O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3594]
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e’lon etilishi kerakligi;
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga asosan Adliya vazirligi vazirlik va idoralarning qonunchilikka nomuvofiq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestridan chiqarishga haqli ekanligi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-dekabr,
33-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining raisi tomonidan 1998-yil 13-avgustda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari va texnogen tuzilmalarining kelib chiqishi bo‘yicha davlat kadastrini yuritish to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 531, 1998-yil 12-noyabr).
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori tomonidan 1999-yil 30-iyulda tasdiqlangan Depozitariyning faoliyatini amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 809, 1999-yil 31-avgust).
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2003-yil 22-yanvardagi 2003-1-son “Depozitariy faoliyatini amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 809-1, 2003-yil 22-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 4-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 20-fevraldagi 2004-04-son “Depozitariy faoliyatini amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 809-2, 2004-yil 29-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 156-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2008-yil 26-noyabrdagi 2008-38-son “Depozitariy faoliyatini amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 809-3, 2008-yil 19-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 531-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 20-iyuldagi 2010-13-son “Depozitariyning faoliyatini amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 809-4, 2010-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 31-son, 268-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 28-avgustdagi 2011-14-son “Depozitariyning faoliyatini amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 809-5, 2011-yil 26-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 39-son, 405-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2013-yil 4-dekabrdagi 2013-10-son “Depozitariyning faoliyatini amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 809-6, 2013-yil 18-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 51-son, 674-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 5-apreldagi 2 va 33-son “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1026, 2001-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 7-son).
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q va 32-son “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1026-1, 2019-yil 30-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/1026-1/3676-son).
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 31-2022/QQ va 57-son “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1026-2, 2022-yil 10-noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/1026-2/1009-son).
12. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2001-yil 29-sentabrdagi 299-son “O‘zbekiston Respublikasi chegara zonasiga yashash uchun kelgan fuqarolarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1089, 2001-yil 29-noyabr).
13. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2002-yil 22-noyabrdagi 178-son “Shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda avtotransport vositalari harakat muntazamligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1194, 2002-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 23-24-son).
14. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 19-maydagi 49-son “Shaharlararo, shahar atrofi va shahar hududida qatnovchi avtotransport vositalarining muntazamligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1194-1, 2006-yil 7-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 23-son, 215-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2003-yil 22-sentabrdagi 58 va 116-son “Xodimlar sonini tartibga solish va boshqaruv tarkibini ta’minlash uchun xarajatlarni maqbullash bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1288, 2003-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son).
16. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2012-yil 11-apreldagi 18 va 37-son “Davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik, xizmatchi va boshqaruv xodimlar soni nisbatining cheklangan metodika normativiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1288-1, 2012-yil 19-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 16-son, 186-modda).
17. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2012-yil 20-sentabrdagi 59-SP va 73-son “Davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik, xizmatchi va boshqaruv xodimlarining lavozimlari nomenklaturasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1288-2, 2012-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 39-son, 462-modda).
18. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2015-yil 22-dekabrdagi 59-q/q va 109-son “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlari ro‘yxatiga hamda Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini belgilash uslubiyotiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1288-3, 2015-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 52-son, 657-modda).
19. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2018-yil 27-apreldagi 14-K/K va 88-son “Xodimlar sonini tartibga solish va boshqaruv tarkibini ta’minlash uchun xarajatlarni maqbullash bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1288-4, 2018-yil 14-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 10/18/1288-4/1221-son).
20. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2003-yil 30-dekabrdagi 70-son “Temir yo‘l transporti xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1298, 2004-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 34-modda).
21. “O‘zbekkino” milliy agentligi va Moliya vazirligining 2004-yil 16-iyundagi 18, 85-son “Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1385, 2004-yil 16-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 327-modda).
22. “O‘zbekkino” milliy agentligi va Moliya vazirligining 2008-yil 4-fevraldagi 1, 9-son “Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1385-1, 2008-yil 19-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 8-9-son, 47-modda).
23. “O‘zbekkino” milliy agentligi va Moliya vazirligining 2015-yil 21-iyuldagi 137, 67-son “Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1385-2, 2015-yil 5-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 31-son, 416-modda).
24. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2005-yil 26-avgustdagi 97-son “Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1511, 2005-yil 8-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34 — 36-son, 269-modda).
25. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining 2006-yil 12-maydagi 6, 3, 1/4-528, 47-son “Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1593, 2006-yil 5-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 257-modda).
26. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 21-avgustdagi 25, 38, 8, 99-son “Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomning 17-bandiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1593-1, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1593-1/0087-son).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/3594/0002-son)