29.09.2025 yildagi 609-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklar karantini chegara punktlarini karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, fitosanitar xavfsizlikni taʼminlash, oʻsimliklarni zararli organizmlardan ishonchli himoya qilishni takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oʻsimliklar karantini sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotlar bilan karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar kirib kelishining oldini olishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlariga bevosita tutash boʻlgan yoki boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va etiladigan bojxona terminallarida tezkor fitosanitar nazoratni amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qaroriga muvofiq oʻsimliklar karantini chegara punktlarini respublika hududiga karantin ostidagi mahsulotlar olib kirilishiga ixtisoslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklar karantini chegara punktlarini karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtirishga doir talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasiga muvofiq oʻsimliklar karantini chegara punkti Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida, ichki hududlararo chegara punktlarida tashkil etiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xonalar, tekshiruvlar oʻtkazish va namunalar olish, fitosanitariya ekspertizasini va fumigatsiya ishlarini amalga oshirish uchun vositalar, aloqa vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlanishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar karantini chegara punktlarida hamda unga bevosita tutash boʻlgan va boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va etiladigan bojxona terminallari hamda karantin ostidagi mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruviga qadar vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlari (omborlar) hamda ularning shart-sharoitlari manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻz mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiqlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar karantini chegara punktlari orqali kirib keladigan karantin ostidagi mahsulotlarni chegara punktlariga bevosita tutash boʻlgan va boʻlmagan hududlarda tashkil etilgan bojxona terminallarida va/yoki karantin ostidagi mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruviga qadar vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlarda (omborlarda) fitosanitariya nazoratidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) har chorakda karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari hamda unga bevosita tutash boʻlgan va boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va tashkil etiladigan bojxona terminallarini hamda karantin ostidagi mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruviga qadar vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlar (omborlar)ni 2-ilovaga asosan talablarga muvofiqligi boʻyicha xatlovdan oʻtkazadi va reyestrini shakllantiradi hamda shakllantirilgan reyestrni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinda — Bojxona qoʻmitasi)ga taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Bojxona qoʻmitasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida respublika hududiga olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazishga yoʻnaltiradi hamda bu haqda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini bojxona axborot tizimi orqali xabardor qilib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda oʻsimliklar karantini chegara punktlarini 2025 — 2027-yillarda bosqichma-bosqich respublika hududiga olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotlar boʻyicha ixtisoslashtirishga doir talablarga muvofiqlashtirish choralarini koʻradi hamda, zaruratga koʻra, ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtirilgan oʻsimliklar karantini chegara punktlarining eksport yoʻnalishida tashqi savdo yuklari boʻyicha oʻtkaziladigan fitosanitariya nazorat funksiyalari bojxona organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organlari oʻsimliklar karantini chegara punktlarining respublika hududidan eksport yoʻnalishida olib chiqiladigan karantin ostidagi mahsulotlarni hujjatli nazorat tartib-taomillaridan oʻtkazadi hamda bojxona axborot tizimiga bu haqda qayd etib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali yoki zarur holatlarda mahsulotlarni koʻzdan kechirish hamda qoʻl yukida mavjud karantin ostidagi mahsulotlarga belgilangan tartibda fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish uchun oʻsimliklar karantini davlat inspektorini jalb qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 29-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
609-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29 sentabrdagi 609-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Oʻsimliklar karantini chegara oʻtkazish punktlari nomi

Hududlar nomi

Avtomobil oʻtkazish punktlaridagi oʻsimliklar karantini chegara punktlari

1.

“Dovutota”

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2.

“Doʻstlik”

Andijon viloyati

3.

“Xonobod”

4.

“Olot”

Buxoro viloyati

5.

“Uchqoʻrgʻon”

Namangan viloyati

6.

“Oʻzbekiston”

Fargʻona viloyati

7.

“Sariosiyo”

Surxondaryo viloyati

8.

“Ayritom”

9.

“Sirdaryo”

Sirdaryo viloyati

10.

“Oybek”

Toshkent viloyati

11.

“Yallama”

12.

“Navoiy”

13.

“S. Najimov”

14.

“Shovot”

Xorazm viloyati

Xalqaro aeroportlardagi oʻsimliklar karantini chegara punktlari

1.

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti

Toshkent shahri

2.

Samarqand xalqaro aeroporti

Samarqand viloyati

3.

Navoiy xalqaro aeroporti

Navoiy viloyati

4.

Termiz xalqaro aeroporti

Surxondaryo viloyati

5.

Fargʻona xalqaro aeroporti

Fargʻona viloyati

6.

Namangan xalqaro aeroporti

Namangan viloyati

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-sentabrdagi 609-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklar karantini chegara punktlarini karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtirishga doir
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari va uning bevosita tutash boʻlgan yoki boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va etiladigan bojxona terminallarini, karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish hamda karantin ostidagi mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruviga qadar vaqtincha saqlanadigan bino va inshootlarni (omborlar) tashkil etish, qurish va rekonstruksiya qilish ishlari ushbu talablar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
karantin ostidagi mahsulot — oʻsimliklar karantini obyektlarini tashuvchilar boʻlishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar, ularning qismlari, ekin materiallari, qayta ishlash mahsuloti va boshqa mahsulot hamda yuklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fitosanitariya nazorati — Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, uning hududidan olib chiqilayotgan va tranzit tarzida tashiladigan karantin ostidagi mahsulotlarni tekshirishda oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari va uning bevosita tutash boʻlgan yoki boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va etiladigan bojxona terminallariga talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari va uning bevosita tutash boʻlgan yoki boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va etiladigan bojxona terminallarini qurish va rekonstruksiya qilish mazkur Talablar asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilar talab qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xonalari sanitariya-gigiyena, qurilish meʼyorlari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq shamollatilishi, havoni sovitish va isitish, suv taʼminoti va kanalizatsiya, shuningdek, yongʻinga qarshi vositalar va favqulodda holatlarda ogohlantirish signalizatsiya tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha kirish va oʻtish yoʻllari, piyodalar yoʻlaklari, yukni ortish va tushirish maydonchalari chang hosil qilmaydigan, suv oʻtkazmaydigan, yuvish hamda dezinfeksiya qilish uchun qulay, hosil boʻlgan oqovalarni kanalizatsiyaga yoʻnaltirish imkoniyatiga ega qattiq qoplamali boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududi daraxt va butalardan xoli boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlari, omborxona xonalari karantin ostidagi mahsulotlarni but saqlaydigan va ushbu mahsulotlarga nisbatan fitosanitariya nazoratini toʻliq amalga oshirish uchun ushbu Talablarning 9-bandida belgilangan inventar va asbob-uskunalar bilan jihozlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan maʼlum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshoot (omborxona)larda karantin ostidagi mahsulotlarni koʻrikdan oʻtkazish uchun platformalar va rampalar oʻrnatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari va uning bevosita tutash boʻlgan yoki boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va etiladigan bojxona terminallarida xizmat xonalarining tarkibi va ularga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladigan oʻsimliklar karantini chegara punktlari va uning bevosita tutash boʻlgan yoki boʻlmagan hududlarida tashkil etilgan va etiladigan bojxona terminallarida oʻsimliklar karantini davlat inspektori faoliyat yuritishi uchun quyidagi xizmat xonalari tashkil etilgan boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
navbatchi (operativ);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy (xoʻjalik);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dam olish xonasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Navbatchi (operativ) xona oʻsimliklar karantini davlat inspektori faoliyat olib boradigan xizmat xonasi hisoblanadi. Ushbu xonada oʻsimliklar karantini davlat inspektori oʻz vakolati doirasida hujjatli nazoratni amalga oshiradi va sohaga oid hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maxsus xonadan tezkor (ekspress) laboratoriya tahlillarini amalga oshirishda, karantin ostidagi mahsulotlarning namunalarini saqlashda, transport vositalari hamda karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirishga oid maxsus texnik vositalar va kimyoviy moddalarni saqlashda, zararlangan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirishda, shuningdek, yoʻnalishga oid boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Maishiy (xoʻjalik) xonalardan fitosanitariya nazoratini amalga oshirish uchun maxsus kiyim-boshlar va asbob-uskunalarni saqlashda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Dam olish xonasi ish rejimi tunu kun boʻlgan oʻsimliklar karantini chegara punktlarida tashkil etiladi. Bunda oʻsimliklar karantini davlat inspektori dam olishi uchun shart-sharoit yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Navbatchi, maxsus, maishiy va dam olish xonalari davlat inspektori va boshqa shaxslar uchun sanitariya-gigiyena vositalari, issiq va sovuq suv, sanuzel tizimlari bilan taʼminlanishi, shuningdek, ilovaga muvofiq inventar va asbob-uskunalar bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur obyektlarda oʻrnatiladigan inventar va asbob-uskunalarni joylashtirishda xavfsizlik, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash qulayligi taʼminlanishi hamda texnologik jarayonning ketma-ketligi talablari va texnologik loyihalash meʼyorlariga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan, laboratoriya tahlillari oʻtkazish uchun foydalaniladigan sinov va oʻlchash vositalari oʻrnatilgan tartibda metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish hamda bojxona rasmiylashtiruviga qadar vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlar (omborlar)ga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xorijiy mamlakatlardan olib kiriladigan karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish hamda bojxona rasmiylashtiruviga qadar vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlar (omborlar)ning tashkil etilishi, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi ushbu Talablar asosida amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda karantin ostidagi mahsulotlarni saqlash uchun zarur boʻlgan texnologik rejim va sharoitlar bilan taʼminlanishi, shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish vaqtida oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar va boshqa xavfli zararkunandalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish hamda bojxona rasmiylashtiruviga qadar vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlar (omborlar) amaldagi sanitariya-gigiyena, qurilish meʼyorlari va qoidalariga, ekologik talablarga javob berishi shart. Jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shamollatish, havoni sovitish va isitish hamda omborlar favqulodda holatlarda ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yorugʻlik (tabiiy yoki sunʼiy) bilan taʼminlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
devorlari boʻyalgan yoki oqlangan, yoriqlarsiz, eshik va derazalarning germetikligi taʼminlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish va oʻtish yoʻllari, piyodalar yoʻlaklari, yukni tushirish va yuklash uchun maxsus ajratilgan maydon boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pestitsid va kimyoviy vositalar saqlanadigan alohida xona va ularni saqlash uchun metall shkaf boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni tushirish-ortish uchun koʻchma va (yoki) yerdagi estakada (yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun yer yuzasidan maʼlum balandlikda quriladigan yoki oʻrnatiladigan toʻsinsimon konstruksiyalardan iborat koʻpriksimon inshoot) boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pollari ruxsat etilgan mexanik, termik yoki kimyoviy taʼsirlarga chidamli, teshiklarsiz, sirti oson tozalanadigan, pol konstruksiyasi elementlari ish paytida yerga tushadigan zararli moddalarni oʻzida toʻplamaydigan yoki singdirmaydigan va suyuqlik oqishi uchun nishablik boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, mahsulot turiga qarab, omborlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlash sharoitlari, namuna olish uchun jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan boʻlishi lozim, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekish materiallari uchun germetik yopilishi taʼminlanadigan yopiq bino va inshoot (omborxona);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meva-sabzavot, poliz mahsulotlari hamda boshqa tez buziluvchi karantin ostidagi mahsulotlar uchun vaqtincha saqlash uchun sovitkich (harorat meʼyori -10 S0 dan +20 S0 gacha boʻlishi lozim);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yogʻoch materiallari uchun — namuna olish uchun arra (elektr yoki moto);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
donli, dukkakli va moyli ekin mahsulotlari uchun — namuna olish uchun shup, chashka va urugʻ maydalagich (drobilka);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotdan olingan namunani koʻrikdan oʻtkazish uchun maxsus koʻrik stoli boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur obyektlarda oʻrnatiladigan inventar va asbob-uskunalarga nisbatan ushbu Talablarning 10-bandida belgilangan shartlar qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklar karantini chegara punktlarini karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtirishga doir talablarga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat xonalarining soni, ularni jihozlash boʻyicha talab etiladigan inventar va asbob-uskunalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nomlanishi

Tavsiya etiladigan minimal maydon

Tavsiya etiladigan jihozlar

Tavsiya etiladigan asbob-uskunalar va texnikalar

Aloqa vositalari

Navbatchi (operativ) xonalar

1.

Fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish punkti navbatchi davlat inspektorining xonasi

6 m2

Ish stoli, stul, garderobli javon, hujjatlar saqlash uchun seyf

Doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan, telefon, Internet), konditsioner

Xavfsiz kanalga ega internet, telefon yoki radioaloqa, videokuzatuv kamerasi

2.

Fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish punkti mudirining xonasi

12 m2

Ish stoli, stul, garderobli javon, hujjatlar saqlash uchun seyf

Doimiy soz holatdagi, bojxona organlarining dasturiy taʼminoti bilan ishlash imkoniga ega boʻlgan kompyuter, printer va nusxa koʻchiradigan apparat, aloqa vositalari (shu jumladan telefon, Internet), konditsioner

Xavfsiz kanalga ega internet, telefon yoki radioaloqa

Maxsus xonalar

3.

Fitosanitariya laboratoriya tahlillarini amalga oshirish uchun kamida alohida 3 ta xona

Har bir xona uchun 15 m2

Laboratoriya stollari (poʻlat yoki zanglamas metall qoplamali), tebranishdan himoyalangan stol, kimyoviy tahlillarni amalga oshirish uchun maxsus stollar, stullar, asbob-uskuna va yordamchi uskunalarni saqlash uchun moʻljallangan laboratoriya javoni (zanglamas yoki suv shimmaydigan qoplamali)

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi, kompyuter, nusxa koʻchirish moslamasi, skaner, printer, kalkulyator, sovitkich, sovuq va issiq suv bilan taʼminlovchi kran, yuvinish havzasi (sanuzel), yongʻinga qarshi vositalar

Xavfsiz kanalga ega internet, telefon yoki radioaloqa, videokuzatuv kamerasi

4.

Texnik nazorat vositalarini saqlashga moʻljallangan xona (ombor)

16 m2

Texnik nazorat uskunalarini saqlash uchun javonlar

Xavfsizlik signali, yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

5.

Karantin ostidagi mahsulotlardan sinov uchun olingan namunalarni saqlash xonasi

9 m2

Namunalarni saqlash uchun javonlar

Sovitish kamerasi, yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

6.

Noqonuniy olib kirilgan (olib qoʻyilgan) karantin ostidagi mahsulotlarni saqlash joyi (ombor)

Yopiq ombor 60 m2

Mahsulotlarni saqlash uchun maxsus joylar

Sovitish kamerasi, yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

7.

Transport vositalari va karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish uchun maxsus joy

Usti yopiq ombor (hisob-kitobga koʻra)

Karantin koʻrigini oʻtkazish uchun maxsus stol va stolni yoritadigan lampa (chiroq)

Gidravlik tekislash platformasi, avtomatik yoki elektr yuklagich, narvon, estakada, yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

8.

Aeroport, daryo porti, avtomobil, xalqaro pochtampt oʻsimliklar karantini chegara punktlari, TIF maskanlari hamda temir yoʻl stansiyasining terminalida karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazish uchun maxsus joy (xona)

10 m2

Karantin koʻrigini oʻtkazish uchun maxsus stol va stolni yoritadigan lampa (chiroq)

Gidravlik tekislash platformasi, avtomatik yoki elektr yuklagich, narvon, estakada, rampa, yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

9.

Zararlangan karantin ostidagi mahsulotlarni yoʻq qilish uchun maxsus joy (pech)

10 — 15 m2

Uskunalarni saqlash uchun javon

Maxsus pech (koʻmir, tabiiy gaz va boshqa yoqishga moʻljallangan), yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

10.

Pestitsid va kimyoviy vositalarni saqlash xonasi (ombor)

10 m2

Pestitsidlarni saqlash uchun metall javon

Yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

11.

Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish uchun uskunalar bilan jihozlangan xona (maydon)

Uskuna hajmiga qarab

Fumigatsiya kameralari

OʻzDSt-3346:2018 standarti asosida qoʻl yuklarini dezinfeksiyalash uchun hajmi 3 m3 boʻlgan fumigatsion mobil kamera, 224 m3 hajmdagi avtomobil va konteynerni dezinfeksiyalash uchun fumigatsion kameralar (hisob-kitobga koʻra), yongʻinga qarshi vositalar

Videokuzatuv kamerasi, signalizatsiya

Maishiy (xoʻjalik) xonalar

12.

Kiyim yechish va kiyinish xonasi

12 m2

Kiyim uchun shkaflar, divan, stol, stul

Kiyim ilgich, yongʻinga qarshi vositalar

Signalizatsiya

13.

Omborxona

6 — 8 m2

Dezinfeksiyalash vositalari va maishiy jihozlarni saqlash uchun javonlar

Xona jihozlarini dezinfeksiyalovchi apparat, yongʻinga qarshi vositalar

Signalizatsiya

Dam olish xonasi

14.

Dam olish xonasi (yotoqxona)

Kamida 20 m2 (mutaxassislar soniga qarab)

Karavot yoki divan, kiyim-kechak uchun shkaf

Konditsioner, yongʻinga qarshi vositalar

Signalizatsiya

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. 1. Oʻsimliklar karantini chegara punktlari va uning bevosita tutash hududlarida tashkil etiladigan bojxona terminallarini loyihalashtirishda mazkur talablarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nazorat punktining shtat tarkibiga va nazorat qilinadigan mahsulotlar harakatining intensivligiga qarab talablar kuchaytirilishi hamda mebel, maishiy va tashkiliy texnika, asbob-uskunalar, ofis xonalariga boʻlgan ehtiyojlar oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bir turdagi texnik vositalarning maqsadi va qoʻllanishi boʻyicha oʻxshash boshqa vositalarga almashtirishga ruxsat beriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 09/25/609/0886-son)