03.09.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3581-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 3 sentyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3581-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 9-noyabrdagi 34/5-son qarori (roʻyxat raqami 3581, 2024-yil 10-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 10/24/3581/1020-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais T. ISHMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026 yil 11 avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23/2-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 11-avgustdagi 23/2-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan toʻlovlar uzluksizligi va bank tizimi barqarorligini taʼminlash maqsadida tijorat banklarining, shu jumladan mikromoliya banklarining, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi) ajratish hamda islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish tartibini belgilaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islomiy bank faoliyati — banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan bank faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islomiy moliya standartlari — islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga hamda milliy qonunchilikka muvofiq Markaziy bank va (yoki) boshqa vakolatli organ tomonidan qabul qilingan islomiy moliyaga oid qoidalar toʻplami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish — islomiy moliya standartlariga muvofiq Markaziy bank tomonidan islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga taqdim etiladigan moliyaviy yordam shakli.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshi “kredit taqdim etishi” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi “kredit olish” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“21. Markaziy bank islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarning likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan foydalanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 3-band “Markaziy bank tomonidan kredit” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish mablagʻi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“31. Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarning likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirilganda islomiy moliya standartlariga muvofiq moliyalashtirish shartlari (ustama yoki foydadan olinadigan ulush, moliyalashtirishning maksimal miqdori va h.k.) Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan belgilanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 8-band “Kredit” degan soʻzdan keyin “va islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 9-banddagi “kreditni” degan soʻz “kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish mablagʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2-bob. Bankning likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha murojaat qilish tartibi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 10 va 11-bandlar “kredit olish” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 12-bandning ikkinchi xatboshisi “kredit olish va” degan soʻzlardan keyin “(yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan foydalanish hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 14-band “kreditdan” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 3-bobning nomidagi “Kredit boʻyicha garov” degan soʻzlar “Garov” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“161. Markaziy bank tomonidan banklarga islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish taqdim etilganda garov predmeti sifatida islomiy moliya standartlari talablariga hamda Markaziy bank boshqaruvining qarorida belgilangan boshqa talablarga muvofiq keladigan aktivlar qabul qilinadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. 4-bobning nomidagi “Kredit” degan soʻz “Bankning likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. 20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20. Markaziy bank bankning kredit olish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha soʻrovnomasini u kelib tushgan kundan boshlab 3 bank ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Markaziy bank bankning soʻrovnomasini koʻrib chiqishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning holatini baholashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning garov predmetini baholashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankka taqdim etiladigan kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishning miqdorini aniqlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablar, jumladan islomiy moliya standartlari talablari bajarilishini tekshirishni amalga oshiradi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. 25-bandning ikkinchi xatboshisi, 57 va 63-bandlar “kredit” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. 28 va 50-bandlardagi “kreditning” degan soʻz “kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. 5-bobning nomidagi “Kreditni taqdim etish” degan soʻzlar “Bankning likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. 29 — 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“29. Bankning kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish ajratish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bankka kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish ajratish yoki uni rad etish toʻgʻrisida Markaziy bank boshqaruvining qarori qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda bankka kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank tomonidan bankning holatini baholashda mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan toʻlovga qobiliyatli va barqaror bank mezonlariga muvofiq kelmasligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan kredit olish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan foydalanish uchun mazkur Nizomning 11 va 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan garov predmeti sifatida mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan maqbul aktivlar taqdim etilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha soʻrovnoma yuborilgan sanadan oldingi uch oylik davr mobaynida bankka aloqador shaxslar uchun kredit tavakkalchiligining bank birinchi darajali kapitaliga nisbatining eng koʻp miqdoridan oshganligi yoki soʻrov yuborilgandan keyingi davrda bankka aloqador shaxslarga kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish amalga oshirilganligi aniqlansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlilik taqchilligi sabablari, kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan foydalanish zaruriyati, garov manbalari, likvidlilikni jalb qilish boʻyicha boshqa manbalardan foydalanish imkoniyati yoʻqligi, likvidlilikni tiklash rejasi boʻyicha pul oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va prognozlar asoslantirilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank tomonidan kreditni taqdim etish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish pul-kredit siyosatini amalga oshirishga salbiy taʼsir koʻrsatadi deb baholansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomda belgilangan boshqa talablar buzilganligi aniqlansa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mazkur Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan bankka kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda, Markaziy bank boshqaruvi tomonidan bankka kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishning maksimal miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditni taqdim etish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditning foiz stavkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha ustama, foydadan olinadigan ulush va boshqa daromadlar miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov taʼminoti sifatida qabul qilingan maqbul aktivlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadigan boshqa shartlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Markaziy bank tomonidan kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan kechiktirilmasdan bu haqida bankka xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilinganda Markaziy bank garov predmeti sifatida qabul qilingan maqbul aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni bankka mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq yozma yoki elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Markaziy bank tomonidan bankka kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank bilan bank oʻrtasida qonunchilikda belgilangan tartibda kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish hamda garov shartnomalari rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish hamda garov shartnomalari Markaziy bank va bankning vakolat berilgan shaxslari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Markaziy bank tomonidan bankka kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishni taqdim etish, qaytarish va ularga hisoblangan foiz va (yoki) olingan foyda boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish Markaziy bankning Integrallashgan axborot tahliliy tizimi orqali avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Bank kredit ajratilganidan va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirgandan soʻng har kuni kunlik pul oqimlari hisobotini mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Markaziy bankka taqdim etib boradi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Quyidagi mazmundagi 371-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“371. Likvidlilikni favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish taqdim etilganda, bankning ijroiya organiga mazkur moliyalashtirish toʻliq soʻndirilgunga qadar uning islomiy moliya standartlariga muvofiqligini taʼminlash majburiyati yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning islomiy moliya masalalarini muvofiqlashtiruvchi islomiy moliya kengashi mazkur moliyalashtirish toʻliq soʻndirilgunga qadar uning islomiy moliya standartlariga muvofiqligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha garov predmetining qiymati xorijiy valyutada boʻlgan hollarda, ushbu aktivlar boʻyicha hisob-kitoblar kredit taqdim etilgan va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirilgan kundagi Markaziy bankning rasmiy almashuv kursi boʻyicha amalga oshiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. 42-banddagi “kreditlar” degan soʻz “aktivlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. 43-bandning uchinchi xatboshisi “kredit” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. 45-banddagi “kreditning joriy qoldigʻi va hisoblangan foiz” degan soʻzlar “kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishning joriy qoldigʻi va kredit boʻyicha hisoblangan foiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. 47 va 48-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“47. Kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish muddati davomida ajratiladigan kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish miqdorining ortishi va garov sifatida olingan aktivlar risk darajasining oʻzgarishi natijasida Markaziy bank garov predmeti sifatida qoʻshimcha aktivlarni talab qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Markaziy bank bank tomonidan kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan foydalanish davrida belgilangan shartlarga, jumladan islomiy moliya standartlari talablariga rioya etilishini oʻrganish hamda taqdim qilingan maʼlumotlarning toʻgʻriligini baholash maqsadida masofaviy va zarur hollarda, joyiga chiqqan holda qoʻshimcha tekshirishlar oʻtkazishi mumkin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. 8 va 10-boblarning nomlari hamda 54-band “Kredit” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“49. Bank ikki haftalik muddatning oxiriga qadar kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajara olmasa va (yoki) yana qoʻshimcha kredit olish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish zarurati mavjud boʻlsa, ushbu muddat tugashidan kamida uch bank ish kuni oldin kreditni ikki haftagacha boʻlgan muddatga uzaytirish toʻgʻrisida Markaziy bankka takroran soʻrovnoma yuboradi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“51. Bank tomonidan kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish shartlari va likvidlilikni tiklash rejasiga rioya qilingan taqdirda, kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish Markaziy bank boshqaruvining qarori asosida yana ikki haftagacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bank kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajara olmasa va (yoki) qoʻshimcha kredit olish zarurati mavjud boʻlsa, kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish dastlabki taqdim etilgan sanadan boshlab olti oygacha boʻlgan muddatga qadar takroran taqdim etilishi mumkin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. 52-band “kredit” degan soʻzdan keyin “va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“53. Markaziy bank tomonidan bankning kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish muddatini uzaytirish haqidagi soʻrovnomasi mazkur Nizomga muvofiq kredit ajratish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish uchun belgilangan umumiy asoslarda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Quyidagi mazmundagi 541-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“541. Islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish shartlari va u boʻyicha garov predmetlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda moliyalashtirish muddatini uzaytirish Markaziy bankning islomiy moliya kengashi tomonidan maʼqullangan boʻlishi kerak.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. 9-bobning nomi “kredit va” degan soʻzlardan keyin “(yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. 55 va 56-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“55. Kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati kelganda, bank ushbu kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha asosiy qarz va tegishli kredit boʻyicha foiz toʻlovlarini, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni Markaziy bankka qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Bank kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha olingan mablagʻlarni muddatidan oldin qaytarishi mumkin. Bunda, kredit boʻyicha foiz toʻlovlari va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan olingan daromadlar haqiqatda foydalanilgan davr uchun hisoblanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. 58 — 61-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“58. Bank kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan foydalanib boʻlgach hamda kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha barcha majburiyatlarini toʻliq bajarganidan soʻng takroran kredit olish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish uchun Markaziy bankka soʻrovnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Markaziy bank quyidagi hollarda kredit taqdim etish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishni toʻxtatishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlilikni tiklash rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notoʻgʻri hisobotlar taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirishdan likvidlilikni tiklash rejasi hamda pul oqimlari prognoziga muvofiq foydalanilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov predmetini almashtirish va (yoki) qoʻshimcha garov shakllantirish shartlariga rioya qilinmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank tomonidan bankning kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi rad etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank tomonidan kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish shartnomasi va (yoki) garov shartnomasining boshqa talablariga rioya qilinmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Markaziy bank tomonidan kredit taqdim etish va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish toʻxtatilganda, bank ushbu kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha barcha majburiyatlarni Markaziy bankka qaytarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Bank kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha barcha majburiyatlarni toʻliq qaytarish imkoniyatiga ega boʻlmasa, Markaziy bank bankning majburiyatlari boʻyicha undiruvni quyidagi tartibda amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq banklarning majburiyatlarini undirishda ustuvor huquqdan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarga qaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning Markaziy bankdagi barcha pul mablagʻlari boʻyicha talablari va uning kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlariga nisbatan nettingni qoʻllash.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“66. Garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha asosiy qarz hamda kredit boʻyicha tegishli foiz toʻlovlari, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, bank yetishmayotgan mablagʻni kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish shartnomasi shartlariga muvofiq Markaziy bankka toʻlab berishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“70. Garov predmeti sifatida qabul qilingan aktivlarni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish boʻyicha asosiy qarz hamda kredit boʻyicha tegishli foiz toʻlovlari, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar miqdoridan oshgan hollarda, Markaziy bank ortiqcha mablagʻlarni kredit va (yoki) islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirish shartnomasi shartlariga muvofiq bankka qaytaradi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. 1-ilovaning oltinchi xatboshisi “kredit ajratilishida” degan soʻzlardan keyin “(islomiy moliya vositalari orqali moliyalashtirilishida)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2026 y., 10/26/3581-2/0887-son)