Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
Qarori
“Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3214-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 16-mh, 16, 19-mh, 12-2019 va 18-q/q-son “Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3214, 2020-yil 27-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2020-y., 10/20/3214/0087-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 25-dekabr,
63-q-q-son
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2025-yil 9-dekabr,
17-mh-son
Kelishildi:
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori B. YULDASHEV
2025-yil 25-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2026-y., 10/26/3214-1/0003-son)