Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025 05.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1593
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirli, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining qarori, 05.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1593
Дата вступления в силу
15.07.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLATGA YETKAZILGAN ZARAR UCHUN HARBIY XIZMATCHILARNING MODDIY JAVOBGARLIGI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINCHALIK NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 5-iyulda 1593-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi islohotlarda me’yoriy-huquqiy bazasini tashkil qilish va rivojlantirish maqsadida qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng, 10 kundan keyin amalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 12-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 12-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Favqulodda vaziyatlar vaziri Q. BERDIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 12-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1/4-528-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 12-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“TASDIQLAYMAN”

Mudofaa varzirligi, Ichki ishlar vazirligi,

Favqulotda vaziyatlar vazirligi,

Milliy xavfsizlik xizmatining

2006-yil 12-maydagi

6-son, 3-son, 1/4-528-son, 47-sonli qarori

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINCHALIK NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati organ va qo‘shinlarining harbiy xizmatchi, harbiy-ta’lim muassasalari kursantlari hamda harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasining boshqa vazirlik va idoralariga belgilangan tartibda ishga yuborilgan harbiy xizmatchilarga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Harbiy nizom, buyruq va boshqa hujjatlarda ko‘zda tutilgan xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida davlatga zarar yetkazishda aybdor deb topilgan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibi lavozimlarida chaqiruv yoki shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar mazkur Vaqtinchalik nizomga muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat majburiyatlarini bajarishda taalluqli bo‘lmagan vaqtda yetkazilgan zarar uchun ushbu shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Faqatgina davlatga yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar qoplanishi lozim, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining boshqa hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar moddiy javobgarlikka tortilmaydilar, qachonki zarar komandir (boshliq) buyrug‘ini vijdonan bajarish yoki ushbu aniq sharoitlarda o‘zini oqlaydigan xizmat tavakkalchiligi oqibatida yoxud qonuniy xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan zararni qoplash ularning xatti-harakati (harakatsizligi) oqibatida davlatga yetkazilgan zarar uchun intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatga zarar yetkazgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan holda komandir (boshliq) unga qarshi qoplanmagan zararning to‘liq summasi uchun fuqarolik da’vosini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlatga zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar o‘z ixtiyori bilan uni to‘liqlichi yoki qisman qoplashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Moddiy javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy mulkni (qurol-aslaha, jangovar va boshqa texnika, o‘q-dorilar, yonilg‘i, oziq-ovqat, harbiy ashyo, muhandislik, kimyoviy, uy-joy mulki, harbiy qism va muassasalar, harbiy-ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tasarrufidagi boshqa moddiy vositalar va pul mablag‘lari) qasddan yo‘q qilish, zarar yetkazish, ishdan chiqarish, o‘g‘irlash, kamomad, noqonuniy sarflash oqibatida yoki qasddan qilingan boshqa xatti-harakatlar natijasida zarar yetkazgan taqdirda, ular o‘zida jinoiy tartibda ta’qib qilinuvchi harakatlarni mujassamlashtirgan yoki mujassamlashtirmaganidan qat’iy nazar, ularning aybi bilan davlatga yetkazilgan zararning to‘liq qiymati miqdorida moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qimmatli valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan ro‘zg‘or buyumlari hamda shunday buyumlar parchalarining o‘g‘irlanishi, kamomadi va me’yoridan ortiq yo‘qotilishida aybdor bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komandirlar (boshliqlar) ularning bo‘ysunuvchilari tomonidan davlatga yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng, biroq bir oylik oklad pul ta’minotidan ortiq bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladilar, qachonki mazkur komandirlar (boshliqlar) o‘zining noto‘g‘ri farmoyishlari bilan harbiy mulkni hisobga olish, saqlash, ishlatish, sarflash va tashishning o‘rnatilgan tartibini buzgan, harbiy mulkni o‘g‘irlanishi, kamomadi, yo‘q qilinishi, zararlanishi va buzilishining oldini olish, davlatga yetkazilgan zararni aybdor shaxslar hisobidan qoplash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vagon va avtomobillarning turib qolishiga sababchi bo‘lgan harbiy xizmatchilar yetkazgan zarar uchun to‘liq miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishchi yoki xizmatchining noqonuniy ishdan bo‘shatilishi yoki boshqa ishga o‘tkazilishida aybdor deb topilgan harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasa, korxona va tashkilotlarning komandirlari (boshliqlari) majburiy ishga chiqmaslik vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarish vaqtining to‘lovlari munosabati bilan yetkazilgan zararni to‘liq qoplaydi. Agar ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazishda yaqqol qonun buzilishlari bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi komandir (boshliq) yoxud sudning ishchi yoki xizmatchini ishga tiklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini kechiktirgan bo‘lsa javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning aybi bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikka muvofiq harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasasi, korxona va tashkilot tomonidan qoplangan holatlarda mazkur Vaqtinchalik nizomda ko‘zda tutilgan tartibda qoplashlari majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Zarar miqdorini aniqlash va uni qoplash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlatga yetkazilgan zarar miqdori zarar aniqlangan vaqtdagi bozor narxlaridan kelib chiqib, hisobga olish ma’lumotlariga asosan amaldagi yo‘qotishlar bo‘yicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurol-aslahaning (avtomat, pistolet, to‘p va boshqa harbiy-texnik mulk) qiymatini belgilash yuqori turuvchi ta’minot organining tegishli komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasasi, korxona va tashkilotlarning komandirlari (boshliqlari) zararni (moddiy vositalar va pul mablag‘larining kamomadi, yo‘q qilinishi, zararlanishi, buzilishi, talon-taroj qilinishi, o‘g‘irlanishi, noqonuniy tarzda qo‘llanishi va hisobdan chiqarilishi holatlarini) aniqlagan zahoti zudlik bilan zararning yuzaga kelish sababi, uning miqdori va aybdor shaxslarni aniqlash uchun xizmat surishtiruvini tayinlaydi. Surishtiruv bir oy muddatda yakunlanishi kerak. Zarur hollarda ushbu muddat yuqori turuvchi komandir (boshliq) tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq ko‘pi bilan bir oyga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taftish, tekshiruv, tergov, dastlabki tergov yoki sud tomonidan zararning yuzaga kelish sabablari, miqdori va huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar aniqlangan bo‘lsa xizmat surishtiruvi o‘tkazilmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yetkazilgan zarar, uning miqdori va aybdor shaxslar aniqlangan taqdirda harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasasi, korxona va tashkilotlarning komandirlari (boshliqlari), zaruriy holatlarda esa — yuqori turuvchi komandir (boshliq) xizmat surishtiruvi yakunlangan yoki mazkur Vaqtinchalik nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan materiallar kelib tushgan kunda aybdor harbiy xizmatchi va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburdan tegishli pul summasini undirish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarar bir nechta shaxs tomonidan yetkazilgan taqdirda buyruqda ular tomonidan yetkazilgan zarar, aniq sharoitlar va aybdorlik darajasidan kelib chiqqan holda har bir aybdor shaxsdan undiriladigan pul summalarining aniq miqdori alohida-alohida ko‘rsatib o‘tiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Zararni undirish to‘g‘risidagi buyruq aybdor shaxsga imzo ostida e’lon qilinadi yoki buyruqdan ko‘chirma taqdim qilinadi. Buyruqdan norozilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida belgilangan tartibda yuqori turuvchi komandir (boshliq) yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin. Yuqori turuvchi komandir (boshliq) yetkazilgan zarar uchun javobgarlik va undirilayotgan pul summasining to‘g‘ri belgilanganini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruq bekor qilingan taqdirda ushlab qolingan pul summalari qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Vaqtinchalik nizom 13-bandida ko‘rsatib o‘tilgan zarar yetkazish holatlarida undirish to‘g‘risidagi buyruq bo‘yicha har oylik ushlanmalar oylik oklad pul ta’minotining (ish haqining) yigirma foizidan kam bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar pul ta’minotidan (ish haqidan) qonunda ko‘zda tutilgan boshqa ushlanmalar chegirib qolinayotgan bo‘lsa, barcha ushlanmalarning umumiy miqdori oylik oklad pul ta’minotining (ish haqining) ellik foizidan oshmasligi zarur. Bunday holatlarda undirish tartibi va ketma-ketligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agarda moddiy javobgarlikka tortilgan harbiy xizmatchi yoki harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan, harbiy yig‘inlar tugagan kunda o‘zi tomonidan davlatga yetkazilgan zararni qoplamagan bo‘lsa, qarzdorligining qolgan qismi bo‘shatilgan harbiy xizmatchi yoki harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburning yashash (ish) joyi bo‘yicha harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasasi, korxona va tashkilotlarning komandiri (boshlig‘i) tomonidan yuboriladigan notariusning ijro haqidagi yozuviga asosan muqarrar tartibda yashash joyi bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xorijdagi qo‘shinlarning harbiy xizmatchilari tomonidan va harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy xizmat majburiyatlarini xorijda bajarishning boshqa holatlarida harbiy mulkni o‘g‘irlanishi, kamomadi, yo‘qotilishi va noqonuniy ishlatilishi natijasida davlatga yetkazilgan zarar miqdori ular bo‘lgan mamlakatdagi narxlar, bunday narxlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa ular bo‘lgan mamlakatdagi ishlab chiqaruvchi zavodda o‘xshash ashyoga qo‘yilgan narxlar bo‘yicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holatda zararni qoplash ular bo‘lgan davlatning valyutasida, harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasiga ketganda esa — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy davlatlar valyutalari kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Xizmatni o‘tashning alohida shart-sharoitlari uchun oshirilgan lavozim okladlarini oluvchi harbiy xizmatchilardan yetkazilgan zararni qoplashda undirilishi kerak bo‘lgan pul summalarini belgilashda qonunchilikda ko‘zda tutilgan holatlarda ko‘rsatib o‘tilgan oshirilishi va qo‘shimcha haqlarsiz lavozim okladi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Harbiy xizmatchi tomonidan yetkazilgan zarar to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar yangi xizmat joyiga o‘tkazilgan holatda xizmat surishtiruvi materiali yoki taftish, tekshiruv dalolatnomasidan ko‘chirma tergov, taftish, tekshiruv yakunlangandan so‘ng besh kunlik muddatda uni moddiy javobgarlikka tortish uchun aybdorning yangi xizmat joyiga yuboriladi. Aybdorning yangi xizmat joyi bo‘yicha komandir (boshliq) xizmat surishtiruvi materiali yoki taftish, tekshiruv dalolatnomasidan ko‘chirma kelib tushgan kundan boshlab 10 kun muddat mobaynida aybdorni moddiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Harbiy xizmatchi tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq qoplamagunga qadar yangi xizmat joyiga o‘tkazilgan holatda yangi xizmat joyi bo‘yicha pul summasini ushlab qolish hisob-kitob daftarchasi, pul attestatidagi (muddatli harbiy xizmatchilar uchun) yozuvlar asosida amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchidan ushlab qolinadigan pul summasining qoldiq miqdori to‘g‘risida yangi xizmat joyiga yozma xabarnoma yuboriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan holatlarda eski xizmat joyidagi hisob-kitob bo‘yicha qarzdorlik pul summalarini hisobdan chiqarish faqatgina ular harbiy xizmatchini yangi xizmat joyi bo‘yicha undirishga qabul qilinganini tasdiqlovchi yozma hujjat olingandan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda qarzdorlik pul summasining undirishga qabul qilinganini tasdiqlovchi hujjat komandir (boshliq), moliya xizmati boshlig‘i (buxgalter) tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yetkazilgan zararning ular tomonidan qoplanishi to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar harbiy xizmatchi zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan yoxud harbiy xizmatga majbur harbiy yig‘inlar tugagandan so‘ng yashash joyiga ketgan hollarda komandir (boshliq) ushbu shaxslarga qarshi yetkazilgan zararning pul summasi miqdorida umumfuqaroviy tartibda da’vo arizasini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Muddatli harbiy xizmatchi tomonidan xizmat majburiyatlarini beparvolik bilan bajarishi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori aniqlangan vaqtda belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobaridan ko‘p bo‘lmasdan, uni bo‘shatgandan so‘ng undirish imkonisiz bo‘lsa, belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mudofaa ishlari boshqarmalari, shahar va tuman mudofaa ishlari bo‘limlarida haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar yoki harbiy yig‘inlarni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar hisobidagi qoplanmagan zararlar pul miqdorining hisobi yuritiladi hamda qarzdorlikning to‘liq qaytarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi, mazkur Vaqtinchalik nizomning 23-bandida ko‘zda tutilgan holat bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Harbiy qism, muassasa, harbiy-ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar yoki harbiy yig‘inlarni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar hisobidagi qoplanmagan zararlarning pul summalari pul summalari to‘liq kelib tushgunga qadar hisobga olinadi, mazkur Vaqtinchalik nizomning 16- va 23-bandlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari B. ASHRAFXANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 12-may.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 257-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)