ILOVA
T/r | Tartibga solish predmeti | Amalga oshirish shakli | Havolaki norma | Masʼul ijrochilar | Ijro muddati |
I. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari | |||||
1. “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (353-I, 27.12.1996-yil) | |||||
1. | Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 26-moddaning ikkinchi qismi: Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim boʻyicha amalga oshiriladi. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2025-yil dekabr |
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (77-II, 26.05.2000-yil) | |||||
2. | Eksport nazorati obyektlari roʻyxatlari, shuningdek, ularni olib chiqish va ulardan foydalanish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Oʻz xossa hamda xususiyatlariga koʻra yalpi qirgʻin qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni yetkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirgʻin qurolini yetkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarogʻ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan, eksport nazorati obyektlari roʻyxatlarida koʻrsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga rioya etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida eksport nazorati tizimi amal qiladi. Eksport nazorati obyektlari roʻyxatlari, shuningdek, ularni olib chiqish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | 2025-yil dekabr |
3. “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (362-II, 05.04.2002-yil) | |||||
3. | Chiqindilar koʻmib tashlanadigan joyni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilash tartibini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 22-moddaning uchinchi qismi: Chiqindilar koʻmib tashlanadigan joy (xavfli chiqindilar bundan mustasno) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2026-yil yanvar |
4. “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (402-II, 30.08.2002-yil) | |||||
4. | Donor qonining tarkibiy qismlarini keyinchalik, zarurat boʻlganda, donorning oʻziga ishlatilishini koʻzlab topshirish (autodonorlik) tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 8-moddaning ikkinchi qismi: Donor qonining tarkibiy qismlarini keyinchalik, zarurat boʻlganda, donorning oʻziga ishlatilishini koʻzlab topshirish (autodonorlik) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2026-yil yanvar |
5. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-328, 02.05.2012-yil) | |||||
5. | Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 5-moddaning oltinchi qismi: Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil | 2026-yil yanvar |
6. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-371, 14.05.2014-yil) | |||||
6. | Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 45-moddaning ikkinchi qismi: Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tuzish va ularning ishini tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilanadi. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi | 2026-yil fevral |
7. “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-392, 25.08.2015-yil) | |||||
7. | Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 16-moddaning sakkizinchi qismi: Pay fondlarining yagona reyestrini yuritish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | 2026-yil fevral |
8. “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-399, 04.01.2016-yil) | |||||
8. | Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 8-moddaning toʻrtinchi qismi: Umumiy farmakopeya maqolalarini, farmakopeya maqolalarini ishlab chiqish va ularni Davlat farmakopeyasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2026-yil mart |
9. “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-409, 21.09.2016-yil) | |||||
9. | Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi, bunday foydalanish uchun taqiqlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining roʻyxatini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 36-moddaning uchinchi qismi: Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi, bunday foydalanish uchun taqiqlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2026-yil mart |
10. “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-644, 27.10.2020-yil) | |||||
10. | Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 31-moddaning birinchi qismi: Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2025-yil noyabr |
11. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-684, 22.04.2021-yil) | |||||
11. | Qurilish sohasida davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash hamda davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2-moddaning ikkinchi qismi: Davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlari, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlariga, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | 2025-yil dekabrʼ |
12. “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-901, 01.02.2024-yil) | |||||
12. | Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 3-moddaning toʻrtinchi qismi: Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi. | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | 2026-yil may |
13. | Taʼlim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 14-moddaning oʻn oltinchi qismi: Taʼlim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | 2026-yil mart |
14. | Pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 15-moddaning uchinchi qismi: Pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | 2026-yil mart |
13. “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-996, 14.11.2024-yil) | |||||
15. | Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash tartibi va mezonlarini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarning hayotiy vaziyatini baholash tartibi va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 2026-yil mart |
16. | Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 31-moddaning toʻrtinchi qismi: Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni yoki oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarni himoya qilish rejasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 2026-yil aprel |
17. | Zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish tartibi, zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan zoʻravonlik xavfi darajasini baholash mezonlari va himoya orderining shaklini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 32-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi: Zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish tartibi, zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan zoʻravonlik xavfi darajasini baholash mezonlari va himoya orderining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 2026-yil aprel |
18. | Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 40-moddaning toʻrtinchi qismi: Bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 2026-yil aprel |
14. “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-1006, 27.11.2024-yil) | |||||
19. | Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarni qurish va umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashtirish, ularni foydalanish uchun ochish, shuningdek, umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportining harakatdagi tarkibini umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga chiqarish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarni qurish va umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashtirish, ularni foydalanish uchun ochish, shuningdek, umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportining harakatdagi tarkibini umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. | Transport vazirligi | 2026-yil aprel |
20. | Temir yoʻl transporti harakatdagi tarkibini boshqarish huquqini berish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Transport vazirligi | 2026-yil aprel |
II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari | |||||
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF-105, 23.07.2024-yil) | |||||
21. | Ovchilik guvohnomasini berish tartibi va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni oʻquv kurslarida oʻqitish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Farmonning 6-bandi sakkizinchi xatboshisi: Ovchilik guvohnomasini berish tartibi va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni oʻquv kurslarida oʻqitish tartibi Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2026-yil iyun |
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (PQ-694, 14.09.2007-yil) | |||||
22. | Xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini xizmat xonadonlaridan chiqarish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga ilovaning 21-bandi ikkinchi xatboshisi: Xizmat kvartirasini ijaraga olish shartnomasini bekor qilish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini xizmat xonadonlaridan chiqarish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shartnoma bekor qilingan taqdirda harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari ularga berilgan xizmat kvartirasini qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda boʻshatishlari shart. | Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya | 2026-yil yanvar |
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-128, 20.04.2023-yil) | |||||
23. | Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv kurslarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha talablarni belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorning 4-bandi “a” kichik bandi: Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv kurslarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi | 2026-yil yanvar |
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-296, 08.09.2023-yil) | |||||
24. | Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy koʻrsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga oʻtkazish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 1-ilovaning 4-pozitsiyasi: Aholiga, jumladan, homilador ayollar va bolalarga davlat tibbiyot muassasalarida malakali tibbiy yordamni oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy koʻrsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda mazkur hujjatda fuqarolarning tibbiy muassasani tanlash huquqlarini inobatga olish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2025-yil noyabr |
III. Vazirlar Mahkamasining qarorlari | |||||
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzurida quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (243, 26.08.2011-yil) | |||||
25. | Biosfera rezervati hududi yoki zonalari koʻlamini va chegaralarini oʻzgartirish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 3-ilovaning 31-bandi: Biosfera rezervati hududi yoki zonalari koʻlamini va chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2026-yil yanvar |
20. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (256, 31.03.2018-yil) | |||||
26. | Tabiiy gazni yetkazib berish uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar roʻyxatini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 2-ilovaning 37-bandi ikkinchi xatboshisi: Tabiiy gazni yetkazib berish HGTT tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi: qonun hujjatlarida oldindan toʻlovni amalga oshirishi nazarda tutilgan isteʼmolchilar uchun — isteʼmolchi tomonidan oldindan toʻlov amalga oshirilgan kuni. | Energetika vazirligi | 2026-yil yanvar |
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori (383, 22.05.2018-yil) | |||||
27. | Tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻsh mablagʻlarning eng yuqori chegarasini belgilash tartibini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga ilovaning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisi: Tijorat banki tomonidan depozitga jalb etilishi mumkin boʻlgan vaqtincha boʻsh mablagʻlarning eng yuqori chegarasini belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank | 2026-yil yanvar |
22. Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (1062, 31.12.2018-yil) | |||||
28. | Biosfera rezervatining pasportiga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati va ularni yuritish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 1-ilovaning 22-bandi: Biosfera rezervati toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar biosfera rezervatining pasportida mavjud boʻladi. Pasportga kiritilgan maʼlumotlar roʻyxati va ularni yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2026-yil yanvar |
29. | Biosfera rezervatini moliyalashtirish boshqaruv rejalarining mazmuni, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 1-ilovaning 23-bandi: Biosfera rezervatini moliyalashtirish boshqaruv rejalari asosida taʼminlanadi. Boshqaruv rejalarining mazmuni, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilangan tartibda belgilanadi. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2026-yil yanvar |
23. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (265, 30.03.2019-yil) | |||||
30. | Qoʻriqlanadigan tegra loyihasining nusxasini boshqa shaxslarga taqdim etish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 9-ilovaning 22-bandi oltinchi xatboshisi: Maxsus vakolatli organ zarur hollarda, qoʻriqlanadigan tegra loyihasining nusxasini boshqa shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi (yuborishi) mumkin. | Madaniy meros agentligi | 2026-yil yanvar |
24. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (349, 24.04.2019-yil) | |||||
31. | Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalarini roʻyxatga olish va saqlash tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 1-ilovaning 30-bandi: Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma blankalari qatʼiy hisobot yuritiladigan blankalar hisoblanadi, ularni roʻyxatga olish va saqlash tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | 2026-yil yanvar |
25. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (391, 13.05.2019-yil) | |||||
33. | Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar xostellaridan foydalanish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 5-ilovaning 59-bandi: Xostellardan foydalanish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | 2027-yil yanvar |
26. Vazirlar Mahkamasining “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (443, 16.07.2020-yil) | |||||
34. | Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan soʻraladigan maʼlumotlar va axborotlar roʻyxatini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Qarorga 1-ilovaning 15-bandi: Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan soʻraladigan maʼlumotlar va axborotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Toshkent shahar hokimligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | 2026-yil yanvar |
27. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (206, 21.04.2022-yil) | |||||
35. | Buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlarni buyurtmachilarga qayta taqsimlash tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 2-ilovaning 34-bandi toʻrtinchi xatboshisi: Bunda buyurtmachisi aniqlanmagan va taqsimlanmagan mablagʻlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun ajratilgan mablagʻlar sifatida aks ettiriladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachilarga qayta taqsimlanadi. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | 2026-yil fevral |
28. Vazirlar Mahkamasining “Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (333, 13.06.2024-yil) | |||||
36. | Retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga aʼzosining va (yoki) toʻqimasining transplantatsiyasi zarurligi, tirik donorga tibbiy xulosasini taqdim etish toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorning 2-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, retsipiyentga aʼzosining va (yoki) toʻqimasining transplantatsiyasi zarurligi, tirik donorga tibbiy xulosasini taqdim etish toʻgʻrisidagi xulosalarni berish tartibini tasdiqlasin. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2025-yil noyabr |
37. | Davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida retsipiyent hamda tirik donorni transplantatsiyaga tayyorlash va amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda boʻlish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorning 2-bandi “v” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida retsipiyent hamda tirik donorni transplantatsiyaga tayyorlash va amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda boʻlish tartibini tasdiqlasin. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2025-yil noyabr |
38. | Keratoplastika amaliyotining bajarilishini yanada koʻpaytirish va bunda bemorlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor koʻz shox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot tashkilotlarida qoʻllash tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorning 2-bandi “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi keratoplastika amaliyotining bajarilishini yanada koʻpaytirish va bunda bemorlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor koʻz shox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot tashkilotlarida qoʻllash tartibini tasdiqlasin. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2025-yil noyabr |
29. Vazirlar Mahkamasining “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (619, 02.10.2024-yil) | |||||
39. | Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Reimbursatsiya dasturiga kiritiladigan kasalliklar va ularni davolashda beriladigan dori vositalari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi, ularning cheklangan qoplash qiymatini belgilash va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2026-yil aprel |
30. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (736, 05.11.2024-yil) | |||||
40. | Nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini krematsiya qilinishi tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 2-ilovaning 13-bandi oʻn uchinchi xatboshisi: Yovvoyi hayvonlarni saqlashda yuridik shaxslar nobud boʻlgan hayvonlarning jasadini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan krematsiya qilinishini taʼminlashi shart. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | 2026-yil may |
31. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (126, 27.02.2025-yil) | |||||
41. | Kunduzgi parvarish xizmatini vaqtincha toʻxtatib turish tartibini belgilash. | Vazirlar Mahkamasining qarori | Qarorga ilovaning 33-bandi: Kunduzgi parvarish xizmatini vaqtincha toʻxtatib turish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil | 2026-yil may |
32. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (48, 29.01.2025-yil) | |||||
42. | Profilaktik emlashdan oʻtish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | Qarorga 1-ilovaning 11-bandi toʻqqizinchi xatboshisi: 11. Sanepidqoʻm oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir: karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi mavjud boʻlganda va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan oʻtish rad etilgan taqdirda (sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmaganda), Sanepidqoʻm xulosasiga koʻra ish beruvchi tomonidan ishga qoʻymaslik. | Sogʻliqni saqlash vazirligi | 2026-yil iyun |