18.06.2025 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat xaridlarida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining davlat xaridlarini amalga oshirishda “yashil” davlat xaridlari tizimini joriy etish va davlat xaridlaridagi “yashil” davlat xaridlari ulushini 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimining yoki xalqaro ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimlarining ekologik mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi tegishli hujjatiga (keyingi o‘rinlarda — ekologik markirovkalash hujjati)ga ega tadbirkorlik subyektlaridan amalga oshirilgan davlat xaridlari va/yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi “yashil” davlat xaridi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to‘plangan ballarning besh foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo‘lmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ekologik markirovkalash hujjatiga ega bo‘lgan va/yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari) ekologik markirovkalash hujjatiga ega davlat xaridlari ishtirokchilariga vositachilik yigimi miqdoriga nisbatan 30 foiz chegirma beriladi hamda ular tomonidan qo‘shimcha zakalat mablag‘lari kiritish talab etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) davlat buyurtmachilari elektron kooperatsiya portali, elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion savdolari orqali xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) birinchi navbatda ekologik markirovkalash hujjatiga ega ishtirokchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha ekologik markirovkalash hujjatiga ega bo‘lgan ishtirokchilar mavjud bo‘lmagan taqdirdagina, ularni boshqa ishtirokchilardan xarid qilishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ayrim tovar guruhlarining davlat xaridlarida qo‘llanadigan namunaviy ekologik mezonlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki, davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bog‘liq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazadi. Bunda ushbu ko‘rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari ekologik markirovkalash hujjatlarini olishini rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish, shuningdek, ekologik markirovkalash hujjatlarini olish uchun to‘lov miqdorini keskin kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar davlat xaridlari maxsus axborot portalidagi “Yashil” davlat xaridlari sahifasiga quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish choralarini ko‘rsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan “yashil” davlat xaridlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimida (keyingi o‘rinlarda — ekologik markirovkalash tizimi) avtorizatsiyadan o‘tgan mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini baholovchi yuridik shaxslar ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik markirovkalash hujjatiga ega bo‘lgan va/yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari) ekologik markirovkalash hujjatiga ega tadbirkorlik subyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning sifati, texnik tavsiflari hamda ishlab chiqarish jarayonlariga nisbatan belgilangan ekologik mezonlar ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) har yili xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xaridlari subyektlari uchun “yashil” davlat xaridlari sohasida xabardorlikni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli bepul o‘qitish kurslarini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda davlat buyurtmachilarining mas’ul xodimlari uchun “yashil” davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-martga qadar ushbu qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan namunaviy ekologik mezonlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda to‘rt oy muddatda ekologik markirovkalash tizimini “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi hamda davlat xaridlari maxsus axborot portaliga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur band qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan so‘ng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 18-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
371-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 371-son qaroriga
1-ILOVA

Ayrim tovar guruhlarining davlat xaridlarida qo‘llanadigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY EKOLOGIK MEZONLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori bo‘yicha nomi

Mezonlar

1.

Go‘sht va go‘shtli oziq-ovqat mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Hayvon (to‘yingan) yog‘larining o‘rni o‘simlik (to‘yinmagan) yog‘lari bilan almashtirilgan bo‘lmasligi.

Go‘sht va qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarining hajmini ko‘paytirish uchun karraginan eritmalari (E-407) va uning hosilalaridan foydalanilmagani.

2.

Sut va sut mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Mahsulot tarkibida sut yog‘i, oqsili yoki sutning boshqa komponentlarining o‘rnini bosish yoki tayyor mahsulot xususiyatlarini yaxshilash uchun sutga oid bo‘lmagan qo‘shimchalar (palma yog‘i va boshqalar) bo‘lmasligi kerak.

3.

To‘qimachilik va to‘qimachilik mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Kiyim-kechak.

Paxta va organik bo‘lmagan boshqa tabiiy tolalar tarkibida aldrin, kaptafol, xlordan, DDT, dildrin, endrin, geptaxlor, geksaxlorbenzol, geksaxlorsiklogeksan (izomerlarning umumiy miqdori), 2,4,5-T, xlordimeform, xlorbenzilat, dinozeb va uning tuzlari, monokrotofos, pentaxlorfenol, toksafen, metamidofos, metilparafin, paration, fosfamidon, glyufosinat va glifosat moddalaridan har birining miqdori 0,05 mg dan oshmasligi.

4.

Tovarlarni qadoqlash uchun ishlatiladigan qoplar va paketlar.

1. Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlar uchun faqat A, V, O1, O2 markali o‘ram qog‘ozlari va oqartirilmagan sellyulozadan tayyorlangan silliq sellyuloza kartonidan foydalanilgani.

Rezervuarlar, sisternalar va shunga o‘xshash metalldan tayyorlangan katta sig‘imli saqlagichlar.

2. Boshqa barcha hollarda E markali o‘ram qog‘ozlari (makulatura hamda sellyuloza va qog‘oz ishlab chiqarishning tolali chiqindilaridan tayyorlangan) va makulatura kartonidan (ikkilamchi xom ashyodan tayyorlangan) foydalanilgani.

5.

Shaxsiy gigiyena, kiyim yoki poyafzalni tikish yoki tozalashda qo‘llanadigan yo‘l uchun to‘plamlar.

Tabiiy yoki aralash charmdan, plastmassa listi, to‘qimachilik materiallari, vulkanizatsiya qilingan tolalar yoki kartondan tayyorlangan shunga o‘xshash mahsulotlar.

Xo‘jalik va sanitariya-gigiyena buyumlari hamda hojatxona ashyolari.

Tibbiy maqsadlardagi buyumlar.

Boshqa guruhlarga kiritilmagan boshqa to‘qimachilik mahsulotlari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

6.

Yog‘och, po‘kak, somon va to‘qish uchun materiallardan mahsulotlar.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Plastmassa buyumlar, arralangan va randalangan yog‘och materiallari.

1) xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda quyidagi og‘ir metallardan foydalanilmagani:

surma;

margimush;

kadmiy;

xrom;

mis;

qo‘rg‘oshin;

simob;

selen;

qalayorganik birikmalar;

2) yonish ingibitorlari sifatida quyidagilardan foydalanilmaganligi:

polibromlangan difenillar (PBD);

geksabromsiklododekan;

xlor tarkibli moddalar;

surma oksidlari.

7.

Kanselyariya qog‘oz anjomlari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Suratga olish qog‘ozlari.

Qog‘oz tarkibidagi ikkilamchi xomashyo kamida 35 foizni tashkil etishi.

8.

Gulqog‘oz.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Gulqog‘ozlar tarkibida ftalatlardan foydalanilmagani.

9.

Neft mahsulotlari.

1) benzin yonilg‘isi “Yevro-4” dan past bo‘lmasligi;

2) dizel yonilg‘isi “Yevro-5” dan past bo‘lmasligi.

10.

Lok-bo‘yoq va shunga o‘xshash sirtga qoplash uchun materiallar, poligrafiya bo‘yoqlari va mastikalar.

Hojatxona qog‘ozi va qog‘oz sochiqchalar (salfetkalar) tarkibidagi ikkilamchi xomashyo 100 foizni tashkil etishi.

Lok va bo‘yoqlar suv asosida bo‘lishi kerak.

Lok va bo‘yoqlarning iste’mol darajasi:

tashqi ishlar uchun — 6 m2/l dan;

ichki ishlar uchun — 8 m2/l dan;

dekorativ suvoq uchun — 1 m2/l dan kam bo‘lmasligi kerak.

11.

Sovun va yuvish vositalari, tozalovchi va silliqlovchi vositalar, atir-upa va go‘zallik vositalari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Tarkibida quyidagilarning bo‘lmasligi:

Fosfatlar, xlorning organik birikmalari va gipoxloritlar, formaldegid, formaldegid donorlari, jumladan, bronopol, armordoks, diazolidinilmochevina, gidroksimetilglitsinat natriya, dimetilol, glikol, dimetilol mochevina, DMDM-gidantoin, kvaternium-15, tetrametilol glikol furil.

12.

Keramika qurilish materiallari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Plastmassa buyumlar.

Tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori mahsulot umumiy og‘irligining 0,5 foizidan, kadmiy miqdori 0,1 foizidan ortiqni tashkil etmasligi kerak.

13.

Qurilish gipsidan tayyorlangan mahsulotlar.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda quyidagi og‘ir metallardan foydalanilmagani:

surma;

margimush;

kadmiy;

xrom;

mis;

qo‘rg‘oshin;

simob;

selen;

qalayorganik birikmalar.

14.

Qurilish aralashmalari va eritmalari.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Xomashyo komponentlari sifatida va mahsulotni ishlab chiqarishda kuyidagi og‘ir metallardan foydalanilmagani:

surma;

margimush;

kadmiy;

xrom;

mis;

qo‘rg‘oshin;

simob;

selen;

qalayorganik birikmalar.

15.

Batareya va akkumulyatorlar.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Tokning kimyoviy manbalari bir marotaba foydalaniladigan bo‘lmasligi.

16.

Uskunalar va elektr yoritkichlar. Maishiy anjomlar.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Energiya samaradorligi “A” klassdan past bo‘lmasligi.

17.

Avtotransport vositalari.

Zararli moddalar tashlamalari bo‘yicha:

benzinli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun — “Yevro-4” dan;

dizelli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun — “Yevro-5” dan;

benzinli yoki dizelli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan avtobus va yuk avtomobillari uchun — “Yevro-4” dan;

transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari uchun — “Yevro-4” dan past bo‘lmasligi.

18.

Mebel.

Tovar (ish, xizmat) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan taqdirda, ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilishi.

Plastmassaning har qanday materiallar bilan kompozitlaridan foydalanilmagan bo‘lishi (shisha tola bundan mustasno).

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 371-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibiga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 10-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi tahrirdagi 342-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“342. Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligini baholashda tadbirkorlik subyekti mazkur sertifikatga ega bo‘lsa — 2 ball beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2-ilova quyidagi tahrirdagi 25-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

25.

Ekologik markirovkalash sertifikatining mavjudligi

Kunlik

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2025-y., 09/25/371/0512; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)