27.02.2025 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmak choralarini koʻrsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoni hamda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoniga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ijtimoiy yordam va xizmatlar (ijtimoiy nafaqadan tashqari) koʻrsatish toʻxtatilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmak koʻrsatish uchun ijtimoiy shartnoma tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnoma asosida koʻmak koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnomani rasmiylashtirish va unda nazarda tutiladigan shartlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnoma bajarilishini monitoring qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, mahallalardagi kambagʻal oilalarga koʻmak 2025-yil 1-martdan boshlab Sirdaryo viloyati Xovos tumanida, 2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning boshqa hududlarida ijtimoiy shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ushbu oilalarga toʻlanadigan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam miqdorini “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori bilan 30 foizgacha kamaytirish tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan 2025-yil 1-martdan boshlab “Raqamli mahalla” elektron platformasida ijtimoiy shartnoma asosida davlat tomonidan ijtimoiy koʻmakdan foydalanib, oʻzining majburiyatlarini bajarmagan fuqarolarning reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritilishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada belgilangan ijtimoiy koʻmak boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan fuqarolar kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kiritilgan shaxslarga ular Reyestrda boʻlgan davrda “mahalla yettiligi” yoki ularning vakillari tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlari uchun tavsiyalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaning mehnatga layoqatli aʼzolari band boʻlishi sharti bilan koʻrsatiladigan ayrim ijtimoiy xizmat va yordamlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaning mehnatga layoqatli aʼzolaridan band boʻlish sharti talab etilmaydigan holatlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki hafta muddatda quyidagilarni tasdiqlash uchun “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnoma asosida davlat tomonidan ijtimoiy koʻmakdan foydalanib, oʻzining majburiyatlarini bajarmagan fuqarolarning reyestrini yuritish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmakni koʻrsatish uchun ijtimoiy shartnomaning namunaviy shaklini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnoma asosida kambagʻal oilalarning mehnatga layoqatli aʼzolari bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolarining taʼlim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi bilan bogʻliq ijtimoiy yordam va xizmatlarning oʻz vaqtida va yetarli hajmlarda koʻrsatib borilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror ijrosini tashkil etishda yuzaga kelgan muammolar va ularni hal qilish choralari yuzasidan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga axborot kiritib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Raqamli mahalla” elektron platformasini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga integratsiya qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2025-yil yakuniga qadar kambagʻal oilaning mehnatga layoqatli aʼzolari band boʻlishi sharti bilan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zohidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 27-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmak choralarini koʻrsatish uchun ijtimoiy shartnoma tuzish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom kambagʻal oilalarni kambagʻallikdan chiqarish uchun zarur koʻmak choralarini koʻrsatish boʻyicha ijtimoiy shartnoma tuzish, unda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini monitoring va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnoma — kambagʻal oilalarga koʻmak choralarining muayyan majburiyatlarni bajarish sharti bilan koʻrsatilishini nazarda tutuvchi shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual reja — ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan oilani maxsus savolnoma asosida baholash yakuni boʻyicha shakllantiriladigan hamda ushbu oilani kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmak choralarini qamrab oluvchi reja;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oila — “mahalla yettiligi” tomonidan maxsus savolnoma asosida oilaning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijalariga koʻra Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻal oilalar reyestri — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan shakllantiriladigan, “mahalla yettiligi”ning oʻrganish natijalariga koʻra kambagʻal oila deb topilgan oilalar haqidagi maʼlumotlar reyestri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam — kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻmak choralari — qonunchilik hujjatlariga muvofiq kambagʻal oilalarga ularning ijtimoiy sharoiti, moddiy holati va ogʻir ijtimoiy vaziyatdan, shu jumladan, kambagʻallikdan chiqishiga koʻmaklashish orqali toʻlaqonli hayot kechirishini taʼminlashga qaratilgan yordam va xizmatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilaga, shu jumladan, uning aʼzolariga ijtimoiy shartnoma asosida ushbu oilaga nisbatan shakllantirilgan individual rejada belgilangan koʻmak choralari mazkur koʻmak choralarini koʻrsatish tartib-taomillarini nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ijtimoiy shartnomani rasmiylashtirish va uning asosida individual rejada belgilangan kambagʻal oilani kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmak choralari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kambagʻal oila bilan ijtimoiy shartnoma tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ijtimoiy shartnoma kambagʻal oilaning har bir muomalaga layoqatli vakili va ushbu oila yashaydigan mahallaning raisi hamda hokim yordamchisi oʻrtasida ushbu oilaga nisbatan shakllantirilgan individual reja tasdiqlangandan soʻng besh ish kuni ichida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ijtimoiy shartnoma ikki nusxada qogʻoz shaklida tuziladi hamda uning bir nusxasi kambagʻal oilaning muomalaga layoqatli vakiliga beriladi, ikkinchisi mahalla raisida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kambagʻal oilaga, jumladan, uning har bir muomalaga layoqatli aʼzosiga koʻmak choralari mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq tuzilgan ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan quyidagi majburiyatlarni bajarish sharti bilan koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oilaning mehnatga layoqatli aʼzolarining bandligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oilaning taʼlim tashkilotlarida oʻqiydigan aʼzolarini darslarda muntazam qatnashishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oilaga tegishli uy-joyning sanitariya holatini yaxshi saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oilaga tegishli tomorqadan samarali foydalanish (ekin ekish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar asosida ajratilgan moddiy-texnika vositalari va mablagʻlardan maqsadli foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kambagʻal oilaga, shu jumladan, uning har bir muomalaga layoqatli aʼzosiga mazkur oila boʻyicha shakllantirilgan individual rejada belgilangan tegishli koʻmak choralarini koʻrsatish tartib-taomillarini nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarida qoʻshimcha majburiyatlar yuklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ijtimoiy shartnoma ijrosini monitoring va nazorat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi “mahalla yettiligi” tomonidan muntazam ravishda monitoring qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshiriladigan monitoring natijasiga doir maʼlumotlar har oyda mahalla raisi tomonidan “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritib boriladi. Bunda monitoring yakuni boʻyicha kambagʻal oilaning har bir muomalaga layoqatli aʼzosi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning lozim darajada bajarilayotganligi aniqlangan taqdirda, tegishli koʻmak choralarini koʻrsatish davom ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida dalolatnoma shu kunning oʻzida rasmiylashtiriladi hamda “Raqamli mahalla” elektron platformasi orqali SMS-xabarnoma shaklida va “mahalla yettiligi” vakili tomonidan yozma shaklda tegishli majburiyatning oʻn besh ish kuni davomida bajarilishini taʼminlash lozimligi boʻyicha ogohlantirish beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mahalla yettiligi” tomonidan monitoring davomida kambagʻal oilaning har bir muomalaga layoqatli aʼzosi tomonidan unga yuklangan majburiyatlarning bajarilmasligi sabablari oʻrganiladi hamda tegishli majburiyatlarni bajarmaslik natijasida yuzaga keladigan oqibatlar haqida tushuntirish va maslahatlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Nizom 9-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq berilgan muddat tugagandan soʻng “mahalla yettiligi” tomonidan besh ish kuni davomida kambagʻal oila unga yuklangan majburiyatlarni bajarganligi yoki bajarayotganligi qayta monitoring qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qayta monitoring yakuni boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oila tomonidan ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi taʼminlangan taqdirda, tegishli koʻmak choralarini koʻrsatish davom ettiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizom 9-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilgan boʻlishiga qaramasdan, kambagʻal oila tomonidan ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda, mazkur Nizomning 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun mahalla raisi xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlarda hamda “mahalla yettiligi”ning vakili ijtimoiy shartnomada kambagʻal oilaga yuklangan majburiyatlarning bajarilmayotganligini aniqlagan taqdirda, bu haqida bir ish kuni ichida mahalla raisini xabardor qiladi. Bunda mahalla raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mahalla yettiligi” vakilining xabarini olgandan soʻng bir ish kuni ichida xabarda koʻrsatilgan kambagʻal oila tomonidan u bilan tuzilgan ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilayotganligini oʻrganib chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish yakuni boʻyicha “mahalla yettiligi” vakilining xabarida keltirilgan maʼlumotlar tasdiqlangan taqdirda, oilaga tegishli koʻmak choralarini koʻrsatishni toʻxtatish yoki kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam miqdorini kamaytirish boʻyicha “mahalla yettiligi”ga taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq kambagʻal oilalarga biriktirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda — biriktirilgan masʼullar) tomonidan ham monitoring qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda biriktirilgan masʼullar kambagʻal oila, shu jumladan, uning aʼzosi tomonidan ijtimoiy shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishida yuzaga kelgan muammolarni aniqlaydi hamda joyida bartaraf etish choralarini koʻrib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mahalla faollari va nuroniylari hamda koʻchaboshilar tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy shartnomadagi oʻz majburiyatlariga masʼuliyat bilan amal qilishi ustidan jamoatchilik nazorati amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda qoʻllaniladigan choralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Nizom 9 va 10-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilgan boʻlishiga qaramasdan, ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, “mahalla yettiligi” tomonidan kambagʻal oilaga koʻrsatilayotgan koʻmak choralarini koʻrsatishni toʻxtatish yoki kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam miqdorini mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq kamaytirish boʻyicha kollegial qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarori “Raqamli mahalla” elektron platformasi orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi hamda unda tegishli chorani koʻrishni talab etgan holatlar batafsil bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagi koʻmak choralari, shu jumladan, ijtimoiy yordam va xizmatlarni toʻxtatishga yoki uning miqdorini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parvarishlash nafaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlik nafaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshga doir nafaqa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan kafolatlangan koʻmak choralari, shu jumladan, ijtimoiy yordam va xizmatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kambagʻal oilalar tomonidan ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) kambagʻal oilaga tayinlangan va toʻlab kelinayotgan kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam quyidagi miqdorlarga kamaytiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monitoring va qayta monitoring yakuni boʻyicha tegishli majburiyatlar bajarilmagan taqdirda — 15 foizga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mahalla yettiligi”ning kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam miqdori 15 foizga kamaytirish haqidagi kollegial qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir oy oʻtganidan soʻng oʻtkazilgan monitoring va qayta monitoring natijasida kambagʻal oilaga ijtimoiy shartnoma bilan yuklangan majburiyatlar takroran bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda — 30 foizga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) individual rejada koʻrsatilgan koʻmak choralari, shu jumladan, oilaning mehnatga layoqatli aʼzolari band boʻlishi sharti bilan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlar roʻyxatida koʻrsatilgan koʻmak choralari toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar toʻxtatilgan va (yoki) kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam miqdorlari kamaytirilgan fuqarolar “Raqamli mahalla” elektron platformasida ijtimoiy shartnoma asosida davlat tomonidan ijtimoiy koʻmak choralaridan foydalanib, oʻzining majburiyatlarini bajarmagan fuqarolarning reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kiritilgan shaxslarga ular Reyestrda boʻlgan davrda “mahalla yettiligi” yoki ularning vakillari tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlari uchun tavsiyalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kambagʻal oilaning har bir mehnatga layoqatli aʼzosi “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori bilan unga koʻrsatilishi toʻxtatilgan ijtimoiy xizmatlardan qayta foydalanish, kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam miqdorini qayta tiklash va Reyestrdan chiqarish uchun tegishli kollegial qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan soʻng mahalla raisiga murojaat qilishi mumkin. Bunda mahalla raisi “mahalla yettiligi” vakili bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻal oilada tegishli koʻmak chorasi boʻyicha ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan hamda muqaddam bajarilmagan majburiyatni bajarishga toʻsqinlik qilgan holatlar bartaraf etilganligini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish yakuni boʻyicha kambagʻal oila tegishli majburiyatni bajarishi mumkin deb hisoblanganda, bu haqida xulosa rasmiylashtiriladi hamda ijtimoiy xizmatlarni qayta koʻrsatish, kam taʼminlangan oilalar uchun ijtimoiy yordam miqdorini qayta tiklash va Reyestrdan chiqarish masalasini koʻrib chiqish va kollegial qaror qabul qilish uchun “mahalla yettiligi”ga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kiritilgan shaxslar tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan tartibda murojaat qilinmagan taqdirda, ular bir yildan soʻng avtomatik ravishda Reyestrdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. “Mahalla yettiligi” tomonidan muqaddam koʻrsatilishi toʻxtatilgan (kamaytirilgan) koʻmak chorasini qayta (toʻliq miqdorda) koʻrsatish va Reyestrdan chiqarish masalasi mazkur bobda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. “Mahalla yettiligi” va biriktirilgan masʼullar tomonidan ijtimoiy shartnomaga muvofiq koʻrsatiladigan koʻmak choralarining samaradorligi va natijadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kambagʻal oila “Mahalla yettiligi” tomonidan qabul qilingan kollegial qaror toʻgʻrisida ushbu qaror qabul qilingandan soʻng ikki ish kuni davomida mahalla raisi tomonidan xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. “Mahalla yettiligi”ning kambagʻal oilaga muayyan koʻmak chorasini koʻrsatishni toʻxtatish haqidagi kollegial qarori qabul qilinishi munosabati bilan ushbu oilaga nisbatan shakllantirilgan individual rejaga oʻzgartirish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kambagʻal oilaga nisbatan shakllantirilgan individual rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, kambagʻal oilaning har bir mehnatga layoqatli aʼzosi bilan tuzilgan ijtimoiy shartnomaga ham oʻzgartirish kiritish talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. “Mahalla yettiligi” va biriktirilgan masʼullar tijorat banklari, Oʻzbekiston fermerlar kengashi hamda yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda kambagʻal oilalarning oʻz tomorqasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga, ishtiyoqi bor shaxslarning oʻzini oʻzi band qilishiga va tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishiga hamda oila aʼzolarining, ayollarning kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganishiga va ishga joylashishiga koʻmaklashib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ijtimoiy shartnoma ijrosiga doir, shu jumladan unga muvofiq koʻmak choralari koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahalla raisi tomonidan “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. “Mahalla yettiligi”, biriktirilgan masʼullar hamda boshqa koʻmak choralarini koʻrsatuvchi tashkilotlar xodimlari ijtimoiy shartnomani rasmiylashtirish va u boʻyicha koʻmak choralarini koʻrsatish jarayonida ularga maʼlum boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mazkur Nizomning ijrosi samarali tashkil etilishi hamda unda belgilangan talablarga rioya etilishi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmak choralarini koʻrsatish uchun ijtimoiy shartnoma tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy shartnomani rasmiylashtirish va u asosida kambagʻal oilani kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan koʻmak choralarini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Kambagʻal oilaning muomalaga layoqatli aʼzosi

Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejaga kiritilgan koʻmak choralaridan foydalanish uchun oʻzi yashaydigan hududdagi hokim yordamchisi yoki ijtimoiy xodimga murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, kambagʻal oilaning har bir muomalaga layoqatli aʼzosi

Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejaga kiritilgan koʻmak choralaridan foydalanish uchun ijtimoiy shartnoma tuzadi.

Individual reja tuzilganidan soʻng besh ish kunida

3-bosqich

Koʻmak choralarini koʻrsatuvchi tashkilotlar

Kambagʻal oilaga ijtimoiy shartnomaga muvofiq Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejaga kiritilgan koʻmak choralarini koʻrsatadi.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda

4-bosqich

“Mahalla yettiligi”

1. Ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini monitoring qiladi.

Muntazam ravishda

2. Ijtimoiy shartnomada belgilangan tegishli koʻmak chorasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda SMS-xabarnoma shaklida yoki yozma shaklda ogohlantirish beradi.

Monitoring yakuni bilan

3. Yozma ogohlantirishda tegishli majburiyatni bajarish uchun berilgan muddat davomida kambagʻal oilaning aʼzolariga yuklangan majburiyatlarning bajarilishini qayta monitoring qiladi.

4. Qayta monitoring yakuni boʻyicha kambagʻal oila aʼzolariga koʻmak choralarini koʻrsatishni davom ettiradi yoki ularni toʻxtatish va tegishli nafaqa (moddiy yordam) miqdorini kamaytirish tarzida chora koʻrilishini taʼminlash uchun mahalla raisini xabardor qiladi.

Besh ish kuni ichida

5-bosqich

Mahalla raisi

1. “Mahalla yettiligi”ning xabari asosida kambagʻal oila aʼzolari tomonidan ularga yuklangan majburiyatlar bajarilayotganligini oʻrganadi.

2. Oʻrganish yakunida kambagʻal oila aʼzolari tomonidan ularga yuklangan majburiyatlar bajarilmayotganligi aniqlangan taqdirda, tegishli chora koʻrish uchun “mahalla yettiligi”ga taklif kiritadi.

Besh ish kuni ichida

6-bosqich

“Mahalla yettiligi”

1. Mahalla raisining taklifi asosida kambagʻal oilaning tegishli majburiyatlarni bajarmayotgan aʼzosiga chora koʻrish masalasini koʻrib chiqadi.

2. Kambagʻal oilaning tegishli majburiyatlarni bajarmayotgan aʼzosiga koʻrsatilayotgan koʻmak choralarini koʻrsatishni toʻxtatish, tegishli nafaqa (moddiy yordam) miqdorini kamaytirish hamda Reyestrga kiritish haqida kollegial qaror qabul qiladi.

Oʻn ish kuni ichida

7-bosqich

Kambagʻal oilaning muomalaga layoqatli aʼzosi

Toʻxtatilgan ijtimoiy xizmatni qayta koʻrsatish, kamaytirilgan nafaqa (moddiy yordam) miqdorini tiklash
va Reyestrdan chiqarish uchun mahalla raisiga murojaat qiladi.

Ijtimoiy xizmatlarni toʻxtatish (nafaqa yoki moddiy yordam miqdorini kamaytirish) boʻyicha kollegial qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan soʻng

8-bosqich

Kambagʻal oilalarga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari

1. Ijtimoiy shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini monitoring qilib boradi.

2. Kambagʻal oila tomonidan
ijtimoiy shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarishda yuzaga kelgan muammolarni joyida bartaraf etish choralarini koʻrib boradi.

Har oyda ikki marotaba

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaning mehnatga layoqatli aʼzolari band boʻlishi sharti bilan koʻrsatiladigan ayrim ijtimoiy xizmat va yordamlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ijtimoiy xizmat va yordamlar nomi

Masʼullar

Monitoringni amalga oshiruvchi masʼullar*

2025-yil 1-martdan

1.

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turar joy ijarasi uchun kompensatsiya**

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy xodim

2025-yil 1-oktabrdan

2.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya**

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar yetakchisi

3.

Xotin-qizlarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya**

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Xotin-qizlar faoli

4.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni vaqtincha boshpanalar (shelterlar)ga joylashtirish**

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy xodim

5.

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish***

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi

Xotin-qizlar faoli,
Yoshlar yetakchisi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Oilaning mehnatga layoqatli aʼzolari band boʻlishi sharti bajarilmagan taqdirda, monitoringni amalga oshiruvchi masʼullar tomonidan “mahalla yettiligi” vakiliga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilish yuzasidan taklif kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda oilaning mehnatga layoqatli aʼzolaridan band boʻlishi sharti 4-oydan boshlab qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Ijtimoiy xizmat va yordamlarni taqdim etish boʻyicha murojaatlar qanoatlantirilgan, biroq amalda koʻrsatilmagan boʻlsa, ularni koʻrsatish “mahalla yettiligi”ning talabnomasiga muvofiq toʻxtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaning mehnatga layoqatli aʼzolaridan band boʻlish sharti talab etilmaydigan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bola uch yoshga toʻlguniga qadar parvarish qilayotgan onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlar (taʼlimning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ishlamaydigan pensionerlar, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, II va III guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi boʻlgan, shu jumladan, OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarning onalari (onasi boʻlmagan holda otasiga), oila aʼzosi hisoblangan I guruh nogironligi boʻlgan shaxsni yoki oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan keksalarni parvarish qilayotganlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi boʻyicha jazoni ijro etish muassasalarida boʻlganligi munosabati bilan oilada boʻlmagan aʼzolari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oilaning chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan aʼzolari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bolasini yolgʻiz tarbiyalayotgan yolgʻiz onalar (otalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida roʻyxatga olingan, ushbu boʻlim tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Toʻrt va undan ortiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan farzandi mavjud boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli har bir aʼzosi*.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turgan oila aʼzolar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ijtimoiy xizmat yoki yordamdan foydalanishni soʻrab murojaat qilgan shaxs yoki uning oila aʼzosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron oila aʼzosi boʻlganda ushbu qoida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etiladigan maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Xizmatlar sohasi

Taqdim etiladigan maʼlumot

Ijro muddati

Masʼul organ

1.

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi xizmatlar

1. Inklyuziv taʼlim joriy etilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirilgan tarbiyalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot (MTT raqami, guruhi).

2. Inklyuziv taʼlim joriy etilgan davlat maktablariga joylashtirilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot (maktab raqami, sinfi).

3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi mavjud oʻrinlar, guruhlar turlari va taʼlim shakllari boʻyicha maʼlumot.

4. Maktablarda qabul uchun mavjud oʻrinlar, sinflar va taʼlim shakllari boʻyicha maʼlumot.

5. Maktablarda kambagʻal oila farzandlarining kitob va boshqa oʻquv qurollari bilan taʼminlashi boʻyicha maʼlumot.

6. “Barkamol avlod” bolalar maktablarida tarmoq toʻgaraklari tashkil qilinishi va ishtirokchilar boʻyicha maʼlumot.

7. Taʼlim tashkilotlarida uzaytirilgan kun guruhlari tashkil etilishi va xizmat oluvchilar boʻyicha maʼlumot.

2025-yil mart

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tizimidagi xizmatlar

I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaga, shuningdek, 80 yoshga toʻlgan keksalarga qarab turish dalolatnomasini rasmiylashtirish holatlarini qayd etishda belgilangan staj haqidagi maʼlumot.

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Hujjatlarini rasmiylashtirish va qayta tiklashda yordam berish

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning biometrik pasportini (identifikatsiyalovchi ID-kartasini) tiklash yoki almashtirish, voyaga yetmagan farzandlariga tugʻilganlik haqida maʼlumotnoma olishda oʻzaro yuborilgan soʻrov va maʼlumotlar.

2025-yil mart

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

4.

Aholi bandligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Kambagʻal oilalarning bandligi toʻgʻrisida yagona ijtimoiy soliq toʻlanishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni olishda oʻzaro yuborilgan soʻrov va maʼlumotlar.

2025-yil mart

Soliq qoʻmitasi

5.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali oʻzaro yuborilgan soʻrov va maʼlumotlar.

2025-yil mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

6.

Imtiyozli transport kartasini berish xizmati

Transport vazirligi axborot tizimi bilan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro yuborilgan soʻrov va maʼlumotlar.

2025-yil mart

Transport vazirligi

7.

Sogʻliqni saqlash tizimidagi xizmatlar

1. Oʻtkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar haqidagi maʼlumot.

2. Oilaviy poliklinikada oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar haqidagi maʼlumot.

3. Qonunchilikda belgilangan dori vositalari bilan bepul taʼminlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumot.

4. Davolanish uchun berilgan imtiyozli yoʻllanmalar (orderlar) haqidagi maʼlumot.

5. Tibbiy reabilitatsiya qilish boʻlimlarida statsionar davolanishga yoʻnaltirilgan va davolangan shaxslar boʻyicha maʼlumot.

2025-yil aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

8.

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi xizmatlari

1. Ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar haqidagi maʼlumotlar.

2. Uy-joyni taʼmirlash yoki turar joy ijarasi uchun moddiy yordam olgan ayollar haqidagi maʼlumotlar.

3. Tibbiy ehtiyoj uchun moddiy yordam olgan ayollar haqidagi maʼlumotlar.

2025-yil aprel

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

9.

Bandlikni taʼminlash

1. Bandlik yoʻnalishi boʻyicha yuborilgan soʻrovlar haqidagi maʼlumot.

2. Kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, hunarmandchilikka va kasanachilikka jalb qilish natijalari boʻyicha maʼlumot.

3. Kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berilishi boʻyicha maʼlumot.

4. Yengil konstruksiyali issiqxona, tomorqa uchun sugʻorish vositalari yoki urugʻlik va koʻchatlarni xarid qilish uchun, qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish, tomorqa yer egasi boʻlgan yoki dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun 0,1 gektardan 1 gektargacha yer maydoni ajratib berilgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun, “Usta-shogird” anʼanalari asosida hunar oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga yoki hunar oʻrgatayotgan (yoki oʻrgatmoqchi boʻlgan) ustalarga shogirdlar tayyorlash yoki shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun va boshqa subsidiyalar boʻyicha maʼlumot.

5.Biznesga birinchi qadamdasturi doirasida mikroqarz boʻyicha maʼlumot.

6. Issiqxona, bogʻdorchilik, baliqchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, chorvachilik, asbob-uskuna, xizmat koʻrsatish sohasi, hunarmandchilik, ishlab chiqarish uchun kreditlash maʼlumotlari.

7. “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi kreditlari boʻyicha maʼlumot.

8. Zaxira qilingan ish oʻrinlari maʼlumotlari.

9. Kambagʻal oilalar aʼzolari, nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligi taʼminlanishi boʻyicha maʼlumotlar.

10. Kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun garovsiz va foizsiz ajratilgan qarzlar haqidagi maʼlumotlar.

2025-yil aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

10.

Yoʻqotilgan hujjatlarni tiklash boʻyicha yordam xizmati

Ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan hujjatlarini tiklash boʻyicha oʻzaro yuborilgan soʻrov va maʼlumotlar.

2025-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

11.

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi xizmatlari

1. Yoshlar daftariga kiritish boʻyicha yuborilgan soʻrovlar va ushbu daftarga kiritilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar.

2. Kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun garovsiz va foizsiz qarz ajratish toʻgʻrisida berilgan tavsiyalar haqidagi maʼlumot.

3. Moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga berilgan bir martalik moddiy yordamlar haqidagi maʼlumotlar.

4. Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun berilgan subsidiyalar haqidagi maʼlumotlar.

5. Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarining qoplanishi boʻyicha maʼlumot.

6. Professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining taʼlim toʻlov-kontrakt summasining toʻlab berilgan qismi boʻyicha maʼlumotlar.

7. Zamonaviy kasblar boʻyicha oʻquv kurslari xarajatlarini qoplash boʻyicha ajratilgan subsidiyalar haqidagi maʼlumotlar.

8. Davolanish xarajatlari uchun ajratilgan subsidiyalar haqidagi maʼlumotlar.

9. Turar joy ijarasi uchun ajratilgan subsidiyalar haqidagi maʼlumotlar.

10. Yangi turmush qurayotganda oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit uchun berilgan kafillik haqidagi maʼlumotlar.

11. “Ibrat farzandlari loyihasi doirasida oʻzlashtirilayotgan kurslar haqidagi maʼlumotlar.

2025-yil aprel

Yoshlar ishlari agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

12.

Fuqaroni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish xizmatlari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish (“Manzil” AT orqali)ga  oid maʼlumotlar.

2025-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Mahalladagi homiylik tadbirlari

Soʻrovga asosan koʻrsatilgan homiylik yordamlari boʻyicha “Raqamli mahalla elektron platformasi bilan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimlari oʻrtasida oʻzaro yuborilgan soʻrov va maʼlumotlar.

2025-yil aprel

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, oʻtkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 77-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarida olimpiadalarni oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlar Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan budjet mablagʻlari va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy olimpiadani tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchi va kuzatuvchilarning asosiy olimpiadada ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar (kelib ketishi va yashashi, transport, mehmonxona, ovqatlanish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
esdalik sovgʻalari, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar, asosiy olimpiada gʻoliblariga beriladigan pul mukofotlari, nazorat materiallari mualliflari va hakamlar hayʼati (apellyatsiya komissiyasi) aʼzolariga toʻlanadigan toʻlovlar, gʻoliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat (diplom) bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 7-bandi ikkinchi xatboshisi “yoʻqotilgan” soʻzidan keyin “, muddati oʻtgan yoki yaroqsiz holatga kelgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 6-bandning “b” kichik bandidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17 va 25-bandlardagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning 2-bosqichi “Mexanizm” ustuni 1-bandidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida” 2023-yil 23-oktabrdagi 550-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 4-ilova 9-bandi “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “1 oydan” soʻzlari “6 oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandi “g” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g) Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzilgan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot (keyingi oʻrinlarda — tijorat banki) hisobvaragʻiga moliyalashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tijorat bankining hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi.”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning 4-bosqichi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

4-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan maʼlumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa toʻlovini axborot tizimida avtomatik ravishda toʻxtatadi.

2. Har oyning 5-sanasiga qadar oʻtgan oyda toʻlangan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni tijorat bankining hisobvaragʻi orqali moliyalashtiradi.

Avtomatik ravishda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3. Tijorat bankining elektron soʻrovida koʻrsatilgan nafaqa olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga boʻlgan huquqini FHDY boʻlimi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali oʻlim haqidagi gerbli guvohnomani olgan fuqaro toʻgʻrisida maxsus elektron blankka kiritilgan maʼlumotlar hamda elektron shaklda yuborilgan oʻlim haqidagi maʼlumotnoma bilan taqqoslagan holda tasdiqlaydi

Har oyning 5 sanasiga qadar

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi oʻttiz ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnikum, “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi va boshqalar) tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan (tashkil etiladigan) milliy va xalqaro koʻrik-tanlov, olimpiada, musobaqa, bellashuv va boshqa tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni (ishtirokchilarning kelib ketish, yashash, transport, mehmonxona, ovqatlanish, esdalik sovgʻalarini berish, tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar) moliyalashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻttiz ikkinchi — elliginchi xatboshilar tegishlicha oʻttiz uchinchi — ellik birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida” 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qarorining 6-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agentlik bilan kelishgan holda, konsalting tashkilotlari, xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha eng yaxshi takliflarni oʻrgangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)