1-ILOVA
T/r | Koʻrsatkichlar nomi | Oʻlchov birligi | 2026-yil | 2027-yil | 2028-yil | 2029-yil | 2030-yil |
1. | Aholining jamoat transportidan foydalanish darajasi | foiz | 43 | 47 | 50 | 56 | 60 |
2. | Elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushi | foiz | 30 | 35 | 40 | 45 | 50 |
3. | Avtobuslarning oʻrtacha harakat tezligi | km/soat | 19 | 20 | 21 | 23 | 24 |
4. | Metropoliten tarmogʻi uzunligi | km | 76 | 85 | 90 | 103 | |
5. | Toshkent shahridagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash | km | 100 | 100 | 250 | 250 | 300 |
6. | Transport vositalari uchun toʻxtab turish joylarini tashkil etish | ming ta | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 |
7. | Yoʻl oʻtkazgich va tonnellar barpo etish | ta | 2 | 3 | 3 | 4 | 4 |
8. | Avtobus bekatlarini rekonstruksiya qilish | ta | 300 | 500 | 600 | 600 | 600 |
9. | Yagona boshqaruv tizimiga ega intellektual svetoforlar bilan jihozlangan aqlli chorrahalar tashkil etish | ta | 100 | 150 | 150 | 100 | 200 |
10. | Piyodalar uchun maxsus yoʻlaklar tashkil etish | km | 40 | 40 | 40 | 40 | 40 |
11. | velosipedlar uchun maxsus yoʻlaklar tashkil etish | km | 20 | 35 | 35 | 40 | 40 |
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Vakolat tavsifi | Vakolat joriy egasi |
1. | Avtomobil yoʻllarida yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarini tasdiqlash | Ichki ishlar vazirligi |
2. | Transport (temir yoʻl va aviatsiya obyektlaridan tashqari) va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini, shu jumladan, transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlarida transport vositalarining toʻxtab turish joylari, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari hamda savdo avtomatlarini (vending) joylashtirish sxemalarini (joylarini) tasdiqlash | Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi |
3. | Tegishli qoidabuzarliklar jazosi muqarrarligi va profilaktikasini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati hamda obodonlashtirish qoidalari buzilishlarini foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari joylashish nuqtalarini tasdiqlash | Ichki ishlar vazirligi |
4. | Toshkent shahri hududida joylashgan avtomobil yoʻllarida jamoat transporti ustuvor harakatlanishi uchun alohida ajratilgan yoʻlaklarni joriy etish | Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi |
5. | Yoʻl va transport infratuzilmasi obyektlarida (umumfoydalanishdagi yoʻllardan tashqari) turli darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash va boshqa ishlarni, shu jumladan, obodonlashtirish ishlarini, muhandislik-kommunikatsiya hamda aloqa tarmoqlaridagi ishlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berish | Toshkent shahar hokimligi |
6. | Alohida koʻchalarda va zonalashtirish tamoyili boʻyicha transportning yuqori hamda sekin harakat tezligiga doir tezlik rejimini hamda ayrim turdagi transport vositalarining, shu jumladan, yuk transporti vositalarining harakatiga cheklovlarni oʻrnatish | Ichki ishlar vazirligi |
7. | Yuk tashish karkasi qoidalariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash maqsadida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish | Ichki ishlar vazirligi |
6-ILOVA
T/r | Axborot tizimi nomi | Axborot tizimi operatori |
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shu jumladan, “Jarima maydonchasi” axborot tizimi | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati |
2. | “Tashqi reklama” elektron raqamli monitoring tizimi | Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” MCHJ |
3. | Yerusti shahar yoʻlovchi transportida tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar va “Toshshahartransxizmat” AJ dispetcherlik xizmatlari | Tashuvchilar |
4. | Tashuvchilar tomonidan yoʻnalish koʻrsatkichlari bajarilishi monitoringi, bajarilgan ishlar hajmi va sifatini belgilash hamda baholash, yoʻlkira haqi toʻlanishi nazorati va taqdim etilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish tizimlari | Transport vazirligi Toshkent shahar transport va yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi huzuridagi “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi |
5. | “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
6. | “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi | “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi |
7. | “Pulli toʻxtab turish joylari” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi | “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ |
8. | Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali | Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi |
9. | Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi | Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi |
10. | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining axborot tizimi | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
7-ILOVA
T/r | Manba nomi | Tushum miqdori |
1. | Toshkent shahrida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi) | 35 foiz |
2. | Toshkent shahrida tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq: IIVning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismining 26 foizi*; Toshkent shahar mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 20 foizi; Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan qismidan 30 foizi, Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq, yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan tuman va shahar hokimliklari yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi) | 25,5 foiz |
3. | Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun toʻlanadigan jarimalardan va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar summasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-son qaroriga muvofiq: IIV “Xavfsiz shahar” markaziga yoʻnaltiriladigan summaning 1/12 qismi*; Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi) | 15 foiz |
4. | Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar summasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PQ-3989-son qaroriga muvofiq “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan qismining 8 foizi oʻtkaziladi) | 2 foiz |
5. | Toshkent shahrida yoʻnalishlardagi avtobuslarda oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summalari ularni jamoat transportini rivojlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan (Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qaroriga muvofiq “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi oʻtkaziladi) | 10 foiz |
6. | Toshkent shahrida avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish va oʻzgartirish uchun yigʻimlar (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi 547-son qaroriga muvofiq “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi) | 20 foiz |
7. | Toshkent shahrida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar summasi (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-fevraldagi 71-15-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi hamda IIV YHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi oʻtkaziladi) | 15 foiz |
8. | “Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” integratsiyalangan tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar va koʻrsatilgan xizmatlardan undirilgan jarimalar summasi** | 40 foiz |
9. | Tashqi reklama yerusti shahar yoʻlovchi transportida joylashtirilganligi uchun toʻlanadigan mablagʻlar (Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzuridagi maxsus jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi) | 50 foiz |
10. | Davlat dasturlari asosida Toshkent shahri hududida yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha alohida tadbirlar uchun budjet parametrlarida har yili nazarda tutiladigan mablagʻlar | 100 foiz |
11. | Markaz davlat sherigi boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha davlat sherigiga toʻlanadigan mablagʻlar | 100 foiz |
12. | Toshkent shahri hududida davlatga, shu jumladan, davlat hokimiyati va joylardagi davlat hokimiyati organlari tarkibiy tuzilmasi tashkilotlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalari va (yoki) mulkiy majmualarida joylashgan transport vositalarining pulli toʻxtab turish hamda toʻxtab turish joylariga transport vositalarini joylashtirganlik uchun toʻlovlardan tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlanadigan daromadlar summalari | 100 foiz |
13. | Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar | 100 foiz |
14. | Davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar summasi | 100 foiz |
15. | Xalqaro moliya institutlari va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar summasi | 100 foiz |
16. | Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya va homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar summasi | 100 foiz |
8-ILOVA
9-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Qiymati va moliyalashtirish manbasi* | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Toshkent shahrida yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari | ||||
1. | “China construction Fifth Engineering Division Co., Ltd.” kompaniyasi (Xitoy) bilan hamkorlikda: 1-bosqichda: | |||
Shahrisabz koʻchasining Amir Temur shohkoʻchasi bilan kesishmasidan Mirobod koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan 3 kilometr qismi va yoʻlboʻyi infratuzilmasini avtobuslar harakati uchun alohida yoʻlak tashkil qilgan holda taʼmirlash va modernizatsiya qilish; | 6 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2026-yil sentabr | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov | |
Amir Temur shohkoʻchasining Toshkent halqa aylanma yoʻlidan (Uchqahramon aylanmasi) Kichik halqa aylanma yoʻligacha (Shimoliy vokzal) boʻlgan 11 kilometr qismi va Yangi Sergeli koʻchasining Choshtepa koʻchasi bilan kesishmasidan Qipchoq koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan 5,5 kilometr qismi hamda ushbu koʻchalar yoʻlboʻyi infratuzilmasini avtobuslar harakati uchun alohida yoʻlak tashkil qilgan holda taʼmirlash va modernizatsiya qilish; | 16,5 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2026-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) | |
Mahtumquli, Mirzo Ulugʻbek — Feruza — Yuzrabot, Lutfiy hamda Muqimiy, Nurafshon, Qoratosh — Koʻkcha Darvoza va KHAY — Parkent koʻchalarining 38 km qismi va yoʻlboʻyi infratuzilmasini avtobuslar harakati uchun alohida yoʻlak tashkil qilgan holda taʼmirlash va modernizatsiya qilish (zaruratga koʻra, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda koʻchalar roʻyxatiga va yoki ish hajmiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin). | 76 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2026 — 2029-yillar davomida | manfaatdor vazirlik va idoralar | |
2-bosqichda: | ||||
16 ta koʻchaning 36 kilometr qismi hamda yoʻlboʻyi infratuzilmasini taʼmirlash va modernizatsiya qilish; | 36,5 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2026-yil davomida | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) | |
Pahlavon koʻchasini Elbek koʻchasi bilan tutashtiruvchi Kichik halqa yoʻli ustidan oʻtuvchi (“ZOʻR” TV yaqinidagi) yoʻl oʻtkazgich qurish; | 25,4 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) | |
3-bosqichda: | ||||
9 ta koʻchaning 33 kilometr avtomobil yoʻllari hamda yoʻlboʻyi infratuzilmasini, shu jumladan, alohida ajratilgan avtobus yoʻlaklarini, himoya toʻsigʻi hamda piyodalar xavfsizligini taʼminlovchi qavariq sunʼiy notekisliklarni oʻrnatgan holda taʼmirlash va modernizatsiya qilish; | 33,5 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2027-yil davomida | manfaatdor vazirlik va idoralar | |
Yunusobod tumani Amir Temur shohkoʻchasining Rixsili va Yangishahar koʻchalari bilan kesishmasida (Yunusobod aylanmasi) yerosti avtomobillar tunnelini qurish; | 26,2 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2027-yil davomida | ||
4-bosqichda 15 ta koʻchaning 50 kilometr avtomobil yoʻllari hamda yoʻlboʻyi infratuzilmasini, shu jumladan, alohida ajratilgan avtobus yoʻlaklarini, himoya toʻsigʻi hamda piyodalar xavfsizligini taʼminlovchi qavariq sunʼiy notekisliklarni oʻrnatgan holda taʼmirlash va modernizatsiya qilish. | 51 mln dollar Xitoy banki (Bank of China)ning davlat kafolatisiz krediti | 2028-yil davomida | ||
2. | Kichik halqa avtomobil yoʻlining 19 kilometr (Ziyolilar koʻchasidan Shota Rustaveli koʻchasigacha) boʻlgan qismi va uning yoʻlboʻyi infratuzilmasini taʼmirlash va modernizatsiya qilish. | 150 mlrd soʻm Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti | 2025-2026-yillar davomida | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
3. | Toshkent shahridagi 164,1 kilometr (820,5 ming metr kvadrat) avtomobil yoʻllarida joriy taʼmirlash ishlarini bajarish. | 127,6 mlrd soʻm Toshkent shahri mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan | 2026-yil davomida | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
4. | Toshkent shahrida 150 mingta (shu jumladan, 40 mingta yoʻlboʻyi) transport vositalarining vaqtinchalik toʻxtab turish joylarini tashkil qilish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha tegishli mulkiy majmualarni (yer uchastkasi, binolar, inshootlar, avtomobil yoʻllari boʻyi) ijara huquqi bilan elektron auksion (“E-auksion”) savdolariga chiqarish, jumladan: | Auksion savdolari natijasi boʻyicha gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) | |
2026-yilda 90 mingta (shu jumladan, 30 mingta yoʻlboʻyi) transport vositalari toʻxtab turish joylarini; | 2026-yil yakuniga qadar | |||
2027-yilda 60 mingta (shu jumladan, 10 mingta yoʻlboʻyi) transport vositalari toʻxtab turish joylari. | 2027-yil davomida | |||
5. | Toshkent shahridagi 1 785 ta avtobus bekatlarini Toshkent shahar hokimligi tomonidan tasdiqlangan talablar asosida modernizatsiya qilish maqsadida tegishli mulkiy majmualarni (avtobus bekatlari, yer uchastkalari va inshootlar) ijara huquqi bilan elektron auksion (“E-auksion”) savdolariga chiqarish, jumladan: | Auksion savdolari natijasi boʻyicha gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) | |
2026-yilda 1 185 ta avtobus bekatlari; | 2026-yil yakuniga qadar | |||
2027-yilda 600 ta avtobus bekatlari. | 2027-yil davomida | |||
6. | Toshkent shahri koʻchalarida 1,1 mln metr kvadrat yoʻl yotiq chiziqlarini chizish. | 23,7 mlrd soʻm Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2025-2026-yillar davomida | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) |
7. | Markaz bilan kelishgan holda Toshkent shahri koʻchalaridagi chorrahalarga 30 ta yangi svetofor obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish. | 4,5 mlrd soʻm Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2026-yil 1-aprel | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), “Oʻzbektelekom” AK (Xasanov) |
8. | Markaz bilan kelishgan holda Toshkent shahridagi 264 ta chorrahalarga metall konstruksiyalar qurish va yagona boshqaruv tizimiga ega boʻlgan yangi svetoforlar bilan jihozlash hamda intellektual foto-video qayd etish vositalarini oʻrnatish. | 226 mlrd soʻm xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlari va xorijiy banklarning davlat kafolatisiz kreditlari hisobidan | 2026-yil yakuniga qadar | |
II. Toshkent shahrida transport harakatini boshqarishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari | ||||
9. | Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida Markazini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish. | 90 mlrd soʻm (50 mlrd soʻm — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ssuda, 40 mlrd soʻm — Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan) | 2026-yil may | Toshkent shahri hokimligi (Umurzoqov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
10. | Toshkent shahrida yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish va yoʻl harakatini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida yuridik shaxs tashkil qilmagan holda Toshkent shahri hokimligining maxsus jamgʻarmasini tashkil etish. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil fevral | Toshkent shahri hokimligi (Umurzoqov) |
11. | Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasini Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markaziga oʻtkazish. | Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2026-yil aprel | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) |
12. | Toshkent shahrining intellektual transport tizimini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilish uchun texnik topshiriq tayyorlash va Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritish. | Hisob-kitoblarga asosan Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2026-yil may | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
13. | Toshkent shahrining intellektual transport tizimini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilish. | Hisob-kitoblarga asosan xorijiy moliya tashkilotlari mablagʻlari va xorijiy banklarning davlat kafolatisiz kreditlari hisobidan | 2027-yil fevral | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), “Oʻzbektelekom” AK (Xasanov) |
14. | Toshkent shahrining transport makromodelini ishlab chiqish. | 2,6 mlrd soʻm Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2026-yil yakuniga qadar | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Transport vazirligi (Maxkamov) |
15. | Yoʻl-qurilish, obodonlashtirish va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari maxsus texnikalari harakatlanishi, bajargan ishlari va boshqa maʼlumotlarni Toshkent shahrining intellektual transport tizimiga integratsiya qilish. | Hisob-kitoblarga asosan Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | Doimiy | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
16. | Vazirlik, idora va tashkilotlarning axborot tizimlarini ushbu qarorga 6-ilovaga muvofiq Toshkent shahrining intellektual transport tizimiga integratsiya qilish. | Hisob-kitoblarga asosan Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2027-yil avgust oyiga qadar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), tegishli axborot tizimlari operatorlari boʻlgan vazirlik va idoralar |
17. | Yoʻl va transport sohalaridagi barcha obyektlar hamda jarayonlar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini yaratish. | Hisob-kitoblarga asosan Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2027-yil avgust | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
18. | Toshkent shahrining transport master rejasini ishlab chiqish, shu jumladan, yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish hamda modernizatsiya qilish, shuningdek, shaharda yoʻl harakati samaradorligi va xavfsizligini oshirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash. | 10,8 mlrd soʻm Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2026-yil avgust | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
19. | Yoʻl va transport sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, transport vositalarining vaqtinchalik va uzoq muddatli toʻxtab turish joylari, avtobus bekatlarini tashkil etish va ekspluatatsiya qilish loyihalarini oʻz ichiga olgan investitsiya loyihalari hamda Markaz davlat sherigi boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlash. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil aprel | Toshkent shahri hokimligi (Umurzoqov) |
20. | Yoʻl harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirish, yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, yoʻl-transport hodisalari profilaktikasiga doir boshqa tadbirlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish. | Hisob-kitoblarga asosan Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | Doimiy | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
21. | Quyidagilarni yaratish, ekspluatatsiya qilish va rivojlantirishni nazarda tutuvchi “Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” axborot tizimlarini yaratish: a) quyidagi maqsadlardagi maʼmuriy videokuzatuv tizimlarini: obodonlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunbuzilishlarni avtomatik qayd etish; obodonlashtirish jarayonlarini, shu jumladan maxsus texnikalar hamda kommunal xizmatlar, boshqaruv servis kompaniyalari ishlarini boshqarish va nazorat qilishni avtomatlashtirish; tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari rejalarining shakllantirilishini hamda bajarilgan ishlar hajmlari tasdiqlanishini (inson omilini istisno qilgan holda) avtomatlashtirish; mahalla hududida giyohvand moddalar tarqatilishining oldini olishga koʻmaklashish; b) quyidagi maqsadlardagi raqamli videodomofon tizimlarini: turar joy binolari atrofini nazorat qilish; aholini tezkor xabardor qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri qayta aloqani yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha kanal yaratish; kommunal xizmatlar hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati “shaffofligi”ni taʼminlash, mavjud muammolarni tezkor hal qilish hisobiga aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish; v) dispetcherlik markazini oʻz ichiga oluvchi, quyidagi vazifalarga yoʻnaltirilgan yagona shahar platformasini: mahallalar hududidagi holatni tezkor monitoring qilish va hududlarga xizmat koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish; maʼlumotlar bazasi (“Big Data”) tahlili va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hisobiga obodonlashtirish sohasini boshqarish sifatini oshirish; mahallalar va boshqaruv kompaniyalari reytingini tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda shakllantirish. | Hisob-kitoblarga asosan Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2027-yil fevral | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
22. | Toshkent shahar hokimligi tarkibiy tuzilmasiga: hokimning transport va yoʻl infratuzilmasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini kiritish; boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni 5 shtat birligidan iborat Transport tizimini samarali tashkil etishni taʼminlash kotibiyatini shakllantirish. | Tasdiqlangan shtat birliklari asosida Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan | 2026-yil fevral | Toshkent shahri hokimligi (Umurzoqov) |
23. | Shaharning yuk avtomobillar harakatlanish yoʻnalishlari (yuk tashish karkasi), ekologik karkasi va yerusti yoʻlovchi transporti tezlik karkasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish. | 44,3 mlrd soʻm Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2026-yil avgust | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
24. | Quyidagilarni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish: a) Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini: obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qoidabuzarlikni (ushbu qoidabuzarlik avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan taqdirda) sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash; xalqaro tajriba asosida, mayda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarimalar miqdorlarini kamaytirgan holda, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar turlarini kengaytirish; b) zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini. | Mablagʻ talab etilmaydi | 2026-yil mart | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov), Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Transport vazirligi (Maxkamov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
25. | Markaz va Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdim etiladigan, avtomatlashtirilgan foto-video qayd etish texnik vositalarining dislokatsiya nuqtalarini kelishish. | Mablagʻ talab etilmaydi | Uch oy muddatda | Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
26. | Yuk tashish karkasi qoidalariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash maqsadida ogʻirlik va hajm nazorati tizimini yaratish. | Hisob-kitoblarga asosan Yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan | 2026-yil yakuniga qadar | Toshkent shahar hokimligi (Umurzoqov) |
10-ILOVA
1. | Sh. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi, Ishchi komissiya raisi |
2. | Lavozimiga koʻra | — | Toshkent shahar hokimining transport va yoʻl infratuzilmasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari |
3. | M. Yuldashev | — | Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi |
4. | A. Gurko | — | mustaqil ekspert |
5. | M. Adilov | — | Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi |
6. | A. Sadirov | — | Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi |
7. | M. Ikramov | — | Toshkent shahar Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi |
8. | V. Xusanov | — | Toshkent shahar Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi |
9. | T. Ergashev | — | Toshkent viloyati Transport boshqarmasi boshligʻi v.b. |
10. | M. Muxitdinov | — | Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi |
11. | A. Alimatov | — | Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi v.b. |
12. | Lavozimiga koʻra | — | Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi |
13. | Lavozimiga koʻra | — | Energetika vazirligi boshqarma boshligʻi |
14. | A. Xujanov | — | “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi v.v.b. |
15. | Sh. Poʻlatov | — | “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ rahbari |
16. | T. Grabovich | — | “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali boshligʻi |
17. | R. Usmonov | — | “Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi |
18. | Lavozimiga koʻra | — | “Telecom Soft” MCHJ bosh direktori |
19. | U. Kulanov | — | “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” DM direktori |
20. | M. Berdiklichev | — | “Oʻzbektelekom” AK raisi oʻrinbosari |
21. | S. Mamadjanov | — | “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJ bosh direktori |
22. | S. Pardayeva | — | “Veolia Energy Tashkent” MCHJ direktori |
23. | Lavozimiga koʻra | — | Toshkent shahrida Yoʻl harakatini tashkil etish markazi direktori, Ishchi komissiya kotibi |