19.01.2026 yildagi PQ-14-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-45-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda migratsiya va personallashtirish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali aholiga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Ustuvor yoʻnalishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar migratsiya va personallashtirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish boʻlinmalarini bosqichma-bosqich tezkorlik va shaffoflik tamoyillari asosida aholiga yanada qulay va sifatli xizmat koʻrsatuvchi “servis boʻlinmalar”ga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) migratsiya va personallashtirish sohasida respublika — viloyat — tuman (shahar) boʻlinmalar faoliyatini tashkil etishni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish va ular samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) migratsiya va personallashtirish sohasida koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini raqamlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) shaxsga doir maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ishonchliligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali mavjud axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tashkiliy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-maydan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida bittadan tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish boʻlinmalarida oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratilgan, sunʼiy intellekt asosida faoliyat yuritadigan “Aqlli” migratsiya shoxobchalari (Smart migration stations) tashkil etilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) dastlabki bosqichda “Aqlli” migratsiya shoxobchalarida 3-ilovada keltirilgan davlat xizmatlari koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻziga oʻzi koʻrsatiladigan xizmatlar turlari kengaytirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov) 2027-yil 1-mayga qadar eksperiment natijasidan kelib chiqib, “Aqlli” migratsiya shoxobchalarini respublikaning boshqa hududlarida, shuningdek, savdo va koʻngilochar markazlar, turistik hududlarda ham tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Aholiga qulayliklar yaratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2026-yil 1-maydan boshlab Departament va uning hududiy boshqarmalariga Oʻzbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning elektron vizalarining amal qilish muddatini bir marotaba 30 kungacha uzaytirish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolatini Departament va uning hududiy boshqarmalariga ham berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga chet el fuqarolari taʼlim olayotgan muassasalar yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlarda viza muddatini uzaytirish, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun korxona, muassasa va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan shartnoma asosida migratsiya boʻlinmasiga shahodatlangan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar yotoqxonasiga joylashish boʻyicha shartnoma tuzish bilan bir vaqtda talabalarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishning kompozit tartibini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) 2026-yil 1-fevraldan boshlab jismoniy shaxslarga identifikatsiyalovchi ID kartalar birinchi marotaba rasmiylashtirilganda uning chipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikatini bepul berish hamda fuqaroni “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida avtomatik tarzda bepul roʻyxatdan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Migratsiya va personallashtirish sohasini raqamlashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Departament jismoniy shaxslarning quyidagi markaziy maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy yangilab borish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) identifikatsiyalovchi ID karta seriyasi, raqami, berilgan joyi hamda berilgan sanasi va tugash sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqidagi, shuningdek, ularning viza muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov) 2026-yil 1-avgustga qadar sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) migratsiya va personallashtirish sohasiga oid elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish, onlayn huquqiy maslahat berish, yuklamasi kam boʻlgan migratsiya boʻlinmalari haqida maʼlumot olish imkonini beruvchi “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasining “Passport-visa” mobil ilovasini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur mobil ilova orqali koʻrsatilishi koʻzda tutilgan migratsiya va personallashtirish sohasiga oid elektron davlat xizmatlari dastlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekistonda boʻlish qoidalariga rioya etilishini “Xavfsiz shahar” tizimi orqali aniqlash va monitoring qilish imkoniyatini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) migratsiya va personallashtirish sohasida boshqa shaxsning roziligi talab etiladigan davlat xizmatlarini koʻrsatishda ularning shaxsini “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasining “Face-ID” moduli orqali masofadan turib aniqlash va roziligini olish imkonini beruvchi “E-Rozilik” platformasini ishga tushirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatish imkoniyati yaratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) mulkdor yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining murojaati asosida uning turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini bekor qilish uchun ariza yuborish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar shaxsga doir maʼlumotlar doimiy yangilanishi va xavfsizligini taʼminlash, davlat xizmatlari sonini oshirish hamda takrorlanuvchi maʼlumotlarni birlashtirish orqali axborot resurslaridan foydalanish qulayligini oshirish maqsadida Personallashtirish markazining maʼlumotlar bazalari va dasturiy taʼminotlarini Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasiga birlashtirsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) shaxsga doir maʼlumotlar jamlangan “Yagona raqamli migratsiya” platformasi yaratiladi (Digital migration platform);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini takomillashtirish, qoʻllab-quvvatlash, Departament va uning quyi tizimlari uchun server, kompyuter va boshqa qurilmalarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligi hamda Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ichki ishlar vazirligi (Z.K. Kurbanov) Departamentning axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya infratuzilmalarini rivojlantirish hamda texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, barcha axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlar va maʼlumotlar bazalarida axborot xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov) uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) migratsiya va personallashtirish boʻlinmalariga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonda noqonuniy mehnat faoliyati bilan shugʻullangani uchun maʼmuriy chora koʻrish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 19-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-14-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbasi

Bajarish muddati

Masʼul organ

I. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yoʻnalishida

1.

Migratsiya va personallashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) va uning hududiy boʻlinmalariga Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolatini berish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Departament va uning hududiy boshqarmalariga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani rasmiylashtirish vakolatini berish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berish boʻyicha elektron murojaatlarni koʻrib chiqish tartibiga oʻzgartirish kiritish.

Bunda mazkur xizmatni Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan bir vaqtda Ichki ishlar vazirligiga berish hamda pul tushumlari taqsimotini qayta koʻrib chiqish.

1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Ichki ishlar organlariga chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunga xilof ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish huquqini berish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil iyun

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

6.

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun YIDXP orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov)

7.

Departament va uning hududiy boshqarmalariga Oʻzbekistonga elektron kirish vizasi asosida kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning elektron vizalarining amal qilish muddatini bir marta 30 kungacha muddatga uzaytirish huquqini berish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov)

8.

Talaba yotoqxonaga joylashish boʻyicha murojaat qilganda taʼlim muassasasi va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzish jarayonida YIDXP orqali kompozit tarzda oʻsha yerning oʻziga turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini joriy etish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

9.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning idoralararo elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

1. Respublikamizga kirishi taqiqlangan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish va Chegara qoʻshinlariga elektron tarzda yuborish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Idoraviy hujjat loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Idoraviy hujjat loyihasini tasdiqlash.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

II. Amaliy chora-tadbirlar yoʻnalishida

10.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida pasport tizimi va boʻlish qoidalarini buzgan shaxslarni Face-ID tizimlari orqali aniqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadida Departament axborot tizimini “Xavfsiz shahar” platformasi bilan integratsiya qilish.

1. Departamentning axborot tizimini “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil mart

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov)

2. Texnologik yoʻriqnoma asosida tizimlarni integratsiya qilish.

2026-yil may

3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida pasport tizimi va boʻlish qoidalarini buzgan shaxslarni Face-ID tizimlari orqali aniqlash va ushlash tartibini ishlab chiqib tasdiqlash.

2026-yil iyun

4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida pasport tizimi va boʻlish qoidalarini buzgan shaxslarni Face-ID tizimlari orqali aniqlash va ushlash tizimini 2026-yil 1-avgustga qadar ishga tushirish.

2026-yil iyul

11.

Ichki ishlar organlarida migratsiya va personallashtirish sohasida koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini yagona ilovaga birlashtirgan holda “PASSPORT-VISA” mobil ilovasini yaratish.

1. Mobil ilova va uning modullari hamda ishlash tartiblari yuzasidan ichki reglamentni ishlab chiqish.

IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

2. Mobil ilovaning texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

2026-yil may

3. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil iyun

4. Mobil ilovani ishlab chiqish va 2026-yil 1-avgustdan ishga tushirish.

2026-yil iyul

12.

Migratsiya va personallashtirish sohasidagi davlat xizmatlari belgilangan muddatlarda koʻrsatilishi hamda tashqi tizimlar bilan maʼlumot almashish boʻyicha veb-xizmatlarni nazorat qilish maqsadida “Pasport-viza” tizimi doirasida “Yagona monitoring” modulini joriy etish.

1. Departament va uning hududiy boshqarmalarida davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilib borish maqsadida “Yagona monitoring” modulini joriy etish.

2. Yagona monitoring tizimi uchun zaruriy texnik qurilmalar bilan jihozlash.

3. Dasturiy taʼminot uchun texnik topshiriq ishlab chiqish.

4. Texnik ekspertizadan oʻtkazish.

5. “Yagona monitoring” modulini joriy etish.

Ichki ishlar vazirligi,

Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil avgust

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

13.

Departamentning hududiy boshqarma, boʻlim (boʻlinma)lari binolarini mukammal taʼmirlash.

1. Departamentning hududiy boshqarma, boʻlim (boʻlinma)lari binolari holatini taftishdan oʻtkazish.

Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari,

mahalliy budjet mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalarining taʼmirtalab binolari roʻyxatini shakllantirib, taʼmirlash muddatlari belgilangan holda reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026 — 2028-yillar

3. Binolarni mukammal taʼmirlash va foydalanishga topshirish.

Alohida rejaga muvofiq

14.

Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar shaxsga doir maʼlumotlar doimiy yangilanishini taʼminlash maqsadida Personallashtirish markazining maʼlumotlar bazalari va dasturiy taʼminotlarini IIVning “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari majmuasiga birlashtirishni amalga oshirish.

1. Personallashtirish markazi hamda Departament binosida joylashgan maʼlumotlar bazalari, texnika, dasturiy taʼminot va boshqalarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov asosida bosqichma-bosqich bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ichki ishlar vazirligi,

Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

15.

Shaxsga doir maʼlumotlar jamlangan “Yagona raqamli migratsiya” platformasini yaratish (Digital migration platform).

1. Platforma va uning modullari hamda ishlash tartiblari yuzasidan ichki reglamentni ishlab chiqish.

2. Platformaning texnik topshirigʻini ishlab chiqish.

3. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan oʻtkazish.

4. Platformani ishlab chiqish va 2027-yil 1-yanvardan ishga tushirish.

Ichki ishlar vazirligi,

Personallashtirish markazining budjetdan tashqari mablagʻlari

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

16.

Talaba yotoqxonaga joylashish boʻyicha murojaat qilganda taʼlim muassasasi va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuzish jarayonida YIDXP orqali kompozit tarzda oʻsha yerning oʻziga turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarini IIV axborot tizimiga integratsiya qilish.

1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarini Departamentning axborot tizimiga oʻzaro integratsiya qilish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil iyul

3. Axborot tizimlarini integratsiya qilish va 2026-yil 1-sentabrdan YIDXP orqali ishga tushirish.

2026-yil avgust

17.

Fuqaroning turar joyda roʻyxatdan oʻtkazilganini bekor qilish yoki roʻyxatga olinganlikni tiklash boʻyicha sud qarorlarini ichki ishlar organlariga faqat elektron shaklda yuborish.

1. Oliy sudning axborot tizimini Departamentning axborot tizimiga oʻzaro integratsiya qilish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy sud

(Islamov)

2. Texnik topshiriq loyihasini tegishli ekspertizadan oʻtkazish.

2026-yil iyul

3. Axborot tizimlarini integratsiya qilish va 2026-yil 1-sentabrdan yoʻlga qoʻyish.

2026-yil avgust

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aqlli” migratsiya shoxobchalari orqali oʻz-oʻziga koʻrsatiladigan xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatiladigan xizmatlar nomi

Shoxobchada rasmiylashtiriladigan xizmatlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga identifikatsiyalovchi ID kartasini rasmiylashtirib berish va identifikatsiyalovchi ID kartasini almashtirish.

2.

Oʻzbekiston Respublikasida mulkdorni oʻz uyiga yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish.

3.

Mulkdor tomonidan fuqarolarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarish.

4.

Oʻzining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlikni oʻzi bekor qilish.

5.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish.

6.

Yashash joyi boʻyicha maʼlumotnoma berish.

7.

Yashash joyida roʻyxatdan oʻtib yashovchilar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish.

8.

Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma berish.

Ariza yuborish

9.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ariza yuborish.

10.

Fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish uchun ariza yuborish.

11.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha ariza yuborish.

12.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishga ariza yuborish.

13.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik toʻgʻrisida ariza yuborish.

14.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning viza muddatlarini uzaytirishga ariza yuborish.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3126-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 1-bandning yigirma yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bandning yigirma yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bandning 51-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3836-son qarorining 9-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari” soʻzlari “migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4079-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, davlat bojlari undirilmagan holda koʻp martalik vizalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish, yashash joyida hisobga olish va uning muddatini uzaytirishga ruxsat berilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandning oʻn beshinchi xatboshisidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Personallashtirish agentligi)” va “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” soʻzlari tegishlicha “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Migratsiya va personallashtirish departamenti)” va “migratsiya va personallashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligida” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish departamentida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” soʻzlari “migratsiya va personallashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a” va “b” kichik bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” soʻzlari “migratsiya va personallashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati organlari va Personallashtirish agentligiga” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidagi “Personallashtirish agentligiga” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-banddagi “Personallashtirish agentligiga” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligining” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish departamentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-bandning birinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligi” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish departamentining Personallashtirish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
403-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Personallashtirish agentligi” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56 va 58-bandlardagi “migratsiya boʻlinmasiga” soʻzlari “migratsiya va personallashtirish boʻlinmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-bandning uchinchi xatboshisidagi “migratsiya boʻlinmalari” soʻzlari “migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-banddagi “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-4343-son qarorining 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish” soʻzlari “migratsiya va personallashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 32-pozitsiyasi “Toʻlovchilar nomi” ustunidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-noyabrdagi PQ-397-son qarori bilan tasdiqlangan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 10-banddagi “Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi” va “(keyingi oʻrinlarda — MvaFRB)” soʻzlari tegishincha “Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti” va “(keyingi oʻrinlarda — MvaPB)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 16 — 18-bandlardagi “MvaFRB” qisqartmasi “MvaPB” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi” va “(keyingi oʻrinlarda — MvaFRB)” soʻzlari “Migratsiya va personallashtirish departamenti” va “(keyingi oʻrinlarda — MvaPB)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 va 3-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “MvaFRB” qisqartmasi “MvaPB” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)