Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Toshkent” Respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Toshkent” respublika fond birjasining ular tomonidan “VAQT” Oʻzbekiston axborot kompaniyasi” aksionerlik jamiyati bazasida “Milliy depozitariy” ochiq aksiyadorlik jamiyati taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi 263-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
fond bozorini va xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish uchun axborot bazasini oldindan shakllantirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-martdagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq (4.1-band) respublika depozitlar tarmoqlarining moddiy-texnika bazasini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlasinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Milliy depozitariy va “Toshkent” respublika fond birjasi brokerlik idoralarining filiallarini tashkil etish va joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsinlar;
Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda depozitar texnologiya va fond bozorining infrastrukturasini rivojlantirish mavzuyi boʻyicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari uchun grantlar boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki:
bir oy muddatda “Milliy depozitariy” orqali naqd pulga va naqd pulsiz qimmatli qogʻozlar chiqarish, ularni roʻyxatga olish va ularning muomalasini hisobga olish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
uch oy muddatda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar emissiyasining elektron texnologiyalar qoʻllangan holda va emitentlar va aksionerlarning tegishli kompyuter banklari tashkil etilgan holda Milliy depozitariyda majburiy joylashtirilishini joriy etsinlar;
bir oy muddatda umumiy qoidalarni, har yilgi kvotalarni, ham Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufida, ham uning tashqarisida boʻlgan emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarishga ruxsat berish tartibini belgilash yuzasidan taklif kiritsinlar;
ikki hafta muddatda Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini tayyorlovchi Milliy markazni hamda Fond bozorining davlat axborot-telekommunikatsiya tizimini tashkil etish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, va muassasalar bilan birgalikda:
davlat korxonalar korxonalari va tashkilotlari bazasida taʼsis etiladigan aksionerlik jamiyatlari aksiyalari erkin sotish uchun “Toshkent” respublika fond birjasiga qoʻyilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
birjalar va fond bozorining boshqa tashkilotlari ishlarining tashkil etilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
9. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyatining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida ularning buyurtmanomalariga koʻra zarur inventar va asbob-uskunalar ajratsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariyning buyurtmanomalariga koʻra ularni zarur, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Chjen, B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-iyun,
285-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 8-iyundagi 285-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 8-iyundagi 285-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini saqlab qolgan holda qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
2. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilayotgan:
Oldingi tahrirga qarang.
aksionerlik jamiyatlarining aksiyalari, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar, shuningdek, qiymatli qogʻozlar hosilalari oldi-sotdisining birja va birjadan tashqari bitishuvlariga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Xususiylashtirilayotgan davlat tashkilotining mehnat jamoasiga aksiyalarni sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
22. Agar birja va birjadan tashqari savdolar qoidalari bilan boshqa taʼrif usuli belgilanmagan boʻlsa, aksiyaning kurs qiymati (aksiya kursi) birja va birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida tuzilgan bitishuvning yakuniy qiymati sifatida belgilanadi (bitishuvlarning miqdoriy hajmi emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan taqdirda).
(21 va 22 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan kiritilgan— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Fond birjasida qimmatli qogʻozlar bilan savdolarni amalga oshirish qoidalariga kiritiladigan birja aʼzolariga va listing kompaniyalariga taʼsir qiluvchi muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular tasdiqlanishidan kamida oʻn besh kun oldin fond birjasi saytida muhokamaga qoʻyiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7fevraldagi 68-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
II. QIYMATLI QOGʻOZLARNING OLDI-SOTDI BITISHUVLARINI TUZISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdolarida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruriyatisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bilan boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga oid bitimlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar egasi umumiy qiymati mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining yigirma va undan koʻp foizini tashkil qiladigan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketining bir yoki bir nechta bitimlar tuzish natijasida mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda sotib olganligi haqidagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda oshkor qilishi shart.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchisi sotuvchidan sotishga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni oldindan baholashning oʻtkazilishini talab qilishga, agar bunday talab qonunchilikda belgilanmagan boʻlsa, shuningdek qimmatli qogʻozlarni ularning nominal qiymatidan past narxda sotishni taqiqlashga haqli emas.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qimmatli qogʻozlarni xarid qilish va (yoki) sotish narxini ommaviy eʼlon qilish yoʻli bilan oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini sodir etadigan market-meyker oldindan eʼlon qilingan oxirgi qatʼiy (qatʼiy belgilangan) narxlarga va qimmatli qogʻozlar soniga aniq muvofiq ravishda unga qimmatli qogʻozlar xarid qilish yoki sotish toʻgʻrisidagi takliflar bilan murojaat qilgan shaxslar bilan bitimlar tuzishi va bunday bitimlar tuzishdan bosh tortmasligi shart.
Market-meyker qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: xarid qilinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qogʻozlarning eng kam va eng koʻp sonini, shuningdek eʼlon qilingan narxlar amal qiladigan muddatni ommaviy eʼlon qilish huquqiga ega. Ushbu eʼlonda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlariga koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, market-meyker unga mijoz tomonidan taklif qilingan muhim shartlarda shartnoma tuzishga majbur. Market-meyker qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan bunday shartnomani majburiy tuzish va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilishi mumkin.
Market-meyker tomonidan muayyan qiymatli qogʻozlarga boʻlgan narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish hisoblanmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Broker qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni sodir etishda mijozlarning topshirigʻiga koʻra quyidagilarga majbur:
a) mijoz bitishuvni toʻlash qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch boʻlmagan taqdirda qiymatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha topshiriqlarni qabul qilishdan voz kechishga;
b) mijoz qiymatli qogʻozlarga ega ekanligi va u topshiriq berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida ularni qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi ixtiyoriga taqdim etishga qodir ekanligi toʻgʻrisida kafolat boʻlmagan holda qiymatli qogʻozlarni sotish boʻyicha topshiriqnomani qabul qilmaslikka;
v) bitishuvlar tuzilgandan keyin yoki topshiriqnomaning amal qilish muddati tugashi bilanoq zudlik bilan mijozga qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzilganligi yoki tuzilmaganligi va ularning natijalari haqida xabar qilib turishga;
g) mijozdan uning nomidan qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalar turkumini amalga oshirish yoki mijoz pul mablagʻlarini boshqarish toʻgʻrisida ishonchnoma olinganda mijoz va broker oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning barcha shartlari belgilanishi kerak boʻlgan ishonchnomada qayd etilgan vakolatlar doirasida amal qilishga majburdirlar.
d) har bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritishga, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirigʻi boʻyicha va ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga, sodir etilgan bitishuvlar va operatsiyalar toʻgʻrisida mijoz oldida hisobot berishga majburdirlar.
Mijozlarning bitishuvlar sodir etish uchun brokerga berilgan qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari, shuningdek mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida broker tomonidan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari broker tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va tegishli ravishda bankda ochiladigan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak.
Agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, broker mijozga uning topshiriqlarini koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajarishni yoki mijozning talabiga koʻra ularni qaytarishni kafolatlab unga mijoz tomonidan berilgan pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga haqlidir.
Pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanish huquqini brokerga bergan mijozlarning pul mablagʻlari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan hisob raqami (hisob raqamlari)dan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak. Broker oʻz pul mablagʻlarini ushbu hisob raqamiga (hisob raqamlariga) qoʻyishga haqli emas, ular mijozlarga qaytarilishi va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozlarga qarz berilishi hollari bundan mustasno.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holati tahlili va prognozi boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatadigan, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan investitsiya maslahatchisi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha investitsiya tavsiyalarini berishda quyidagilarga majbur:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
a) mijozning investitsiya maqsadlari va vazifalarini mumkin qadar toʻliqroq aniqlashga urinishga;
b) mijozlar tomonidan tuzilayotgan barcha bitishuvlar haqidagi tijorat sirlarini saqlashga hamda ushbu maʼlumotlar haqida uchinchi shaxslarning xabardor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar tuzilgunga hamda ular boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgunga qadar oʻz mijozlariga yozma ravishda quyidagilar toʻgʻrisida:
a) aniq bitishuvlarning va xizmatlar koʻrsatishning amalga oshirilishi munosabati bilan oʻzi shugʻullanadigan professional faoliyat;
b) dilerlik yigʻimlari, vositachilik haqlari, maslahat berish xizmatlari uchun toʻlovlar, qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirganlik va boshqa xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻimlar va toʻlovlar miqdorlari (stavkalari);
v) qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun u olgan litsenziyaning nomeri va berilgan sanasi hamda oʻzining malakasi haqida maʼlumot berishga majburdir.
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham ochishi shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Investitsiya vositachilari mijozning hisobidan bitimlarni faqat uzaytirish imkoniyati bilan bir yil uchun tuziladigan brokerlik va depozitar xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq tuzishlari mumkin.
Mijoz shartnoma bajarilgunga qadar uning amal qilishini bir tomonlama toʻxtatish huquqiga ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
11. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar tuzilayotganda tomonlar quyidagi shartlar boʻyicha kelishuvga erishishlari shart:
qiymatli qogʻozlarning turi va toʻliq nomi (qiymatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish nomerini qoʻshib qoʻyish tavsiya etiladi);
qiymatli qogʻozlarni berish muddati va ularni toʻlash usuli, hamda bitishuv boʻyicha tijorat tavakkalchiligini sugʻurta qilish shartlari (agar bunday shartlar mavjud boʻlsa);
bitishuvni bajarganlik uchun vositachilik haqi miqdori.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzaro kelishuv boʻyicha tomonlar bitishuv tuzish shartiga qonunchilikda zid boʻlmagan boshqa istalgan shartlarni kiritishadi.
(11-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilarining investorlar bilan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investorlar huquqlarini cheklaydigan shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
(11-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qiymatli qogʻozlar bozori professional qatnashchisi mijozni bitishuv tuzilganligi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatda xabardor qilishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari oʻz mijozlarining ularning topshiriqlari boʻyicha tuzilgan qiymatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomalarining nusxalarini, shu jumladan, quyidagilarni ularning birinchi talabidayoq taqdim qilishlari shart:
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
sotib olingan yoki sotilgan qiymatli qogʻozlarning toʻliq nomini, ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi nomerini;
sotib olingan yoki sotilgan qiymatli qogʻozlarning soni va ularning nominal qiymatini;
bitishuv narxini;
dilerlik yigʻimining, vositachilik (brokerlik) haqining, maslahat berish xizmati uchun toʻlovning hamda bitishuvlar tuzilishida koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar uchun boshqa yigʻimlar va toʻlovlarning haqiqiy summasini;
bitishuvlar tuzilishi amalga oshirilishi munosabati bilan toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini;.
bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda xaridorlarga sotib olingan qiymatli qogʻozlarni yetkazib berish tartibi, vaqti va usullarini;
bitishuvlarni tuzish shartlari bilan bogʻliq boshqa barcha maʼlumotlarni.
III. QIYMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITISHUVLAR TUZILAYOTGANDA ZAYOM MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISH
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qiymatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha topshiriq beradigan mijozlar unga xizmat koʻrsatuvchi qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisidan qiymatli qogʻozlarni sotib olish uchun qarz olishlari mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Qiymatli qogʻozlarni bank kreditidan foydalangan holda sotib olinganda bu haqda mijoz qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisini xabardor qilishi shart.
16. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi mijozga u qiymatli qogʻozlar sotib olish uchun olgan qarzini toʻliq uzmagunga qadar oʻzida saqlanayotgan mijozga tegishli boʻlgan qiymatli qogʻozlarni bera olmaydi.
IV. QIYMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITISHUVLARNI ROʻYXATGA OLISH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizomning talablariga muvofiq qiymatli qogʻozlar bilan tuzilgan bitishuvlar (qiymatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno) roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish:
Oldingi tahrirga qarang.
ularning savdo maydonchalarida sodir etilgan bitimlar boʻyicha — qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tashkilotchilari, fond birjasi va valyuta birjalarning fond boʻlimlari tomonidan;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bilan boshqa bitimlar boʻyicha — qimmatli qogʻozlarni begonalashtiruvchiga xizmat koʻrsatadigan Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshiriladi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Qimmatli qogʻozlar bilan birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida faqat qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlar sodir etilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Roʻyxatga olish uchun faqat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qiymatli qogʻozlar boʻyicha tuzilgan bitishuvlar qabul qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
20. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha tuzilgan bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi bitishuvlar tuzilganligini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari, Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzishda roʻyxatdan oʻtkazuvchilar boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilari, agar bitimlarni tuzishda qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilganligini aniqlashgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishlari shart.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Qiymatli qogʻozlarning yangi egasi yoki uning vakili oʻzining qiymatli qogʻozlarga egalik qilish huquqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmagan taqdirda emitent qiymatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar toʻlash uchun javobgar boʻlmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Roʻyxatdan oʻtkazish shart boʻlgan bitishuv qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun har ikkala taraf yoxud bitishuv tarafi yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan taqdim etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi belgilangan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda maxsus hisobga olish registrida amalga oshiriladi.
Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi har bir tashkilot bitishuvlarning barcha turlari boʻyicha yagona hisobga olish registrini yuritadi.
Hisobga olish registri bilan tanishishga faqat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi va huquqni muhofaza qilish organlari vakiliga yoʻl qoʻyiladi. Hisobga olish registrlari yuritilishini nazorat qilish Qiymatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bitishuv tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatda, roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sanani va joyni belgilaydi, shuningdek, qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni hisobga olish registrlari boʻyicha tartib raqamini koʻrsatib oʻtadi, elektron shaklda tuzilgan bitimlar bundan mustasno. Belgi imzo bilan tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilotning muhri qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
251. Investitsiya vositachisi:
(251-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklovni faqat tegishli davlat organining yozma talabnomasi mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻyadi, yozma talabnomada qimmatli qogʻozlar egasining nomi (ismi), uning identifikatsiyalash maʼlumotlari, qoʻyilgan cheklashning amal qilish muddati, shuningdek cheklovni qoʻyish uchun asos mavjud boʻlishi kerak;
ikki ish kuni mobaynida tegishli davlat organini qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklov qoʻyish boʻyicha talablarni bajarish mumkin emasligi toʻgʻrisida tegishli davlat organini yozma ravishda xabardor qilishi shart, agar davlat organi talabnomasida ushbu bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmasa;
qimmatli qogʻozlar egasini unga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarni begonalashtirishga cheklov qoʻyilganligi toʻgʻrisida cheklash belgilangan (qoʻyilgan) vaqtdan boshlab ikki ish kuni mobaynida xabardor qilishi shart.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning talabi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga ham tatbiq qilinadi.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar birja, shuningdek birjadan tashqari qiymatli qogʻozlar bozorlarida ham amalga oshirilishi mumkin.
“Toshkent” Respublika fond birjasining yoki boshqa qiymatli qogʻozlar savdolari tashkilotchisining rasmiy listing roʻyxatiga kiritilgan qiymatli qogʻozlarni ikkilamchi bozorda sotish-xarid qilish boʻyicha bitishuvlar faqat koʻrsatilgan qiymatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonlarida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Respublika fond birjasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining yumaloq muhriga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga, roʻyxatdan oʻtkazilgan firma belgisiga ega boʻladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. “Toshkent” Respublika fond birjasi daromadlari aʼzolik badallari, koʻrsatiladigan xizmatlardan tushumlar va birjaning qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha yigʻimlari hisobiga shakllantiriladi, ularning miqdori birja kuzatuv kengashining umumiy yigʻilishi tomonidan, biroq bitishuvning har bir tomonidan (xaridor va sotuvchidan) undiriladigan bitishuv qiymatining 1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
28. Birja daromadlari birja xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, moddiy-texnik bazasini kengaytirish hamda birja faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Fond birjasi quyidagilarga majbur:
qimmatli qogʻozlarning normal muomalada boʻlishi, ularning bozor narxlarini belgilash va ular toʻgʻrisida zarur axborotni tarqatish, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining yuqori professionallik darajasini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga;
savdoga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni ekspertizadan oʻtkazishga, unda birja tomonidan belgilangan talablarga emitentlarning moliya-xoʻjalik va boshqa koʻrsatkichlari muvofiqligini tahlil qilish, emitentning ishchanlik obroʻsini va uning moliyaviy ishonchliligi toʻgʻrisida axborot beradigan boshqa maʼlumotlarni baholash nazarda tutiladi;
savdoga qoʻyiladigan, moliyaviy barqaror emitentlarning muomalada boʻlgan aksiyalari roʻyxatini oʻz ichiga oladigan qimmatli qogʻozlarning birja listingini doimiy ravishda yuritishga;
qimmatli qogʻozlar birja savdolari yakunlari asosida qimmatli qogʻozlarning kotirovkasini belgilashga (aksiyalar kursini, eng kam va eng yuqori narxlarni, kurs qiymatidagi oʻzgarishlar va boshqalarni belgilash);
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari boʻlgan birja savdolari operatorlarini (treyderlarni) oʻqitishga;
qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha nizolarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishga.
282. Bitishuvlarning barcha ishtirokchilari qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida ular aniqlangan vaqtdan boshlab ikki kun mobaynida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
(281 va 282-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan kiritilgan— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
VI. BITISHUVLARNI TUZISH VA ULARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH QOIDALARIGA RIOYA QILMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Oldingi tahrirga qarang.
31. Qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga rioya qilmaganligi uchun qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilarining mutaxassislari va shaxslari qiymatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan malaka attestatlaridan mahrum etilishi mumkin, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari esa qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalardan mahrum etiladilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan bir necha bor asosli ravishda bosh tortilgan hollarda (agar bunday rad etishlar qiymatli qogʻozlar bozorida harakat qiluvchi shaxslarning yetarli darajada vakolatli emasligi va vijdonsizligidan guvohlik bersa) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllashi mumkin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)