ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish | ||||
|
1. |
“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi va “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunanda, kasallik va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar meʼyorlarini qayta koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli qonun loyihalarini kiritish. |
Qonun loyihalari |
2022-yil yanvar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Oʻsimliklar klinikalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil I chorak |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Mineral oʻgʻit va kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxatiga belgilangan tartibda kiritish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil dekabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar importi, ulgurji va chakana savdo faoliyatini litsenziyalash tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizomni; Agentlikning Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar |
Vazirlar Mahkamasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
II. Xorijiy tajriba asosida oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish | ||||
|
6. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiya kotibiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlaridan kelib chiqib, xorijiy davlatlarning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotlari bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlari tuzish. |
Xalqaro hujjatlar |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasiga chegaradosh davlatlarning oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha milliy tashkilotlari bilan birgalikda zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishni tizimli tashkil etish yuzasidan qoʻshma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
Qoʻshma chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
9. |
Oʻsimliklarni himoya qilishda kimyoviy vositalardan xavfsiz foydalanish tizimini Pestitsidlarni tarqatish va ulardan foydalanish boʻyicha xalqaro axloq kodeksiga muvofiqlashtirish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
10. |
Sohadagi xalqaro ilgʻor tajribalar, ilm-fan yutuqlari, innovatsion yangi texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha agronom-inspektorlar malakasini muntazam oshirib borish, rivojlangan xorijiy davlatlarning shu yoʻnalishdagi tegishli muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
11. |
Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallariga malakali xorijiy va mahalliy olimlarni jalb qilgan holda fermer va dehqon xoʻjaliklari vakillarini oʻqitish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr-oktabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
12. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi hamda agrokimyoviy tahlil yoʻnalishidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish uchun Agentlikka xorijiy ekspertlarni jalb qilish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
III. Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida samaradorlikni oshirishga qaratilgan tashkiliy ishlar | ||||
|
13. |
Tashkiliy yigʻilish oʻtkazilib, masʼul vazirlik, idora va hokimliklarning vazifalari aniq belgilash hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududlar kesimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishini taʼminlash. Agentlik: yerdan foydalanuvchilar va aholi tomonidan oʻsimliklar himoyasi vositalaridan belgilangan meʼyorlar asosida qoʻllanilishini nazorat qilsin; fitosanitar, sanitar xavfsizlik talablariga va reglamentlarga rioya qilmagan, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklar oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatiga kiritilmagan vositalar (kimyoviy, biologik, mineral oʻgʻitlar, stimulyatorlar va boshqalar)ni sotgan, qoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan tegishli choralar qoʻllash toʻgʻrisida taklif kiritsin; karantin ruxsatnomasi va karantin koʻrigi dalolatnomasi mavjud boʻlmagan karantin ostidagi import mahsulotlari respublika hududida aniqlangan taqdirda, ushbu mahsulotlarni import qilgan, saqlagan, realizatsiya qilgan va tashigan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllasin; oʻsimliklar klinikalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqsin hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritsin. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Vazirlar Mahkamasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
14. |
“Tomorqa xizmati” MCHJlar rahbar va mutaxassislarini oʻsimliklar himoyasi sohasidagi bilimlarini oshirish choralarini koʻrish va oʻquv kurslarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-2022-yillar |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga muvofiq, oʻsimliklar karantini va himoyasini kuchaytirish hamda tabiiy resurslarni boshqarishni yaxshilash doirasida agrokimyoviy tahlil laboratoriyalari uchun ajratilgan 5 800 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni oʻzlashtirish choralarini koʻrish. Bunda, ajratiladigan mablagʻlardan 4 730 ming AQSH dollari Agentlik va uning tizimidagi laboratoriyalarni jihozlashga, 540 ming AQSH dollari fumigatsiya jihozlari xarid qilishga va 378 ming AQSH dollari fumigatsiya laboratoriyasini tashkil etishga, shuningdek, 152 ming AQSH dollari mutaxassislar malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
16. |
Agentlikning “E-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining elektron xaritalar tizimiga integratsiya qilish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Kadastr agentligi |
|
17. |
Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish. |
Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
18. |
Oʻsimliklar karantini chegara maskanlarini respublika hududiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotlarning turi boʻyicha ixtisoslashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-sentabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan bogʻ, tokzorlar va dala maydonlari hamda qadoqlash sexlarining doimiy roʻyxatini shakllantirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
Har yili I chorakda |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
20. |
Agrokimyoviy tahlil laboratoriyasi, biolaboratoriya, oʻsimliklar klinikalari va tuproq klinikalari faoliyatini amalga oshirish uchun ularni zarur bino-inshootlar bilan taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2022-yil yanvar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kadastr agentligi |
|
21. |
Agentlik taklifi asosida Oʻsimliklarni karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universitetining karantin laboratoriyalarini zarur jihozlar bilan taʼminlash uchun 50 mln AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va tashkilotlar |
|
22. |
Xitoy Xalq Respublikasining 2,9 mln. AQSH dollariga teng granti hisobiga “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida karantin laboratoriyasi asbob-uskunalarini Xitoy tomonidan Oʻzbekistonga olib kelish choralarini koʻrish. |
Bitim, amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil IV chorak |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
23. |
Fitosanitariya nazorati sohasidagi ilmiy, ilmiy-texnik faoliyat natijalarini amalga oshirishni davlat tomonidan grant ajratish orqali qoʻllab-quvvatlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil IV chorak |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
24. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning yer maydonlarida xavfli zararkunanda va kasallik oʻchoqlarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish choralarini belgilash uchun yiliga 30 mingdan kam boʻlmagan feromon tutqichlarni xarid qilish, ularni bepul oʻrnatish hamda monitoringini olib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil IV chorak |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
25. |
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini koʻpaytirishga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi asosiy zararkunanda hasharotlarga qarshi kompleks kurashish boʻyicha “Dolzarb oʻn besh kunliklar” va issiqxonalarda zararli organizmlar tarqalishining oldini olish boʻyicha kuzgi-qishki va bahorgi agrotexnik tadbirlar oʻtkazishni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil IV chorak |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
26. |
Ekin maydon tuproq tarkibida zaharli kimyoviy moddalar (pestitsid) tahlili natijasiga koʻra eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda biologik yoki almashlab ekish usulini qoʻllashni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
27. |
Ekin maydonlarida zaharli kimyoviy moddalardan (pestitsid) foydalanish amaliyotini keskin qisqartirish, zararkunandalarga qarshi kurashishda entomofaglardan foydalanish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
28. |
Oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalarga qarshi taʼsirchanligini oshirish imkonini beruvchi seleksiya tajribalarini amalga oshirish loyihalari uchun davlat grantlari ajratilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
29. |
Inson salomatligiga salbiy taʼsir etuvchi oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni xalqaro talablarga muvofiq bosqichma-bosqich ularni oʻrnini bosuvchi vositalarga almashtirish choralarini koʻrish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022 — 2024-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
30. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining zararli organizmlarini rivojlanishi va tarqalishi hamda agrometeologik prognoz maʼlumotlarni fermer, dehqon xoʻjaliklariga yetkazish tizimini keng koʻlamda joriy etish maqsadida agrometeostansiyalarni oʻrnatishga qaratilgan grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi , Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Gidrometeorologiya xizmat markazi |
|
31. |
“Dalagacha tushadigan xizmatlar tizimi”ni joriy etish maqsadida agrokimyo laboratoriya, biolaboratoriya, oʻsimlik klinikalari va tuproq klinikalarini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
32. |
Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi samarali kurash tizimining ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqish. |
Qoʻllanma |
2021-2022-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
33. |
Respublikaning fitosanitar tozaligini taʼminlash maqsadida oʻsimliklar karantini va himoyasi inspektorlarining import, eksport, reeksport va reimport hamda istisno tariqasida tranzit jarayonlaridagi ishtirokini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar |
Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Adliya vazirligi |
|
IV. Zararli chigirtkaga qarshi kurash usullarini takomillashtirish | ||||
|
34. |
Zararli chigirtka oʻchoqlarini aniqlash, ularga qarshi samarali kurash tizimining ilmiy asoslangan mexanizmlarni qoʻllash uslubiyotini ishlab chiqish. |
Qoʻllanma |
2022-yil 1-iyul |
Fanlar Akademiyasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
35. |
Xorijiy mamlakatlar ilgʻor tajribasini yaqindan oʻrganish natijasida chigirtkaga qarshi kurash uslublarini takomillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2022-yil I chorak |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi |
|
36. |
Chegaradosh qoʻshni davlatlar bilan zararli chigirtka tarqalishiga oid maʼlumotlarni almashish tizimini joriy qilish va ularning hujumini oldindan bartaraf qilish va ularga qarshi kurash yuzasidan hamkorlik rejalarini tuzish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
V. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining ilm-fan, taʼl?m va axboro? xizmatlari tizimini rivojlantirish | ||||
|
37. |
Zararli organizmlarga qarshi kurashish vositalari savdosining hududlar kesimidagi tendensiyasini tahlilini yuritish va fitosanitar nazorat boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2022-yil 1-dekabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
38. |
Issiqxonalarda yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararli organizmlardan himoya qilishning ilmiy asoslangan usullarini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
39. |
Oʻsimliklardagi zararli organizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini belgilashning imkonini beruvchi “Dala himoyasi va interaktiv xizmat koʻrsatish” elektron mobil dasturini yaratish va ommaga yetkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish agentligi |
|
VI. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimini malakali kadrlar bilan taʼminlash | ||||
|
40. |
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallaridagi oʻsimliklarni himoya qilish hamda karantin fakultetlarini, shuningdek, kafedralarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
41. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududlardagi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus va Termiz filiallarida hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida oʻquv kurslari va seminarlarini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Toshkent DAU va uning Nukus va Termiz filiallari, Andijon agrotexnologiyalar instituti, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti |
|
42. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida “Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022 oʻquv yili |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
43. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi xizmati faoliyatini rivojlantirish maqsadida 500 nafarga yaqin xorijiy agronomlarni jalb qilib, qishloq xoʻjaligi texnikum va kollejlarda oʻrta boʻgʻin mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. Xalqaro va xorijiy tashkilotlar bazasida soha mutaxassislari malakasini oshirishni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
VII. “Biosifat” respublika markazi faoliyatini takomillashtirish | ||||
|
44. |
Biolaboratoriya, biofabrika va biomarkazlarda “Texnik-pasport” hamda har bir koʻpaytiriladigan entomofaglarning sifat koʻrsatkichlari boʻyicha “Sifat sertifikati” yuritilishini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil 1-dekabr |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
45. |
Biomahsulotlar yetkazib berilishi boʻyicha hududlarning monitoringini yuritish uchun biolaboratoriyalararo yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021-2022-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, “Biosifat” respublika markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
VIII. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish | ||||
|
46. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va uning hududiy boʻlinmalarini Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan transport vositalari, asboblar, texnik vositalar va zarur jihozlar bilan belgilangan tartibda taʼminlash, shu jumladan: 1. Maxsus planshetlar — 760 dona; 2. Choʻntak mikroskoplari — 830 dona; 3. Hududiy boshqarmalar maʼmuriy binolariga, oʻsimliklar karantini chegara maskanlaridagi inspektorlar faoliyat koʻrsatadigan joylarga videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish; 4. Elektron axborot tizimi uchun 2 komplekt server xarid qilish; 5. “Damas” rusumli avtomashina — 110 dona; 6. Fumigatsiya guruhlari uchun “Labo” rusumli avtomashina — 15 dona; 7. Maxsus avtomashinalar — 56 dona; 8. Maxsus yuk avtotransport — 1 dona; |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
47. |
Grant va Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda: 1. Termokamera — 12 dona; 2. Fumigatsiya kameralarida gaz konsentratsiyasini aniqlash uchun gaz analizatorlari — 27 dona; 3. Fumigatsiya obyektlarida germetizatsiyani aniqlash uchun gaz analizatorlari — 27 dona; 4. Fumigatsiya laboratoriyasi — 1 dona; 5. Avtodozator (fosfin fumiganti uchun) — 28 ta; 6. Maxsus kiyim-bosh; 7. Fumigatsiya guruhlarini turli xil shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash; 8. Fumigantlar; 9. Fitosanitariya sertifikatlari; 10. Monitoring uchun koʻp marta ishlatiladigan zamonaviy feromon tutqichlar — 30 ming dona; 11. Laboratoriya jihozlari (7 ta hududiy boshqarmaga); 12. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro standartlarga mos karantin pitomnigini tashkil qilish va uni kichik laboratoriya va sinov uchastkasi uchun issiqxona bilan taʼminlash, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash va pitomnik uchun qishloq xoʻjaligi texnikalarini (traktor, yuk mashinasi, tirkamalar, purkagichlar va hokazo) xarid qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
48. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Namangan viloyatlari oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarini laboratoriya binolari va zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash. Taʼmirtalab binolarni asoslantirilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida joriy taʼmirlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2023-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
49. |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning laboratoriyasini mukammal taʼmirlash hamda zarur buyumlar, uskuna va jihozlar bilan taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar rejasi |
2021 — 2024-yillar |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |