23.06.2025 yildagi PF-98-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar, xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — mahalliy Kengashlar) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha vakolatlarining takomillashayotganligi, shuningdek, yangilangan Konstitutsiyada mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilanganligidan kelib chiqib, “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini roʻyobga chiqarish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Farmonni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) mahalliy darajada xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, jumladan, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, ijro hokimiyati organlarining mahalliy xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida nomarkazlashtirish va Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari hamda tuman va shahar Kengashlari vakolatlarini muvozanatli taqsimlash, har bir boʻgʻindagi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vazifa va funksiyalarini aniq belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) hududlararo savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Dasturiy hujjatlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining tashabbuskorligini yanada oshirish maqsadida quyidagi vakolatlarni Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazish boʻyicha takliflarga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar miqdorini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) yoʻllarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) budjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy budjet xarajatlarining muayyan qismini mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Oliy Majlis palatalari huzuridagi yoshlar parlamentlari tajribasidan kelib chiqqan holda, jamoatchilik asosida mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) mahalliy Kengash huzurida nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillaridan iborat jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Maslahat guruhlari tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatini tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil moliyaviy hisob-kitob tizimi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi oʻrinbosari instituti tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Konsepsiya doirasida quyidagi takliflarni amalga oshirishga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) viloyat, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarligiga nomzodlarni tegishli mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish, Kengash sessiyalarida nomzodlar tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha hududni rivojlantirish dasturlarini taqdim etish tartibini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) mahalliy Kengashlarda deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish boʻyicha “Kengash soati” institutini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash masalalarini mahalliy budjet parametrlarida alohida koʻrsatish orqali mehnatga haq toʻlash, ragʻbatlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash shartlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat darajasidan past boʻlmagan holda belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) mahalliy Kengashlarning Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyalariga Kengash qarori bilan lavozimga tasdiqlanadigan, tayinlanadigan, lavozimga tayinlanishida Kengash roziligi olinadigan mansabdor shaxslar tomonidan odob-axloq normalarini buzganlik boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqarolarning sessiya ishini bevosita kuzatish imkoniyatini yaratish. Bunda mahalliy Kengash sessiyalarida fuqarolarning sessiya ishiga aralashish huquqisiz kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi tartibini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Axborot va dasturiy taʼminot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi bosqichma-bosqich “E-Kengash” elektron platformasini “qulaylik — soddalik — xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib borsin. Bunda “E-Kengash” elektron platformasida quyidagi asosiy imkoniyatlar boʻlishi nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) mahalliy Kengashlar faoliyatiga doir hujjatlarni xavfsiz elektron arxiv platformasida (blockchain) saqlash imkoniyatini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) katta hajmli maʼlumotlar bilan ishlashda jamlangan namunaviy hujjatlar, tahliliy maʼlumot, hisobot va axborotlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali qaror loyihalarini ishlab chiqish jarayonida tezkorlik va qulaylik yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) “E-Kengash” elektron platformasini turli tashqi xavflardan himoya qilish, axborot xavfsizligini taʼminlash va kiberhujumlarning oldini olish nuqtai nazaridan takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) “E-Kengash” elektron platformasida hujjatlarni tasdiqlash va imzolashda Kengash raisini biometrik identifikatsiyalash (Face ID) texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida mahalliy Kengashlar qaror loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Konsepsiya doirasida amalga oshiriladigan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 23-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-98-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KONSEPSIYASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy Kengashlar) faoliyatini samarali transformatsiya qilish, mahalliy Kengashlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (keyingi oʻrinlarda — Oliy Majlis Senati) va boshqa davlat organlari bilan hamkorligini rivojlantirish, mahalliy Kengashlar faoliyatida jamoatchilikning keng ishtirokini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirishning maqsad va ustuvor vazifalari, istiqboldagi yoʻnalishlarini belgilaydi hamda sohaga oid chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida davlat boshqaruvi va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish, vakillik organlari nazoratining samarali va taʼsirchan mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish borasida izchil ishlar olib borildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish borasida mahalliy Kengashlarga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solib kelayotgan dolzarb masalalarni hal etish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish boʻyicha qator qoʻshimcha vakolatlar berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va texnik qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2020-yilda mahalliy Kengashlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi kotibiyatlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangilangan Konstitutsiyaga asosan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlaridan biri sifatida belgilandi. Senat tarkibida Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya, Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tashkil etildi. Ular tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tashkiliy, huquqiy, uslubiy va boshqa maslahat yordamlari koʻrsatib kelinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan 20 dan ortiq qarorlar qabul qilindi va mahalliy Kengashlar faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar mustahkamlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlarning faoliyatiga oid 700 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qayta koʻrib chiqilib, 300 dan ortiq funksiyalarni maqbullashtirish choralari koʻrildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model — “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilab berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etish, xalqning bevosita ixtiyori asosida qaror qabul qilish talab etiladigan jami 33 ta vakolat mahalliy Kengashlar ixtiyoriga oʻtkazildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, mahalliy Kengash deputatlari bilan fuqarolar oʻrtasida elektron muloqot maydonini yaratish, norma ijodkorligi faoliyatini soddalashtirish maqsadida “E-Kengash” elektron platformasi joriy etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratildi hamda hokimiyatlar boʻlinishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ham belgilanishiga erishildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil oktabr oyidagi saylov yakunlari boʻyicha shakllangan navbatdagi chaqiriq Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida birinchi marotaba Kengash raislari saylandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilgan yuqoridagi islohotlar bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mazkur qoidalarni amaliyotga faol tatbiq etish, mamlakatimiz demokratik taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilab olingan maqsadlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning xohish-irodasini ifoda etuvchi institutga aylantirishni, mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlarini aniq taqsimlagan yangi modelni yoʻlga qoʻyishni taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni paytda erishilgan natijalar bilan bir qatorda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatiga doir oʻz yechimini kutayotgan quyidagi dolzarb muammolar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga salbiy taʼsir etmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, mahalliy Kengashlarning amaldagi maqomi oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini taʼminlashda yangilangan Konstitutsiyaning hokimiyatlar boʻlinishi tamoyilini toʻlaqonli ravishda amalga oshirish imkonini bermayapti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, mahalliy budjet, hududlarni rivojlantirish, investitsiya dasturlarini shakllantirish, ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishda mahalliy Kengash deputatlarining rolini oshirish taqozo etilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, mahalliy Kengashlar tomonidan vazirlik va idoralarning quyi boʻgʻinlari, ayniqsa, tuman va shahar boʻlinmalari faoliyati samaradorligini baholash, ularga nisbatan taʼsir choralarini belgilashning huquqiy asoslari yetarli emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, mahalliy Kengashlar oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha qaror loyihalarini tayyorlash, kelishish, tasdiqlash boʻyicha yagona tartibni belgilash ehtiyoji mavjud;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, qonun ijodkorligi jarayonida mahalliy Kengashlarning faolligini oshirish lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishda mahalliy Kengashlar hamda Oliy Majlis Senatining hamkorligini yanada kuchaytirish, hududiy muammolarni Senat orqali Hukumat darajasiga olib chiqib hal etish tizimini takomillashtirish zarurati mavjud;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchidan, mahalliy Kengash deputati faoliyatini amalga oshirishning kafolatlari, ularni ijtimoiy himoyalash mexanizmlari yetarlicha tartibga solinmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sakkizinchidan, mahalliy Kengash deputatlarining malaka va amaliy koʻnikmasini oshirib boradigan, oʻzaro tajriba almashadigan tizim mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqqizinchidan, mahalliy Kengashlarning moddiy-texnika bazasi va kadrlar resursini mustahkamlashga ehtiyoj mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, budjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, budjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mahalliy Kengashlarda deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotini eshitish boʻyicha “Kengash soati” institutini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) viloyat, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarligiga nomzodlarni tavsiya etishda tegishli mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari xulosasini olish hamda Kengash sessiyalarida ular tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha hududni rivojlantirish dasturlarini taqdim etish tartibini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mahalliy Kengashlar nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha hokim va ijro hokimiyati organlari mansabdor shaxslariga qoʻllaniladigan taʼsir choralarini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) maʼmuriy, budjet va fiskal nomarkazlashtirish asosida hududlarning maʼmuriy va moliyaviy mustaqilligini yanada oshirish orqali ular tashabbuskorligini kuchaytirish. Bunda tuman (shahar) mahalliy budjetlariga ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yigʻimlar, toʻlovlar, jarimalar va ajratmalarni yoʻnaltirish masalasini koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mahalliy Kengashlarda budjet mablagʻlari nazoratini amalga oshirish tartibini takomillashtirish, jumladan, respublika budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan hududlarga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) mahalliy budjetni shakllantirish jarayoniga deputatlarni faol jalb etish orqali aholining turmush farovonligini oshirish, mahalliy Kengash deputatlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) mahalliy Kengashlar nazorat vakolatlarini amalga oshirish tartib-taomillarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) mahalliy Kengashlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tizimini takomillashtirish, bunda hisobotlarni (axborotlarni) eshitishning davriyligini qayta koʻrib chiqish, ayrimlarini zaruratga koʻra eshitish tartibiga oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” — tuman (shahar) Kengashi — viloyat Kengashi — Senat” tamoyili asosida kuchaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” — tuman (shahar) Kengashi — viloyat Kengashi — Senat” tamoyili asosida kuchaytirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) respublika darajasida hal etiladigan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni Oliy Majlis Senati muhokamasiga olib chiqish tartibini (ijro muddati, ijro uchun masʼullar, amalga oshirish shakli) belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mahalliy Kengashlarning qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarini Oliy Majlis Senatiga kiritish tartibini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy Kengashlarni keng jalb etish, har bir qonun boʻyicha ularning fikrini olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mahalliy Kengashlarning nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirishda Oliy Majlis Senati Kengashi hamda mahalliy Kengashlar hamkorligini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mahalliy Kengashlar raislarining Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga raislik qilish va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishni samarali tashkil etishga koʻmaklashish vakolatini taʼminlash boʻyicha huquqiy asoslarni yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha dasturlarni shakllantirishda deputat va “mahalla yettiligi”ning ishtirokini taʼminlash tizimini joriy etishni nazarda tutish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari hamda ilmiy doiralar vakillari salohiyatidan foydalanishning samarali mexanizmini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqarolarga sessiya ishini bevosita kuzatish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) saylov huquqiga ega boʻlgan kamida ming nafar fuqarolar tuman (shahar) Kengashiga, kamida 5 ming nafar fuqaro viloyat va Toshkent shahar Kengashiga koʻrib chiqilishi shart boʻlgan elektron murojaat kiritishi huquqini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mahalliy Kengash deputatining deputatlik faoliyatining kafolatlarini bir yil davomida takroran buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mahalliy kengash deputatining deputatlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar bilan shugʻullanishi uchun uning asosiy ish joyi boʻyicha ish beruvchilarning masʼuliyatini oshirish. Bunda tashkilotlarning rahbarlari tomonidan deputatlikka saylangan xodimlariga mahalliy Kengash sessiyasi, doimiy komissiyalari, partiya guruhlari majlislarida ishtirok etish, saylovchilari bilan uchrashuvlar, fuqarolar qabullarini oʻtkazishga toʻsqinlik qilishiga yoʻl qoʻyilmasligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi normalarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mahalliy kengash deputatining tegishli viloyat, Toshkent shahri, tuman va shahar hududida joylashgan, moneliksiz kirishi mumkin boʻlgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar doirasini va kirish tartibini aniq belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mahalliy Kengash deputati uchun odob-axloq qoidalarida deputatlarning qarorlar qabul qilish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga oid aniq normalarni belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatligiga saylash tartibini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xalq deputatlari viloyatlar Toshkent shahar Kengashlari hamda tuman (shahar) Kengashlari vakolatlarini aniq taqsimlash. Bunda har bir boʻgʻindagi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda takrorlanishlarning oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mahalliy Kengashlar sessiyalari oraligʻida tezkor masalalarni hal etish maqsadida Kengash rayosati institutini joriy etish va rayosat tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar doirasini aniq belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi oʻrinbosari institutini jamoatchilik asosida joriy etish hamda uning vakolatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mahalliy Kengashlarning Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga Kengash qarori bilan lavozimga tasdiqlanadigan, tayinlanadigan, lavozimga tayinlanishida Kengash roziligi olinadigan mansabdor shaxslar tomonidan odob-axloq normalarini buzganlik boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish vakolatini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) mahalliy kengashlar qoshida Yoshlar guruhlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) mahalliy Kengashlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil moliyaviy hisob-kitob tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) mahalliy Kengash kotibiyatlari xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida ularni ragʻbatlantirish turlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) mahalliy Kengashlarning bosqichma-bosqich moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) mahalliy Kengash deputatlari va ularning kotibiyatlari mutaxassislarining malaka va koʻnikmalarini tizimli oshirib borish dasturlarini joriy qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mahalliy Kengashlar deputatlarining uyushma yoki birlashmalarga birlashishining huquqiy asosini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) mahalliy Kengashlarning xalqaro darajadagi vakillik organlari uyushmalariga aʼzoligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining transchegaraviy hamkorligini kuchaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish yoʻnalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida “E-Kengash” elektron platformasidan foydalanish funksiyalarini bosqichma-bosqich soddalashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mahalliy Kengashlar sessiyalarida ovoz berish tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mahalliy Kengashlar faoliyatida elektron hujjat aylanish toʻliq “E-Kengash” platformasida yuritilishini yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) keng jamoatchilik va OAVga mahalliy Kengashlar sessiyalarini kuzatish imkoniyatini kengaytirish maqsadida sessiyalarni “E-Kengash” platformasining mahalliy Kengashlar sahifalari orqali onlayn translyatsiya qilish amaliyotini tizimli yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish hamda ushbu koʻrsatkichlar asosida “E-Kengash” elektron platformasida ularning elektron reytingi yuritilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) mahalliy Kengash qarorlarini ijrochilarga yetkazish va ularning ijrosini nazorat qilish jarayonlarini raqamlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) mahalliy kengashlar sessiya hamda majlislari davomida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda elektron stenogramma yuritish va avtomatik bayonnomalarni shakllantirish imkoniyatini yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy Kengashlar hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining nazorat faoliyati samaradorligini oshirishga erishiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy Kengashlar tomonidan hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan koʻtarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha imkoniyatlar kengaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi faoliyati sifati oshadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy Kengash faoliyatida nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillarining faol ishtiroki taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyati xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshirib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligining huquqiy asoslari yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamlashtirish orqali mahalliy Kengashlar faoliyati yanada takomillashtiriladi, sohada saylovchilar va deputatlar oʻrtasidagi munosabatlarda qulaylikka erishiladi, byurokratiyaning oldi olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyatining kafolatlari kuchaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, budjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish

1.

Mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlarini amalga oshirish tartib-taomillarini ishlab chiqish.

Bunda Kengash soʻrovi va Kengash tekshiruvlarini amalga oshirish mexanizmlarini aniq belgilash.

Oliy Majlis Senati qarori loyihasi

2025-yil iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

2.

Mahalliy budjetni shakllantirish jarayoniga mahalliy kengash deputatlarini faol jalb etish orqali aholining turmush farovonligini oshirish, deputatlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish.

Bunda:

mahalliy budjet loyihasini shakllantirishda hududlar toifasidan kelib chiqib, mahalliy budjet xarajatlarining 3 — 5 foiz qismi bevosita mahalliy kengash deputatlarining tashabbusi asosida yoʻnaltirilishini belgilash;

Senat bilan hamkorlikda “Saylovchi — deputat — hokim — Kengash” toʻrt boʻgʻinli oʻzaro hamkorlik tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil oktabr

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

3.

Mahalliy Kengashlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tizimini takomillashtirish, bunda hisobotlarni (axborotlarni) eshitishning davriyligini qayta koʻrib chiqish, ayrimlarini zaruratga koʻra eshitish tartibiga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyul

Oliy Majlisi Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

4.

Mahalliy Kengashlar nazorat tadbirlari yakunlari boʻyicha hokim, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga qoʻllaniladigan taʼsir choralarini kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Bunda ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga nisbatan egallab turgan lavozimiga noloyiqligi, intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha yuqori turuvchi organga taqdimnoma kiritish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2029-yil oktabr

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

5.

Mansabdor shaxslarning hisobotlarini Kengash sessiyasi muhokamasidan soʻng “E-Kengash” elektro platformasidagi tegishli mahalliy Kengashlar sahifalarida eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yildan boshlab

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

6.

Viloyat, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarligiga nomzodlarni tavsiya etishda tegishli mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish hamda Kengash sessiyalarida ular tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha hududni rivojlantirish dasturlarini taqdim etish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil iyun

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

7.

Mahalliy Kengashlarda budjet mablagʻlari nazoratini amalga oshirish tartibini takomillashtirish.

Bunda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ichki audit xizmati xulosalarini mahalliy Kengashlarga taqdim etib borish;

mahalliy budjetni tasdiqlash hamda uning ijrosi yuzasidan hisobotni eshitish mexanizmini belgilash, ushbu jarayonda Hisob palatasining masʼul vakili ishtirokini taʼminlash;

mahalliy Kengash sessiyasida tasdiqlangan budjetni hamda uning ijrosi boʻyicha hisobotlarni Kengash sessiyasi muhokamasidan soʻng “E-Kengash” elektron platformasidagi tegishli mahalliy Kengashlar sahifalarida eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2028-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

8.

Davlat budjetidan hududlarga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan taʼsirchan mahalliy Kengash nazoratini oʻrnatish.

Bunda Kengash nazoratini amalga oshirishning aniq tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2028-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Hisob palatasi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

9.

Mahalliy Kengashlarda deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan “Kengash soati”dagi axborotini eshitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Bunda ushbu tadbirlarni tashkil etish, unga taklif etiladigan shaxslar huquq va majburiyatlarini aniq belgilash nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2028-yil yanvar

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

10.

Hududlarni rivojlantirishning strategik rejasini, jumladan shaharlar (shaharchalar, ovul va qishloqlar), shahar atrofi zonalari va anklav hududlar integratsiyasi asosida aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda mahalliy Kengashlar deputatlarining ishtirokini taʼminlash. Bunda:

hududlarni rivojlantirish dasturlari, shuningdek, aholi punktlarini, ular hududi bilan tutash va anklav hududlar integratsiyasi asosida loyihalarni va ularning konsepsiyalarini ishlab chiqishda “mahalla yettiligi” hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining ishtirokini taʼminlash tartib-taomillarini belgilash;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, investitsiya dasturlari loyihalarini dastlab mahalliy Kengashlarda muhokama qilish;

ularda belgilangan har bir vazifaning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan samarali deputatlik nazoratini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2028-yil may

Adliya vazirligi,

Strategik islohotlar agentligi,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

11.

Maʼmuriy, budjet va fiskal nomarkazlashtirish asosida hududlarning maʼmuriy va moliyaviy mustaqilligini yanada oshirish orqali ular tashabbuskorligini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda, tuman (shahar) mahalliy budjetlariga ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yigʻimlar, toʻlovlar, jarimalar va ajratmalarni yoʻnaltirish masalasini koʻrib chiqish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2028-yil iyun

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Bojxona qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Mazkur masalalar boʻyicha rivojlangan davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya va boshqalar) tajribasini oʻrganish.

2025-yil oktabr-noyabr

II. Aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” — tuman (shahar) Kengashi — viloyat Kengashi — Senat” tamoyili asosida kuchaytirish

12.

Qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy Kengashlarni keng jalb etish, har bir qonun boʻyicha ularning fikrini olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Bunda qonunlarni mahalliy Kengashlarga yuborish, ular muhokamasini tashkil etish, takliflarni taqdim qilish boʻyicha alohida tartib ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab doimiy

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

13.

Mahalliy Kengashlarning nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirishda Senat Kengashi hamda mahalliy Kengashlar hamkorligini kengaytirish.

Bunda Senat Kengashi hamda mahalliy Kengashlar hamkorligida joylarda hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosi ustidan nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish hamda natijalarini Senat Kengashi va mahalliy Kengash qoʻshma majlislarida muhokama qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yildan boshlab har chorakda

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

14.

Respublika darajasida hal etiladigan hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni Oliy Majlis Senati muhokamasiga olib chiqish tartibini belgilash.

Oliy Majlis Senati qarori loyihasi

2025-yil iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

15.

Mahalliy Kengashlarning qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarini Oliy Majlis Senatiga kiritish tartibini ishlab chiqish.

Oliy Majlis Senati qarori loyihasi

2025-yil avgust

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

16.

Vazirlik va idora rahbarlarining hisobotini hududlarda mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikda eshitish amaliyotini kengaytirish. Bunda:

Senat qoʻmitalari kesimida ularning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda hududlarda oʻrganishlar oʻtkazish hamda natijalarini Senatning tegishli qoʻmitasi va mahalliy Kengashlar qoʻshma majlislarida tanqidiy muhokama qilib borish;

qoʻshma majlislarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

17.

Mahalliy Kengashlar raislarining Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga raislik qilishi va mahalliy ijro etuvchi organlarning faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashishni samarali tashkil etishga koʻmaklashish vakolatini taʼminlash boʻyicha huquqiy asoslarni yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

18.

Mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalarni faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlari bilan yuklashning huquqiy asoslarini mustahkamlash.

Bunda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalarni faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlari bilan yuklash;

tavsiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish esa Oliy Majlis Senati bilan kelishilgandan soʻnggina amalga oshirilishini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil avgust

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

III. Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash

19.

Mahalliy Kengashlar tomonidan qaror loyihalarini ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishning yangicha tizimini joriy etish.

Bunda:

mahalliy Kengashlar tomonidan qaror loyihalarini ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uslubiyotini tasdiqlash;

xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi qarori loyihasi uning kotibiyati yuriskonsulti tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish;

mahalliy Kengashlarning qarorlari loyihalarini korrupsiyaga qarshi, gender hamda taalluqliligiga koʻra boshqa ekspertizalardan oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

20.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari hamda ilmiy doiralar vakillari salohiyatidan foydalanishning samarali mexanizmini yaratish.

Bunda:

mahalliy Kengash huzurida nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillaridan iborat jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Maslahat guruhlarini tashkil etish;

doimiy komissiyalar tomonidan qaror loyihalarini ishlab chiqishda Maslahat guruhlarining fikrlarini inobatga olish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlarining tartibga solish maqsadi, qabul qilish tartibi va amal qilishning yuridik oqibatlaridan kelib chiqib, ularni tasniflashni takomillashtirish.

Bunda Kengashlarning normativ-huquqiy va boshqa tusga ega boʻlgan qarorlarini tasniflash mezonlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil may

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

22.

Mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqarolarning sessiya ishini bevosita kuzatish imkoniyatini yaratish.

Bunda mahalliy Kengash sessiyalarida fuqarolarning sessiya ishiga aralashish huquqisiz kuzatuvchi sifatida ishtirok etish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil fevral

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

23.

Fuqarolar tomonidan mahalliy Kengashlarga elektron jamoaviy murojaat qilish boʻyicha yangicha tizim yaratish.

Bunda:

saylov huquqiga ega boʻlgan kamida ming nafar fuqarolar tomonidan tuman (shahar) Kengashiga, kamida 5 ming nafar fuqaro tomonidan viloyat va Toshkent shahar Kengashiga koʻrib chiqilishi shart boʻlgan murojaat kiritish huquqini berish;

murojaatning predmetini aniq nazarda tutish;

murojaatni koʻrib chiqish va u yuzasidan qarorlar qabul qilish tartib-taomilini belgilash;

murojaat jamiyat va davlat manfaatlariga zid kelmasligi, hududning umumiy manfaatlarini ifoda etishini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2028-yil avgust

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

IV. Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish

24.

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari deputatligiga saylash tartibini takomillashtirish masalasini oʻrganish. Bunda Yevropa (Fransiya, Italiya) va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasini tadqiq etish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil iyul-avgust

Markaziy saylov komissiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

25.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlik faoliyatining kafolatlarini kengaytirish. Bunda:

“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi normalarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

tashkilotlarning rahbarlari tomonidan oʻz xodimi boʻlgan deputatlarni mahalliy Kengash sessiyasi, doimiy komissiyalari, partiya guruhlari majlislarida ishtirok etish, saylovchilari bilan uchrashuvlar, fuqarolar qabullarini oʻtkazishga toʻsqinlik qilishiga yoʻl qoʻyilmasligini belgilash;

deputatning tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan, moneliksiz kirishi mumkin boʻlgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar doirasini va ularga kirish tartibini aniq belgilash va boshqalar nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

26.

Mahalliy Kengash deputatining deputatlik faoliyatining kafolatlarini bir yil davomida takroran buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil iyun

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Mahalliy Kengash deputati uchun odob-axloq qoidalariga deputatlarning qarorlar qabul qilish jarayonida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga oid aniq normalarni belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Oliy Majlis Senati qarori loyihasi

2026-yil avgust

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

V. Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash

28.

Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyatini tashkiliy qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyatdan mustaqil moliyaviy hisob-kitob tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

29.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisi oʻrinbosari institutini joriy etish.

Bunda Kengash raisi oʻrinbosarining jamoatchilik asosida faoliyat yuritishini nazarda tutish hamda uning vakolatlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil yanvar

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

30.

Xalq deputatlari viloyatlar (Toshkent shahar) Kengashlari hamda tuman (shahar) Kengashlari vakolatlarini aniq belgilash.

Bunda har bir boʻgʻindagi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda takrorlanishlarning oldini olish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil may

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

31.

Mahalliy Kengashlarning moddiy-texnik taʼminotini bosqichma-bosqich kuchaytirish.

Bunda:

belgilangan minimal talablardan kelib chiqqan holda tuman va shahar Kengashlari uchun zarur bino (xona) ajratish, ularni taʼmirlash, jihozlash;

Kengash binolari va Kengash sessiyasi oʻtkaziladigan binolarni ularga imkoniyati cheklangan shaxslarning kirishi va harakatlanishi uchun qulay holda jihozlash;

mahalliy Kengashlarga transport vositasi ajratish;

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yildan boshlab bosqichma-bosqich

(viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari uchun)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

hokimliklar

mahalliy Kengash deputatlarini kompyuter jihozlari bilan taʼminlash.

2030-yil

(tuman, shahar Kengashlari uchun)

32.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida mahalliy Kengash deputatlari va ularning kotibiyatlari mutaxassislarining malaka va koʻnikmalarini tizimli oshirib borish maqsadida “Davlat va mahalliy davlat boshqaruvi” va “Mahalliy deputatlik faoliyati” oʻquv dasturlarini toʻlov-shartnoma asosida joriy etish.

Bunda mahalliy Kengash kotibiyati masʼul xodimlarining 2 yilda kamida bir marotaba oʻqitilishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2027-yil Alohida oʻquv rejada belgilangan muddatlarda

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,

TDYU,

siyosiy partiyalar,

(kelishuv asosida),

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

mutasaddi vazirlik va idoralar

33.

Belgilangan vakolatlar doirasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda mahalliy Kengashlar oʻrtasidagi ziddiyatli holatlarni bartaraf qilish tizimini yaratish.

Bunda tarkibi, vazifa va funksiyalari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilanadigan ziddiyatli holatlarni bartaraf etish boʻyicha maxsus komissiya (mediativ komissiya) tuzish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Oliy Majlisi Senati

(kelishuv asosida)

34.

Mahalliy Kengashlardagi siyosiy partiyalar guruhlarining faoliyatini kuchaytirish.

Bunda siyosiy partiyalar guruhlarining huquqlari, faoliyatini amalga oshirish usullarini belgilashni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2028-yil fevral

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

35.

Mahalliy Kengashlar sessiyalari oraligʻida tezkor masalalarni hal etish maqsadida Kengash rayosati institutini joriy etish.

Bunda mahalliy Kengash rayosatining huquqiy maqomi, faoliyat yuritish tartibi va u tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar doirasi aniq belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil may

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

36.

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) kengashlari qoshida jamoatchilik asosida Yoshlar guruhlarini tashkil etish.

Bunda uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

yoshlarga oid qaror loyihalari yuzasidan fikr bildirish va ular manfaatini himoya qilish;

“Yoshlar kuni”ni oʻtkazish, unda deputatlar bilan yoshlar uchrashuvlarini tashkil etish va mahalliy Kengash faoliyati bilan tanishtirish;

mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda yoshlar masalalarida “mahallabay” oʻrganishlar oʻtkazish va ijobiy tajribalarni ommalashtirish;

davlat organlari rahbarlarining yoshlar masalalarida hisobotlarini mahalliy Kengash doimiy komissiyalari yigʻilishlarida muhokama qilish jarayonida ishtirok etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Yoshlar ishlari agentligi

37.

Vakolatlarni belgilashda “eng tezkor, kam xarajat va yuqori samaradorlik” tamoyilidan kelib chiqib, aholi sonini inobatga olgan holda mahalla fuqarolar yigʻinlari negizida mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari (munitsipalitetlar) tashkil etish yuzasidan takliflarni shakllantirish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2029-yil mart

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

38.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi faoliyatini va vakolatlarini kengaytirish.

Bunda ushbu komissiyaga Kengash qarori bilan lavozimga tasdiqlanadigan, tayinlanadigan, lavozimga tayinlanishida Kengash roziligi olinadigan hamda Kengashga hisobdor boʻlgan mansabdor shaxslarning ham odob-axloq normalarini buzganlik boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish huquqini berish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2029-yil avgust

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

VI. Mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish

39.

Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash.

Bunda:

mahalliy Kengashlarning oʻzaro hamkorlik qilish amaliyotini kuchaytirish;

bir nechta hududga taalluqli boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy, favqulodda va texnogen holatlar, iqlim oʻzgarishi va ekologik masalalarni umumiy yondashuv asosida hal etish boʻyicha oʻrganishlar olib borish va natijasini qoʻshma majlislarda muhokama qilish;

hududlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish maqsadida oʻzaro manfaatli shart-sharoitlarni vakolat doirasida belgilash nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil mart

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

40.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xalqaro hamkorligini mustahkamlash. Bunda:

Viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy Kengashlarining oʻz faoliyati doirasida xorijiy mamlakatlarning hududiy vakillik organlari bilan hamkorlik qilish huquqini va yoʻnalishlarini belgilash;

mahalliy Kengashlarning doʻstlik guruhlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2027-yil mart

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

41.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi, Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari va kotibiyat xodimlarining xorijiy mamlakatlarda tajriba almashishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 — 2030-yillar

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

42.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining transchegaraviy hamkorligini kuchaytirish. Bunda:

qoʻshni davlatlar bilan chegaradosh hududlarning oʻziga xos jihatlarini oʻrganish va chegaradosh hududlar bilan hamkorlik uchun sohalarni tanlab olish;

xorij tomoni bilan Tashqi ishlar vazirligi orqali muzokaralar olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2028-yil may

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi

43.

Mahalliy Kengashlarning xalqaro darajadagi vakillik organlari uyushmalariga aʼzoligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganish. Bunda:

mahalliy vakillik organlarining xalqaro uyushmalari faoliyati, maqsad va vazifalarini tahlil qilish;

mamlakatimiz mahalliy Kengashlarining aʼzo boʻlishlari uchun eng maqbullarini belgilab olish;

tanlangan xalqaro uyushmalarga tegishli mahalliy Kengashlarni aʼzo qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2028-yil oktabr

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

44.

Mahalliy Kengash deputatlariga uyushmalarga birlashish imkoniyatini yaratish.

Uyushmaning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash nazarda tutiladi:

mahalliy Kengashlar, uning organlari va deputatlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

mahalliy Kengashlar, ularning organlari, xususan deputatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashish;

Kengash deputatlari ishtirokida konferensiya, davra suhbati va anjumanlar tashkil etish;

mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining deputatlar oʻrtasida targʻibot qilish ishlarini tashkil etish;

xorijiy davlatlarning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatiga taalluqli tegishli tuzilmalar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

VII. Mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini yanada takomillashtirish

45.

Mahalliy Kengashlarning “E-Kengash” platformasidagi rasmiy sahifalarida Kengash, uning organlari hamda deputatlarning faoliyatiga oid statistik maʼlumotlar avtomatik yangilanib borilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

46.

Mahalliy Kengash sessiyalarida ovoz berish tizimini raqamlashtirish choralarini koʻrish.

Bunda 2026-yildan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, 2029-yildan tuman (shahar) Kengashlari sessiyalari oʻtadigan zallarni zarur jihozlar bilan taʼminlash nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2026 — 2029-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

47.

Mahalliy Kengash qarorlarini ijrochilarga yetkazish va ularning ijrosini nazorat qilish jarayonlarini raqamlashtirish.

Bunda birinchi bosqichda — viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari uchun — 2026-yil 1-yanvardan boshlab; ikkinchi bosqichda — tuman (shahar) Kengashlari uchun — 2029 noyabr oyidan boshlab:

“E-Kengash” elektron platformasida “Qarorlar ijrosi nazorati” modulini ishlab chiqish va joriy etish;

“E-Kengash” elektron platformasini ijro.gov.uz yoki edo.ijro.uz tizimlari bilan integratsiya qilish orqali mahalliy Kengash qarorlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalariga yuborish va nazorat qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2026 — 2029-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

48.

Mahalliy kengashlar sessiya hamda majlislari davomida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda elektron stenogramma yuritish va avtomatik bayonnomalarni shakllantirish imkoniyatini yaratish.

Bunda dastlabki bosqichda viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari uchun — 2026-yil 1-yanvardan boshlab; keyingi bosqichda tuman (shahar) Kengashlari uchun — 2029 noyabr oyidan boshlab:

mahalliy Kengashlarda maxsus infratuzilmani shakllantirish va AI platformasi asosida elektron stenogramma yuritish va avtomatik bayonnomalarni shakllantirish imkoniyatini joriy etish;

AI platformasini “E-Kengash” elektron platformasi bilan oʻzaro integratsiya qilish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2026 — 2029-yillar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

49.

Mahalliy Kengashlar faoliyatida elektron hujjat aylanish tizimining toʻliq “E-Kengash” platformasida yuritilishini yoʻlga qoʻyish.

Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining “edo.ijro.uz” elektron ichki hujjatlar almashinuvi tizimi orqali yuborilayotgan hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri “E-Kengash” platformasiga kirim qilinishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

50.

Keng jamoatchilik va OAVga mahalliy Kengashlar sessiyalarini kuzatish imkoniyatini kengaytirish maqsadida sessiyalarni “E-Kengash” platformasining mahalliy Kengashlar sahifalari orqali onlayn translyatsiya qilish amaliyotini tizimli yoʻlga qoʻyish.

Bunda “E-Kengash” elektron platformasida mahalliy Kengashlar sahifalarida videoxostinglar yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali (youtube, facebook va boshqa) olib borilayotgan onlayn translyatsiyasi namoyishi taʼminlanadi.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil may

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

51.

Yagona elektron tizimida “Onlayn ovoz berish moduli”ni ishlab chiqish va joriy etish.

Bunda:

elektron shaxsiy kabinet funksionalini takomillashtirish;

mobil ilova ishlab chiqish va joriy etish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

52.

Mahalliy Kengashlarning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida “E-Kengash” elektron platformasidan foydalanish funksiyalarini bosqichma-bosqich soddalashtirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2027-yil iyul

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

53.

Mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish hamda ushbu koʻrsatkichlar asosida “E-Kengash” platformasida ularning reytingi yuritilishini tashkil etish. Bunda:

mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish va tasdiqlash;

“E-Kengash” platformasida mahalliy Kengashlar KPI modulini ishlab chiqish va joriy qilish;

ushbu modulda maʼlumotlarning avtomatik generatsiya boʻlishini, davriy koʻrsatkichlarning platformada avtomatik eʼlon qilib borilishini taʼminlash nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2028-yil fevral

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2025-y., 06/25/98/0538-son)