10.04.2012 yildagi PF-4434-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko‘proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‘proq asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi rag‘batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat’iyan taqiqlansin va bu hol qonunga xilof deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy investorlarning, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va kafolatlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari so‘zsiz rioya etishlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin hamda qonunchilik buzilishining oldini olish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining buyurtmanomalari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Markaziy bankni jalb etgan holda xorijiy investorlarga o‘zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat budjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo‘lgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun berilgan kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklarga doir qonun hujjatlarining amalda ro‘yobga chiqarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda berilayotgan imtiyozlar va afzalliklarga vazirliklar, idoralar va boshqa ijrochilar tomonidan rioya etilmasligi holatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritib borsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 10-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4434-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF–4434-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoniga kiritiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zgartish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) to‘rtinchi xatboshidagi “50 foizni” so‘zlari “33 foizni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oltinchi xatboshidagi “daromadni” so‘zi “daromadning kamida 50 foizini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yengil sanoat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to‘qimachilik galantereyasi ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy terilar ishlab chiqarish, ko‘n-galantereya sanoati, poyabzal sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ipakchilik sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qurilish materiallari sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF–3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida ko‘rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Parranda go‘shti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oziq-ovqat sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Go‘sht-sut sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
go‘sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog‘, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kimyo sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Neft-kimyo sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ko‘mir sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘mirni boyitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘mir briketlarini ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
slanets sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashinasozlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish, yo‘l va kommunal mashinasozlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mikrobiologiya sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. O‘yinchoqlar ishlab chiqarish.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 167-modda; 2013-y., 12-son, 150-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 23-son, 448-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)