26.12.2018 yildagi PQ-4079-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimini oʻz vaqtida yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, milliy ishlab chiquvchilarning dasturiy taʼminotlaridan maksimal foydalanish va biometrik pasport tizimiga keyingi davrda texnik xizmat koʻrsatish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab xorijga chiqish uchun ruxsat yozuv stikerini rasmiylashtirish tartibining bekor qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik pasport tizimini qoʻllab-quvvatlash, “Xorijga chiqish pasporti” va identifikatsiyalash ID-kartalari tizimini yaratish loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini berishni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda — DPM), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Xorijga chiqish pasporti” tizimi) joriy etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DPM — “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha loyiha buyurtmachisi va loyiha boshqarilishini taʼminlovchi organ etib belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi bilan bogʻliq xarajatlar DPMning budjetdan tashqari hisob raqami mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil yakunlari boʻyicha DPMning budjetdan tashqari hisob raqamida qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. DPM va “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha pudratchilar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida chetdan olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy taʼminotlar, ehtiyot qismlar va materiallar uch yil muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. DPM Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza”, “ADIS” hamda “ASIL” avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish koʻzda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Pasport-viza”, “ADIS” hamda “ASIL” avtomatlashtirilgan tizimlarining “Xorijga chiqish pasporti” tizimi bilan integratsiya qilishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda biometrik pasportlar, fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan davlat bojlari miqdori qayta koʻrib chiqilishini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida, ichki idoraviy apparat-dasturiy komplekslarga texnik xizmat koʻrsatish, modernizatsiya qilish va takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. DPM manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021-yildan boshlab mavjud respublika biometrik pasport tizimi infratuzilmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti oʻrniga identifikatsiyalash ID-kartalari berish tizimi joriy etilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. DPM xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuzilsin hamda biometrik pasport, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatlarini berish uchun DPMning budjetdan tashqari hisob raqamiga toʻlanadigan davlat boji tushumlarining 3 foizi miqdoridagi ajratmalar uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DPM Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda DPM xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DPMga oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi DPMning buyurtmanomalari asosida “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga “Xorijga chiqish pasporti” tizimini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, davlat bojlari undirilmagan holda koʻp martalik vizalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish, yashash joyida hisobga olish va uning muddatini uzaytirishga ruxsat berilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, DPM, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 26-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4079-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish, shuningdek, konsullik hisobiga qoʻyish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (keyingi oʻrinlarda — biometrik pasport) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega boʻlgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti (keyingi oʻrinlarda — xorijga chiqish biometrik pasporti) — xorijga chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, xorijda turish vaqtida egasining shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, pasport egasining shaxsiy biografik maʼlumotlari va biometrik parametrlari saqlangan elektron axborot tashuvchiga (chipga) ega boʻlgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya elektron kartasi (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami va uning shaxsiy maʼlumotlari saqlangan, davlat xizmatlaridan foydalanish vaqtida shaxsni aniqlash uchun foydalaniladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
verifikatsiya — pasportga kiritilgan biometrik parametrlar uning egasining biometrik parametrlari bilan mosligini mashinada tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, xorijga chiqib, vaqtincha u yerda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport olish uchun talabnoma — pasport oluvchi haqida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik maʼlumotlar va biometrik parametrlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat (keyingi oʻrinlarda — talabnoma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsullik okrugi — konsullik funksiyalarini bajarish uchun konsullik muassasasi ish olib boradigan hudud boʻlib, u bir nechta davlat hududini oʻz ichiga olishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsullik muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatda taʼsis etiladigan diplomatik vakolatxonasining konsullik boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi, konsulxonasi, vitse-konsulligi va konsullik agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsullik roʻyxati — tegishli konsullik okrugi hududiga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari qoshida belgilangan tartibda qayddan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vaqtincha konsullik roʻyxati — xorijda vaqtincha boʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan qayddan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy konsullik roʻyxati — doimiy yashash uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qayddan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
personallashtirish — pasport egasining biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini pasport blankiga kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlarni yigʻish punkti — xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik maʼlumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu maʼlumotlarni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Migratsiya va personallashtirish departamenti) yuborish hamda fuqarolarga yangi rasmiylashtirilgan biometrik parametrli pasportlarni berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari hamda tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari;
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatdan foydalanuvchi — xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va olish uchun murojaat etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan va doimiy konsullik roʻyxatida turadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno).
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlardan tashqari holda, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda xorijga erkin chiqish va Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqadigan hollarda ularga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtiriladi. Xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ham xorijga chiqish biometrik pasportiga ega boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti bilan xorijga chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirishga oid davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan hujjatlashtirilmagan, konsullik roʻyxatiga olingan fuqarolar xorijda boʻlganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzand xorijda tugʻilganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotlar yoki vizalar uchun moʻljallangan betlar ishlatilib boʻlinganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasporti blankasi yaroqsiz holga kelganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqotib qoʻyilganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud ajrimi bilan xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi toʻxtatib turilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan oldin almashtirish boʻyicha murojaat etilganda.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqish uchun haqiqiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda doimiy yashayotgan va doimiy konsullik roʻyxatida turadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish biometrik pasporti, uning egasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan davrda shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanib, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun haqiqiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xorijga chiqish biometrik pasporti Oʻzbekiston Respublikasining mulkidir va uning egasi Oʻzbekiston Respublikasining himoyasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qoʻyilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining soʻroviga koʻra maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qoʻyilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xorijga chiqish biometrik pasporti blanki qatʼiy hisobga olinadigan hujjat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijga chiqish biometrik pasporti blanklarini tayyorlash “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi. Personallashtirish, hisobga olish ishlari hamda tayyorlash vaqtida buzilgan va maʼlumotlarni yigʻish punktlaridan almashtirish uchun qaytarilgan pasportlarni yoʻq qilish — Migratsiya va personallashtirish departamentida, xorijga chiqish biometrik pasportlarini egalariga berish va haqiqiy boʻlmagan xorijga chiqish biometrik pasportlarini yoʻq qilish — maʼlumotlarni yigʻish punktlarida amalga oshiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijga chiqish biometrik pasportlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldyegerlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — DFX) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijga chiqish biometrik pasportlarini xorijdagi maʼlumotlarni yigʻish punktlariga va konsullik muassasalaridan Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish belgilangan tartibda diplomatik pochta vositasi orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xorijga chiqish biometrik pasporti belgilangan namuna boʻyicha tayyorlanadi va ingliz tilida personallashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xorijga chiqish biometrik pasporti blankiga quyidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasportni bergan davlatning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatning turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasportni bergan davlatning kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport seriyasi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
familiya, ism, ota ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilgan joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinsi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bergan organ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amal qilish muddati tugaydigan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egasining raqamli surati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egasi haqidagi mashina oʻqiydigan maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Chipga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport egasining biografik maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egasining raqamli surati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻl barmoqlarining izlari — 16 yoshga yetganidan keyin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xorijga chiqish biometrik pasportiga quyidagi qaydlar kiritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport egasining xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shtamp;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat chegarasidan oʻtganligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsullik roʻyxatiga olingani yoki konsullik roʻyxatidan chiqarilgani toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarga kirish uchun ruxsatnoma (viza) toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hamrohlik qiluvchi shaxslar toʻgʻrisida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shtamp;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari qoʻyilgan qaydlar bekor qilinganligi toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasportda uning egasining imzosi boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasport egasi qonining guruhi va rezus-mansublik toʻgʻrisidagi qaydlar uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xorijga chiqish biometrik pasportiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari boʻlinmalari tomonidan — xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun);
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan — Davlat chegarasidan oʻtganlik holati haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan — nikoh qayd etilganligi va nikoh bekor qilinganligi haqidagi (doimiy konsullik roʻyxatida turib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan fuqarolar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan — qon guruhi va rezus-mansublik haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan — vaqtinchalik va doimiy konsullik roʻyxatiga olish yoki konsullik roʻyxatidan chiqarish haqidagi, nikoh qayd etilganligi va nikoh bekor qilinganligi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan — xorijiy davlatlarga kirish ruxsatnomalari (kirish vizasi) haqidagi qaydlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassasalar zarur hollarda oʻzlari ilgari qoʻygan qaydlarni bekor qilganliklari toʻgʻrisida qaydlar kiritishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasportlarga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yozuvlarni va qaydlarni kiritish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasportlari mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan olib qoʻyiladi va xizmat tugagunga qadar saqlanadi. Muddatli harbiy xizmat tugaganidan keyin mudofaa ishlari boʻlimlari olib qoʻyilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarni fuqarolarga ular harbiy hisobga qoʻyilganidan keyin oʻn kun muddatda qaytarib berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma asosida harbiy xizmatga, oʻqish uchun oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasportlari harbiy qismlarning hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarining kadrlar bilan ishlash organlari tomonidan olib qoʻyiladi va shtablarda saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat nazarda tutilgan tegishli vazirliklarda va idoralarda saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlari amal qilish muddati tugaganidan keyin belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktlariga joʻnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xizmatdan foydalanuvchilarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxemaga asosan maʼlumotlarni yigʻish punktida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmati faqat migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladi:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketayotganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida rasmiylashtirilishi shart boʻlgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan toʻxtatib turilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)dan roʻyxatdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Keksa, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoki nogironligi boʻlgan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga oid xizmatlar tegishli murojaatga asosan, bevosita yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari tomonidan fuqaro nomidan elektron tarzda, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. 16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun soʻrovnoma ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda yuborganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi, ushbu Nizomning 22-bandi beshinchi va yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatdan foydalanuvchi soʻrovnomani YIDXP orqali yuborish chogʻida oʻziga qulay boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish punktini (xizmatdan foydalanuvchining yuzini raqamli formatda rasmga olish va qoʻl barmoqlarining elektron izlarini toʻplash ishlarini amalga oshirish uchun) tanlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatdan foydalanuvchi soʻrovnoma YIDXP orqali yuborilgan kundan boshlab, bir oy muddat ichida maʼlumotlarni yigʻish punktiga tashrif buyurmagan taqdirda, ushbu soʻrovnoma koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish boʻyicha soʻrovnoma maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi tomonidan toʻldirilgach, undagi maʼlumotlarning toʻgʻri ekanligi xizmatdan foydalanuvchi tomonidan elektron raqamli imzo, u boʻlmaganda esa, imzoni identifikatsiya qilishning boshqa zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat xizmatini koʻrsatishda soʻrovnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan (biometrik pasport yoki ID-karta) boshqa hujjatlar talab etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan avval almashtirish boʻyicha murojaat etgan taqdirda — ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportining asl nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan hollarda — vakolatli organning qarori nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan toʻxtatib turilganida — protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida vakolatli organning qarori nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmagan shaxslar uchun-ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi, ota-onalarning har ikkisi maʼlumotlarni yigʻish punktiga bevosita murojaat qilgan hollar bundan mustasno. Soʻrovnoma YIDXP orqali yuborilganda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi talab etilmaydi. Bunda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning roziligi faqat elektron raqamli imzoni qoʻllash orqali amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmagan shaxslar uchun — fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati (hamrohlik qiluvchi shaxs voyaga yetmaganning otasi va (yoki) onasi yoxud vasiy yoki homiysi boʻlgan hollar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi boʻlgan taqdirda, xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin. Ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga roziligi, ular bevosita maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi. Soʻrovnoma YIDXP orqali yuborilganda ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning roziligi faqat elektron raqamli imzoni qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan elektron tizim orqali tegishli mudofaa organlari real vaqt rejimida xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Avtomatlashtirilgan tizim orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlangach, maʼlumotlarni yigʻish punkti masʼul xodimi xizmatdan foydalanuvchiga qonunchilikda belgilangan davlat bojini toʻlash boʻyicha invoys taqdim etadi. YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, toʻlov invoysi avtomatik tarzda xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy sahifasiga kelib tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xizmatdan foydalanuvchi tomonidan davlat xizmati uchun toʻlovlar invoys raqami kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 oy muddat ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov belgilangan muddatda amalga oshirilmagan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmati Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilganda, davlat boji summasining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga koʻrsatilganda — 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda mazkur chegirma:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ijtimoiy reyestrning “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan chiqarilganligi munosabati bilan kiritilgan oilalarga ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda, ular Ijtimoiy reyestrda turgan davrda, biroq ushbu reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatda qoʻllaniladi;
(27-bandning uchinchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boji toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari, shu jumladan Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Fuqarolar “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, taʼlim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda;
(28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik pasport Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (yaqin qarindoshi ekanligini tasdiqlovchi hujjat, yaqin qarindoshi xorijiy davlatda dafn etilganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat, xorijiy davlatlar sudining tegishli hujjati, Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan yoʻllanma, fuqaroning xalqaro tadbir yoki musobaqaga yuborilayotganligi toʻgʻrisida masʼul vakolatli davlat organining maʼlumotnomasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan, gerbli muhr bilan tasdiqlangan yongʻin sodir boʻlganligi haqidagi dalolatnoma va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xizmatdan foydalanuvchi Markazga oʻzi kelib murojaat qilganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45 foizi — Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(29-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 foizi — Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(29-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45 foizi — Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(29-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 foizi — YIDXP orqali shakllantirilgan soʻrovnoma boʻyicha xizmatdan foydalanuvchi tanlagan maʼlumotlarni yigʻish punkti turidan kelib chiqib, tegishlicha Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga yoki Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(29-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(29-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari orqali murojaat qilinganda:
(29-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45 foizi — Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(29-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5 foizi — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
(29-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Toʻlov muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha shakllantirilgan soʻrovnoma quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun axborot tizimi orqali Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati organlariga yuboriladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlariga — sudlanganlik, maʼmuriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo va shartli hukm qoʻllanilganlik, jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarga sud tomonidan majburiyatlar yuklatilganlik, shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganlik holatlarini, hujjat va shaxs tekshiruvi hamda shaxsni identifikatsiya qilish boʻyicha tekshiruvlardan oʻtkazish uchun;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xavfsizlik xizmati organlariga — murojaat etuvchining xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir xizmat koʻrsatishni rad etuvchi, ushbu nizomda nazarda tutilgan asoslar mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Migratsiya va personallashtirish departamentiga — xorijga chiqish biometrik pasportini chop etish va maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuborish uchun.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan xorijga chiqish biometrik pasporti xizmatdan foydalanuvchi murojaat etib, tegishli toʻlovlarni amalga oshirgan kundan boshlab, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, maʼlumotlarni yigʻish punktida xizmatdan foydalanuvchining biografik maʼlumotlarini, qoʻl barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) toʻplash, yuzni toʻgʻridan raqamli formatda rasmga olish ishlari amalga oshirilgan paytdan boshlab, oʻn ish kuni (16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qoʻshimcha oʻrganishlar talab etiladigan alohida hollarda — bir oy) ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Fuqaro davlat xizmatini koʻrsatishning har qanday bosqichida ushbu xizmatdan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Xizmatdan foydalanuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan toʻlov summasi xizmatdan foydalanuvchiga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chogʻida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onaning biri vafot etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisi yolgʻiz ona boʻlgan hollarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi boʻlganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onadan birining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.
(33-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali, oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar esa Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimi orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlash uchun tegishli sud qarorining nusxasi taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati yuzasidan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ota-onaning biri oʻz bolasining xorijga chiqishiga rozi boʻlmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. 16 yoshga toʻlmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), ushbu shaxslarni xorijga yuborayotgan tashkilotlarning vakillari murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Taqdim etilgan hujjatlar asosida maʼlumotlarni yigʻish punkti xizmatdan foydalanuvchining biografik maʼlumotlarini, qoʻl barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) toʻplaydi, yuzni toʻgʻridan raqamli formatda rasmga oladi va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish boʻyicha elektron talabnomani shakllantiradi. Talabnoma elektron shaklda avtomatik tarzda Migratsiya va personallashtirish departamentiga joʻnatiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Xizmatdan foydalanuvchi oʻz ixtiyoriga koʻra davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari (murojaat qabul qilinib, toʻlov uchun invoys hamda tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportning maʼlumotlarni yigʻish punktiga yetkazilganligi) haqida avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib borilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari YIDXP yoki Migratsiya va personallashtirish departamentining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olinadi.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Migratsiya va personallashtirish departamentining Personallashtirish markazi tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini uni rasmiylashtirish uchun DFX orqali talabnoma yuborgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshiradi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlarni yigʻish punkti xorijga chiqish biometrik pasportini qabul qilib olgan kunning oʻzida xizmatdan foydalanuvchini pasportni olib ketish mumkinligi haqida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
391. Xizmatdan foydalanuvchi soʻrovnomada xorijga chiqish biometrik pasporti pochta aloqasi orqali yetkazib berilishini koʻrsatgan boʻlsa, maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati xodimiga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda pochta xarajatlari xizmatdan foydalanuvchi hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta xizmati tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov miqdorini pochta xizmati belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta xizmati xodimi tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini olgandan soʻng xizmatdan foydalanuvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga (Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kuni, qolgan hududlarda ikki ish kuni ichida) xorijga chiqish biometrik pasportini yetkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
392. Xizmatdan foydalanuvchi bilan telefon orqali kelishilgan vaqtda u ushbu manzilda boʻlmasa, xizmatdan foydalanuvchi xorijga chiqish biometrik pasportini ushbu hududdagi pochta aloqasi boʻlimidan oʻn ish kuni davomida olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatdan foydalanuvchi xorijga chiqish biometrik pasportini mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda olib ketmasa, pochta xizmati xodimi uni maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshiradi. Bunda xizmatdan foydalanuvchining oʻzi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni yigʻish punktiga kelib xorijga chiqish biometrik pasportini olib ketadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta xizmati uchun toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta xizmati xodimi xorijga chiqish biometrik pasportini maʼlumotlarni yigʻish punktidan qabul qilib olgandan boshlab uni foydalanuvchiga yoki tegishli maʼlumotlarni yigʻish punktiga qayta topshirgunga qadar but saqlanishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
(391 va 392-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasporti faqatgina xizmatdan foydalanuvchining oʻziga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 16 yoshdan katta shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti qoʻl barmoqlarining elektron izlarini solishtirish orqali verifikatsiya qilish yoki biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali taqdim etiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
401. 16 yoshga toʻlmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasporti uning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, xorijga chiqish biometrik pasporti berish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
402. Fuqaro va qonuniy vakillar xorijga chiqish biometrik pasportini avaylab saqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
403. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi oʻzgarganligi yoxud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro maʼlumotlarni yigʻish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozuvlarda noaniqliklar va xatoliklarga maʼlumotlarni yigʻish punkti yoki Migratsiya va personallashtirish departamenti xodimlarining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan taqdirda, fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini qayta rasmiylashtirib berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
(403-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
404. Xorijga chiqish biometrik pasporti, xizmatdan foydalanuvchining xohishiga koʻra, amal qilish muddati qancha qolganidan qatʼi nazar, istalgan vaqtda almashtirilishi mumkin. Bunda xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
405. quyidagilar xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu Nizomda nazarda tutilgan talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida bila turib soxta yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qoʻl barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va koʻzoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi koʻrinishga taʼsir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qatʼiy bildirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga toʻsqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan boʻlsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) agar shaxs ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazoratida boʻlsa — nazorat toʻxtatilgungacha (maʼmuriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo va shartli hukm qoʻllanilgan boʻlsa — jazoni oʻtab boʻlgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar boʻlsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni taʼminlash uchun alimentlar oldindan toʻlanganligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi axboroti mavjud boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarga sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati yuklatilgan boʻlsa.
(405-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoniga asosan “k” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
406. Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganidan keyin shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash faqat qonunda belgilangan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Fuqaroning davlat chegarasi orqali oʻtish huquqini cheklash surishtiruv, tergov yoki sud organlari qarori asosida chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
407. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni ushbu nizomning 405 va 406-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etish yoki fuqarolarning xorijga chiqishini cheklash, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga doir davlat xizmatini koʻrsatish tartibini buzish yuzasidan boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Konsullik roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Belgilangan tartibda xorijga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, shuningdek, olti oydan ortiq muddat davomida xorijda vaqtinchalik turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga turishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Oʻzbekiston Respublikasidagi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy konsullik roʻyxatiga olinadilar.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Xorijga xizmat safariga, oʻqishga, davolanishga, ishga va oʻz oilasi bilan birlashish uchun chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi borgan mamlakatida qonuniy tarzda yashayotgan boʻlsa va mamlakatga olti oydan ortiq muddatga borgan boʻlsa vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari doimiy yashash joyini, shuningdek, ish, oʻqish yoki xizmat safari joyini olti oydan ortiq muddatga oʻzgartirganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasiga qarashli boshqa konsullik muassasasining konsullik okrugi hududiga koʻchib oʻtgan taqdirda oldingi yashash joyidagi konsullik roʻyxatidan (doimiy, vaqtinchalik) chiqishlari hamda yangi kelgan joylarida konsullik roʻyxatiga olinishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Doimiy konsullik roʻyxatiga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda konsullik yigʻimlari undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Vaqtincha yashash uchun xorijga chiqib ketgan, u yerda qonuniy tarzda yashayotgan hamda xorijda doimiy yashashga qaror qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashash uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan shakldagi ariza-anketa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biometrik boʻlmagan namunadagi pasport yoki biometrik pasport yoxud xorijga chiqish biometrik pasporti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilganlik haqida guvohnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari boʻlimining belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onalarining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsullik yigʻimlari toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro oʻzi yashab turgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda, mazkur mamlakat Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi qaysi konsullik okrugiga kirsa oʻsha konsullik okrugining konsullik muassasasiga murojaat qiladi. Xorijdagi konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashashni rasmiylashtirish boʻyicha qabul qilingan hujjatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradilar. Konsullik muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining doimiy yashash uchun ruxsatini olgach, ariza beruvchini doimiy konsullik hisobiga qabul qiladilar.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Xorijda doimiy yashayotgan va Oʻzbekiston Respublikasiga doimiy yashash joyiga qaytib kelishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasasidagi konsullik roʻyxatidan chiqishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlsalar, ular konsullik roʻyxatidan chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Konsullik roʻyxatiga olish va chiqarish haqidagi arizalarning, fuqarolarni konsullik roʻyxatiga olish va chiqarishga doir qayd etish kitoblari va boshqa hujjatlarning shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga doir alohida tartibotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari bilan kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportlari davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalarida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor fuqarolar xorijdan qaytib kelganlaridan keyin xorijga chiqish biometrik pasportini davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalariga topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlarining amal qilish muddati tugagach, belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim boʻlinmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlari mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin Davlat xavfsizligi xizmatining tegishli organlari bilan kelishgan holda fuqarolarga qaytarib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan harbiy xizmatchilarning xorijga chiqish biometrik pasportlari boʻlmasa, shuningdek, ularga xorijga chiqish biometrik pasporti berish zarurati bilan bogʻliq boshqa holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida ushbu Nizomda belgilangan tartibda migratsiya boʻlinmalari tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Yaroqsiz holga keltirilgan yoki yoʻqotib qoʻyilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini yangisiga almashtirish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy tartiblar asosida maʼlumotlarni yigʻish punktlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini almashtirishga oid murojaatlar boʻyicha tegishli vakolatli organlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillar amalga oshirishlari uchun xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu toifadagi soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati istisno tariqasida yana oʻn ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Topib olingan xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktlariga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Vafot etgan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi, mazkur organ xorijga chiqish biometrik pasportini keyinchalik yoʻq qilish uchun tegishli migratsiya va personallashtirish boʻlinmasiga joʻnatadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoxud ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, shartli hukm qoʻllanilgan va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati yuklatilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, xorijga chiqish biometrik pasporti Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga joʻnatiladi.
(57-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qamoqdan ozod qilinganda yoki jazo muddati oʻtab boʻlganidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati sud tomonidan bekor qilinganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari, sud tomonidan yoxud jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati tomonidan egasiga (jazoni ijro etish muassasasidan chiqib ketayotgan vaqtning oʻzida) qaytarib beriladi.
(57-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan taqdirda (pasportni ashyoviy dalil sifatida saqlab turish davrida amal qilish muddati oʻtib ketsa), yangi pasport vakolatli organning olib qoʻyish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach, migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasporti ichki ishlar organlari tomonidan tegishli migratsiya va personallashtirish boʻlinmasiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyilganda, fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi hamda yoʻq qilinganligi haqida dalolatnoma beriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Tekshirish, verifikatsiyalash jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) qaydlari, xorij vizalari, ruxsat beruvchi yozuvlar soxtalashtirilganligini koʻrsatuvchi belgilar aniqlangan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti, shuningdek, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan yoki sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga joʻnatish uchun olib qoʻyilishi mumkin. Pasport olib qoʻyilgan taqdirda, chegara nazorati boʻlinmasi tomonidan fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari fuqarodan xorijga chiqish biometrik pasportini olib qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasportini majburiyatlarni taʼminlash maqsadida garov sifatida qabul qilish va topshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisidagi sud ajrimini Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga maʼlumot uchun yuboradi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Doimiy yashash uchun xorijga chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onalarining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda esa vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaroni migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi masʼul xodimi mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq ogohlantiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar, agar ular doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan taqdirda, bu haqda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan elektron axborot almashinuvi vositasida real vaqt rejimida tegishli mudofaa organlari xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ushbu Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Qonun hujjatlari bilan quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasportiga ataylab shikast yetkazish, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportini ehtiyotsizlik bilan saqlab, uning yoʻqolishiga sabab boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻqolganligi haqida ariza berilgan xorijga chiqish biometrik pasportidan, shuningdek, boshqa shaxsga qarashli boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasportini qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki uni garov sifatida qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijga chiqish biometrik pasportiga gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlar bilan ega boʻlib olish, shuningdek, uni yoʻq qilish, yaroqsiz holga keltirish, yashirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida xorijga chiqish biometrik pasporti yoʻqolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi toʻgʻrisida murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati boʻlganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari tomonidan soʻrov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan maʼlumotnoma olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Murojaat qiluvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(5-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qaroriga asosan 5-6-boblar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijda doimiy yashash uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisida pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hamrohlik qiluvchi shaxslar haqida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Xizmatdan foydalanuvchi

Maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelgan holda murojaat qiladi yoki YIDXP da roʻyxatdan oʻtadi hamda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Axborot tizimlari

Soʻrovnomadagi maʼlumotlar avtomatik tizim orqali tekshiriladi:

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi;

Yagona milliy mehnat tizimi”;

“Notarius” axborot tizimi;

Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” axborot tizimi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

1. Maʼlumotlarni yigʻish punkti

2. YIDXP

Toʻldirilgan elektron soʻrovnoma va talabnoma Personallashtirish agentligiga yuboriladi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida

4-bosqich

1. Vakolatli organlar

1. Davlat xizmati koʻrsatilishini rad etish asoslari mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tekshiriladi.

1. 5 ish kunigacha

(alohida hollarda 20 kungacha)

2. Personallashtirish agentligi

2. Xorijga chiqish biometrik pasporti tayyorlanadi.

2. 2 ish kunigacha

3. Davlat feldyegerlik xizmati

3. Xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktiga yetkaziladi.

3. 3 ish kunigacha

5-bosqich

1. Maʼlumotlarni yigʻish punkti
 
2. Pochta xizmati

(soʻrovnomada xorijga chiqish biometrik pasportini pochta aloqasi orqali yetkazib berish koʻrsatilgan boʻlsa)

1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining tayyor boʻlgan xorijga chiqish biometrik pasportini fuqaroga taqdim etadi yoki uni ariza beruvchining manziliga yuborish uchun pochta xizmati xodimiga topshiradi.

2. Pochta xizmati xodimi soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga xorijga chiqish biometrik pasportini yetkazib beradi.

Xizmat yuzasidan tegishli toʻlovlar amalga oshirilgan kundan boshlab, 10 ish kunida
(alohida hollarda 30 kunda)
Toshkent shahri va viloyatlar markazida 1 ish kunida, qolgan hududlarda 2 ish kunida

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA

1. Familiyasi

Ismi

2. Jinsi

E □

A □

Otasining ismi

3. Familiyangiz, ismingiz, otangizning ismi oʻzgarganmi?

Agar oʻzgargan boʻlsa, quyidagilarni toʻldiring.

Ha □

Yoʻq □

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

4. Tugʻilgan yili, oyi, kuni, joyi

Yil

Kun

oy

joy

5. Maʼlumot uchun

Telefon:

El.pochta manzili ________________(mavjud boʻlsa)

6. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki ID karta maʼlumotlari)

Seriya

Raqami

Berilgan sanasi

7. Mehnat faoliyati haqida soʻngi 5 yildagi maʼlumot (oʻquv yurtlaridagi oʻqish va harbiy xizmat ham kiradi)

Oy va yil

Ish joyi va lavozimi, harbiy qism raqami

Tashkilot manzili

Kirgan

Boʻshagan

8. Turmush oʻrtogʻi (mavjud boʻlsa)

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan sanasi

Oxirgi ish joyi va lavozimi

Manzili

9. Siz haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishga majburmisiz (erkaklar uchun 17 dan 27 yoshgacha)

Ha □

Yoʻq □

10. Xorijga chiqish rejalashtirilayotgan davlat nomi va maqsadi

Davlat nomi

Maqsad

11. Soʻrovnomada yolgʻon maʼlumotlarni mavjudligi xorijga chiqish biometrik pasportini berishni rad etishga asos boʻlishidan xabardorman.

Soʻrovnoma taqdim etilgan sana

Soʻrovnomani taqdim etgan shaxsning elektron raqamli imzosi

12. Xizmat natijasini olish usuli

Maʼlumotlarni yigʻish punktiga oʻzi kelgan holda

Pochta xizmati orqali

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1. Familiyasi

Ismi

2. Jinsi

E □

A□

Otasining ismi

3. Familiyangiz, ismingiz, otangizning ismi oʻzgarganmi? Agar oʻzgargan boʻlsa, quyidagilarni toʻldiring.

Ha □

Yoʻq□

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

4. Tugʻilgan yili, oyi, kuni, joyi

Yil

Kun

oy

joy

5. Maʼlumot uchun

Telefon:

El.pochta manzili ________________(mavjud boʻlsa)

6. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik guvohnomasi, biometrik pasporti, ID karta )

Seriya

Raqami

Berilgan sanasi

7. Ota-onasi toʻgʻrisida maʼlumot

Qarindoshlik darajasi

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan sanasi

Otasi:

Onasi:

8. Hamrohlik qiluvchi shaxs(lar):

Yaqinlik darajasi

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan sana

9. Soʻrovnomani bergan shaxsning F.I.O

10. Soʻrovnomada yolgʻon maʼlumotlarni mavjudligi xorijga chiqish biometrik pasportini berishni rad etishga asos boʻlishidan xabardorman.

Soʻrovnoma taqdim etilgan sana

Soʻrovnomani taqdim etgan shaxs(lar)ning elektron raqamli imzosi

11. Qaramogʻimdagi voyaga yetmagan shaxsni chet davlat hududida nazoratsiz qoldirmaslik, bolaga taʼminot, taʼlim-tarbiya berish, bolani oʻz ota-onasiga yoki yaqin qarindoshlariga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida taqiqlanmagan va tegishli davlatning qonunchiligiga binoan zarur vakolatlarga ega boʻlgan tashkilotga topshirish boʻyicha zimmamga yuklangan majburiyatlarni bajarmasligim maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantirildim.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-noyabrdagi PQ-380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎OGOHLANTIRISH XATI‎

‎‎Men, ________________________ y.t., ___________________________________________________________

‎‎(fuqaroning F.I.O.)

‎‎“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan qaysi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildim.

‎‎______________________ (sana)

‎‎______________________ (imzo)

‎‎______________________ (F.I.O.) ‎

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-sonli qaroriga asosan 3 — 6-ilovalar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4079/2482-son; 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son; 15.04.2022-y., 07/22/207/0310-son, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 05.11.2024-y., 07/24/380/0889-son; 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)