1-ILOVA
T/r | Normativ-huquqiy hujjat | Normativ-huquqiy hujjat bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalar |
I. Amaldagi imtiyoz va preferensiyalar | ||
1. | O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi | 33-bob. Soliq solishdan ozod etish 243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi: 25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlar. 246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish 6) o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar; 10) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari. 308-modda. Investitsiyaviy chegirma Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo‘yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo‘llashga haqli. Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e’tirof etiladi. Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo‘llaniladi: 1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta’minotini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summalarining 20 foizi miqdorida. 483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik ta’minotiga, suv ta’minoti va kanalizatsiyaga, suv xo‘jaligiga, yo‘l-transport infratuzilmasiga, aloqa va telekommunikatsiyalarga, agrologistikaga, sanitariya jihatdan tozalashga, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishga doir loyihalar) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari mustasno), texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2028-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi. Bunda mazkur imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan ham qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno) eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 million AQSH dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan (shu jumladan royalti to‘lanadigan) daromadlari qismida foyda solig‘ini to‘lashdan 2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi. Jami daromadi tarkibida eksport hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari ta’sischilarining (ishtirokchilarining) — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga nisbatan 2025-yil 1-fevraldan 2040-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari barcha turdagi soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) to‘lashdan 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi. Ushbu moddaning oltmish ikkinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi: kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga; o‘n sakkiz yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizi kalendar yil davomida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga. Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi. Ushbu moddaning oltmish to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lardan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash, zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maqsadli tarzda foydalaniladi. 473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab: 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga; 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga; 15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi. |
2. | O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi | 297-modda. Tarif imtiyozlari Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisban beriladi: 11) O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning o‘z ishlab chiqarish mahsuloti bo‘lsa; 13) O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga; 14) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalariga; 16) tovarlarni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda. 299-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlarini to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi: 1) bojxona chegarasi orqali beg‘araz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik ko‘mak uchun olib o‘tilayotgan tovarlar. |
3. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4434-son Farmoni | 3-band bilan qiymati 50 mln AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirish bo‘yicha tartib o‘rnatilgan. |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3818-son qarori | 1-ilova bilan import bojxona bojlari stavkalari tasdiqlangan bo‘lib, ushbu ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovar va mahsulotlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangan. |
5. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5233-son qarori | 1-band bilan Investorning qiymati 200 mlrd so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 mlrd so‘mdan) oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilgan. |
6. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 352-son qarori | 1-band bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlangan. |
II. Yangi joriy etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar | ||
1. | Qurilish-montaj ishlari “fast-track” uslubida (bir vaqtning o‘zida loyihalash, xarid qilish va qurish) foydalanishga “tayyor holda topshirish” sharti asosida amalga oshiriladi. | |
2. | O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun kerakli mablag‘larni ushlab turishga ruxsat beriladi. | |
3. | Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun berilgan imtiyozlar taqdim etiladi. | |
4. | Investorlar 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha kompyuter komponentlari va sovutish uskunalarini olib kirishda bojxona bojidan ozod etiladi. | |
5. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan investorlarga infratuzilma uchun zarur bo‘lgan yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-10-son Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori bilan ajratiladi. | |
6. | Ma’lumotlar markazining elektr energiyasi tarifi 1 kVt/soat uchun 0,05 AQSH dollari (qo‘shilgan qiymat solig‘isiz) miqdorida belgilanadi. Bunda: Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol tezligi va davomiyligi normadan baland bo‘lganda rejim bo‘yicha ishlaydi; sutkaning tig‘iz vaqtlarida, ya’ni 07:00 — 10:00 va 18:00 — 22:00 oralig‘ida data markaz obyektlari yuklamasi 20 foizga tushiriladi (80 foiz quvvat “dispetcherizatsiya” qilinadi); data markazda iste’mol quvvatining 30-35 foizga teng quvvatda elektr energiyasini saqlash tizimlari (BESS) o‘rnatiladi; sutkaning tig‘iz vaqtlarida, ya’ni 07:00 — 10:00 va 18:00 — 22:00 oralig‘ida elektr energiyasi iste’moli uchun to‘lovlar 1,5 oshirilgan koeffitsiyentda amalga oshiriladi. | |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Moliyalashtirish manbai | Ijrochilar |
1. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv dasturlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish. | 1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv dasturlari va darsliklariga sun’iy intellekt sohasiga oid mavzularni kiritish. | 2026-yil may | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quv dasturlari va darsliklarini belgilangan tartibda davriyligiga ko‘ra bosqichma-bosqich yangilab borish. | Darsliklarni chop etish davriga muvofiq | ||||
2. | “Yangi O‘zbekiston” universiteti bazasida “Umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalarining informatika, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari o‘qituvchilarini Massachusets texnologiya institutining sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida kasbiy rivojlantirish va mentor sifatida tayyorlash” loyihasini amalga oshirish. Loyiha doirasida: har bir hududdan 100 nafardan informatika o‘qituvchilarini malaka oshirish kursiga jalb qilish va mentor sifatida tayyorlash; malaka oshirish kurslarida mashg‘ulotlar olib borish uchun xalqaro tajribaga ega, malakali professor-o‘qituvchilarni jalb qilish; eng yaxshi 100 nafar o‘qituvchini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish; o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash. | 1. Loyiha doirasida har bir hududdan jalb qilinadigan o‘qituvchilar ro‘yxatini hamda ularni o‘qitish reja-grafigini tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Tasdiqlangan ro‘yxat va reja-grafik asosida trener-o‘qituvchilarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish. | 2025-2026 yillar | ||||
3. O‘qituvchilar va tinglovchilar uchun o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | ||||
4. Trener-o‘qituvchilar tomonidan respublika hududlarida informatika o‘qituvchilarini o‘qitishni tashkil etish. | 2026-2027 yillar | ||||
5. Eng yaxshi 100 nafar o‘qituvchini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish. | Alohida reja-grafik asosida | ||||
3. | “Sun’iy intellekt kuni” milliy dasturi doirasida o‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish. Bunda maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt tadbirini tashkil etish va targ‘ibot ishlarini olib borish. | 1. O‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish va tahrirlash. | 2025-yil dekabr | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), “Yangi O‘zbekiston” universiteti (Ahmedov) |
2. O‘quvchilar darsliklari va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni chop etish va tarqatish. | 2026-yil davomida | ||||
4. | “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini kengaytirish. Bunda yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, o‘qituvchilar hamda ta’lim tashkilotlarini taqdirlash. | 1. Loyihani respublika hududlarida keng targ‘ibot qilish. | 2026-2027-yillarda | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil iyun | ||||
3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish. | 2026-yil dekabr | ||||
5. | Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat granti kvotalarini 35 foizga oshirish. | 1. Axborot texnologiyalari sohasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliygohlarga ajratiladigan grant kvotalar sonini tahlil qilish. | 2026-yil yanvar | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Xalqaro va mahalliy mehnat bozori tendensiyalarini o‘rganib chiqish. | 2026-yil mart | ||||
3. 2026/2027 o‘quv yilida grant kvotalarini oshirish bo‘yicha taklifni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish. | 2026-yil may | ||||
6. | Davlat organlarining raqamlashtirishga mas’ul rahbar o‘rinbosari, xodimlari hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlarini sun’iy intellekt yo‘nalishida malakalarini oshirish. | 1. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (Salixov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Malakasi oshiriladigan rahbar o‘rinbosarlari, xodimlar hamda tuman (shahar) hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ro‘yxatini va reja-grafigini shakllantirish. | 2025-yil dekabr | ||||
3. Reja-grafik asosida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ta’lim jarayonlarini tashkil etish. | 2026-yil yanvar — mart | ||||
7. | “Sun’iy intellekt maktabi” (AI-maktab) loyihasini amalga oshirish. | Ta’lim platformasi orqali maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha onlayn kurslarda ta’lim olish imkoniyatini yaratish. | 2026-yil yanvardan boshlab | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova) |
8. | “Yangi O‘zbekiston” universitetida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish. | 1. Hamkorlik yuzasidan xorijiy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish. | 2026-yil fevral | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), “Yangi O‘zbekiston” universiteti (Ahmedov) |
2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha shartnoma imzolash. | 2026-yil may | ||||
3. Qo‘shma ta’lim dasturi asosida talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish. | 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab | ||||
9. | “Yangi O‘zbekiston” universiteti bazasida “Sun’iy intellekt klasteri”ni tashkil etish. | 1. “Sun’iy intellekt klasteri” konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | Homiylik mablag‘lari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish. | 2026-yil yanvar | ||||
3. “Sun’iy intellekt klasteri”ni ishga tushirish. | 2026-yil fevral | ||||
10. | Yoshlarning xalqaro masofaviy ta’lim platformalari professional kurslarida o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish. | 1. Nufuzli ta’lim platformalarining professional kurslari ro‘yxatini shakllantirish. | 2026-yil yanvar | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish. | 2026-yil may | ||||
3. Ro‘yxatga muvofiq professional kurslari materiallarini o‘zbek tiliga tarjima qilish. | 2026-yil iyuldan boshlab | ||||
11. | Axborot texnologiyalariga oid ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishdagi test sinovlarini takomillashtirish. | 1. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari axborot texnologiyalariga oid ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishdagi test sinovlari fanlar blokiga informatika va axborot texnologiyalari hamda chet tillari fanlarini kiritish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | 2026-yil may | - | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Mazkur takliflarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga kiritish. | 2026-yil iyul | ||||
12. | Toshkent shahridagi Inxa universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi va soha tashkilotlari xodimlari uchun Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha magistratura kurslarini tashkil etish. Bunda: magistratura kurslariga qabul universitet tomonidan belgilanadigan tartibga asosan amalga oshiriladi; o‘qish xarajatlari yuboruvchi tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi. | Magistratura kurslari dasturlarini tasdiqlash va mazkur dasturlar asosida o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil noyabrdan boshlab | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari | Toshkent shahridagi Inxa universiteti (Abdullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov) |
13. | Internet tarmog‘ida O‘zbekiston tarixi va madaniyati to‘g‘risidagi ilmiy va asoslangan materiallar joylashtirilishi, jumladan, sun’iy intellekt asosida yaratilishi va boyitilishi hamda yoshlar orasida keng targ‘ib qilinishini ta’minlash. | 1. O‘zbekiston tarixi va madaniyati to‘g‘risidagi ilmiy va asoslangan materiallarni sun’iy intellekt asosida yaratish va boyitish yuzasidan xarajatlar smetasi va amalga oshiriladigan ishlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga beg‘araz asosda ajratilayotgan mablag‘lar | Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Xarajatlar smetasiga asosan Madaniyat vazirligiga mablag‘larni o‘tkazish. 3. Rejaga muvofiq materiallarni joylashtirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil davomida | ||||
14. | Sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlar)ni joriy etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlari reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish. | 1. Reyestrni yuritish tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
2. Reyestrni yuritish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil mart | ||||
15. | IT-park majmuasi obyektlarini qurish loyihasining navbatdagi bosqichini amalga oshirish “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tomonidan to‘liq sotib olingan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Olimlar ko‘chasidagi eskirgan ikki qavatli 56 va 58-uylarga tutash 0,32 gektar yer uchastkalarida (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) Direksiya tomonidan renovatsiya loyihasini amalga oshirish. | 1. Renovatsiya loyihasi hududidagi yer uchastkasi belgilangan tartibda “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va Direksiya o‘rtasida tuziladigan investitsiya shartnomasi asosida Direksiyaga 49 yillik ijara huquqi bilan rasmiylashtirish. | 2025-yil noyabr | Obyektlarni barpo etish — Investorlar mablag‘lari, Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Toshkent shahar hokimligi (Umurzakov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan renovatsiya loyihasi amalga oshiriladigan yer uchastkasining bozor qiymatini Direksiya tomonidan “Toshkent invest kompaniyasi” AJ bilan tuzilgan investitsiya shartnomasiga asosan bir yil davomida Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga har oyda teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lab berish. | 2026-yil noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) | |||
3. Direksiya tomonidan renovatsiya loyihasini amalga oshirishda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli ofis binolari, turar joylar, maishiy, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish. 4. Investitsiya loyihalari doirasida: salohiyatli investorlarni Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qarori bilan belgilangan tartib asosida tanlash; buyurtmachi tashkilot etib Direksiyani, bosh pudratchi va bosh loyihalovchi tashkilotlar etib Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 965-son qaroriga asosan mazkur vazifalarni amalga oshirgan tashkilotlarni belgilash. | 2026 — 2028-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Toshkent shahar hokimligi (Umurzakov), Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Xidoyatov) | |||
16. | “Yashil energiya asosida Data sentr tashkil etish” loyihasini ishga tushirish. | 1. “IT-Park” majmuasida “DataVolt” ijaraga berilgan 4 400 m2 yer maydoni hamda mazkur yer maydoniga tutash bo‘lgan 900 m2 yer maydoni orasida hosil bo‘lgan uzilish nuqtalarini birlashtirgan holda yaxlit yer maydoni sifatida kadastr hujjatini rasmiylashtirish. | 2025-yil noyabr | Investor mablag‘lari | Kadastr agentligi (Pulatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Loyihaning I bosqichini ishga tushirish. | 2026-yil dekabr | ||||
17. | Vazirlik va idoralarning sun’iy intellekt infratuzilmasi va axborot tizimlarini yagona nuqtada birlashtiruvchi va modullarga asoslangan sun’iy intellekt platformasini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. | Sun’iy intellekt platformasini yaratish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rgangan holda tahliliy ma’lumot tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish. | 2026-yil yanvar | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Hisob palatasi (Abdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
18. | Xitoy xalqaro rivojlanish agentligi bilan o‘qituvchilarning malakasini oshirish, sun’iy intellekt bo‘yicha onlayn-platforma va virtual laboratoriyalar yaratish hamda maktablarni o‘quv jihozlari va amaliy laboratoriyalar bilan ta’minlash yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. | 1. Hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash yuzasidan muzokaralar o‘tkazish. | 2026-yil yanvar | - | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Karimova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) |
2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish. | 2026-yil fevral |
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Oliy ta’lim muassasasi nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddati | Hamkorlik qiluvchi bank |
1. | Farg‘ona davlat texnika universiteti | 1. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan: | “Biznesni rivojlantirish banki” ATB | |
2. | Namangan davlat texnika universiteti | “Asaka bank” AJ | ||
3. | Navoiy davlat universiteti | “Sun’iy intellekt” ilmiy laboratoriyasining texnik parametrlari tasdiqlanadi; | 2025-yil noyabr | “Turon bank” ATB |
4. | Buxoro davlat texnika universiteti | “Mikrokreditbank” ATB | ||
5. | “Cyber university” davlat universiteti | texnik parametrlarga muvofiq zarur uskuna va jihozlarning xaridi muvofiqlashtiriladi. | 2026-yil may | AT “Xalq banki” |
6. | Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti | “Agrobank” ATB | ||
7. | “Yangi O‘zbekiston” universiteti | 2. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ilmiy laboratoriya uchun ajratilgan bino-inshoot yoki maxsus xonalar ta’mirlanadi. | 2026-yil iyun | AT “Aloqabank” |
8. | Jizzax politexnika instituti | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB | ||
9. | Toshkent davlat transport universiteti | 3. Hamkor banklar tomonidan maxsus xonalar “Sun’iy intellekt” ilmiy laboratoriyasi uchun zarur uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi. | 2026-yil avgust | “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ |
5-ILOVA
“ | 10. Raqamli texnologiyalar vazirligi | ”; | ||||
Raqamli texnologiyalar vazirligi | 202 | 202 | ||||
shu jumladan, vazir o‘rinbosarlari soni | 4 | 4 | ||||
1. | Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi | 60 | 60 | |||
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni | 2 | 2 | ||||
2. | Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi | 118 | 118 | |||
shu jumladan, boshliq o‘rinbosarlari soni | 1 | 1 | ||||
“ | 38. Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi | ”; | ||||
Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi | 31 | 31 | ||||
shu jumladan, direktor o‘rinbosarlari soni | 2 | 2 | ||||
41. | O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi | Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi | Agentstvo po regulirovaniyu telekommunikatsiy |
“ | 3. | Vazirlik va idoralarning platforma va ma’lumotlar bazalarini bitta data markazga jamlangan holda, sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, xatarlarni aniqlash va yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish. | Tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlarini tahlil qilish imkoniyatini yaratish orqali yashirin tadbirkorlik faoliyatini aniqlash tizimini ishlab chiqish. | 2026 — 2028-yillar | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, | ”. |