1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda mehnat migratsiyasi jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi taʼsir choralarini qoʻllash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarni ushbu fuqarodan undirib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalarini qaytarib undirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborish boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada shartnoma shartlari bajarilmagani uchun jarima va uchinchi shaxslarning kafilligini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xususiy bandlik agentliklari faoliyatining litsenziya talablari va shartlaridan biri sifatida chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgan shaxslarni ushbu davlatning qonunchiligi va unda boʻlish qoidalari boʻyicha majburiy oʻqitishni kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish va ularni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.09.00 Migratsiya (05.01.09.00 ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.04.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekistondan chiqishi va kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuziga va obroʻ-eʼtiboriga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir maʼlumotlar Migratsiya jarayonlariga doir maʼlumotlarning yagona elektron bazasi (keyingi oʻrinlarda — Yagona maʼlumotlar bazasi) orqali yuritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Yagona maʼlumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalaridan olingan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan shaxslar haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan uning xorijdagi vakolatxonalaridan (vakillaridan) olingan maʼlumotlar kiritib boriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.04.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekistondan chiqishi va kirishi;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 405-bandi “i” kichik bandiga muvofiq ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilmaydi. Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ushbu qaror doirasida masʼul vazirlik va idoralar bir oy muddatda tegishli axborot tizimlarining Yagona maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.01.00 Tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlar sohasida boshqaruv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet elda noqonuniy huquqiy holatda boʻlib turgan va deportatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toʻgʻrisida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan doimiy axborot almashish tizimini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda doimiy ravishda chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketayotgan va chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar oʻrtasida xorijda boʻlish qoidalari, inson uchun xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklardan himoyalanish hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuziga va davlat obroʻ-eʼtiboriga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etmaslik boʻyicha tushuntirish va targʻibot ishlarini, shu jumladan, mobil ilovalar hamda boshqa media resurslardan foydalangan holda amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda xorijiy davlatning qonunchiligi va ushbu davlatda boʻlish qoidalariga majburiy oʻqitilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni “xorijda.ish” platformasiga kiritish imkonini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgan shaxslarni xorijiy davlatning qonunchiligi va ushbu davlatlarda boʻlish qoidalari boʻyicha oʻquv dasturini hamda zarur oʻquv metodik materiallarni ishlab chiqib, xususiy bandlik agentliklariga bepul taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ushbu davlatda ular bilan birga yashayotgan farzandlarining umumiy oʻrta taʼlim olish huquqini taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu qaror 2025-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Migratsiya agentligi direktori B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 13-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
313-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 313-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va ularni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.09.00 Migratsiya (05.01.09.00 ga qarang);
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom chet elga tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — deportatsiya qilingan fuqarolar) Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan qaytarish va ularni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibini hamda deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ishtirokini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini Oʻzbekistonga qaytarib yuborish xarajatlari xorijiy davlat tomonidan qoplab beriladigan holatlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlar hududida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish hamda ularni va halok boʻlganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mustaqil ravishda chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mablagʻsiz qolgan hollarda ularni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqaro — tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va boʻlib turgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsullik mansabdor shaxsi — konsullik muassasasining rahbari, shuningdek, diplomatik vakolatxona konsullik boʻlimining mudiri yoki konsullik vazifalarini bajarish vakolati berilgan diplomatik vakolatxona xodimlaridan biri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport xarajatlari — deportatsiya qilingan fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelishi uchun havo, temir yoʻl transporti chiptalarini sotib olish yoki avtotransport xizmatlari haqini toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.07.00 Migratsiya masalalari. Kirish va chiqish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Deportatsiya qilingan fuqarolar quyidagilar asosida qaytariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — xorijdagi muassasa) murojaati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqarolar va ularning yaqin qarindoshlarining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) xorijdagi vakolatxonalari (vakillariga), hududiy filiallariga murojaati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan deportatsiya qilingan fuqarolar boʻyicha maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Deportatsiya qilingan fuqarolar ularning transport xarajatlarini (havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻli) moliyalashtirish orqali qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deportatsiya qilingan fuqaroga mablagʻlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish orqali moliyaviy yordam koʻrsatish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Deportatsiya qilingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularning hisobi Migratsiya jarayonlariga doir maʼlumotlarning yagona elektron bazasi (keyingi oʻrinlarda — Yagona maʼlumotlar bazasi) orqali yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Yagona maʼlumotlar bazasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijdagi muassasalardan olingan, shuningdek, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari taqdim etgan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari (vakillari) taqdim etgan maʼlumotlar kiritiladi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarishni tashkil etish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Deportatsiya qilingan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga muvofiq Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Deportatsiya qilingan fuqaro xorijdagi muassasaga yoki Agentlik vakolatxonasiga (vakiliga) quyidagi hujjatlar bilan murojaat qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Agentlik direktori nomiga ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu fuqaroning shaxsini yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) deportatsiya qilinishiga aloqador xorijiy davlat hududidagi vakolatli organlar va muassasalar tomonidan berilgan rasmiy hujjat (mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) chet elga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deportatsiya qilingan fuqaroning shaxsini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻqotib qoʻyilgan boʻlsa yoki bunday hujjat mavjud boʻlmasa, moliyaviy yordam berish masalasi uning shaxsi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganidan soʻng koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlikning vakolatxonasi (vakillari) mavjud boʻlmagan davlatlarda deportatsiya qilingan fuqarolar ushbu davlatlarga xizmat koʻrsatuvchi xorijdagi muassasalarga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Deportatsiya qilingan fuqaroning arizasi Agentlikning vakolatxonasi (vakillari) yoki xorijdagi muassasa tomonidan bir ish kuni ichida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Deportatsiya qilingan fuqaroning arizasini oʻrganish vaqtida Agentlik vakolatxonasi xodimi (vakili) yoki konsullik mansabdor shaxsi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizada keltirilgan asoslarning toʻgʻriligini oʻz vakolatlari doirasida tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroning deportatsiya qilinishi sabablarini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agentlik vakolatxonasi xodimi (vakillari) yoki konsullik mansabdor shaxsi deportatsiya qilingan fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish asosida bir ish kuni mobaynida moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik vakolatxonasi xodimi (vakili) bevosita, konsullik mansabdor shaxsi esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali xulosani Agentlikka taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agentlik deportatsiya qilingan fuqaroga moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va Agentlik vakolatxonasi xodimi (vakillari) hamda konsullik mansabdor shaxsining xulosasini bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Deportatsiya qilingan fuqaro chet elga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborilmagani aniqlangan hollarda, Agentlik tomonidan rad javobi beriladi va bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Agentlik xorijdagi vakolatxonasi (vakili) xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa holatlarni sabab qilgan holda yordam koʻrsatishni rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi deportatsiya qilingan fuqaroga moliyaviy yordam koʻrsatish rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotni deportatsiya qilingan fuqaroga bir ish kuni ichida xabar qilish uchun xorijdagi muassasaga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning vakolatxonasi (vakillari) tomonidan deportatsiya qilingan fuqaroni moliyaviy yordam koʻrsatish rad etilgani toʻgʻrisida Agentlikdan javob xati olgan kunning oʻzida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Deportatsiya qilingan fuqaro moliyaviy yordam koʻrsatish rad etilgani toʻgʻrisida uning arizasi qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda xabardor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Deportatsiya qilingan fuqaroning moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizasi ijobiy koʻrib chiqilganidan soʻng bir ish kunida Agentlik va fuqaro oʻrtasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qarz shartnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomaga muvofiq moliyaviy yordam olgan shaxs ushbu mablagʻlarning oʻrnini moliyaviy yordamni olgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun muddatda qoplash majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deportatsiya qilingan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati topshirigʻi asosida Oʻzbekistonga qaytarilgan taqdirda, ular bilan qarz shartnomasi tuzilmaydi va fuqarolarni qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Davlat budjeti hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Deportatsiya qilingan fuqaroga koʻrsatilgan moliyaviy yordam summasi Agentlikning Migratsiya jamgʻarmasiga qaytariladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tashkillashtirilgan tartibda yoki oʻzi mustaqil ravishda chet elga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketgan va xorijiy davlatda boʻlish davrida ushbu davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga Agentlik tomonidan quyidagi cheklov va taʼsir choralari qoʻllanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalarini qaytarishni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborish boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari bajarilmagani uchun nazarda tutilgan jarimani undirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Agentlik tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy yordam, subsidiya, kompensatsiya va jarima summalari belgilangan muddat ichida toʻlanmagan taqdirda, Agentlik ushbu mablagʻlarni undirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 167 va 218-moddalari, Fuqarolik protsessual kodeksining 257-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi hamda boshqa masʼul vazirlik va idoralar oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish boʻyicha faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.01.00 Tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlar sohasida boshqaruv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish boʻyicha quyidagilarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.01.00 Tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlar sohasida boshqaruv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqarolar toʻgʻrisida tegishli vazirlik va idoralar oʻrtasida tezkor axborot almashishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan deportatsiya qilingan fuqarolarni vatanga qaytarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi, umumlashtiradi, tahlil qiladi va Yagona maʼlumotlar bazasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda deportatsiya qilingan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishda ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan deportatsiya qilingan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlash choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqarolar oʻrtasida chet elda boʻlish qoidalarini tushuntirish va profilaktika tadbirlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi deportatsiya qilingan fuqarolar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida inson uchun xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklardan muhofazalanish boʻyicha tushuntirish hamda profilaktika tadbirlarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarishda tezkor transport (havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻli) xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik va xorijdagi muassasalarni havo transportining joʻnab ketish sanasi, joyi, tayyorgarlik muddati, vaqti, shuningdek, harakatlanish yoʻnalishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agentlik tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy yordam summasi, subsidiya, kompensatsiya va jarima summalarini undirish boʻyicha sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra bajarilmaganda, davlat ijrochisi Agentlikning arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi, Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va ularni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori
________________________________ga ____ __________yilda tugʻilgan pasport (xorijga chiqish pasporti) seriyasi ___ _____
________________________________da (xorijiy davlat hududidagi yashash manzili) ________________________________ (telefon raqami va el.pochta manzili) ________________________________dan (F.I.O.)
ARIZA
Men ______________________________________________________________________________________
(tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborgan tashkilot)
tomonidan tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirilgan edim.
Ushbu ishga joylashtirilgan davlatimda _______________________________________________________
Shu munosabat bilan meni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishimda yordam berishingizni soʻrayman.
Ilova: ________________________________
_______________________________
(hujjatlar roʻyxati)
20 __ yil “____” _________________________________
(F.I.O.)
_____________
(imzo)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va ularni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARZ SHARTNOMASI _____-son
_________________
20__ yil “___”________
Keyingi oʻrinlarda “Qarz beruvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi nomidan ustav asosida faoliyat koʻrsatuvchi direktor ____________________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan _______________________________________________________
(fuqaroning F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasport seriyasi _____ raqami _______________, ____ _________ ________ yilda ___________________________ tomonidan berilgan,
“___” ________ _____ yilda tugʻilgan, ish joyi ________________________ ikkinchi tomondan, birgalikda shartnomaning taraflari deb nomlanadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 17-oktabrdagi PF-162-son Farmoniga asosida quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:
1.SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Qarz beruvchi Qarz oluvchiga xorijiy davlatlarda qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan taqdirda, umumiy ___________________ (______________________________________) miqdoridagi mablagʻni qarzga beradi, Qarz oluvchi esa oʻz zimmasiga mazkur shartnomaning shartlariga muvofiq qarz sifatida olingan mablagʻni oʻz vaqtida qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Qarz summasi Qarz oluvchi Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelish uchun transport chiptalari (havo, temir yoʻl) sotib olish yoki avtotransport xizmatlarini toʻlash uchun ajratiladi.
2. QARZ AJRATISH VA UNI QAYTARISH BOʻYICHA TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. Qarz oluvchining moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizasi ijobiy koʻrib chiqilganidan soʻng bir ish kunida Qarz beruvchi mazkur shartnomaning 1.2-bandiga asosan Qarz oluvchiga transport chiptasi sotib olib berish uchun mablagʻlarni toʻgʻridan-toʻgʻri taʼminotchilarga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi. Moliyaviy yordam Qarz oluvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri pul mablagʻlarini ajratish orqali amalga oshirilmaydi.
2.2. Qarz summasi berilgan vaqtdan eʼtiboran 30 (oʻttiz) kun muddatga taqdim etiladi va ushbu muddat davomida Qarz oluvchi tomonidan qaytarilishi kerak.
2.3. Qarz summasi Qarz oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti “boshqa daromadlar turlariga kirim qilish” gʻazna hisobvaragʻiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida mablagʻ kiritish yoʻli bilan qaytariladi.
2.4. Shartnomaga asosan fuqaroga berilgan qarz uchun foizlar belgilanmaydi.
2.5. Fuqaroning aybli xatti-harakatlari tufayli Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelish imkoniyati mavjud boʻlmasligi avia chipta xarajatlarini qoplab berish majburiyatini istisno etmaydi.
3. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
3.1. Ushbu Shartnomaning majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun taraflar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va ushbu Shartnomaning shartlariga muvofiq javob beradilar.
3.2. Qarz summasi belgilangan muddat ichida ixtiyoriy qaytarilmagan taqdirda,har bir bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foiz, biroq umumiy qarz summasining 50 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.
4. FORS-MAJOR HOLATLARI
4.1. Taraflarning birontasi ham boshqa tarafning oldida ushbu Shartnoma boʻyicha qolgan majburiyatlarni taraflarning erki va istagidan tashqari paydo boʻlgan va ularni oldindan koʻra bilish yoki bartaraf etish mumkin boʻlmagan quyidagi holatlarda majburiyatlardan ozod qilinadi: hukumat tomonidan taqiqlanish, fuqarolik tartibsizliklari, yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi, qamal holati, eksport yoki import operatsiyalarining hukumat tomonidan taqiqlanishi, zilzila, suv toshqini, yongʻin yoki boshqa tabiiy ofatlar.
Shu bilan birga, Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati bundayholatlar va ularning oqibatlari muddatiga mutanosib ravishda kechiktiriladi.
4.2. Ushbu Shartnomaning 4.1-bandida koʻrsatilgan holatlar yuz berganda, bir taraf 10 kun muddat ichida ikkinchi tarafga yozma xabar berishga majburdir.
4.3. Vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjat favqulodda vaziyatning mavjudligini va davomiyligini yetarli darajada tasdiqlaydi.
5. SHARTNOMANING AMAL QILISHI
5.1. Mazkur Shartnoma Tomonlar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va tomonlar uchun shartnoma bandlarida belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan taqdirda tugatilgan hisoblanadi.
6. NIZOLARNI HAL ETISH
6.1. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolar tomonlarning kelishuviga asosan hal etiladi. Tomonlar kelishuvga erisha olmagan taqdirda mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal qilinadi.
7. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
7.1. Shartnomaga kiritilishi lozim boʻlgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat yozma ravishda amalga oshirilib, taraflar imzolaganidan soʻng haqiqiy deb eʼtirof etiladi. Taraflarning tegishli qoʻshimcha bitimlari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
7.2. Ushbu Shartnomaga oid, lekin Shartnomaga kiritilmagan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida hal etiladi.
7.3. Ushbu Shartnoma taraflar uchun bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tayyorlandi.
8. TARAFLARNING POCHTA MANZILLARI, TOʻLOV REKVIZITLARI VA IMZOLARI:
Qarz oluvchi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi
(F.I.O.)
Pochta manzili: _____________________
___________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi)
Pasport seriyasi va raqami ___ ________
Kim tomonidan berilgan _____________
___________________________________
JSHSHIR (STIR) ____________________
______________________ __________
(Qarz oluvchining F.I.O.) (imzo)
Qarz beruvchi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
Pochta manzili: ______________________ _____________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining Gʻaznachilik hisobvaragʻi:
_____________________________________
Bank nomi: _________________________
____________________ ____________
(Direktor F.I.O.) (imzo)
M.Oʻ.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 313-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “d1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“d1) chet elga ishga yuborilayotgan shaxslarni borayotgan davlatining qonunchiligi, unda boʻlish qoidalari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chet elga ishga yuborilayotgan shaxslarga borayotgan davlati qonunchiligi, unda boʻlish qoidalarini oʻqitish boʻyicha taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma ilova qilinadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2025-y., 09/25/313/0435-son)