05.05.2025 yildagi PF-76-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim tashkilotlarida oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Farmonning asosiy maqsadi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini oshirish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Taʼlim sifatini tashqi baholash tizimini isloh qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Taʼlim sifatini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Agentlik taʼlim sifatini tashqi baholashni quyidagi shakllarda amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) taʼlim tashkilotini xavfni tahlil qilish (murojaatlar, soʻrovnoma asosida aniqlangan kamchiliklar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar materiallari va boshqa ishonchli maʼlumotlar) asosida navbatdan tashqari oʻrganadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) xavfni tahlil qilish jarayonida kamchiliklar aniqlanganda Agentlik taʼlim tashkilotiga bu haqda taqdimnoma kiritadi hamda kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) kamchiliklarning belgilangan muddatda bartaraf etilmaganligi taʼlim tashkilotini navbatdan tashqari kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishga asos boʻladi hamda bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat akkreditatsiyasi va xavfni tahlil qilish natijasi boʻyicha Agentlik taqdimnomasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish taʼlim tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari sifatini qiyosiy taqqoslash asosida ularning milliy reytingini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bilim va koʻnikmasiga baho berish va ularning zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini oʻrganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) taʼlim tashkilotlari oʻquvchi va talabalarining taʼlim sifati boʻyicha fikrlarini oʻrganishga qaratilgan Umummilliy talabalar soʻrovnomasini oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) taʼlim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi toʻlov asosida amalga oshiriladi hamda undan tushgan mablagʻlar akkreditatsiyani oʻtkazish bilan bogʻliq (jumladan, jalb qilingan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash) xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlik respublika hududida faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi hamda ularning reyestrini yuritadi. Bunda mazkur reyestrga kiritilgan tashkilotlar tomonidan taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tavsiyaviy xarakterga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 2025-yilga qadar bitiruvchisi boʻlmagan hamda akkreditatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari mazkur tashkilotni kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish davrida maxsus davlat akkreditatsiyasidan ham oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) taʼlim tashkilotining kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtmaganligi yoki oʻtkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaganligi litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi hamda Agentlik litsenziyani bekor qilish masalasini hal etish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdimnoma kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) kompleks davlat akkreditatsiyasi natijalariga koʻra muayyan taʼlim dasturida aniqlangan qoʻpol kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda ushbu taʼlim dasturi boʻyicha oʻquv faoliyatini davom ettirish va qabulni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki akkreditatsiyasi bekor qilingan taʼlim dasturida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda koʻchirish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) birinchi bosqichda faoliyatni boshlash uchun oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari oʻrnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ikkinchi bosqichda taʼlim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan taʼlim dasturlari (kasblar, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar) maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim oluvchilarni oʻqishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi va taʼlim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga (faoliyatining toʻxtatilishiga) asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatilib, kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitishni yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) muqobil taʼlim shakllariga talabalarni belgilangan meʼyordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar har bir taʼlim tashkiloti tarkibida umumiy shtatlar doirasida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul ichki taʼlim sifati nazorati boʻlimlari tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Taʼlim sifatini taʼminlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) bir oy muddatda Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik tomonidan taqdim qilingan hisob-kitoblarga asosan Agentlikni zarur mebel, jihoz va kompyuter vositalari bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 5-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-76-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) tashqi baholashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati madaniyatini shakllantirish, ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish boʻyicha uslubiy tavsiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) taʼlim sifatini baholash mezonlari va usullarini xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oʻrganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda soʻrovnomalar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishida xalqaro aloqalarni kengaytirish, sifatni baholash sohasidagi xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish hamda milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) taʼlim sifatini baholash boʻyicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar ishtirokida yillik hisobotlarni eʼlon qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) taʼlim sohasidagi davlat dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli koʻrsatkich va natijalarga erishilishini tahlil qilish hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatining huquqiy asoslari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Agentlik oʻz faoliyati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlik oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Agentlik taʼlim sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yoʻllari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) davlat organlari rahbarlari Agentlikka har tomonlama koʻmaklashadi, shu jumladan, uning soʻroviga koʻra markaziy apparat va tizim tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni saqlab qolgan holda ekspert sifatida yuborilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va taʼlim jarayoniga oid davlat taʼlim standartlari (talablari) loyihalari majburiy tartibda Agentlik bilan kelishiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) Agentlik oʻz vakolatlari doirasida taʼlim sifatini baholash maqsadida taʼlim tashkilotlari hududi va binolariga belgilangan tartibda kirishga va hujjatlar bilan tanishishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Agentlik “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agentlikka oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) davlat organlari va tashkilotlaridan, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali zarur statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlaridan zarur maʼlumotlarni bepul, jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlaridan (HEMIS, EMIS) va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimidan toʻsiqsiz foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) davlat organlari va tashkilotlariga, jumladan, taʼlim tashkilotlariga taʼlim sifatini oshirish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tajribali xorijiy va mahalliy ekspertlarni hamda nodavlat (xususiy) tashkilotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida, jumladan, autsorsing shaklida yollash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(e) jalb qilingan xorijiy va mahalliy ekspertlarga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan, mablagʻlarni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazish orqali toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va qonunchilikdagi oʻzgarishlar hamda jahon taʼlim makonidagi zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish talab va mezonlarini yangilab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) taʼlim sifatini taʼminlash, akkreditatsiya, reyting va boshqa masalalar yuzasidan xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agentlikning 62 ta shtat birligi quyidagi shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tugatilayotgan “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining mavjud 30 ta shtat birligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 4 ta, Innovatsion rivojlanish agentligining 3 ta, Bilim va malakalarni baholash agentligining 3 ta boshqaruv shtat birligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 22 ta shtat birligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Agentlik tarkibiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlikning nizomi va tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktori oʻrinbosarlari va xodimlari mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda, zarur hollarda, Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlikning asoslangan takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, shartnoma asosida boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan, vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) homiylik va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim sifatini taʼminlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Moliyalashtirish

manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Taʼlimda sifatni taʼminlashning tashkiliy masalalari

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Agentlikning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Agentlikni joylashtirish uchun maʼmuriy binoni operativ boshqaruv huquqi asosida ajratish.

2025-yil
may

2025-yil
may

Agentlik,

Adliya vazirligi

Toshkent shahri hokimligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Agentlikni zarur mebel, jihoz, kompyuter va boshqa zaruriy vositalar bilan taʼminlash.

1. Agentlikni zarur mebel, jihoz, kompyuter va boshqa zaruriy vositalar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Agentlik tomonidan taqdim qilingan hisob-kitoblarga asosan Agentlikni zarur vositalar bilan taʼminlash.

2025-yil
iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Agentlik

Agentlikka xizmat va navbatchi avtotransport vositalari uchun limit ajratish.

1. Agentlik uchun 4 ta xizmat avtotransport vositasi, shu jumladan, 3 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini belgilangan tartibda xarid qilish.

2. Agentlikka avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

2025-yil

iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik

II. Taʼlim sifatni taʼminlash jarayonlarini takomillashtirish

Taʼlim tizimi samaradorligini baholash va taʼlim sifatini monitoring qilish boʻyicha axborot tizimlarini ishlab chiqish.

1. Taʼlim jarayonida sifatni taʼminlashga qaratilgan barcha statistik va tahliliy maʼlumotlarni ochiq va shaffof tarzda aks ettiruvchi Agentlikning rasmiy veb-sayti va tegishli platformalarning konsepsiya va texnik topshiriqlarini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan takliflar asosida Agentlik veb-sayti va tegishli platformalarni yaratish uchun zarur mablagʻlarni ajratish.

3. Agentlik veb-sayti va tegishli platformalarni ishlab chiqish va ishga tushirish.

Bunda:

davlat akkreditatsiyasi va reyting tizimini qoʻllab-quvvatlovchi elektron platformalarni subdomen shaklida ishga tushirish;

tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarining platformalari va taʼlimni boshqarish axborot tizimlari bilan maʼlumotlar almashish uchun integratsiya qilish;

tegishli reyestrlarni yuritish va jamoatchilik uchun ochiq maʼlumotlarni olishda qulayliklar yaratish;

saytning samaradorligini oshirish va undagi maʼlumotlarni uzluksiz yangilab borishni yoʻlga qoʻyish. 

2025-yil
iyun-iyul

2025-yil
iyul

2026-yil
yanvar

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi,

 Davlat budjeti, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari  hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari (taʼlim tashkilotlari)da sifat madaniyatini shakllantirish.

Har bir taʼlim tashkiloti tarkibida umumiy shtatlar doirasida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul ichki taʼlim sifati nazorati boʻlimi yoki shtatini joriy etish.

2025-yil
avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

tasarrufida taʼlim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralar

Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Agentlik bilan kelishish majburiy etib belgilanishini taʼminlash.

2025-yil
iyun

Adliya vazirligi,

Agentlik

Taʼlim tashkilotlarida sifatni ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish.

1.  Sifatni ichki taʼminlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish va taʼlim tashkilotlariga elektron shaklda tarqatish.

2. Taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatiga masʼul xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etish.

2025-yil
sentabr

2025-yil
oktabr-noyabr

Taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,

xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tasarrufida taʼlim tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralar

Taʼlim tashkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning ekspertlar korpusini shakllantirish.

1. Taʼlim turlari boʻyicha ekspertlar bazasini shakllantirish.

2. Ekspertlarni tayyorlash va kasbiy salohiyatini oshirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish.

3. Kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasiga jalb qilinadigan ekspertlarni tashqi baholash boʻyicha malakasini oshirish.

4. Malaka oshirish kurslari yakuniy natijalari boʻyicha  ekspertlar korpusini shakllantirish.

Belgilangan reja-grafikka muvofiq

Taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,

xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini aniqlash.

1. Milliy reytingda ishtirok etuvchi taʼlim tashkilotlari tomonidan reytingni aniqlash uchun Agentlikning maxsus axborot tizimiga yuklangan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tekshirish va qabul qilish.

2. Barcha taʼlim tashkilotlari tomonidan yuklangan maʼlumotlarni mezonlarga muvofiq tahlil qilish va baholash.

3. Baholash natijalari asosida taʼlim tashkilotlari reytingini Agentlik saytida eʼlon qilish, reyting natijalarini asoslash boʻyicha izohlar va yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berish.

4. Milliy reytingni aniqlash mezonlari va baholash metodikasini yetakchi xalqaro reyting tashkilotlarining baholash indikatorlari bilan muvofiqlashtirib borish.

Reja boʻyicha muntazam ravishda

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Taʼlim tashkilotlari reytingini yurituvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Taʼlim tashkilotlari reytingini yurituvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatini oʻrganish.

2. Taʼlim tashkilotlari reytingini yurituvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil

fevral

2026 — 2028-yillar

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari, Agentlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Respublikada faoliyat yuritishga ruxsat beriladigan akkreditatsiya tashkilotlarining reyestrini yuritish.

1. Respublikada faoliyat yuritishga ruxsat beriladigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlarini reyestrga kiritish uchun asosiy shartlarni belgilash.

2. Respublikada faoliyat yuritishga ruxsat beriladigan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish.

3. Reyestrga kiritilgan tashkilotlar faoliyatini muntazam audit va monitoring qilib borish.

Reja boʻyicha muntazam ravishda

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish choralarini koʻrish.

1. Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tashkilotlar faoliyatini oʻrganish.

2. Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish maqsadida ular bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2026 — 2028-yillar

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari, Agentlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

Kvalifikatsiya va diplomlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi xalqaro bitim va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Xalqaro bitim va konvensiyalarning shartlari va majburiyatlarini oʻrganish.

2. Xalqaro bitim va konvensiyalar shartlaridan kelib chiqib taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Xalqaro bitim va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflarni vakolatli organga berish.

2026 — 2028-yillar

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatiga taʼsir qilayotgan omillarni oʻrganish.

2. Taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

2025-yil

oktabr

2025-yil

dekabr

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatiga qoʻyilgan talablarga muvofiq ravishda baholash va monitoringni amalga oshirish uchun taʼlim sifatini taʼminlashga doir sifat indikatorlarini ishlab chiqish.

1. Taʼlim sifatini baholash indikatorlarini ishlab chiqish boʻyicha masʼul ishchi guruhni shakllantirish.

2. Sifat indikatorlarini ishlab chiqish jarayonida ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar (ESG, EQAVET, ISO va boshqalar)ni oʻrganish va tahlil qilish.

3. Sifat indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil

iyun

2025-yil

sentabr

2025-yil

dekabr

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllariga qabul qilish tartibi boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish.

2. Taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan mavjud ilmiy kengashlar faoliyatini ilgʻor xorijiy tajriba asosida tahlil qilish.

2025-yil

dekabr

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

III. Sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda tashqi sifat nazoratini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

1. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan reglamentga muvofiq manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil

iyul

2025-yil

noyabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Agentlik,

manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari

Taʼlim sohalari kesimida maxsus akkreditatsiyalash mezonlarini ishlab chiqish.

1. Turli soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2. Akkreditatsiya mezonlarini belgilash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

3. Taʼlim sohalari kesimida akkreditatsiya mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-2026-yillarda

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va donorlar mablagʻlari,

Agentlikning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Agentlik,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari

Taʼlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun toʻlovlar miqdorlarini belgilash.

1. Toʻlovlar miqdorlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqish.

2. Toʻlov miqdorlarini belgilashni nazarda tutuvchi meʼyoriy hujjatni belgilangan tartibda Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazish.

2025-yil

Iyun-iyul

Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Oliy taʼlim tashkilotlarida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash tartibini ishlab chiqish.

1. Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil

iyun

2025-yil

iyul

2025-yil

avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Agentlik,

manfaatdor respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: normativ-huquqiy hujjat loyihalari tartibga solish predmetidan kelib chiqib qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq bandlar birlashtirilganda ularni ijro etish uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 06/25/76/0414-son)