18.06.2025 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“Yashil” davlat xaridlarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek davlat xaridlarida atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining davlat xaridlarini amalga oshirishda “yashil” davlat xaridlari tizimini joriy etish va davlat xaridlaridagi “yashil” davlat xaridlari ulushini 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich 30 foizga yetkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimining yoki xalqaro ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimlarining ekologik mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi tegishli hujjatiga (keyingi oʻrinlarda — ekologik markirovkalash hujjati)ga ega tadbirkorlik subyektlaridan amalga oshirilgan davlat xaridlari va/yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi “yashil” davlat xaridi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun toʻplangan ballarning besh foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos boʻlmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ekologik markirovkalash hujjatiga ega boʻlgan va/yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari) ekologik markirovkalash hujjatiga ega davlat xaridlari ishtirokchilariga vositachilik yigimi miqdoriga nisbatan 30 foiz chegirma beriladi hamda ular tomonidan qoʻshimcha zakalat mablagʻlari kiritish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) davlat buyurtmachilari elektron kooperatsiya portali, elektron doʻkon va boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion savdolari orqali xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) birinchi navbatda ekologik markirovkalash hujjatiga ega ishtirokchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda zarur boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha ekologik markirovkalash hujjatiga ega boʻlgan ishtirokchilar mavjud boʻlmagan taqdirdagina, ularni boshqa ishtirokchilardan xarid qilishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ayrim tovar guruhlarining davlat xaridlarida qoʻllanadigan namunaviy ekologik mezonlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, davlat buyurtmachilari oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bogʻliq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazadi. Bunda ushbu koʻrsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish boʻyicha choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari ekologik markirovkalash hujjatlarini olishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish, shuningdek, ekologik markirovkalash hujjatlarini olish uchun toʻlov miqdorini keskin kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar davlat xaridlari maxsus axborot portalidagi “Yashil” davlat xaridlari sahifasiga quyidagi maʼlumotlarni joylashtirish choralarini koʻrsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan “yashil” davlat xaridlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimida (keyingi oʻrinlarda — ekologik markirovkalash tizimi) avtorizatsiyadan oʻtgan mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini baholovchi yuridik shaxslar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik markirovkalash hujjatiga ega boʻlgan va/yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari) ekologik markirovkalash hujjatiga ega tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning sifati, texnik tavsiflari hamda ishlab chiqarish jarayonlariga nisbatan belgilangan ekologik mezonlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) har yili xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xaridlari subyektlari uchun “yashil” davlat xaridlari sohasida xabardorlikni oshirish boʻyicha qisqa muddatli bepul oʻqitish kurslarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda davlat buyurtmachilarining masʼul xodimlari uchun “yashil” davlat xaridlari boʻyicha maxsus oʻquv dasturi ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-martga qadar ushbu qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan namunaviy ekologik mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Soliq qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda toʻrt oy muddatda ekologik markirovkalash tizimini “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi hamda davlat xaridlari maxsus axborot portaliga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur band qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan soʻng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 18-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
371-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 371-son qaroriga
1-ILOVA

Ayrim tovar guruhlarining davlat xaridlarida qoʻllanadigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY EKOLOGIK MEZONLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori boʻyicha nomi

Mezonlar

1.

Goʻsht va goʻshtli oziq-ovqat mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Hayvon (toʻyingan) yogʻlarining oʻrni oʻsimlik (toʻyinmagan) yogʻlari bilan almashtirilgan boʻlmasligi.

Goʻsht va qayta ishlangan goʻsht mahsulotlarining hajmini koʻpaytirish uchun karraginan eritmalari (E-407) va uning hosilalaridan foydalanilmagani.

2.

Sut va sut mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Mahsulot tarkibida sut yogʻi, oqsili yoki sutning boshqa komponentlarining oʻrnini bosish yoki tayyor mahsulot xususiyatlarini yaxshilash uchun sutga oid boʻlmagan qoʻshimchalar (palma yogʻi va boshqalar) boʻlmasligi kerak.

3.

Toʻqimachilik va toʻqimachilik mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Kiyim-kechak.

Paxta va organik boʻlmagan boshqa tabiiy tolalar tarkibida aldrin, kaptafol, xlordan, DDT, dildrin, endrin, geptaxlor, geksaxlorbenzol, geksaxlorsiklogeksan (izomerlarning umumiy miqdori), 2,4,5-T, xlordimeform, xlorbenzilat, dinozeb va uning tuzlari, monokrotofos, pentaxlorfenol, toksafen, metamidofos, metilparafin, paration, fosfamidon, glyufosinat va glifosat moddalaridan har birining miqdori 0,05 mg dan oshmasligi.

4.

Tovarlarni qadoqlash uchun ishlatiladigan qoplar va paketlar.

1. Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar uchun faqat A, V, O1, O2 markali oʻram qogʻozlari va oqartirilmagan sellyulozadan tayyorlangan silliq sellyuloza kartonidan foydalanilgani.

Rezervuarlar, sisternalar va shunga oʻxshash metalldan tayyorlangan katta sigʻimli saqlagichlar.

2. Boshqa barcha hollarda E markali oʻram qogʻozlari (makulatura hamda sellyuloza va qogʻoz ishlab chiqarishning tolali chiqindilaridan tayyorlangan) va makulatura kartonidan (ikkilamchi xom ashyodan tayyorlangan) foydalanilgani.

5.

Shaxsiy gigiyena, kiyim yoki poyafzalni tikish yoki tozalashda qoʻllanadigan yoʻl uchun toʻplamlar.

Tabiiy yoki aralash charmdan, plastmassa listi, toʻqimachilik materiallari, vulkanizatsiya qilingan tolalar yoki kartondan tayyorlangan shunga oʻxshash mahsulotlar.

Xoʻjalik va sanitariya-gigiyena buyumlari hamda hojatxona ashyolari.

Tibbiy maqsadlardagi buyumlar.

Boshqa guruhlarga kiritilmagan boshqa toʻqimachilik mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

6.

Yogʻoch, poʻkak, somon va toʻqish uchun materiallardan mahsulotlar.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Plastmassa buyumlar, arralangan va randalangan yogʻoch materiallari.

1) xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda quyidagi ogʻir metallardan foydalanilmagani:

surma;

margimush;

kadmiy;

xrom;

mis;

qoʻrgʻoshin;

simob;

selen;

qalayorganik birikmalar;

2) yonish ingibitorlari sifatida quyidagilardan foydalanilmaganligi:

polibromlangan difenillar (PBD);

geksabromsiklododekan;

xlor tarkibli moddalar;

surma oksidlari.

7.

Kanselyariya qogʻoz anjomlari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Suratga olish qogʻozlari.

Qogʻoz tarkibidagi ikkilamchi xomashyo kamida 35 foizni tashkil etishi.

8.

Gulqogʻoz.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Gulqogʻozlar tarkibida ftalatlardan foydalanilmagani.

9.

Neft mahsulotlari.

1) benzin yonilgʻisi “Yevro-4” dan past boʻlmasligi;

2) dizel yonilgʻisi “Yevro-5” dan past boʻlmasligi.

10.

Lok-boʻyoq va shunga oʻxshash sirtga qoplash uchun materiallar, poligrafiya boʻyoqlari va mastikalar.

Hojatxona qogʻozi va qogʻoz sochiqchalar (salfetkalar) tarkibidagi ikkilamchi xomashyo 100 foizni tashkil etishi.

Lok va boʻyoqlar suv asosida boʻlishi kerak.

Lok va boʻyoqlarning isteʼmol darajasi:

tashqi ishlar uchun — 6 m2/l dan;

ichki ishlar uchun — 8 m2/l dan;

dekorativ suvoq uchun — 1 m2/l dan kam boʻlmasligi kerak.

11.

Sovun va yuvish vositalari, tozalovchi va silliqlovchi vositalar, atir-upa va goʻzallik vositalari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Tarkibida quyidagilarning boʻlmasligi:

Fosfatlar, xlorning organik birikmalari va gipoxloritlar, formaldegid, formaldegid donorlari, jumladan, bronopol, armordoks, diazolidinilmochevina, gidroksimetilglitsinat natriya, dimetilol, glikol, dimetilol mochevina, DMDM-gidantoin, kvaternium-15, tetrametilol glikol furil.

12.

Keramika qurilish materiallari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Plastmassa buyumlar.

Tarkibidagi qoʻrgʻoshin miqdori mahsulot umumiy ogʻirligining 0,5 foizidan, kadmiy miqdori 0,1 foizidan ortiqni tashkil etmasligi kerak.

13.

Qurilish gipsidan tayyorlangan mahsulotlar.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda quyidagi ogʻir metallardan foydalanilmagani:

surma;

margimush;

kadmiy;

xrom;

mis;

qoʻrgʻoshin;

simob;

selen;

qalayorganik birikmalar.

14.

Qurilish aralashmalari va eritmalari.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda kuyidagi ogʻir metallardan foydalanilmagani:

surma;

margimush;

kadmiy;

xrom;

mis;

qoʻrgʻoshin;

simob;

selen;

qalayorganik birikmalar.

15.

Batareya va akkumulyatorlar.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Tokning kimyoviy manbalari bir marotaba foydalaniladigan boʻlmasligi.

16.

Uskunalar va elektr yoritkichlar. Maishiy anjomlar.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Energiya samaradorligi “A” klassdan past boʻlmasligi.

17.

Avtotransport vositalari.

Zararli moddalar tashlamalari boʻyicha:

benzinli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun — “Yevro-4” dan;

dizelli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun — “Yevro-5” dan;

benzinli yoki dizelli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan avtobus va yuk avtomobillari uchun — “Yevro-4” dan;

transport xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari uchun — “Yevro-4” dan past boʻlmasligi.

18.

Mebel.

Tovar (ish, xizmat) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga toʻliq rioya etilishi.

Plastmassaning har qanday materiallar bilan kompozitlaridan foydalanilmagan boʻlishi (shisha tola bundan mustasno).

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 371-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 10-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi tahrirdagi 342-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“342. Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligini baholashda tadbirkorlik subyekti mazkur sertifikatga ega boʻlsa — 2 ball beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2-ilova quyidagi tahrirdagi 25-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

25.

Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligi

Kunlik

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/371/0512; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)