Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2025 13.03.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1108
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorning buyrugʻi, 13.03.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1108
Дата вступления в силу
23.03.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI bosh direktorning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli kogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 13-martda 1108-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab 1997-yil 25-martda Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan tasdiqlangan Investitsiya vositachilari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 326, 2-aprel 1997-yil), shuningdek 2000-yil 20-oktabrdagi 10-2000-sonli (10.11.2001-yildagi roʻyxat raqami 326-1), Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan tasdiqlangan Investitsiya vositachilari toʻgʻrisidagi nizomga 1-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb tan olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh direktor M.S. YUNUSMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 7-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-01-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 7-fevraldagi 2002-1-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-sonli “Toshkent” Respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori bilan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachilarining faoliyatini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 1. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya vositachisi — mijozning topshirigʻiga binoan, mijoz nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
broker — fond birjasining aʼzosi boʻlgan, mijoz topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlari tuzuvchi investitsiya vositachisi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diler — fond birjasining aʼzosi boʻlgan oʻz nomidan va oʻz hisobidan birja bitimlari tuzuvchi investitsiya vositachisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz — qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining xizmatlaridan foydalanuvchi deponent yoki boshqa shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatlar toʻqnashuvi – investitsiya vositachisi va (yoki) mexnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida oʻz faoliyatini olib boruvchi uning ishchilari (bundan keyin — ishchilar), va investitsiya vositachisi mijozining oʻrtasidagi investitsiya vositachisi va (yoki) uning ishchilarining mijozga zarar keltiruvchi va mijoz uchun salbiy oqibatlarga olib keluvchi harakatlari (harakatsizligi) natijasidagi mulkiy va boshqa manfaatlarining toʻqnashuvi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 26-fevraldagi 2019-04-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-6, 06.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/1108-6/2718-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tijorat banklari va sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega sugʻurtalovchilar qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Bunda, tijorat banklari va sugʻurtalovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 2. Investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishning umumiy talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishga buyurtma berish, oʻtkazish borasidagi topshiriqlarini vijdonan hamda ularning kelib tushishi tartibida bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarga shartnoma tuzish va ijro etish bilan bogʻliq barcha kerakli maʼlumotlarni yetkazishga, tuzilgan bitimlar va qilingan operatsiyalar boʻyicha mijozlarga hisobot berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatlar toʻqnashuvida, shu jumladan dilerlik operatsiyalarini qoʻshib olib borish bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda, mijozga nizo kelib chiqishi haqida darhol xabardor qilish va uni mijoz foydasiga hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya vositachisi tomonidan tegishli topshiriq olinguniga qadar mijoz xabardor qilinmagan investitsiya vositachisi va uning mijozi oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvi natijasida yuzaga kelgan zararni oʻrnini qoplashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlar topshirigʻi asosidagi bitimlarni investitsiya vositachisining oʻz dilerlik operatsiyalariga nisbatan ustivor ravishda amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va topshiriqlarni bilan bogʻliq tavakkalchiliklar haqida xabardor qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarga qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining qoidalariga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda sotib olish va sotish imkonini berishi, bunda bitimlarning oqibatlari uchun investitsiya tavakkalchiliklari boʻyicha javobgarlik mijozlarning oʻzlariga yuklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarda, qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari qoidalariga rioya qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ-huquqiy hujjatlariga, oʻz tartib-taomillariga va qoidalariga muvofiq ichki nazoratni tashkil etishi va amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz mablagʻlarining miqdori qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan oʻz mablagʻlarini yetarli darajada boʻlishlik meyyoriga muvofiqligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xar bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini yuritishi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nominal saqlovchi sifatida oʻz mijozlarining qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarni toʻliq va oʻz vaqtida, shu bilan birga qimmatli qogʻozlar muomaladan chiqarilganda nominal qiymatini olishda yordam koʻrsatishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib yoki olmagan xolda emitent nomidan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tegishli litsenziyasiz qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mijozlar bilan ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlarini cheklovchi shartnomalar tuzishi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) taqiqlangan bitimlar yoki qonun talablarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan bitimlarda ishtirok etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) investitsiya vositachiga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning qiymati toʻliq toʻlaguniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi, bunda nettingdan foydalanish mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mijozlarga qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilishdan daromadni kafolatlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) mijozlarning qimmatli qogʻozlarini joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi, agar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ushbu qimmatli qogʻozlarni emissiyasini toʻxtatgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) qimmatli qogʻozlar bozorida tegishli professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar bozori ishtrokchilarining professional xizmatlaridan foydalangan holda qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzishi (qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat bilan shugʻullanuvchi tijorat banklari va sugʻurtalovchi kompaniyalarning professional xizmatlaridan foydalanish holatlaridan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) mijozlarning qimmatli qogʻozlar va investitsiya vositachining bank hisob-varaqasidagi mablagʻlaridan mijoz topshirigʻisiz ishlatish, bunda shartnomada maxsus qayd etilgan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatishi, mahfiy va insayder axborotdan foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) qimmatli qogʻozlar va ularga doir narxlar toʻgʻrisida qasddan buzib koʻrsatilgan axborotni taqdim etish orqali qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga undashi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mijozning talabiga binoan investitsiya vositachisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatdan koʻchirma nusxasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) investitsiya vositachisi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida professinal faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning koʻchirma nusxasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ustav fondi, oʻz mablagʻlari va zaxira fondi toʻgʻrisida axborotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) bitimlarni tuzish va boshqa xizmatlar uchun dilerlik (stavkalar) toʻlovi, komission mukofotlar va boshqa yigʻimlarning narxlari va toʻlovlarning miqdorini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mijoz oladigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) mijoz oladigan qimmatli qogʻozlarning emissiya risolasidagi axborotlarni, shuningdek ushbu qimmatli qogʻozlarning investor tomonidan maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisida talab qoʻyilgan sanadan oldingi olti hafta davomidagi narxlari haqidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) qimmatli qogʻozlarga doir oʻz nomidan va mijoz hisobidan amalga oshirilgan bitimlarning natijalari boʻyicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlar va shaklda taqdim etadi.
(31-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini ikki ish kuni ichida yozma shaklda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir chorak davomida faqat bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalar amalga oshirilganligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya boʻyicha qimmatli qogʻozlarning soni mazkur qimmatli qogʻozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan boʻlsa, xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya vositachisi Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham oshkor qilishi shart.
(3.2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Investitsiya vositachisi tomonidan investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yoki u tugatilgan taqdirda, tegishli axborot qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran ikki ish kuni ichida ommaviy axborot vositalarida va fond birjasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya vositachisi sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatib turayotgan, tugatayotgan yoki tugatilayotgan investitsiya vositachisida hisobi yuritilayotgan qimmatli qogʻozlar mijozning qaroriga koʻra bir haftalik muddatda boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkaziladi, bunday qaror mavjud boʻlmagan taqdirda esa, qimmatli qogʻozlarning egasi tanlagan investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik oʻtkazish uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga (faoliyatni toʻxtatib turish hollari bundan mustasno) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi mazkur bandda koʻrsatilgan harakatlar yakunlanganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 3. Brokerlik faoliyatini tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Broker mijozdan kuyidagi maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishga xaqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qimmatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha bitim tuzishda mijozning toʻlov qobiliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qimmatli qogʻozlarning va ularga boʻlgan mulk huquqining mavjudligi — ularni sotish shartnomasini tuzishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qimmatli qogʻozlarga uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilganligi yoki ushbu qimmatli qogʻozlar taqdim etadigan huquqlarning amalga oshirilishi toʻhtatilishi yoxud imkonsizligini keltirib chiqaruvchi emitentning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq mijozga maʼlum boʻlgan vaziyatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mijozning layoqati – jismoniy shaxsning oʻz harakatlari bilan ega boʻlish va fuqarolik huquqlarini amalga oshirish, oʻzi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni toʻliq yoki qisman bajarish layoqati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mijozlar rahbarlarining vakolatlari — yuridik shaxslarning manfaatlarini ifodalash va ushbu yuridik shaxslar uchun huquqiy oqibatlarga olib keladigan harakatlarni amalga oshirishga qonuniy huquqqa egaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) brokerlik xizmatlari orqali bitimni amalga oshirishni hohlagan mijozning hisobvaragʻida turgan qimmatli qogʻozlar uchun toʻliq toʻlovni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Uzaytirish imkoniyati bilan bir yilga tuziladigan shartnoma asosida investitsiya vositachisi mijozlarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning nomidan va hisobidan brokerlik xizmatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz nomidan, lekin mijozning xisobidan brokerlik xizmatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
depozitar xizmatlar koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya vositachisi mijozga depo hisoblarini elektron shaklda va boshqa aloqa vositalari orqali ochishga, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish boʻicha buyurtmalarni qabul qilishga, shuningdek mijozlarga boshqa xizmatlar koʻrsatishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Broker, topshiriqni boshqa shaxsga oʻtkazilishi xollaridan tashqari (ishonib topshirish), unga berilgan topshiriqni shaxsan bajaradi. Brokerlarga bitimni amalga oshirishni ishonib topshirish faqat brokerlar uchun amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Brokerlik xizmatlarini amalga oshirish jarayonida, investitsiya vositachisi mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asosan uyushgan savdolarda qimmatli qogʻozlarni sotib olishi va sotishi uchun oʻz mijozlariga pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar koʻrinishidagi karzni berishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Broker mijoz tomonidan unga berilgan pul mablagʻlarini oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatishga haqli, agarda bu koʻrsatilgan mablagʻlar evaziga uning topshiriqlarini bajarishni yoki mijozning talabiga binoan ularni qaytarishni kafolatlovchi, mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Brokerga pul mablagʻlarini oʻz manfaatlari yoʻlida ishlatish huquqini bergan mijozlarning pul mablagʻlari, shunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan xisobvaraq (hisobvaraqlar)dan alohida hisobvaraq (xisobvaraqlar)da turishi kerak. Broker oʻz mablagʻlarini ushbu xisobga oʻtkazishi mumkin emas, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularni mijozlarga qaytarib berish va (yoki) mijozlarga qarz berish xollari bundan mustasno.
(7.2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Investitsiya vositachisi mijoz-norezident bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qimmatli qogʻozlarni sotib olish (sotish)da mijoz-norezidentning nomidan va hisobidan xorijiy valyutalarni sotib olish (sotish) uchun tijorat banklariga buyurtmalar topshirishga haqli.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mijoz bilan tuziladigan shartnomada broker quyidagi barcha shartlarni nazarda tutishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) shartnoma turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xizmat turi — qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, shunigdek, mijozning talabiga koʻra brokerning vakolatiga kiradigan boshqa qoʻshimcha xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar va operatsiyalarga doir huquq va majburiyatlarini oʻz zimmasiga olish boʻyicha mijoz majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish va ularni toʻlash muddati va usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) investitsiya vositachisiga vositachilik haqqining miqdori va uni toʻlash muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tomonlar javobgarligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tomonlar zarur deb hisoblagan shartnomaning boshqa shartlari tomonlarning ixtiyeriga koʻra belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mijozning koʻrsatmasi boʻyicha bir nechta bitimlarni bajarish yoki bir nechta yuridik harakatlarni amalga oshirishda tomonlar pul mablagʻlarini yoki qimmatli qogʻozlarni mijoz tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarini toʻliq bajarmagunga qadar vaqtinchalik brokerning xisoblarida saqlab turishi shartnomada koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Broker:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mijozlarning birinchi talabi boʻyicha topshiriqlar bajarilish xolati xaqida barcha maʼlumotlarni berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bitim tuzilgandan soʻng darhol mijozga, mijoz koʻrsatmasi boʻyicha qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini tasdiqlovchi shartnoma nusxalarini yoki boshqa hujjatlarni yuborishga, tuzilgan bitimlar shartlari haqida maʼlumot berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlmasa, koʻrsatmani bajarish uchun tuzilgan bitimlar boʻyicha barcha olinganlarni mijozga kechiktirmasdan yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ-huquqiy hujjatlari talablariga muvofiq mijozlarning qimmatli qogʻozlarini va pul mablagʻlarini saklanishini va aloxida hisobini taʼminlashga, amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha mijozga ushbu mijoz uchun tayyorlangan davriy xisobdorlikni, mijozning xisobidagi pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarning harakati (komissiya miqdori va brokerning boshqa mukofotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan) koʻchirmalarni va boshqa hujjatlarni qonunchilik va tuzilgan shartnomaga muvofiq taqdimga etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) nominal saqlovida boʻlgan qimmatli qogʻozlar egalari — mijozlarga qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni amalga oshirish uchun, qimatli qogʻozlar emitenti yoki uning agenti tomonidan taqdim etilgan, maʼlumot va hujjatlarni taqdim etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) xar bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritish, shartnomada koʻrsatilgan asoslarga muvofiq va faqat mijoz koʻrsatmasi boʻyicha bitimlar tuzish va operatsiyalarni amalga oshirish, tuzilgan bitimlar va qilingan operatsiyalar toʻgʻrisida xisobot berishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) depozitar tizimdagi oʻz mijozlari toʻgʻrisidagi malumotlarni dolzarblashtirish, shuningdek uch yil va undan ortiq vaqt mobaynida aloqaga ega boʻlmagan mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarni oʻrnatish choralarini koʻrishga majbur.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 4. Dilerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Dilerlik faoliyatini amalga oshirayotgan investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitimi tuzishda oʻz majburiyatlarini vijdonan bajarishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14 Oldi-sotdi bitimini tuzayotgan investitsiya vositachisi (diler) oʻz nomidan va oʻz mablagʻlari xisobidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxlarini ommaviy ravishda eʼlon qilish yoʻli orqali ularning eʼlon qilingan narxlari boʻyicha sotib olish yoki sotish majburiyati bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qimmatli qogʻozlarni sotib olishga va sotishga buyurtmalarni savdolar tizimida har kuni eʼlon qilishga;
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oldin eʼlon qilingan narxlar va qimmatli qogʻozlar soniga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish taklifi bilan murojat qilgan shaxslar bilan bitim tuzish va bunday operatsiyalarni amalga oshirishdan bosh tortmaslikka majburdir.
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Diller oʻzining veb-saytida va savdolar tashkilotchisining veb-saytida sotib olinayotgan va (yoki) sotilayotgan qimmatli qogʻozlarning minimal va maksimal sonini eʼlon qilishga haqli.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2018-yil 30-oktabrdagi 2018-12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1108-5, 30.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2018-y., 10/18/1108-5/2254-son — 2019-yil 2-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
§ 5. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Investitsiya vositachisining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati ustidan nazorat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Investitsiya vositachisi mazkur Nizom talablariga amal qilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)