1-ILOVA
1. | J.A. Xodjayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi |
2. | A.A. Abduxakimov | — | ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari |
3. | L.Sh. Kudratov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri |
4. | J.T. Mirzamahmudov | — | energetika vaziri |
5. | B.F. Islamov | — | togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri |
6. | Sh.R. Xamrayev | — | suv xoʻjaligi vaziri |
7. | Sh.J. Toʻxtaboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari |
8. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
9. | O.A. Pekos | — | raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
10. | A.R. Sormonkulov | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari |
11. | B.T. Abdullayev | — | ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi |
12. | D.K. Adilov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
13. | B.Q. Yusupaliyev | — | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi, Bosh davlat sanitariya vrachi |
14. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari (tegishli hududlar boʻyicha) |
15. | Sh.Sh. Hasanov | — | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori, Kengash kotibi |
2-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Tuman (shahar) nomi | Maydoni (gektar) |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Moʻynoq tumani | 15 |
2. | Andijon viloyati | Xoʻjaobod tumani | 17,7 |
3. | Buxoro viloyati | Kogon shahri | 20 |
4. | Jizzax viloyati | Sharof Rashidov tumani | 18,8 |
5. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi tumani | 17 |
6. | Navoiy viloyati | Xatirchi tumani | 15 |
7. | Namangan viloyati | Chust tumani | 15 |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand shahri | 15 |
9. | Surxondaryo viloyati | Angor tumani | 15 |
10. | Sirdaryo viloyati | Mirzaobod tumani | 15 |
11. | Toshkent viloyati | Ohangaron tumani | 14,7 |
12. | Fargʻona viloyati | Fargʻona tumani | 15 |
13. | Xorazm viloyati | Urganch tumani | 15 |
Jami | 208,2 | ||
4-ILOVA
T/r | Normativ-huquqiy hujjat | Normativ-huquqiy hujjat bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalar |
I. Amaldagi imtiyoz va preferensiyalar | ||
1. | Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi | 246-moddasining 6-bandida oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilishi belgilangan. 274-moddasining beshinchi qismida soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotida oʻrni qoplanishi uchun koʻrsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga toʻlashi shartligi belgilangan. 411-moddasi uchinchi qismi 6-bandida obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yongʻin xavfsizligi organining maʼlumotnomasi asosida amalga oshirilishi belgilangan. 426-moddasi ikkinchi qismi 11-bandi bilan kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va boshqa chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek, chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari) yer soligʻi boʻyicha soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi. 473-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab: 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga; 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga; 15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi. 483-moddasi oʻttiz yettinchi qismida chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq toʻlovchilar 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlashi belgilangan. |
2. | Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi | 297-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq: chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi 50 mln AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa; Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga; tovarlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari berilishi belgilangan. |
3. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4434-son Farmoni | 3-bandi bilan qiymati 50 mln AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz boʻlgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablagʻlari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirish boʻyicha tartib oʻrnatilgan. |
4. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori | 1-ilovasi bilan import bojxona bojlari stavkalari tasdiqlangan boʻlib, ushbu ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovar va mahsulotlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangan. |
5. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qarori | 1-bandi bilan Investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 mlrd soʻmdan) oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilgan. |
6. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189 son Farmoni | 2-bandi “v” kichik bandiga muvofiq 2025-yil 1-avgustga qadar maishiy, qurilish, tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish hamda biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonida foydalanish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar bojxona bojlari toʻlanishidan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilingan. |
7. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarori | 23-bandi “b” kichik bandi uchinchi xatboshisida tibbiyot chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinishi belgilangan. |
II. Yangi joriy etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar | ||
8. | Loyihani amalga oshirish davrida investorlarga loyiha amalga oshiriladigan, ekosanoat zonalar hududida joylashgan poligonlarga joylashtirilgan chiqindilardan utilizatsiya qilish (qayta ishlash hisobiga qoʻshimcha mahsulot va energiya ishlab chiqarish hamda chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish) uchun tekin foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda poligonlarga chiqindilarni joylashtirganlik uchun investorlarga toʻlov toʻlab berilmaydi. | |
9. | Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish boʻyicha I va II toifalarga mansub korxonalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmoniga 2a-ilovada keltirilgan chiqindilarni qayta ishlashni yoki ekologik xavfsiz tarzda utilizatsiya qilishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlar: a) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini oʻrnatganda: tabiatga zarar yetkazish boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish; tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 50 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarish; b) monitoring stansiyalarini oʻrnatib, kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini oʻrnatganda, tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 70 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarib berish koʻrinishidagi “yashil subsidiyalar”dan foydalanadi. | |
III. Kafolatlar | ||
10. | Barcha turdagi chiqindilardan ishlab chiqarilgan 1 kVt/soat elektr energiyasi investorlar bilan tuzilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan (kelishilgan) narxlarda xarid qilinadi. Bunda toʻlovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda investorlarga tegishli davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻliq toʻlab berilishi taʼminlanadi. | |
11. | Ekosanoat zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hududlarda joylashgan chiqindi poligonlariga termik yoqish orqali/ekologik utilizatsiya qilish oqibatida hosil boʻladigan 1 tonna uchuvchi (atrof-muhitga zararli) kullar (Fly Ash) 20 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida, 1 tonna yoquv pechining pastki qismidagi (atrof-muhitga zararsiz) kullar (Bottom Ash) 5 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida; ekosanoat zonalarida chiqindi yoqish zavodlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hududlarda joylashgan chiqindi poligonlariga 1 tonna qattiq maishiy chiqindi 80 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida chiqindini olib keluvchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlov evaziga qabul qilinadi. | |
12. | Agentlik muvofiqlashtiruvi ostida sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarning qulay logistikasi tashkil qilingan holda kafolatlangan chiqindilar miqdori ekosanoat zonalariga yetkazib beriladi. | |
13. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan havo elektr uzatish tarmoqlari oʻtadigan yer uchastkalariga, shuningdek, qurilish davrida vaqtincha foydalaniladigan yer uchastkasiga Yer kodeksi va Shaharsozlik kodeksi asosida ommaviy servitut belgilanadi. | |
14. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ ekosanoat zonalarini belgilangan tartibda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash choralarini koʻradi. | |
15. | Investitsiya loyihasi doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya qurib ishga tushirilganidan soʻng elektr uzatish tarmoqlari joylashgan yer maydonlari “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga beriladi. | |
5-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Yerdan foydalanuvchi nomi | Kontur raqami | Yer maydoni (ga) | shundan, (ga) | Oʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi | ||
sugʻoriladigan ekin yerlari | yaylov yerlar | boshqa yerlar | ||||||
Namangan viloyati Chust tumani | ||||||||
1. | “Zarafshon” MFY | “Zarafshon-2” kichik sanoat hududi | 463q, 462, 458, 464, 459 | 15,02 | 8,57 | 5,0 | 1,45 | Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar |
Toshkent viloyati Ohangaron tumani | ||||||||
2. | “Yangihayot” MFY | “Ohangaron Xurshid Agro fayz” fermer xoʻjaligi | 336q, 335q, 348q | 14,7 | 11,3 | 3,4 | Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar | |
Jami: | 29,72 | 19,87 | 5,0 | 4,85 | ||||
6-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Jismoniy va yuridik shaxslar | 1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yigʻish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yigʻish konteyneriga olib chiqadi. 2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn toʻlov platformalari orqali majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi. Bunda internet aloqasi bilan taʼminlanmagan, hudud markazidan olis masofada joylashgan aholi yashash punktlarida yashaydigan va faoliyat koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlovlarni istisno tariqasida tijorat banklari kassalari, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ pochta boʻlimlari orqali amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. | Doimiy | |||
2-bosqich | Sanitar tozalash korxonalari (operator) | 1. Hududlardan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshiradi. 2. Chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi. | Doimiy | |||
3-bosqich | Chiqindi poligonlari yoki qayta yuklash stansiyalari | 1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan olib kelingan maishiy chiqindilarni qabul qiladi, saralaydi va utilizatsiya qilinishini tashkil etadi. 2. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan va utilizatsiya qilingan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi. | Doimiy | |||
4-bosqich | Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi | 1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi tomonidan toʻlangan majburiy toʻlovlarning Agentlikning maxsus hisobvaragʻida jamlanishini tashkil etadi. 2. Sanitar tozalash korxonalari, chiqindi poligonlari va qayta yuklash stansiyalari tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga kiritilgan talabnomalarni oʻrganib chiqadi. 3. Hisobga olishning yagona elektron tizimi maʼlumotlari asosida poligonga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirgani uchun sanitar tozalash korxonasiga (alohida tartib asosida) va chiqindilar utilizatsiya qilingani boʻyicha har bir tonna chiqindi uchun “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi. | Doimiy | |||
”; |
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Jismoniy va yuridik shaxslar | 1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yigʻish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yigʻish konteyneriga olib chiqadi. 2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn toʻlov platformalari orqali majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi. | Doimiy | |||
2-bosqich | Sanitar tozalash korxonalari (operator) | 1. Maishiy chiqindilarni hududlardan olib chiqadi hamda chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, termik usulda yoqish zavodiga yoki ekosanoat zonasiga topshiradi. | Doimiy | |||
2. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari yoki ekosanoat zonasiga topshirilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etib boradi. | Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy | |||||
3-bosqich | Qayta yuklash stansiyalari | 1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi. | Doimiy | |||
2. Qabul qilingan maishiy chiqindilarni ekosanoat zonasi, chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodiga yetkazib beradi. 3. Qabul qilingan, saralangan va yetkazib berilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi. | Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy | |||||
4-bosqich | Ekosanoat zonasi (chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodi) | 1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi, qayta ishlanadi, yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqariladi. | Doimiy | |||
2. Qabul qilingan, saralangan, qayta ishlangan va poligonlarga koʻmilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi. | Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy | |||||
5-bosqich | “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi | 1. Poligonga toʻgʻridan-toʻgʻri olib kelingan yoqilmagan, qayta ishlanmagan chiqindilar saralanadi hamda chiqindilarni yoqish va qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan kul utilizatsiya qilinadi. | Doimiy | |||
Bunda toʻlovlar yoqish natijasida hosil boʻlgan kul uchun ularning turi va utilizatsiya toifasiga koʻra alohida belgilanadigan tariflar asosida Agentlik maxsus bank hisobvaragʻiga qabul qilinadi. 2. Poligonlarda qabul qilingan va utilizatsiya qilingan chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi. | Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy | |||||
6-bosqich | Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi | 1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi va yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan majburiy toʻlovlarni hamda utilizatsiya qilingani uchun poligon toʻlovlarini Agentlikning maxsus hisobvaragʻida jamlanishini tashkil etadi. | Doimiy | |||
2. Hududdagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, saralash, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish toʻgʻrisida Agentlikning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi. 3. Hududdan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga topshirgani uchun — sanitar tozalash korxonasiga (toʻlov alohida tartib asosida), poligonlarga qabul qilingan chiqindilar uchun — “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga, chiqindilarni saralangani, qayta ishlangani, yoqilgani boʻyicha — chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga tegishli mablagʻlarni (Gate fee) oʻtkazib beradi. | Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy | |||||
”; |
“ | ||
72. | Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash. | Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 95 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 6 foizga oshirish. Yoqib, muqobil energiya ishlab chiqariladigan chiqindilar ulushini 35 foizga yetkazish, maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish. “Nol chiqindi” tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish, qayta ishlash va ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olgan ekosanoat zonalarni joriy etish. |
”. |
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Muddatlar | |||
1-bosqich | Sanitar tozalash korxonalari | 1. Har bir hudud boʻyicha maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi. 2. Agentlikka har bir hudud kesimidagi toʻlov summalarini taqdim qiladi. | Har yili 1-sentabrga qadar | |||
2-bosqich | Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (Agentlik) | 1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan toʻlov summalari asoslantirilganligini oʻrganib chiqadi. 2. Har bir hudud uchun chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi. 3. Maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun toʻlov summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda tegishli xulosa asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlariga kiritadi. 4. Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalarining xulosasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi. | Har yili 1-noyabrga qadar | |||
3-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | 1. Agentlik tomonidan taqdim qilingan toʻlov summalari miqdori toʻgʻrisidagi murojaatni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi. 2. Agentlik murojaatida belgilangan tariflarni qabul qilish yoki rad qilish masalasi asosliligini koʻrib chiqadi, Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari xulosasi asosida Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi. | Har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar | |||
4-bosqich | Xalq deputatlari mahalliy kengashlari | Maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. | Har yili 1-dekabrga qadar | |||
5-bosqich | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | 1. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan maishiy chiqindi xizmatlari tariflari koʻrib chiqilganligi va natijasi yuzasidan Agentlikka axborot taqdim qiladi. | Har yili 1-dekabrga qadar | |||
2. Agentlik tomonidan taqdim qilingan takliflar qabul qilinmagan taqdirda, taklif etilgan va tasdiqlangan tariflar oʻrtasidagi farqni har oyda qoplash uchun subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlaydi. | Har yili 1-yanvarga qadar | |||||
”; |