor etilganda joyiga chiqqan holda tekshirish orqali”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“46. Ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan tekshirishlar belgilangan tartibda muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ xabardor etilgan holda amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 6-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha taʼlim faoliyatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Xabarnoma nomi:

Qoʻshimcha taʼlim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnoma

2.

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning kichik turlari:

a) bolalar uchun nodavlat qoʻshimcha taʼlim, shu jumladan, bolalar uchun chet tillarini oʻrgatish faoliyati;

b) katta yoshdagilar uchun nodavlat qoʻshimcha taʼlim, shu jumladan, katta yoshdagilar uchun chet tillarini oʻrgatish faoliyati.

3.

Xabardor qiluvchi toifasi:

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor

4.

Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar):

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Xabarnomani yuborish tartibi:

“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

6.

Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan maʼlumotlar:

Yakka tartibdagi tadbirkor uchun:

a) YTTning:

familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa);

pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami;

JSHSHIR;

b) yashash manzili;

v) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda);

g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi);

Yuridik shaxs uchun:

a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR;

b) pochta va elektron pochta manzili;

v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud boʻlgan taqdirda);

g) bank rekvizitlari (hisobvaragʻi, bank kodi);

Yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs uchun:

a) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili (manzil(lar)i, kadastr raqami), faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno;

b) taʼlim yoʻnalishlari, kurslar va kasblar roʻyxati;

v) pedagog kadrlar (shu jumladan xorijiy oʻqituvchilar) haqida maʼlumot:

familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlgan taqdirda);

pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiya ID-kartasi raqami;

JSHSHIR;

telefon raqami;

maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma raqami va sanasi;

chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar tomonidan beriladigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

chet tillariga oʻqitgan hollarda, xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatining raqami va sanasi yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlari PDF nusxasi;

chet tillarga oʻqitgan hollarda pedagoglarning malakasini oshirganligi haqida sertifikat nusxasi;

g) oʻquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

d) davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning sanasi va raqami, faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno;

e) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining sanitariya-gigiyena normalari, qoidalari va normativlariga muvofiqlik toʻgʻrisidagi xulosasining sanasi va raqami, faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilar bundan mustasno.

7.

Xabardor qiluvchi kiritgan maʼlumotlar tekshirilishi lozim boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari (maʼlumotlari):

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

8.

Xabarnomani yuborish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

9.

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari:

a) oʻquv rejasi va dasturi qoʻshimcha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlishi;

a1) taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, taʼlim oluvchilar jinsiga koʻra ajratib oʻqitilishiga (qonunchilikda ayrim oʻquv fanlarni ajratib oʻqitish boʻyicha belgilangan holatlar bundan mustasno), mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslari, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisida yolgʻon axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;*

b) taʼlim faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (ushbu talab faqat masofaviy (onlayn) taʼlimga asoslangan nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi);

v) har bir toʻgarak rahbari oʻquv qoʻllanma bilan taʼminlanganligi;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi)ning axborot tizimiga quyidagi maʼlumotlar toʻgʻri va ishonchli kiritilishini taʼminlash:

taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida;

taʼlim oluvchilar toʻgʻrisida;

pedagog xodimlar, toʻgarak rahbarlari, trenerlar toʻgʻrisida;

taʼlim jarayoni toʻgʻrisida;

d) taʼlim oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi;*

e) taʼlim oluvchilarning minimal va maksimal soni:

individual (yakka) tarzda;

toʻgarakda — 40 nafargacha;

e1) chet el fuqarolari boʻlgan pedagog xodimlar beradigan taʼlim, shu jumladan, chet tillarini oʻrgatish faoliyati boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;*

yo) pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati darajasi:

oliy maʼlumotli — 50%;

oʻrta maxsus va kasbiy maʼlumotli — 40%;

oʻrta maʼlumotli — 10%.

j) taʼlim tashkilotining hududi:

devor yoki panjara bilan oʻralganligi;

tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi;

ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;

z) taʼlim tashkilotidagi xonalar uchun ajratiladigan minimal maydon oʻlchami:

dars mashgʻulotlari uchun:

toʻgarak mashgʻulotlari xonasi — 15 m2;

ustaxona — 30 m2 (agar mavjud boʻlsa);

studiya va individual mashgʻulotlar xonasi umumiy maydoni — 20 m2 (agar mavjud boʻlsa);

umumnazariy va umumtaʼlim laboratoriya xonalari — 25 m2 (agar mavjud boʻlsa);

i) oʻquv auditoriyalarida taʼlim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qoʻyiladigan minimal talablar:

elektron yoki oddiy doska — 1 dona;

proyektor — 1 dona;

auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks;

i1) taʼlim jarayoni ovozli videoyozuvga qayd etilishi (bunda ovozli videoyozuv kamida bir oy davomida saqlanishi lozim);*

y) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hududiy organining sanitariya-gigiyena normalari, qoidalari va normativlariga muvofiq boʻlishi;

k) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitar vrachining 2009-yil 4-iyundagi 0266-09-son Nogironlar va aholining imkoniyati cheklangan katta yoshdagi va bolalar guruhlari tomonidan foydalaniladigan turar-joy va jamoat binolarini loyihalashtirish va qurishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi;

l) qoʻshimcha taʼlim boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berilishi;

m) chet tillarga oʻqitgan hollarda, chet tili oʻqituvchilarida B2 va undan yuqori darajadagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud boʻlishi;*

n) chet tillariga oʻqitgan hollarda, pedagoglarning tegishlicha kasbiy rivojlantirish taʼlim tashkilotlarida malakasi oshirilgan boʻlishi hamda har uch yilda malakasi oshirib borilishi.*

10.

Izoh:

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 7-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a1) tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmi egallanishini, shuningdek, kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini taʼminlashga oid faoliyatga mos kelmaydigan taʼlim faoliyatini amalga oshirmaslik;*”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g” kichik banddagi “Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/176/0368-son)