30.01.2025 yildagi PF-15-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaylovlarni muhofaza qilish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, yaylov xoʻjaligini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, sohada boshqaruvning ixcham va samarali tizimini joriy etish, chorvachilik xoʻjaliklarining yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini eʼtirof etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ipakchilik qoʻmitasi) tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipakchilik qoʻmitasining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari — Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Veterinariya qoʻmitasi);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari — Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi — Veterinariya qoʻmitasi tizimiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti — Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimiga oʻtkazilsin;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipakchilik qoʻmitasi balansida boʻlgan moddiy-texnik baza (davlat aktivlari) Yengil sanoatni rivojlantirish agentligiga foydalanish uchun beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Veterinariya qoʻmitasi raisining chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, oʻsimliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaylovlarda oʻsimliklar urugʻchiligini rivojlantirish, yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qorakoʻl zotining genofondini saqlash, takror koʻpaytirish va takomillashtirish, seleksiya-naslchilik rejalarini amaliyotga tatbiq etish hamda infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya qoʻmitasi muassisligida davlat muassasasi shaklida Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklari (keyingi oʻrinlarda — hududiy yaylov xoʻjaliklari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipakchilik qoʻmitasiga berilgan yaylov yerlari doimiy foydalanish huquqi bilan 1-ilovaga muvofiq hududiy yaylov xoʻjaliklariga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya qoʻmitasi, Kadastr agentligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil oxiriga qadar yaylov yerlarini xatlovdan oʻtkazib, ularning amaldagi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan maydoni oʻzaro muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaylov yerlaridan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, qorakoʻlchilik sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ushbu yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qorakoʻlchilik sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan choralar koʻrib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qorakoʻlchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda yaylov ozuqabop ekinlar urugʻchiligini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soha faoliyatini ilmiy asosda yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va seleksiya-naslchilik ishlari natijalari amaliyotga keng koʻlamda joriy etilishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hududiy yaylov xoʻjaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yaylovlar chorvachilik va boshqa xoʻjaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilishi mumkin, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor mazkur Farmon kuchga kirgan sanada yoki 2020-yil 1-sentabr holatida tegishli yaylov yeriga nisbatan ijara, doimiy foydalanish yoki doimiy egalik qilish huquqiga ega boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tegishli yaylovdan uzoq yillar samarali va oqilona foydalangan boʻlishi, mazkur holat joyiga chiqqan holda tuziladigan dalolatnoma bilan tasdiqlanishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasining mazkur masaladagi barcha qarorlari 2025-yil oxirigacha boʻlgan muddatda qabul qilinishi va jamoatchilik tanishishi uchun eʼlon qilinishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan yaylovlar jismoniy va yuridik shaxslarga oʻrmon fondi yerlari uchun belgilangan tartibda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolari orqali yoki Veterinariya qoʻmitasi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan davlat-xususiy sheriklik shartnomalariga muvofiq ijaraga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yaylovlar qirq toʻqqiz yilgacha ijaraga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ijara shartnomalari Respublika komissiyasining qarori yoki elektron onlayn auksion savdolari natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga asosan hududiy yaylov xoʻjaliklari bilan tuziladi va kadastr organlarida oʻrmon fondi yerlari uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yaylov yerlari uchun ijara toʻlovlari hamda elektron onlayn auksion savdolari natijalariga koʻra yaylovlarga ijara huquqini olish uchun toʻlanadigan mablagʻlar operator xarajatlari chegirib tashlangan holda Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilib, uning alohida hisobi yuritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) hududiy yaylov xoʻjaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yer maydonlari soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda ushbu Farmonning 5-bandi “e” kichik bandidan kelib chiqib Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Veterinariya qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar yaylovlardan samarali foydalanishni nazarda tutuvchi “E-yaylov” elektron platformasini ishga tushirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Respublika komissiyasi (J. Xodjayev) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kadastr agentligi, Oʻzgidromet va “Oʻzbekkosmos” agentligining yaylov yer maydonlariga doir avtomatlashtirilgan axborot tizimlari Veterinariya qoʻmitasining “E-yaylov” elektron platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Veterinariya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025 — 2027-yillarda mavjud geobotanik tadqiqotlarni amalga oshirib, qayta baholashni va yerlarning haqiqiy normativ qiymati aniqlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yaylov yerlarining konturlar va foydalanuvchilar kesimidagi elektron xaritalari ishlab chiqilsin va Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona geoaxborot tizimiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Respublika komissiyasi (J Xodjayev) ikki oy muddatda 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan yaylov yerlarini degradatsiyadan chiqarish va ulardan barqaror foydalanishni taʼminlash boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash uchun Hukumatga kiritsin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, saqlash va takror koʻpaytirish maqsadida yaylov almashinuvini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer egalari tomonidan yaylovlarda qimmatli ozuqabop oʻsimlik turlaridan boʻlgan izen, teresken, quyrovuq, kamforosma, choʻgʻon, erkak oʻt, oq (qora) saksovul ekilishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaylov yerlari boʻyicha yaylovlar almashinishining kalendar rejasi va chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini tasdiqlash va monitoring qilish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning ijara huquqini auksion orqali sotishdan tushgan tushumning bir qismini oʻsimliklarga kimyoviy va biologik ishlov berish, oʻsimliklarni himoya qilish, ozuqabop oʻsimliklarni yetishtirish va yaylov degradatsiyasining oldini olish tadbirlariga yoʻnaltirish tizimini joriy qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya qoʻmitasi Ipakchilik qoʻmitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi, bundan pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi kiritilayotgan Veterinariya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimi, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boshqarmasi va hududiy yaylov xoʻjaliklarining shtat birliklari tugatilayotgan Ipakchilik qoʻmitasining 26 ta shtat birligi hamda Veterinariya qoʻmitasining mavjud shtat birliklari doirasida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shohjahon koʻchasi 1b-uy manzilidagi bino Veterinariya qoʻmitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bir oy muddatda Veterinariya qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Ipakchilik qoʻmitasini tugatish bilan bogʻliq tashkiliy vazifalarni yakuniga yetkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda Ipakchilik qoʻmitasiga berilgan tutzorlardan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududiy yaylov xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda yaylovlarni ijaraga berish tartibini, ijarachilarning yaylovlardan oqilona foydalanishi, yaylov degradatsiyasining oldini olish va oʻsimlik dunyosini takror koʻpaytirish sohasidagi majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olti oy muddatda “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-15-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklariga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkazilayotgan yaylov yer maydonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Hududiy yaylov xoʻjaliklari

Tumanlar nomi

Yaylov yer maydoni, ming gektar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoraqalpogʻiston yaylov xoʻjaligi

Beruniy tumani

264,9

Toʻrtkoʻl tumani

549

Amudaryo tumani

6

Ellikqalʼa tumani

317,4

Qoraoʻzak tumani

373,8

Chimboy tumani

39

Taxtakoʻpir tumani

1 353,7

Kegeyli tumani

15,3

Nukus tumani

10

Boʻzatov tumani

70,2

Taxiatosh tumani

0,7

Xoʻjayli tumani

6

Shumanay tumani

18,5

Qonlikoʻl tumani

8,7

Qoʻngʻirot tumani

1 294,6

Moʻynoq tumani

120

Jami:

16 ta

4 447,8

Buxoro viloyati

Buxoro yaylov xoʻjaligi

Olot tumani

133,1

Qorovulbozor tumani

107,8

Kogon tumani

5,1

Buxoro tumani

24,8

Qorakoʻl tumani

319,8

Jondor tumani

326,6

Gʻijduvon tumani

268,1

Peshku tumani

766,5

Shofirkon tumani

149,9

Romitan tumani

179,5

Vobkent tumani

2

Jami:

11 ta

2 283,2

Jizzax viloyati

Jizzax yaylov xoʻjaligi

Forish tumani

366,6

Gʻallaorol tumani

62,1

Baxmal tumani

38,6

Zomin tumani

85,1

Zarbdor tumani

2,3

Arnasoy tumani

3,8

Mirzachoʻl tumani

3,49

Zafarobod tumani

4,6

Yangiobod tumani

21,6

Sharof Rashidov tumani

29,7

Jizzax shahar

1,6

Jami:

11 ta

619,5

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo yaylov xoʻjaligi

Mirishkor tumani

209,6

Kasbi tumani

4,7

Muborak tumani

222,5

Koson tumani

59,3

Nishon tumani

94,5

Qarshi tumani

8,02

Chiroqchi tumani

27

Koʻkdala tumani

54

Kitob tumani

39,1

Shahrisabz tumani

21,8

Yakkabogʻ tumani

39,1

Qamashi tumani

56,7

Gʻuzor tumani

166,03

Dehqonobod tumani

177

Jami:

14 ta

1 179,75

Navoiy viloyati

Navoiy yaylov xoʻjaligi

Tomdi tumani

1 914,3

Uchquduq tumani

2263

Konimex tumani

1 066,5

Nurota tumani

386,6

Gʻozgʻon shahar

51,5

Navbahor tumani

99,2

Xatirchi tumani

53,6

Karmana tumani

45,2

Qiziltepa tumani

120,6

Jami:

9 ta

6 000,3

Samarqand viloyati

Samarqand yaylov xoʻjaligi

Nurobod tumani

336,9

Paxtachi tumani

85,5

Narpay tumani

4,7

Kattaqoʻrgʻon tumani

42,9

Pastdargʻom tumani

7

Qoʻshrabot tumani

129,4

Payariq tumani

40,9

Urgut tumani

40,9

Jami:

8 ta

688,2

Surxondaryo viloyati

Surxondaryo yaylov xoʻjaligi

Jarqoʻrgʻon tumani

22

Qumqoʻrgʻon tumani

123

Shoʻrchi tumani

42,4

Oltinsoy tumani

19,4

Denov tumani

30,1

Uzun tumani

35,1

Termiz tumani

11

Bandixon tumani

40,3

Sherobod tumani

116,3

Boysun tumani

167

Jami:

10 ta

606,6

Respublika boʻyicha jami:

79 ta

15 824,6

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

J. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisi

B. Norqobilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

J. Xatamov

Bosh prokuror oʻrinbosari

I. Abdurahmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri

L. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

B. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

B. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

Sh. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

F. Poʻlatov

Kadastr agentligi direktori

Sh. Kadirov

“Oʻzbekkosmos” agentligi direktori

Sh. Ayupov

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

E. Xaitov

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi raisi

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Lavozimiga koʻra

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-15-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6059-son Farmonining 1 — 8, 14-bandlari hamda Farmonga 2, 2.1, 2.3 — 2.6, 2.8, 2.9, 2.13 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-116-son Farmonining 2, 8 va 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi” boʻlimida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

1 241

1 241

shu jumladan, rais oʻrinbosarlari soni

3

3

;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
izohlar qismi quyidagi mazmundagi 5.21-kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5.21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilovaning 4.2-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2a-ilovaning 4.2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-24-son Farmonining 4 va 6-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmonining 3-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TASHKILIY TUZILMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi *

Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish davlat ilmiy nazorat markazi *

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

“Parrandasanoat” uyushmasi ***

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi ***

Tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari **

Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi *

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi ***

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi ***

Tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari **

Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi *

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Hududiy yaylov xoʻjaliklari **

Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Respublika tizim tashkilotlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Hududiy tizim tashkilotlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** Qoʻmita oʻz faoliyatini mazkur uyushmalar bilan hamkorlikda olib boradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 06/25/15/0095-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)