10.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3581
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3581]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais M. NURMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 9-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34/5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 9-noyabrdagi 34/5-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan toʻlovlar uzluksizligi va bank tizimi barqarorligini taʼminlash maqsadida tijorat banklarining, shu jumladan mikromoliya banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi) ajratish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-iyuldagi 15/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 3581-1, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3581-1/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqbul aktivlar — kredit uchun bank tomonidan garov predmeti sifatida taqdim etiladigan hamda Markaziy bank tomonidan qabul qilinadigan aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlilikni tiklash rejasi — bank tomonidan kreditni oʻz vaqtida qaytarish va likvidlilik holatini tiklash boʻyicha Markaziy bankka taqdim etiladigan chora-tadbirlar rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzatish koeffitsiyenti — kredit, bozor va valyuta tavakkalchiliklarini oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan belgilanadigan maqbul aktivlarning bozor narxlari bilan kredit summasi oʻrtasidagi nisbatni bildiruvchi 0 dan 1 gacha boʻlgan oraliqdagi raqamli koʻrsatkich.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaziy bank bankda likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelgan hollarda toʻlovlar uzluksizligi va bank tizimi barqarorligini taʼminlashda soʻnggi chora sifatida toʻlovga qobiliyatli va barqaror boʻlgan bankka maqbul aktivlar garovi asosida kredit taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:

toʻlovga qobiliyatli bank — aktivlar sifati boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni hisobga olgan holda oʻtkazilgan stress-test natijasiga koʻra kelgusi 6 oy davomida prudensial talablarga muvofiq kapital yetarlilik darajasini saqlab qolishi yoki uni tiklashi kutilayotgan bank;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barqaror bank — bankni rivojlantirish strategiyasi yoki biznes-rejasiga asosan amalga oshirilgan tahlillar natijasiga koʻra kelgusi uch yil davomida belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarga erishishi hamda barqaror faoliyat yuritishni taʼminlash uchun yetarli darajada foyda koʻrib ishlashi kutilayotgan bank;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi chora — bankning barcha muqobil moliyalashtirish manbalari, shu jumladan depozitlar, banklararo pul bozori va Markaziy bankning likvidlilikni taqdim etish instrumentlaridan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlmagan hamda omonatchilar va kreditorlar oldidagi qisqa muddatli majburiyatlarini bajarish uchun Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishdan boshqa chorasi boʻlmagan holati tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaziy bank tomonidan kredit bankka milliy valyutada taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kreditning foiz stavkasi qaror qabul qilingan sanadagi Markaziy bankning likvidlilikni taqdim etishga doir amaldagi operatsiyalari foiz stavkalaridan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kreditning maksimal miqdori Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kredit Markaziy bank tomonidan belgilangan limit doirasida ikki haftagacha boʻlgan muddatga likvidlilikni tiklash rejasi va pul oqimlari prognoziga asosan kunlik taqdim etib borish orqali ajratiladi. Mazkur ikki haftalik kredit bankning soʻrovnomasiga asosan toʻliq, qisman va (yoki) qoʻshimcha kredit taqdim etish orqali olti oygacha boʻlgan muddatga uzaytirib borilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-iyuldagi 15/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 3581-1, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3581-1/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tugʻilgan alohida hollarda kredit muddati Markaziy bank boshqaruvi qaroriga asosan nisbatan yuqori foiz stavkada bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tugʻilgan alohida hollar deganda mamlakatning moliyaviy tizimi yoki uning maʼlum bir qismlarida barqarorlikning izdan chiqishiga va iqtisodiyot uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy xizmatlar koʻrsatishdagi keng miqyosdagi uzilishlar xavfi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kredit bank aktivlari bilan toʻliq taʼminlangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Markaziy bank kreditni bank faoliyatining tavakkalchilik darajasi, bankning umumiy moliya tizimi bilan oʻzaro bogʻliqligi, moliyaviy tizim barqarorligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan tizimli xatarlar hamda likvidlilikni tiklash rejasi tahlili asosida taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kredit olish uchun murojaat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bank likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelgan hollarda toʻlovlarning uzluksizligini taʼminlash maqsadida soʻnggi chora sifatida Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bank mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan holatda kredit olish uchun likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi holatini batafsil asoslantirgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani Markaziy bankka yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bankning soʻrovnomasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit olish va aktivlarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi bankning vakolatli boshqaruv organining qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi likvidlilikni tiklash rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnoma yuborilgan sanadan keyingi ikki haftalik davr uchun mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi pul oqimlari prognozi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda kreditga garov predmeti sifatida taqdim etiladigan aktivlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el banki tomonidan tashkil etilgan bank uchun chet el bankining ushbu bankka likvidlilik taqdim eta olmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bank tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar bank boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Bank likvidlilikni tiklash rejasida har bir chora-tadbir boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning aniq miqdori, moliyalashtirish manbasi va muddatini koʻrsatadi. Likvidlilikni tiklash rejasi kreditdan foydalanish davrida har oyda oy yakuni boʻyicha yangilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kredit boʻyicha garov predmetiga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kredit boʻyicha garov predmeti sifatida quyidagi aktivlar qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bankning xalqaro zaxiralari toifasiga kiruvchi valyuta qimmatliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning Markaziy bankdagi depozit va boshqa hisobvaraqlaridagi mablagʻlari, bundan bankning majburiy zaxira hisobvaraqlaridagi mablagʻlari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatida (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) hisobi yuritiladigan korporativ va boshqa qimmatli qogʻozlar, bundan bankning oʻzi yoki unga aloqador boʻlgan tashkilotlar tomonidan chiqarilgan korporativ qimmatli qogʻozlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning kreditlari boʻyicha talab qilish huquqi (bundan buyon matnda kredit talablari deb yuritiladi), bundan bankka aloqador shaxslarga boʻlgan kredit talablari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlilik va umum qabul qilingan xalqaro amaliyot hisobga olingan holda roʻyxati Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qarz vositalari, shuningdek kafilliklar va bank kafolatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan aktivlar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditni olish uchun murojaat qilgan bankka mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa majburiyatlar boʻyicha garovga qoʻyilmagan boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Bank tomonidan garov predmeti sifatida taqdim etilgan kreditlar quyidagi talablarga mos kelishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifati “standart” deb tasniflangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oxirgi bir yil davomida oʻttiz kundan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik vujudga kelmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarzdorning barcha banklardan olingan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning asosiy shartlari bir marotabadan ortiq uzaytirilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar milliy valyuta yoki Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilangan maqbul chet el valyutalarida ajratilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit shartnomasi kredit boʻyicha garov sifatida taqdim etilgan sanadan kamida bir yil oldin tuzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit shartnomasi boʻyicha soʻnggi asosiy qarz toʻlovi Markaziy bankka garov sifatida topshirilgan sanadan kamida bir yil keyin amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlarning boshqa majburiyatlar boʻyicha garov yoki nizo predmeti boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov predmeti sifatida taqdim etilgan jami kreditlar qiymatida bitta qarzdor yoki oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhiga ajratilgan kreditlarning ulushi 20 foizdan oshmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlarga garov predmeti sifatida taqdim qilingan aktivlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar boʻyicha shartnomalar bank va Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti oʻrtasida tuzilgan boʻlishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Overdraft kreditlar, akkreditivlar, lizing shartnomalari va faktoring kredit uchun garov predmeti sifatida qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Garov predmeti sifatida qabul qilingan kreditlar qarzdorlar tomonidan muddatidan avval qisman yoki toʻliq qaytarilganda, bank ushbu bobda belgilangan talablarga javob beradigan boshqa aktivlarni 5 ish kuni ichida garov predmeti sifatida Markaziy bankka taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Kredit boʻyicha murojaatni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Markaziy bank bankning kredit olish boʻyicha soʻrovnomasini u kelib tushgan kundan boshlab 3 bank ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda kreditni ajratish yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Markaziy bank bankning soʻrovnomasini koʻrib chiqishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning holatini baholashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning kredit boʻyicha garov predmetini baholashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankka taqdim etiladigan kreditning miqdorini aniqlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablar bajarilishini tekshirishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bankning holatini baholash Markaziy bank tomonidan uning toʻlovga qobiliyatli va barqarorligini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Markaziy bank bank tomonidan taqdim etilgan mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshiradi hamda tahlil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Markaziy bank garov predmeti sifatida taqdim etilgan aktivlardan mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan maqbul aktivlarni tanlaydi hamda aktivlar likvidligidan kelib chiqib ularning ustuvorligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Garov predmeti sifatida taqdim etilgan aktivlar qiymati ularning xususiyatidan kelib chiqib aktivlarning oʻzida koʻrsatilgan qiymat (nominal qiymat), bozor qiymati yoki Markaziy bank tomonidan belgilangan qiymatda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov predmeti sifatida taqdim etilgan aktivlarga nisbatan Markaziy bank tomonidan tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi. Bunda, garov sifatida qabul qilingan aktivlarning tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanilgan qiymati kredit bilan bogʻliq barcha majburiyatlar qiymatidan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kredit boʻyicha mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan maqbul aktivlar miqdori ajratiladigan kredit uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, bank boshqa aktivlarni taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Markaziy bank kredit talablarini garov predmeti sifatida qabul qilishda tanlanma asosda quyidagi hujjatlarni talab qilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit shartnomalarining nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni taʼminlash boʻyicha kafillik, garov shartnomalari va (yoki) kafolat nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Markaziy bank tomonidan bankka taqdim etiladigan kreditning maksimal miqdori bankning omonatchilari va kreditorlari (bundan bankka aloqador shaxslar mustasno) oldidagi majburiyatlaridan kelib chiqib hamda bank tomonidan taqdim etilgan va Markaziy bank tomonidan oʻrganib chiqilgan pul oqimlari prognozi asosida hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Kreditni taqdim etish boʻyicha qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bankning kredit ajratish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bankka kredit ajratish yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda bankka kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank tomonidan bankning holatini baholashda mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan toʻlovga qobiliyatli va barqaror bank mezonlariga muvofiq kelmasligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan kredit olish uchun mazkur Nizomning 11 va 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan garov predmeti sifatida mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan maqbul aktivlar taqdim etilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit boʻyicha soʻrovnoma yuborilgan sanadan oldingi uch oylik davr mobaynida bankka aloqador shaxslar uchun kredit tavakkalchiligining bank birinchi darajali kapitaliga nisbatining eng koʻp miqdoridan oshganligi yoki soʻrov yuborilgandan keyingi davrda bankka aloqador shaxslarga kredit ajratilganligi aniqlansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlilik taqchilligi sabablari, kreditdan foydalanish zaruriyati, garov manbalari, likvidlilikni jalb qilish boʻyicha boshqa manbalardan foydalanish imkoniyati yoʻqligi, likvidlilikni tiklash rejasi boʻyicha pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va prognozlar asoslantirilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank tomonidan kreditni taqdim etish pul-kredit siyosatini amalga oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatadi deb baholansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablar buzilganligi aniqlansa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan bankka kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, Markaziy bank boshqaruvi tomonidan bankka kreditni ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kreditni ajratish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning maksimal miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditni taqdim etish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning foiz stavkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov taʼminoti sifatida qabul qilingan maqbul aktivlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadigan boshqa shartlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Markaziy bank tomonidan kreditni ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan kechiktirilmasdan bu haqida bankka xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kreditni ajratish boʻyicha qaror qabul qilinganda Markaziy bank garov predmeti sifatida qabul qilingan maqbul aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni bankka mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq yozma yoki elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Markaziy bank tomonidan bankka kreditni ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank bilan bank oʻrtasida qonunchilikda belgilangan tartibda kredit hamda garov shartnomalari rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Kredit va garov shartnomalari Markaziy bank va bankning vakolat berilgan shaxslari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Markaziy bank tomonidan bankka kreditni taqdim etish, qaytarish va ularga hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish Markaziy bankning Integrallashgan axborot tahliliy tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Bank kredit ajratilganidan soʻng har kuni kunlik pul oqimlari hisobotini mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Markaziy bankka taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Garov predmeti boʻlgan aktivlarni hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Garov predmeti sifatida qabul qilingan qimmatli qogʻozlar hisobi Markaziy depozitariy qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Garov predmeti sifatida qabul qilingan boshqa maqbul aktivlar hisobi Markaziy bankning buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga muvofiq alohida hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Kredit boʻyicha garov predmeti qiymati xorijiy valyutada boʻlgan hollarda, ushbu aktivlar boʻyicha hisob-kitoblar kredit taqdim etilgan kundagi Markaziy bankning rasmiy almashuv kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Markaziy bank garov predmeti sifatida qabul qilingan tegishli maqbul aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni garov reyestrining yagona axborot bazasiga yozuvlar kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Bank garov predmeti sifatida qabul qilingan kreditlar sifatining buzilishi va (yoki) qiymatining pasayishiga olib keluvchi har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular yuzaga kelgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda Markaziy bankka taqdim etadi. Bunda, bank mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan muddatda garov predmetini almashtirishi va (yoki) qoʻshimcha garov shakllantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Garov predmeti sifatida qabul qilinadigan aktivlar boʻyicha xatarlarni boshqarish choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Markaziy bank tomonidan garov predmeti sifatida qabul qilinadigan aktivlar boʻyicha xatarlarni boshqarish choralari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktivlarning xatarlilik darajasidan kelib chiqib nominal yoki bozor qiymatiga nisbatan qoʻllaniladigan tuzatish koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit boʻyicha taqdim etilgan garov predmetining yetarli darajada diversifikatsiyasini taʼminlash maqsadida belgilanadigan konsentratsiya limiti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tavakkalchiliklarini oldini olish maqsadida qoʻshimcha garov talabi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Markaziy bank garov predmeti sifatida qabul qilingan har bir aktiv qiymatidagi ehtimoliy oʻzgarishlarni har hafta qayta baholab boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarning davriy baholanishi natijasida ularning qiymati kreditning joriy qoldigʻi va hisoblangan foiz toʻlovlaridan kamligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ushbu holat yuzasidan bankka xabarnoma yuboradi. Bunda, bank tomonidan bir ish kuni ichida Markaziy bankka garov predmeti sifatida qabul qilish uchun qoʻshimcha aktivlar taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Qoʻshimcha garov shakllantirish Markaziy bank bilan bank oʻrtasidagi garov shartnomasiga qoʻshimcha kiritish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Kredit muddati davomida ajratiladigan kredit miqdorining ortishi va garov sifatida olingan aktivlar risk darajasining oʻzgarishi natijasida Markaziy bank garov predmeti sifatida qoʻshimcha aktivlarni talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Markaziy bank bank tomonidan kreditdan foydalanish davrida belgilangan shartlarga rioya etilishini oʻrganish hamda taqdim qilingan maʼlumotlarning toʻgʻriligini baholash maqsadida masofaviy va zarur hollarda, joyiga chiqqan holda qoʻshimcha tekshirishlar oʻtkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Kredit muddatini uzaytirish va shartlarini qayta koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Bank ikki haftalik muddatning oxiriga qadar kredit boʻyicha majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajara olmasa va (yoki) yana qoʻshimcha kredit olish zarurati mavjud boʻlsa, ushbu muddat tugashidan kamida uch bank ish kuni oldin kreditni ikki haftagacha boʻlgan muddatga uzaytirish toʻgʻrisida Markaziy bankka takroran soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Bank kreditning muddatini uzaytirish haqidagi soʻrovnomaga mazkur Nizomning 12-bandidagi hujjatlar hamda likvidlilikni tiklash rejasiga asosan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Bank tomonidan kredit shartlari va likvidlilikni tiklash rejasiga rioya qilingan taqdirda, kredit Markaziy bank boshqaruvi qarori asosida yana ikki haftagacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bank kredit boʻyicha majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajara olmasa va (yoki) qoʻshimcha kredit olish zarurati mavjud boʻlsa, kredit dastlabki taqdim etilgan sanadan boshlab olti oygacha boʻlgan muddatga qadar takroran taqdim etilishi mumkin.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-iyuldagi 15/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 3581-1, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3581-1/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Kredit bankka olti oydan bir yilgacha muddatga mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tugʻilgan alohida hollarda ushbu Nizomning 49 — 51-bandlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-iyuldagi 15/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 3581-1, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3581-1/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Markaziy bank tomonidan bankning kredit muddatini uzaytirish haqidagi soʻrovnomasi mazkur Nizomga muvofiq kreditni ajratish uchun belgilangan umumiy asoslarda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Kredit muddati uzaytirilganda, kredit va garov shartnomalariga tegishli ravishda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Kredit va garov predmetini qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati kelganda, bank ushbu kredit boʻyicha asosiy qarz va tegishli foiz toʻlovlarini, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni Markaziy bankka qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Bank kredit boʻyicha olingan mablagʻlarni muddatidan oldin qaytarishi mumkin. Bunda, kredit boʻyicha foiz toʻlovlari haqiqatda foydalanilgan davr uchun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarni qaytarish kredit boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan soʻng qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, Markaziy bank garov reyestrining yagona axborot bazasidan garov predmeti sifatida qabul qilingan tegishli aktivlar toʻgʻrisidagi yozuvlarni roʻyxatdan chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Bank kreditdan foydalanib boʻlgach hamda kredit boʻyicha barcha majburiyatlarini toʻliq bajarganidan soʻng takroran kredit olish uchun Markaziy bankka soʻrovnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Kredit taqdim etishni toʻxtatish va undiruvni garov predmetiga qaratish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Markaziy bank quyidagi hollarda kredit taqdim etishni toʻxtatishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlilikni tiklash rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit boʻyicha notoʻgʻri hisobotlar taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditdan likvidlilikni tiklash rejasi hamda pul oqimlari prognoziga muvofiq foydalanilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov predmetini almashtirish va (yoki) qoʻshimcha garov shakllantirish shartlariga rioya qilinmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan kredit boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank tomonidan bankning kredit muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi rad etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan kredit shartnomasi va (yoki) garov shartnomasining boshqa talablariga rioya qilinmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Markaziy bank tomonidan kredit taqdim etish toʻxtatilganda, bank ushbu kredit boʻyicha barcha majburiyatlarni Markaziy bankka qaytarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Bank kredit boʻyicha barcha majburiyatlarni toʻliq qaytarish imkoniyatiga ega boʻlmasa, Markaziy bank kredit majburiyatlari boʻyicha undiruvni quyidagi tartibda amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq banklarning majburiyatlarini undirishda ustuvor huquqdan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarga qaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning Markaziy bankdagi barcha pul mablagʻlari boʻyicha talablari va uning kredit boʻyicha majburiyatlariga nisbatan nettingni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Undiruvni garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarga qaratish qonunchilikda belgilangan tartibda garov shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan va (yoki) tomonlar oʻrtasidagi nizolar yuzaga kelgan taqdirda, undiruvni garov predmetiga qaratish sud qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Bank, Markaziy depozitariy va (yoki) boshqa tegishli muassasa xabarnomani olgan kundan kechiktirmagan holda garov predmetini kredit hamda garov shartnomalari shartlariga muvofiq Markaziy bank tasarrufiga oʻtkazishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Markaziy bank undiruv garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarga qaratilgan kundan kechiktirmasdan bu haqida bankka, Markaziy depozitariy va (yoki) garov predmati saqlanadigan boshqa muassasaga xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari kredit boʻyicha asosiy qarz va tegishli foiz toʻlovlari, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, bank yetishmayotgan mablagʻni kredit shartnomasi shartlariga muvofiq Markaziy bankka toʻlab berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Bankning kredit boʻyicha majburiyatlarini toʻlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Manfaatdor shaxslar Markaziy bankning qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, sudga murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari kredit boʻyicha asosiy qarz va tegishli foiz toʻlovlari, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar miqdoridan oshgan hollarda, Markaziy bank ortiqcha mablagʻlarni kredit shartnomasi shartlariga muvofiq bankka qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki boshqaruv raisiga

Favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kredit olish boʻyicha

SOʻROVNOMA

__________ (bank nomi) ushbu bilan bank faoliyatida qisqa muddatli likvidlilik taqchilligi yuzaga kelganligini bildiradi.

(Likvidlilik taqchilligining batafsil izohi).

Bankning qisqa muddatli pul oqimlari prognozi kelgusi ikki haftada omonatchilar va kreditorlar oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash uchun ______ mlrd. soʻmlik likvidlilikka ehtiyoj yuzaga kelganligini koʻrsatmoqda.

Bugungi kunda __________ (bank nomi) likvidlilikni jalb etish boʻyicha barcha imkoniyatlardan toʻliq foydalanib boʻlganligini maʼlum qilamiz.

(Banklararo pul va REPO bozorlari, Markaziy bank bilan operatsiyalar va boshqa manbalardan likvidlilikni jalb etish boʻyicha maʼlumotlar).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizdan __________ (bank nomi)ga _________ muddatga ______ mlrd. soʻm miqdorida favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kredit ajratilishida amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.

Bank tomonidan likvidlilik holatini tiklash va prudensial meʼyorlarni yaxshilash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar amalga oshirilishini kafolatlaymiz. Bu borada bajarilgan ishlar boʻyicha Markaziy bankka doimiy ravishda maʼlumot taqdim etib boriladi.

Soʻrovnomaga bank tomonidan kelgusi ikki haftalik davr uchun pul oqimlari prognozi, favqulodda qoʻllab-quvvatlash kreditlarini oʻz vaqtida qaytarish va likvidlilik holatini tiklash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi, favqulodda qoʻllab-quvvatlash kreditlari boʻyicha garov sifatida taqdim etiladigan aktivlar roʻyxati ilova qilinadi.

Ilova ___ varaqda.

Boshqaruv raisi

Ismi, familiyasi, imzosi

Sana

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Ushbu ilova matni har bir bankda yuzaga kelgan vaqtinchalik likvidlilik taqchilligining oʻziga xosligidan kelib chiqib oʻzgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

_______________ (bank nomi) tomonidan favqulodda qoʻllab-quvvatlash kreditlarini oʻz vaqtida qaytarish va likvidlilik holatini tiklash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Aktivlar

1-oy yakuni boʻyicha

2-oy yakuni boʻyicha

3-oy yakuni boʻyicha

4-oy yakuni boʻyicha

5-oy yakuni boʻyicha

6-oy yakuni boʻyicha

1.

Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari

2.

Bankning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari

3.

Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar

4.

Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlar

 shu jumladan:

4.1

 davlat qimmatli qogʻozlari

4.2

 korporativ qimmatli qogʻozlar

4.3

 boshqa qimmatli qogʻozlar

5.

Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar

6.

Oldi-sotdiga moʻljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar

7.

REPO bitimlari boʻyicha sotib olingan qimmatli qogʻozlar

8.

Investitsiya, kredit va lizing operatsiyalari

shu jumladan:

8.1

boshqa banklarga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.2

Hukumatga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.3

budjet tashkilotlariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.4

jismoniy shaxslarga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.5

yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.6

davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.7

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.8

xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.9

bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga berilgan qisqa va uzoq muddatli kreditlar

8.10

lizing (moliyaviy ijara)

8.11

sud yoki ijro ishi yuritish jarayonidagi kreditlar va lizing

8.12

qaram xoʻjalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va shoʻba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar

8.13

amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar

9.

Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar

10.

Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizsiz daromadlar

11.

Asosiy vositalar

12.

Nomoddiy aktivlar

13.

Bankning boshqa xususiy mulklari

14.

Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari

15.

Standart deb tasniflangan aktivlar boʻyicha zaxira

16.

Boshqa aktivlar

Jami aktivlar (I)

Majburiyatlar

17.

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari:

shu jumladan:

17.1

jismoniy shaxslar depozitlari

17.2

yuridik shaxslar depozitlari

18.

Jamgʻarma va muddatli depozitlar:

shu jumladan:

18.1

jismoniy shaxslar depozitlari

18.2

yuridik shaxslar depozitlari

19.

Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar

20.

Bankning toʻlanmagan akseptlari

21.

Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar

22.

Olingan uzoq muddatli kreditlar

23.

Lizing (moliyaviy ijara) boʻyicha majburiyatlar

24.

REPO bitimlari boʻyicha sotilgan qimmatli qogʻozlar

25.

Toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar

26.

Hisoblangan soliqlar

27.

Mijozlarning boshqa depozitlari

28.

Hosilaviy instrumentlarning revalvatsiyasi natijasida amalga oshmagan zararlar va boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar

29.

Mijozlarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari

30.

Kliring tranzaksiyalari

31.

Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari

32.

Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum

33.

Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar

34

Subordinar qarz

35.

Boshqa majburiyatlar

Jami majburiyatlar (II)

Xususiy kapital

36.

Ustav kapitali

37.

Qoʻshimcha kapital

38.

Zaxira kapitali

39.

Taqsimlanmagan foyda

Jami kapital (III)

Jami majburiyatlar va kapital (II+III)

40.

Bankning Markaziy Bank oldidagi majburiyatlari:

shu jumladan:

40.1

likvidlilikni taqdim etish operatsiyalari boʻyicha

40.2

favqulodda qoʻllab-quvvatlash kreditlari boʻyicha

Boshqaruv raisi

Ismi, familiyasi, imzosi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 11-iyuldagi 15/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 3581-1, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3581-1/0714-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

_______________ (bank nomi)ning kelgusi ikki haftalik davr uchun

PUL OQIMLARI PROGNOZI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2 haftalik davr

xx.xx.xxxx dan

xx.xx.xxxx gacha

Kelgusi 2 haftalik davr uchun sof pul oqimlari prognozi (mlrd. soʻmda)

Musbat oqimlar bank likvidliligiga qoʻshiladi

Manfiy oqimlar bank likvidliligidan kamaytiriladi

Jami depozitlar

X

shu jumladan:

talab qilib olinguncha depozitlar

jamgʻarma depozitlar

muddatli depozitlar

Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar

X

Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar

X

Olingan uzoq muddatli kreditlar

X

Hisoblangan soliqlar

X

Investitsiya, kredit va lizing operatsiyalari

X

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar

X

Banklararo pul bozoridagi operatsiyalar

X

Markaziy bank bilan operatsiyalar

X

Boshqalar

X

Jami sof oqimlar

X

Boshqaruv raisi

Ismi, familiyasi, imzosi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

_______________ (bank nomi) tomonidan favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditga garov predmeti sifatida taklif etilayotgan aktivlar

ROʻYXATI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-jadval

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) boshqa muassasada hisobi yuritiluvchi (saqlanuvchi) qimmatli qogʻozlar

T/r

ISIN raqami

Soʻndirilish muddati

Qimmatli qogʻozlar soni

Nominal qiymati

Jami nominal qiymati

Nominalga nisbatan oʻzgarishi (%)

Garovning jami qiymati

1

2

3

4

5

6=4*5

7

8=6*7/100

Jami aktivlar

2-jadval

Markaziy bankdagi muddatli depozitlar va boshqa hisobvaraqlar

Depozit hisobvaragʻi raqami

Depozitni soʻndirish muddati

Valyuta birligi

Garov predmeti sifatida taqdim etilayotgan sanadagi depozit qoldigʻi

Depozit hisobvaragʻi ochilgan valyuta birligida

Xabarnoma taqdim etilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblangan qiymatda

1

2

3

4

5

Jami depozitlar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

3-jadval

_______________ (bank nomi) tomonidan favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditga garov predmeti sifatida taklif etilayotgan kreditlar

T/r

Qarzdorning nomi

Qarzdorning shaxsni tasdiqlovchi hujjati raqami

Kredit reyestri boʻyicha unikal raqami

Kredit shartnomasi tuzilgan sana

Kredit shartnomasi tugash sanasi

Roʻyxatga kiritish sanasidagi kredit shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan qoldiq summa

Kredit shartnomasida qayd etilgan valyuta kodi

Kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash usuli

Kredit shartnomasida qayd etilgan valyutada

Roʻyxat taqdim etilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblangan qiymatda

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Jami

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

4-jadval

Bankning boshqa aktivlari

T/r

Aktivlar turi

Garov predmeti sifatida taqdim etilayotgan aktivning balans qiymati

Soʻnggi qayta baholash amalga oshirilgan sana

Aktivdan foydalanish muddati

Jami aktivlar

Ushbu bilan favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditga garov predmeti sifatida taklif etilayotgan aktivlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami ___, sana ___) belgilangan maqbullik talablariga javob berishini, boshqa amaliyotlar boʻyicha garovga qoʻyilmaganligini, kelgusida garovga qoʻyilmasligini hamda nizo predmeti emasligini tasdiqlaymiz hamda kafolatlaymiz.

______ (bank nomi) garov predmeti sifatida taqdim qilingan aktivlar sifatining buzilishi va (yoki) qiymatining pasayishiga olib keluvchi har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular yuzaga kelgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda Markaziy bankka taqdim etish majburiyatini oladi.

Boshqaruv raisi

Ismi, familiyasi, imzosi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Markaziy bank tomonidan favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kredit ajratilishi hamda kredit boʻyicha garov predmeti sifatida qabul qilingan maqbul aktivlar toʻgʻrisida

XABARNOMA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank ushbu bilan, Sizning ____ yil ____ (sana)dagi Soʻrovnomangizga koʻra Markaziy bank boshqaruvi tomonidan favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kredit ajratilishi boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganligi maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami ___, sana ___) muvofiq kredit boʻyicha maqbul deb topilgan garov predmetlari roʻyxati ilova muvofiq yuborilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-jadval

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) boshqa muassasada hisobi yuritiluvchi (saqlanuvchi) qimmatli qogʻozlar

T/r

ISIN raqami

Soʻndirilish muddati

Qimmatli qogʻozlar soni

Nominal qiymati

Jami nominal qiymati

Nominalga nisbatan oʻzgarishi (%)

Garovning jami qiymati

1

2

3

4

5

6=4*5

7

8=6*7/100

Jami aktivlar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2-jadval

Markaziy bankdagi muddatli depozitlar va boshqa hisobvaraqlar

Depozit hisobvaragʻi raqami

Depozitni soʻndirish muddati

Valyuta birligi

Garov predmeti sifatida taqdim etilayotgan sanadagi depozit qoldigʻi

Depozit hisobvaragʻi ochilgan valyuta birligida

Markaziy bank kursi boʻyicha qayta hisoblangan qiymati

1

2

3

4

5

Jami depozitlar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

3-jadval

Kredit talablari sifatida qabul qilingan kreditlar

Qarzdorning nomi

Qarzdorning shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami

Kredit reyestri boʻyicha unikal raqami

Kreditning Markaziy bankka taqdim etilgan sanadagi qoldiq summasi

1

2

3

4

Jami

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

4-jadval

Bankning boshqa aktivlari

T/r

Aktivlar turi

Garov predmeti sifatida taqdim etilayotgan aktivning balans qiymati

Soʻnggi qayta baholash amalga oshirilgan sana

Aktivdan foydalanish muddati

Jami aktivlar

Rais oʻrinbosari

Ismi, familiyasi, imzosi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

_______________ (bank nomi) ning kunlik pul oqimlari

HISOBOTI

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

xx.xx.xxxx holatiga

Joriy likvidlilik holati (mlrd. soʻmda)

Milliy valyutadagi pul mablagʻlari

X

shu jumladan:

Naqd pul

Markaziy bankdagi majburiy zaxiralar

Markaziy bankdagi joriy hisobvaraqlar

Chet el valyutalaridagi depozitlar

X

Oldingi ish kunidagi sof pul oqimlari (mlrd. soʻmda)

Musbat oqimlar = bank likvidliligiga qoʻshiladi

Manfiy oqimlar = bank likvidliligidan kamaytiriladi

Jami depozitlar

X

 shu jumladan:

 talab qilib olinguncha depozitlar

 jamgʻarma depozitlar

 muddatli depozitlar

Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar

X

Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar

X

Olingan uzoq muddatli kreditlar

X

Hisoblangan soliqlar

X

Investitsiya, kredit va lizing operatsiyalari

X

Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar

X

Banklararo pul bozoridagi operatsiyalar

X

Markaziy bank bilan operatsiyalar

X

Boshqalar

X

Jami sof oqimlar

X

Boshqaruv raisi

Ismi, familiyasi, imzosi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 10/24/3581/1020-son; 09.08.2025-y., 10/25/3581-1/0714-son)