05.08.2024 yildagi 481-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoni hamda “Respublikada kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirishda mahalliy tadbirkorlarni keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-yanvardagi PQ-17-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan maxsus elektron tizim orqali rasmiylashtirish;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash pasportini tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanmasini va bu boradagi xalqaro tajribani tahlil qilib, Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar roʻyxatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi xavf-xatarlarni tahlil qilib, xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmini shakllantirsin va amaliyotga joriy etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning 1-2-bandlari mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
481-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga

1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NIZOM

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AAT — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma — mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar)ni mazkur Nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma olish maqsadida murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ruxsatnoma Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ruxsatnoma talab etiladigan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning roʻyxati mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoki oʻz ehtiyojlari uchun ishlatadigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirgan jismoniy va yuridik shaxslar ulardan oʻzlariga tegishli yer maydonlarida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalanadilar. Bunda, ular bilan ulgurji yoki chakana savdo amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ruxsatnomada belgilangan talab va shartlarga rioya etilishi Agentlik va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) tomonidan nazorat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakatlardan sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni, shuningdek, ularning gʻayriqonuniy nusxalarini olib kirishdan muhofaza etish maqsadida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik talabgorlar tomonidan ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni rasmiy veb-saytiga, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi hamda AATga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Ruxsatnomani berishga oid talablar va shartlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar ruxsat berishga oid talablar va shartlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan pasport (keyingi oʻrinlarda — Pasport)ning 9-bandida keltirilgan talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish boʻyicha majburiyatni oʻz zimmasiga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomani olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs boʻlgan talabgorning nomi, yuridik manzili oʻzgarganligi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yoki filial va vakolatxona ochilgandan soʻng vakolatli organga oʻn ish kuni ichida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki AATdagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

jismoniy shaxs boʻlgan talabgorning unga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin besh ish kunida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki AAT orqali murojaat qilish.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pasportning 9-bandida ushbu bandga qoʻshimcha ravishda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirish faoliyatini amalga oshirish (harakatlarni bajarish) uchun alohida talab va shartlar belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI oʻrniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsatnomani olish uchun “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ariza yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza talabgordan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integratsiya qilingan AAT orqali elektron shaklda, talabgorning ERI bilan tasdiqlangan holda qabul qilinadi va roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Talabgordan ushbu Nizomning 10-bandi va Pasportning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Arizani koʻrib chiqish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Agentlikning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim talabgor arizasidan voz kechgan taqdirda yoki ariza koʻrib chiqilgandan soʻng ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda talabgorga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Arizaga kiritilgan maʼlumotlar AAT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlab avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza quyidagi hollarda avtomatik ravishda qabul qilinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi AAT orqali aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan yigʻim toʻlanmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi uchun litsenziya mavjud boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomalar reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat boʻyicha kiritilgan va amalda boʻlgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning ayni bir xil faoliyatni yoki harakatni amalga oshirishi muayyan muddatga toʻxtatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

talabgor tomonidan ruxsatnoma boʻyicha tanlangan faoliyatni amalga oshirish va/yoki harakat sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandda koʻrsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Ruxsatnoma oʻn ikki oy muddatga taqdim qilinadi, agar talabgor tomonidan oʻn ikki oy muddatda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar olib kirilmagan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilish muddati toʻxtatiladi va yangi ruxsatnoma olish uchun qayta ariza beriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Agentlikka ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi va qarorga muvofiq tegishli hujjat haqida talabgorga AAT orqali elektron shaklda xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Quyidagilar ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berilishi uchun Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirilishi rejalashtirilgan mahsulotning yaroqlilik muddati Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan davrdan boshlab olti oydan kam ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik yoki soha yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshiruvlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mazkur bandning ikkinchi-beshinchi xatboshilarida belgilangan ruxsatnomani berishni rad etish uchun asoslarning bartaraf etilishiga muddat berilishi nazarda tutiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, ruxsatnomani berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

17. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga elektron shaklda rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va talabgor koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat belgilangan holda yuboriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Talabgor ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish talabgordan rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Ariza takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon qilinmagan rad etish sabablari Agentlik tomonidan keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

20. Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan hisoblanadi va Agentlik tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Talabgor ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek, Agentlik mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish va oʻzgartirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagach, u talabgor arizasiga koʻra qoʻshimcha oʻn ikki oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza Agentlikka mazkur hujjatning amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yigʻim undirilmagan holda uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar qayta roʻyxatdan oʻtganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, besh ish kuni davomida Agentlikka ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarini ilova qilgan holda topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, besh ish kuni davomida Agentlikka ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar uni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan jismoniy va yuridik shaxslar yoxud ularning huquqiy vorisi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida Agentlikning belgisi qoʻyilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

26. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda Agentlik tomonidan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Ruxsatnoma arizaga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, Agentlik tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni davomida qayta rasmiylashtiriladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchilarning ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizasi Agentlik tomonidan koʻrib chiqilganda va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirib berilganda, mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan yigʻimning yarmi undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32, 33 va 34-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ruxsatnomalar reyestrini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agentlik ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va ularni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ruxsatnomalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berilgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar: nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma berilgan sana va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishning hamda amal qilish muddatini uzaytirishning asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va tiklash uchun asos va sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va tugatish, qayta rasmiylashtirishning hamda bekor qilishning asoslari va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ruxsatnomalar reyestridagi maʼlumotlar ochiq hisoblanadi hamda ushbu reyestr “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan ruxsatnomalar asosida “real vaqt” rejimida shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

TIF TN kodlari

Nomlanish

Mineral oʻgʻitlar

*2814 20 000 0 dan

*2827 10 000 0 dan

*2834 29 800 0 dan

3102 dan

Azotli oʻgʻitlar

*2510 20 000 0 dan

*2835 25 000 0 dan

*2835 26 000 0 dan

3103 dan

Fosforli oʻgʻitlar

*2827 39 850 0 dan

*2833 29 800 0 dan

3104 dan

Kaliyli oʻgʻitlar

*2834 21 000 0 dan

*2835 24 000 0 dan

3105 dan

Tarkibida ikki yoki uchta ozuqa moddalari boʻlgan mineral yoki kimyoviy oʻgʻitlar:

azot, fosfor va kaliy;

boshqa oʻgʻitlar;

brutto ogʻirligi 10 kg dan oshmagan tabletka yoki analog shaklidagi yoki qadoqlangan mazkur guruh tovarlari.

*2810 00 dan

*2827 dan

*2833 dan

*2840 dan

*2841 70 000 0 dan

Mikrooʻgʻitlar

Oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar

2903 39 110 0

brommetan (metilbromid)

3808

Chakana savdo uchun shakl yoki qadoqlarga, tayyor preparat yoki mahsulotlar sifatida qadoqlangan insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, oʻsimliklar oʻsishini boshqaruvchi vositalar, dezinfeksiya vositalari va ularga analog vositalar (masalan, oltingugurt bilan ishlangan lentalar, tayoqlar va shamlar, chivin qogʻozi);

- ushbu tovar guruhining 1 subpozitsiyasida koʻrsatilgan tovarlar;

3808 52 000 0

- DDT (ISO) (klofenotan (INN)), netto vazni 300 g dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda;

3808 59 000

-- boshqalar;

3808 59 000 1

--- tarkibida 4,6-dinitro-o-krezol (DNOK (ISO)) yoki uning tuzlari yoki tributil birikmalari yoxud bu moddalar aralashmalari boʻlgan;

--- boshqalar;

3808 59 000 2

---- aldikarb (ISO) yoki penta va oktabromobifenil oddiy efirlari yoki perftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari, yoki perftoroktansulfonamidlar yoxud perftoroktansulfonil-floridlarni oʻz ichiga olgan insektitsidlar;

3808 59 000 3

--- alaxor (ISO) yoki azinofosmetil (ISO) yoki endosulfan (ISO) oʻz ichiga olgan insektitsidlar;

3808 59 000 4

--- tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari yoki perftoroktansulfonamidlar yoki perftoroktansulfonil-ftorid boʻlgan fungitsidlar;

3808 59 000 5

--- tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari yoki perftoroktansulfonamidlar va perftoroktansulfonil-ftorid boʻlgan gerbitsidlar

3808 59 000 8

--- tarkibida alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO), azinfosmetil (ISO), endosulfan (ISO), penta va oktabromdifenil oddiy efirlari yoki pentaftoroktansulfon kislotasi va uning tuzlari, perftoroktansulfonamidlar yoki perftoroktansulfonilftorid boʻlgan rodentitsidlar;

3808 59 000 9

--- boshqalar;

--- ushbu tovar guruhining 2 subpozitsiyasida koʻrsatilgan tovarlar;

3808 61 000

-- netto vazni 300 g dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda;

3808 61 000 1

--- tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;

3808 61 000 2

--- tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;

3808 61 000 3

--- tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO) boʻlgan;

3808 62 000

--- netto vazni 300 g dan koʻp boʻlgan, lekin 7,5 kg dan koʻp boʻlmagan qadoqlarda:

3808 62 000 1

--- tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;

3808 62 000 2

--- tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;

3808 62 000 3

--- tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO) boʻlgan;

3808 69 000

-- boshqalar;

3808 69 000 1

--- tarkibida alfa-sipermetrin (ISO), bifentrin (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN) yoki lyambda-sigalotrin (ISO) boʻlgan;

3808 69 000 2

--- tarkibida xlorfenapir (ISO) boʻlgan;

3808 69 000 3

--- tarkibida bendiokarb (ISO), fenitrotion (ISO), malation (ISO), pirimifos-metil (ISO) yoki propoksur (ISO);

--- boshqalar;

3808 91

--- insektitsidlar:

3808 91 100 0

--- piretroidlar asosida

3808 91 200 0

--- xlorlangan uglevodorodlar asosida

3808 91 300 0

--- karbamatlar asosida

3808 91 400 0

--- forfororganik birikmalar asosida

3808 91 900 0

--- boshqalar

3808 92

--- fungitsidlar:

--- anorganik:

3808 92 100 0

---- mis birikmalari asosida boʻlgan preparatlar

3808 92 200 0

---- boshqalar

--- boshqalar:

3808 92 300 0

---- ditiokarbamatlar asosida

3808 92 400 0

---- benzimidazollar asosida

3808 92 500 0

---- diazollar yoki triazollar asosida

3808 92 600 0

---- diazinlar yoki morfolinlar asosida

3808 92 900 0

---- boshqalar

3808 93

-- gerbitsidlar, unuvchanlikni toʻxtatuvchi va oʻsimliklar oʻsishni boshqaruvchi vositalar:

--- gerbitsidlar:

3808 93 110 0

---- fenoksifitogormonlar asosida

3808 93 130 0

---- triazinlar asosida

3808 93 150 0

---- amidlar asosida

3808 93 170 0

---- karbamatlar asosida

3808 93 210 0

---- dinitroanilin hosilalari asosida

3808 93 230 0

---- karbamid, uratsil yoki sulfonilkarbamid hosilalari asosida

3808 93 270 0

---- boshqalar

3808 93 300 0

--- unuvchanlikni toʻxtatuvchi vositalar

3808 93 900 0

--- oʻsimliklar oʻsishni boshqaruvchi vositalar

3808 99

-- boshqalar:

3808 99 100 0

--- rodentitsidlar

3808 99 900 0

--- boshqalar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

* Ushbu Nizom talablari oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo sifatida olib kelinadigan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi bundan mustasno). Bunda talabgor tomonidan tovarlar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarurligi toʻgʻrisida kafolat xati taqdim etilishi shart.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat xatida belgilangan talablarga rioya etilishi va mahsulotlardan oʻz ishlab chiqarish ehtiyoji uchun foydalanilishi boʻyicha javobgarlik tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Talabgor (jismoniy va yuridik shaxslar)

Ruxsatnomani olish uchun talabgorlar tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga bevosita “Yagona darcha” tamoyili asosida Nizom bilan belgilangan shaklga muvofiq ariza va talab etiladigan barcha hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etiladi.

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish rejalashtirilgan kundan kamida 30 kun avval

2-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ariza koʻrib chiqilishi uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

2. Talabgorning ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqiladi.

3. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtirish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

4. Agentlikning qarori bilan rasmiylashtirilgan ruxsatnoma yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror haqidagi xabarni talabgorga AAT orqali elektron shaklda yuboradi.

5 ish kuni davomida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Jismoniy va yuridik shaxslar (talabgor)

4.

Ruxsat etish tartib- taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ruxsatnomani olish uchun mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish rejalashtirilgan kundan kamida 30 kun avval* talabgor tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:

talabgorlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma haqidagi maʼlumotlar (jismoniy va yuridik shaxslar) nomi, raqami, berilgan kun, oy, yil);

STIR raqami;

Olib kirish maqsadi (savdo / oʻz ehtiyoji uchun);

TIF TN kodi;

mahsulotning savdo nomi;

Faol modda va nisbati;

ishlab chiqarish sanasi;

yaroqlilik muddati;

Fizik xossasi;

roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma raqami;

miqdori va lot (partiya) raqami;

qadoq turi va hajmi;

kafolatnoma (mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning original spetsifikatsiyasi hamda maxfiy tarkibiga muvofiq kafolatli ishlab chiqarilganligi toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan hujjat) va tarjimasi mavjudligi;

mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakat;

ishlab chiqaruvchi tashkiliy nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari;

Olib kiriladigan bojxona posti nomi;

transport turi.

b) eksport qiluvchining muvofiqlik sertifikati va tarjimasi;

v) kafolatnoma (mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning original spetsifikatsiyasi hamda maxfiy tarkibiga muvofiq kafolatli ishlab chiqarilganligi toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladigan hujjat) va tarjimasi;

g) olib kiriladigan kimyoviy vositalarning spetsifikatsiyasi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim miqdori:

Undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) ruxsatnomaning amal qilish muddatida, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar olib kirilmagan taqdirda, talabgor tomonidan ruxsatnoma olish uchun qayta ariza beriladi*;

b) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlish (oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan holatlar bundan mustasno);

v) olib kiriladigan mahsulotining yaroqlilik muddati mahsulotning respublikaga kirib kelish vaqtida olti oydan kam boʻlmasligi shart;

g) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yopiq va izotermik, tashishga yaroqli va plombalangan transportda olib kirilishi lozim*;

d) oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, mazkur Nizomga, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni saqlash, tashish, ishlab chiqarish hamda qoʻllash qoidalariga rioya etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati yomonlashuviga va atrof-muhit ifloslantirilishiga yoʻl qoʻymaslik;

e) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan bogʻliq ishlarni xavfsiz amalga oshirish toʻgʻrisidagi axborotga rioya etishi;

j) yaroqsiz holga kelgan va (yoki) qoʻllanilishi taqiqlangan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni hamda ularning idishlarini zararsizlantirishga, utilizatsiya qilishga, koʻmib tashlashga va yoʻq qilishga doir talablarga rioya etish;

z) oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan oʻz vakolati doirasida berilgan zarur koʻrsatmalarni bajarish, oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilish holatlari aniqlanganda, belgilangan cheklovlar va koʻrsatmalarga rioya qilish;

i) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni xalqaro standart talablariga, savdo shartnomalarida (bitimlarida) nazarda tutilgan shartlarga javob berishiga erishish;

k) Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qiluvchi mamlakatlardan olib kirilishi rejalashtirilayotgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan gʻayriqonuniy nusxalarining oldi-sotdisini amalga oshirmaslik hamda kirib kelish xavfining oldini olish;

l) ruxsatnomani berish natijasida harakatlarni va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish, insonlarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlariga hamda ularning yashash muhitiga xavf solmaslik choralarini koʻrish;

m) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish vaqtida ruxsatnoma talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrikdan oʻtkazish;

n) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda ruxsatnoma talablariga amal qilish;

o) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni xorijiy mamlakatlardan qoʻl yuki yoki bagajda olib kirish, pochta joʻnatmalarida yuborish, shuningdek boshqa yuk bilan olib oʻtish taqiqlanadi*. Bunda tajriba-sinov uchun ruxsatnoma asosida pochta joʻnatmalarida yuborish mumkin.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Oʻn ikki oy

12.

Izoh:

*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

GERB

Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan

kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun

RUXSATNOMA

_______-son

sana

Ruxsatnoma berilgan jismoniy va yuridik shaxsning nomi

STIR raqami

Ruxsatnomaning amal qilish muddati

1.

TIF TN kodi *

1.

2.

...

2.

Mahsulot savdo nomi

1.

2.

...

3.

Faol modda va nisbati

1.

2.

...

4.

Ishlab chiqarilgan sanasi

1.

2.

...

5.

Yaroqlilik muddati

mahsulotni respublikaga kirib kelish vaqtida olti oydan kam boʻlmasligi shart!

6.

Fizik xossasi

1.

2.

...

7.

Roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma raqami sanasi

1.

2.

...

8.

Miqdori

1.

2.

...

9.

Qadoqning hajmi

1.

2.

...

10.

Mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakat

1.

2.

...

11.

Ishlab chiqaruvchi korxona nomi, manzili, aloqa raqamlari

12.

Olib kiriladigan TIF bojxona posti nomi

13.

Olib kiriladigan mahsulotlar raqamli markirovkalangan boʻlishi talab etiladi*

Hujjatlarning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
izoh: 13-band 2026-yil 1-maydan amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* olib kiriladigan mahsulotlarni raqamli markirovkalash uchun “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoriga ariza bilan murojaat qilinadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga

2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qonunchilikda belgilangan talab va shartlarga rioya etilganligini koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AAT — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrik dalolatnomasi — oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi belgilangan mineral oʻgʻitlarning va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar)ning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan koʻrik natijasida rasmiylashtiriladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsatnoma — Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirishga ruxsatnoma olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga Agentlik tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabar beruvchi — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish vaqtida ularning ruxsatnoma talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrikdan oʻtkazish uchun murojaat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklar karantini davlat inspektori — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar)ning, tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman/shahar boʻlimlari)ning agronomlari, oʻsimliklar karantini boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlaridagi, oʻsimliklar karantini boʻyicha davlatlararo chegara punktlaridagi, respublika ichki avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi oʻsimliklar karantini chegara punktlarining, shuningdek, pochtamtdagi oʻsimliklar karantini punktining mudirlari hamda agronomlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi belgilangan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan koʻrikdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoida hamda tartiblarga, mazkur vositalar qishloq xoʻjalik mahsulotlari va atrof-muhitga salbiy taʼsiri yuzasidan nazorat oʻrnatilgan tartibda rioya etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Dastlabki koʻrikdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish vaqtida dastlabki koʻrikdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Koʻrikdan oʻtkazish uchun xabar beruvchi tomonidan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirishdan kamida uch ish kuni oldin Agentlikka ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq AAT orqali elektron xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasiga mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Agentlik tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida olib kiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar yuklangan transport vositalari chegara maskanlarida oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan dastlabki koʻrikdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi chegara oʻtkazish punktlarida dastlabki koʻrik jarayonida transport vositalari va ularning yuk xonalari (maxsus plombalangan yukxonalar bundan mustasno) oʻsimliklar karantini davlat inspektori talabiga binoan, ushbu transport vositalaridagi haydovchilar yoki yuk egalari ishtirokida ochib koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan chegara maskanlarida dastlabki koʻrik oʻtkazishda ruxsatnomaning mavjudligi, amal qilish muddati AAT orqali tekshiriladi, shuningdek, transport vositalarining tashqi qismi, muhrlanmagan boshqa kimyoviy vositalarni yashirin olib kirishi mumkin boʻlgan joylar vizual koʻrikdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklar karantini davlat inspektori koʻrik natijasi ijobiy boʻlganda, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni respublika hududiga chegara oʻtkazish punkti orqali olib kirishga ruxsat beradi hamda AATda shu haqda belgi qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Koʻrik natijasida ruxsatnoma mavjud boʻlmagan yoki uning amal qilish muddati oʻtganligi yoxud mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning yashirin ravishda olib kirilayotganligi aniqlangan taqdirda, ushbu vositalar oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishiga oid ushbu Nizomga 31-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning bir nusxasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kiruvchi yuridik shaxs vakili yoki jismoniy shaxsga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) beriladi, ikkinchi nusxasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorida qoladi. Dalolatnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida Agentlikka AAT orqali xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasiga mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirishda bojxona organi bilan kelishilgan xavfni boshqarish tizimi orqali ular tasodifiy tanlov asosida ikkilamchi koʻrikdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ikkilamchi koʻrikdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ikkilamchi koʻrik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻsimliklarni himoya qilish va boshqa qonunchilikni buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida oʻtkaziladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda dastlabki koʻrik davomida oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan ikkilamchi koʻrik oʻtkazish xulosasi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

14. Ikkilamchi koʻrik oʻtkazish boʻyicha xulosa qabul qilingan vaqtdan boshlab, bir ish kunida xabar beruvchi AAT orqali bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirgan holda, yukni bojxona nazorati ostidagi omborga joylashtirib, oʻsimliklar karantini davlat inspektorini ikkilamchi koʻrikka jalb etishi shart.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xabar beruvchining AAT orqali mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni ikkilamchi koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha yuborgan murojaati oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi hamda ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq koʻrik dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Koʻrik dalolatnomasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning belgilangan talablarga muvofiqligini baholashga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholanishi quyidagi holatlarda rad etiladi va xabar beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan respublika hududidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishi taʼminlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarining oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos kelmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan har bir qadogʻiga raqamli markirovkalanmaganda;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan davrdan yaroqlilik muddati olti oydan kam boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

laboratoriya ekspertizasi xulosasida davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga nomuvofiq deb baholanganda.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa holatlarda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning importi rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organi mutaxassisi tomonidan talabgor (yoki uning vakili) hamda oʻsimliklar karantini davlat inspektori ishtirokida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning muvofiqligini baholash uchun belgilangan tartibda va belgilangan miqdorda namuna oladi va sinov laboratoriyasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

19. Sinov laboratoriyasida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga muvofiqligi baholanadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Laboratoriya ekspertizasi talab etiladigan muddat qoʻllanmalarda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Nizomning 17-bandida kuzatilgan holatlarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi taʼminlanmagan taqdirda, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishiga oid ushbu Nizomga 31-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning bir nusxasi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kiruvchi yuridik shaxs vakili yoki jismoniy shaxsga (uning vakili yoki yukni qabul qilib oluvchi, tashuvchiga) beriladi, ikkinchi nusxasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorida qoldiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Raqamli markirovka (matrik shtrixli kod) bilan boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinda — raqamli markirovka) bilan boshqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Olib kiriladigan mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalar raqamli markirovkalangan boʻlishi talab etiladi. Bunda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoriga ariza bilan murojaat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarda oʻtkazilgan koʻrikda raqamli markirovkalanmaganligi (yoki toʻliq qoʻyilmaganligi) aniqlanganda, xabar beruvchiga raqamli markirovkalash boʻyicha oʻttiz kun muddat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xabar beruvchi “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatoridan raqamli markirovka kodini olib, mahsulotning har bir qadogʻiga qoʻyilishini taʼminlaydi. Mazkur Nizomning 23-bandi bilan belgilangan oʻttiz kun muddat ichida ushbu amaliyot bajarilmagani olib kirishning toʻliq rad etilishiga sabab boʻladi.
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni oʻrganish hamda tahlil ishlarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

25. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoida hamda tartiblarga rioya etilishi, mazkur vositalar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va atrof-muhitga salbiy taʼsiri yuzasidan oʻrganish hamda tahliliy ishlar bevosita Agentlik tomonidan tashkil etiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agentlik tomonidan oʻrganish hamda tahliliy ishlar amalga oshirilishida sanitariya-epidemiologik va ekologik xavfsizlik yuzasidan nazorat talab etilgan taqdirda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlari mansabdor shaxslari jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar boʻyicha oʻrganish hamda tahlil ishlari quyidagi joylarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklar karantini chegara maskanlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona omborlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ulgurji va chakana savdo obyektlarida (savdo rastalari va omborlar);

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchi omborlarida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda tuman/shahar boʻlimlarining oʻsimliklar karantini davlat inspektor(lar)i tomonidan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar boʻyicha oʻrganish va tahlil ishlari davomida quyidagilar tekshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) roʻyxatga olinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va sifatlilik darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) markirovkasi mahsulotni tasniflash, qadoqlash va markirovkalash toʻgʻrisidagi talablarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) yaroqlilik muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

d) tavsiya etilgan oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlariga nojoʻya taʼsiri;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tavsiya etilgan zararli organizmlarga nisbatan samarasizligi yoki samaradorligi past holatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalardan quyidagilarni aniqlashda tahlil ishlari uchun namunalar olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va sifatlilik darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

tavsiya etilgan oʻsimlik va oʻsimlik mahsulotlariga nojoʻya taʼsiri;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samaradorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Namunalar oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan belgilangan miqdorda olinadi va 4-ilovadagi shaklga asosan uch nusxada namuna olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning bir nusxasi oʻsimliklar karantini davlat inspektorida, bir nusxasi akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaga hamda bir nusxasi namuna olingan joyning masʼul xodimiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar yorligʻi (markirovkasi) nazoratdan oʻtkazilganda, yorligʻi mahsulotni tasniflash, qadoqlash va markirovkalash toʻgʻrisidagi talablarga javob bermagan taqdirda, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalardan majburiy tartibda ikki nusxadan namuna olinadi, qoʻshimcha tarzda 5-ilovadagi shakl boʻyicha “Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar yorligʻi (markirovkasi) nazorati dalolatnomasi” rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Nazorat maqsadida mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning laboratoriya tahlillari faqatgina mazkur sohada akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

33. Mineral oʻgʻitlarning sifati ularning roʻyxatga olinganlik guvohnomasida belgilangan tarkib va xossalari (texnik standart va/yoki analiz sertifikati)ga muvofiqligi boʻyicha aniqlanadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning sifatini oʻrganish va tahlil qilish maqsadida oʻtkazilgan fizik-kimyoviy tahlillarda 6-ilovada koʻrsatilgan xususiyatlar aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

34. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning sifatini oʻrganish (tahlil qilish) davomiyligi tahlil oʻtkazish uslublariga muvofiq belgilanadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning sifatini nazorat qilish boʻyicha oʻtkazilgan tahlil natijalari boʻyicha hisobotlar uch kundan kechiktirmay 7-ilovalardagi shakllar asosida Agentlikka yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar sifatini nazorat qilish boʻyicha oʻtkaziladigan laboratoriya tahlillari natijalarida faol moddalar miqdorida aniqlangan koʻrsatkichlar sifatni nazorat qilish maqsadida tahlil qilingan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarga taalluqli faol moddalar miqdoridagi farqlar mazkur Nizomga 8-ilovadagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-son qarori bilan tasdiqlangan Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ilovadagi ruxsat etilgan salbiy ogʻishi doirasida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning fizik xossalarida ruxsat etilgan salbiy ogʻishini qoʻllash mezonlarida Nizomga 9-ilovaga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri qishloq xoʻjaligida nazorat qilish uchun ishlatiladigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan faol moddaning tozaligi inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrganish davomida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsiri mavjudligi aniqlansa, Agentlik tomonidan mahsulotni foydalanishdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Import qilinishi rad etilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar uch oy muddatgacha xabar beruvchi tomonidan reeksport tartibida olib chiqib ketilishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar boʻyicha laboratoriya tekshiruvlari, tegishli ekspertiza oʻtkazish, raqamli markirovka kodini ishlab chiqarish yoki yuklash va har bir qadogʻiga raqamli markirovka kodini qoʻyish bilan bogʻliq hamda reeksport tartibida olib chiqib ketilishi bilan bogʻliq xarajatlar xabar beruvchi hisobidan qoplanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

muddati

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Xabar beruvchi (Jismoniy va yuridik shaxslar)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga bevosita avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) orqali belgilangan shaklga muvofiq xabar beradi.

Mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishdan kamida 3 ish kuni oldin

2-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

1. Jismoniy va yuridik shaxsning xabarini koʻrib chiqadi.

2. Xabarni taalluqli oʻsimliklar karantini davlat inspektoriga yuboradi.

3. Oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan koʻrikdan oʻtkazish, laboratoriya tahlillari uchun namunalar olinadi.

4. Koʻrik dalolatnomasini rasmiylashtiradi va taqdim qiladi.

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qayd etilgan bojxona punktiga kelib tushgan sanadan boshlab 3 ish kuni ichida*

Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Laboratoriya tahlillari oʻtkazilishiga hamda raqamli markirovka kodi qoʻyilishiga talab etiladigan muddatga qarab, bajarish 30 kungacha boʻlgan muddatgacha oʻzgarishi mumkin.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar olib kirilishi uchun oldindan xabar berish shakli
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oldindan xabarnoma sanasi: 20___ y. “____” ____________.

(1) Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs nomi: __________

(2) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun berilgan ruxsatnoma raqami va sanasi: __________

(3) olib kirilishi qayd etilgan punkt nomi: __________

(4) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning savdo nomi: __________

(5) Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni roʻyxatdan oʻtkazish raqami: __________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“0000000 — son

KOʻRIK DALOLATNOMASI

___________________________ oʻsimliklar karantini davlat inspektori _____________________________ tomonidan

_____(hududiy boʻlinma nomi)_______________________________________________________ (F.I.O.)________

20____ yil “_____” ____________da xabar beruvchi vakili __________________________________________________________

__________________________________________________________________________(F.I.O.)

ishtirokida __________________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomi)

STIR/JSHSHIR: __________________da Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan koʻrikdan oʻtkazildi.

Ikkilamchi koʻrikdan oʻtkazilgan mineral oʻgʻitlarni va/yoki oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositaning:

Lot raqami № ________________________________

Mahsulot nomi: _______________________________

Mahsulot yuklangan transport birligi raqami: __________________

Ruxsatnoma raqami: № ________ berilgan sana: ____________.

Koʻrik davomida quyidagilar aniqlandi (tegishlisi belgilanadi!):

□ 1. Bojxona rasmiylashtiruviga ruxsat etiladi.

□ 2. Bojxona rasmiylashtiruviga ruxsat etilmaydi (quyidagi sabablar koʻrsatilgan holda):

□ roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarining oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos emas;

□ mahsulotga raqamli markirovka kodi qoʻyilmagan (yoki toʻliq qoʻyilmagan);*

□ mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan davrdan yaroqlilik muddati olti oydan kam;

□ laboratoriya ekspertizasi xulosasi davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga nomuvofiq deb baholangan;

* 2026-yil 1-maydan amal qiladi.

Hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi

QR-kod

(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

31-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi belgilangan mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DALOLATNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

20____ yil “____” ____________

______________________

(rasmiylashtirish joyi nomi)

_________________________________________________________________________________________________________________

(dalolatnoma rasmiylashtirgan oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi)

_________________________________________________________________________________________________________________

(OʻKCHM nomi)

Ushbu dalolatnoma oʻsimliklar karantini davlat inspektori __________________________________________________ tomonidan

___________________________________________________________________________(F.I.O.)

20_____ yil “______” _______________da kelib tushgan ______-son xabarnomaga asosan mahsulot egasi (yoki uning vakili) ____________________________________ ishtirokida _______________________ bojxona hujjatiga binoan olib kelingan

________________(F.I.O.)

________________________________________________________________________________________________________________ga

(mahsulot nomi)

nisbatan oʻtkazilgan koʻrik natijasida aniqlangan qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida tuzildi. Koʻrik davomida mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishida qonunchilik hujjatlari talablari boʻyicha quyidagi nomuvofiqliklar aniqlandi (tegishlisi belgilanadi):

Mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun:

ruxsatnoma mavjud emas;

ruxsatnoma amal qilish muddati oʻtgan;

roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos emas;

olib kirish taqiqlangan mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalar roʻyxatiga kiritilgan mahsulot;

import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan davrdan yaroqlilik muddati olti oydan kam;

□ bir lot (partiya) raqamida olib kirilgan mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan yukning yaxlitligi nomuvofiq (yukning turi, soni, miqdori va boshqa);

laboratoriya ekspertizasi xulosasida davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisida guvohnomada belgilangan tarkibga nomuvofiq deb baholangan;

□ roʻyxatga olingan guvohnomada koʻrsatilgan qoʻllash doirasi mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarning oʻram-quti va yorligʻidagi matnga mos emas;

talabgor tomonidan har bir qadogʻiga raqamli markirovkalanmaganda*;

transport vositalarining tashqi qismi, muhrlanmagan joylarida mineral oʻgʻitlar va/yoki oʻsimliklarni himoya qilishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yashirin olib kirish holatlari aniqlangan.

* 2026-yil 1-maydan amal qiladi.

Yuqoridagi nomuvofiqliklarga binoan ushbu dalolatnomada koʻrsatilgan mahsulot reeksport tartibida olib chiqib ketilsin.

Eslatma. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qarori bilan tasdiqlangan Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11, 17, 20, 38, 39-bandlaridagi mahsulotni reeksport tartibida olib chiqib ketish bilan bogʻliq qoidalariga rioya qilinishi lozim.

Oʻsimliklar karantini

davlat inspektori:

____________________________

____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Mahsulot egasi

____________________________

____________________________

(yoki uning vakili):

(imzo)

(F.I.O.)

(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalardan namuna olish dalolatnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Namuna olish kuni: 20___ y. “____” ____________.

Miqdori: _______________ soni.

(1) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar namunasi olindi

Viloyat nomi

Tuman nomi

(2) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar namunasi olingan joy

Diler

Bojxona ombori

Boshqa

_____

_____

_____

(3) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar namunasi olingan joyning manzili

(4) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar namunasini olish sababi

Savdo nazorati

Shikoyatlarni oʻrganish

Boshqa (kontrabanda, soxta va boshqalar)

_____

_____

_____

(5) namuna olingan mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar

nomi

aktiv moddasi

guruhi

ishlab chiqaruvchisi

ishlab chiqarish/import


Ishlab chiqarish _____

import _____

Ishlab chiqarish sanasi

Lot (partiya raqami)

Miqdori (kg/l)

Namuna olingan joyda mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning joriy miqdori (kg/l)

Yuqorida keltirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar tekshirildi va namunalari saqlash sharoitlari normal boʻlgan joydan va mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning asl qadogʻidan olindi va maxsus polietilen paketiga solingan, muhrlangan holda 20___ yil “____” _________ kuni olindi.

Ushbu dalolatnoma uch nusxada tuzildi va quyidagi tarkib tomonidan imzolandi.

Namuna olingan joydagi organ

diler/ishlab chiqaruvchi/shikoyat

qiluvchi/boshqa

Namuna olgan tarkib

familiyasi, ismi, otasining ismi lavozimi imzo

familiyasi, ismi, otasining ismi

lavozimi imzo

familiyasi, ismi,

otasining ismi

lavozimi imzo

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Agar namuna olishda ishtirok etgan shaxslardan biri imzo qoʻyishdan bosh tortsa, bu haqdagi maʼlumot dalolatnomada qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar yorligʻini (markirovkasini) nazorat qilish dalolatnomasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Namuna olish kuni: 20 ___ y. “____” ______________.

Miqdori: ___________ soni.

(1) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar namunasi olindi

Viloyat nomi

Tuman nomi

(2) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar namunasi olingan joy

Diler

Ishlab chiqaruvchi

Bojxona

Boshqa

_____

_____

_____

_____

(3) mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar namunasi olingan joyning manzili

(4) Yorliqlarni nazorat qilish uchun namuna olingan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar

Nomi

Faol moddasi va tarkibi (oʻgʻitlar uchun)

Guruh

Ishlab chiqaruvchi nomi

Ishlab chiqarish _____

import _____

Ishlab chiqarish sanasi

Lot (partiya raqami)

Netto vazni

(5) aniqlangan kamchiliklar yoki kamchiliklarni oʻz ichiga olgan tushuntirishlar

Yorliqlarni nazorat qilish maqsadida 20 ____ yil “____” _____________ kuni _________________________ manzilda joylashgan manzildan yuqoridagi maʼlumotlar bilan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning yorligʻi va qadoqlanishi tekshirilgandan soʻng ochilmagan asl qadoqdan belgilangan tartibda olingan ikkita namuna polietilen paketlarga solingan va yopilib muhrlangan.

Ushbu hisobot toʻrt nusxada tuzildi va quyidagi tarkib tomonidan imzolandi.

Namuna olingan joydagi organ

diler / ishlab chiqaruvchi /

shikoyatchi / boshqa

Namuna olgan tarkib

familiyasi, ismi,

otasining ismi

lavozimi imzo

familiyasi, ismi,

otasining ismi

lavozimi imzo

familiyasi, ismi,

otasining ismi

lavozimi imzo

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifat nazoratida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning fizik va kimyoviy tahlilida aniqlanadigan xususiyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Ishlab chiqarish shakli

2.

Tashqi koʻrinishi (rangi, hidi, jismoniy holati)

3.

Formulaning tarkibi

Faol modda miqdori (% sof faol moddaning ekvivalenti, suyuqlikda g/l, qattiq moddalarda % faol modda, tegishli qiymat, mikroorganizmlarda masalan cfu/g, cfu/ml, IU)

Toʻldiruvchi va yordamchi moddalar (umumiy nomlari va miqdori)

4.

Kislotalilik, ishqoriylik rN

5.

Maydalash darajasi (kukun, chang urugʻi, WP, granulalar va SP, SC, WG formulalari uchun)

6.

Solishtirma ogʻirligi (suyuq tarkibli vositalar uchun)

7.

Yonish nuqtasi (suyuq tarkibli vositalar uchun, tarkibida suv bor vositalar bundan mustasno)

8.

Ogʻirligi litrda (kukun, kukunli urugʻ, granula va palletlar uchun)

9.

Suv dispersiyasi (granula va pelletlar uchun)

10.

Oqim qobiliyati (oquvchanlik) (kukun, kukunli urugʻ uchun)

11.

Yopishqoqlik qobiliyati (chang, chang urugʻi, WP, WG formulalari uchun)

12.

Eruvchanligi (SP tarkiblilar uchun)

13.

Toʻxtatib turish qobiliyati (SC i WP, WG tarkiblar uchun),

14.

Stabillik (YES, SL qishki va yozgi yogʻlar tarkiblari uchun),

15.

Saqlash qobiliyati

Sovuq sinov (suyuq tarkiblilar uchun),

Harorat barqarorligi (suyuq tarkiblar uchun),

Yopishqoqlik (SC, ULV qish va yoz yogʻi tarkiblilar uchun),

Namlikni saqlash (chang, chang urugʻi, WP, WG formulalari uchun),

16.

Distillyatsiya darajasi (yozgi moylar)

17.

Uchuvchanlik (qishki moylar)

18.

Oltingugurtsiz qoldiq miqdori (yozgi va qishki moylar uchun)

19.

Oʻlchami (tabletka, granula, fumigantlar, striplar uchun)

20.

Rang berish xususiyati (urugʻlarni pestitsidlari uchun)

21.

Oʻrtacha zarracha ogʻirligi va yakuniy mahsulotning oʻlchami va vazn taqsimoti (granula shakldagilar uchun)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: WP — s.e. — suvli eritma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SP — n.kuk — namlanuvchi kukun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
WG — s.e.g. — suvda eruvchan granula;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YES — em.k. — emulsiya kon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

SL — s.e.sus. — suvda eruvchan suspenziya;

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SC — sus.k. — suspenziya konsentrati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy boʻlinmaning mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar sifatini nazorat qilish boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tahlil hisoboti

Tartib raqami

sanasi

Sifatni nazorat qilish tahlili oʻtkazilgan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar

Nomi

Faol moddasi

Guruh

Ishlab chiqarish/import

Ishlab chiqaruvchi nomi

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar mahsuloti namunasi

Roʻyxatga olish sanasi

Nazorat oʻtkazish vaqti

Ishlab chiqarish sanasi

Lot (partiya raqami)

Namuna yuborgan tuzilma nomi

Tahlil uchun yuborilgan xat

sanasi

tartib raqami

Tahlil oʻtkazish sababi

TAHLIL NATIJALARI

A) kimyoviy tahlil

* Aniqlangan qiymatlar

** belgilangan meʼyor

B) fizik tahlil

* Aniqlangan qiymatlar

**belgilangan meʼyor

TAHLIL OʻTKAZGAN SHAXSLAR

Boʻlim boshligʻi

Texnik xodimlar

Texnik xodimlar

familiyasi, ismi,

otasining ismi

lavozimi

imzo

familiyasi, ismi,

otasining ismi

lavozimi

imzo

familiyasi, ismi,

otasining ismi

lavozimi

imzo

TASDIQLANGAN

..../..../........

(Imzo muhri)

Viloyat / tuman oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi / boʻlimi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar formulasini hisobga olgan xolda, tegishli choralar koʻrishni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Bu Agentlik tomonidan roʻyxatga olingan tarkib qiymatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

8-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar faol moddasining ruxsat etilgan salbiy ogʻishlari jadvali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Faol modda miqdori g/kg yoki g/l (20 ±2 °S)

Ruxsat etilgan ogʻishlar

25 gacha (shu jumladan 25)

Suyuq tarkiblilarga nisbatan aktiv moddaning +/-15% miqdori (YES, SC, SL va boshq.)

Qattiq tarkiblilarga nisbatan aktiv moddaning +/- 25% miqdori

25 — 100 oraligʻida (25 dan tashqari, 100 inobatga olinadi)

faol modda miqdorining +/- 10%

100 — 250 oraligʻida (100 dan tashqari, 250 inobatga olinadi)

faol modda miqdorining +/- 6%

250 — 500 oraligʻida (250 dan tashqari, 500 inobatga olinadi)

faol modda miqdorining +/- 10%

500 dan ortiq (500 dan tashqari)

+/- 25 g/l yoki g/kg

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda koʻrikdan oʻtkazish, oʻrganish va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

9-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sifatni nazorat qilishda oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning fizik xossalarida ruxsat etilgan salbiy ogʻishi boʻyicha mezonlari jadvali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Fizik xususiyatlar

Tushuntirish

Mezonlar

Tashqi koʻrinishi

(kukun, WP)

Tayyor holatda

Faol moddaning tarqalishi bir xil emas (gomogen emas), yoki bir oz ifloslangan, dori bilan ifloslangan, quyuqlashgan yoki qotib qolgan

Tashqi koʻrinishi

(emulsiya, eritma, ULV)

Tayyor holatda

Biroz (ajralgan) segregatsiyalangan, ozgina choʻkma hosil qilgan, biroz loyqalik yoki ajralgan, choʻkma hosil qilgan, loyqalangan, kristallangan

Tashqi koʻrinishi

(emulsiya, eritma, ULV)

Issiq sinovdan soʻng

Gaz, choʻkma yoki loyqalik hosil boʻlishi

Tashqi koʻrinishi

(emulsiya, eritma, ULV)

Sovuq sinovdan soʻng

Oz miqdorda konvertatsiyalanadigan qoldiq yoki qaytmas qoldiq, loyqalik yoki kristallanish

Tashqi koʻrinishi

(mineral moylar)

Tayyor holatda

Kamida 2% gacha ajratish

Maydalilik

(kukun)

149 mikronli elak

(100 talik elak)

2%

74 mikronli elak

(200 talik elak)

2%

Maydalilik (WP) fungitsidlarda

44 mikronli elak

(325 talik elak)

2%

Litr ogʻirligi

Norma: 500 — 700 g/l

+/-25

Litr ogʻirligi

(uchuvchan moddalarda)

Norma: 500 — 700 g/l

+/-25 va undan yuqori

Hajmiy zichligi

Norma: 60 dan yuqori emas

+5 va undan yuqori

Suspenziya xususiyati

Norma: 50%

-50% va undan yuqori

Solishtirma ogʻirligi

Namuna belgilangan qiymatdan

(±0,05 tolerantlik)

+/- 0,05 va undan yuqori

Oʻt olish nuqtasi

(tochka vozgoraniya)

Meʼyor: namuna qiymati 22,8°S dan past boʻlmasligi

+/- 5° S

Emulsiya barqarorligi

Re-emulsiya boʻlmaganlarda

2 cm3 va undan yuqori

Re-emulsiya boʻlganlarda

2 cm3 va undan yuqori

Sulfatlanmagan qoldiqlar

Yozgi moylar

92% dan past

Qishki moylar

65% dan past

Distillyatsiya

5°S haroratdan yuqori va past darajalari tolerantlik

+/- 3 °S dan yuqori

Oʻzgaruvchanlik

(volatility)

350°S haroratda distillangan qismi (hajm boʻyicha)

Suvda erimaydigan moddalar miqdori (SP, SG)

Faol modda miqdori < 20% kichik va 10% gacha; 80% dan kichik 25% gacha boʻlishi norma

- 5% dan yuqori

Tutqichlar uchun

Roʻyxatga olingan tarkib, rang, shakl va oʻlchamlar asos qilib olinadi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga

3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom sifatsiz, qalbakilashtirilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar) va ularning gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek, oʻsimliklarni himoya qilishda zararli taʼsiri aniqlangan vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifatsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar — qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qalbakilashtirilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar mulk egalarining yoki sudning qarori bilan muomaladan chiqariladi hamda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mulk egasi tomonidan qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar aniqlanganda, ularni zudlik bilan muomaladan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va oʻttiz kun ichida yoʻq qilish chorasi koʻriladi. Muomaladan chiqarish va yoʻq qilishga oid sud qarori qabul qilinganda, qaror talablari asosida ish yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bojxona hududida bojxona rasmiylashtiruvlari davomida yoki laboratoriya tekshiruvlari natijasida olib kirish rejalashtirilgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning qoʻllashga yaroqsizligi aniqlanganda, ushbu vositalar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda eksport qiluvchi mamlakatga qaytarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni qaytarib yuborish hamda yoʻq qilish bilan bogʻliq xarajatlar ularning egalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Suyuq mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalar ekologiya normalari va sanitariya qoidalari va talablariga muvofiq yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

8. Boʻshagan idishlar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi hamda chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yoʻq qilinadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tarkibida suvda erimaydigan moddalar mavjud boʻlgan qattiq mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning shakllari, yumshoq mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning shakllari, vositalarning transdermal shakllari, shuningdek, substansiyalar faolsizlantirilib, maxsus konteynerlarga joylanadi hamda chiqindilar uchun moʻljallangan maxsus joyga tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tarkibida tirik organizmlar mavjud kimyoviy vositalar oldin dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida faolsizlantirilib, yuqori bosim va harorat taʼsirida ularning hujayralari parchalanadi hamda chiqindilar uchun moʻljallangan maxsus joyga tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

11. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar ularning fizik hamda kimyoviy xususiyatlari hisobga olingan holda utilizatsiya yoki yoʻq qilinadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tarkibida radioaktiv elementlar mavjud boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning atrof-muhitga bezararligi toʻgʻrisida xulosa olingandan soʻng mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan Yaroqsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish komissiyasi tomonidan ularni yoʻq qilish masalasi koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi hamda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga rioya qilgan holda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

14. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar aniqlanganda, uning egasi zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tegishli tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish boʻyicha murojaat kelib tushganda, Agentlikning tegishli tuman (shahar) boʻlimi besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tuman (shahar) inspeksiyasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmasi mutaxassislaridan iborat Yaroqsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiya mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarning atrof-muhit uchun bezararligini, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ularning fizik-kimyoviy mutanosibligini eʼtiborga olgan holda ularni yoʻq qilish sanasi, usuli va joyini belgilash haqida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

17. Yoʻq qilish lozim boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar yoʻq qilingunga qadar saqlab turish uchun javobgarlik uning egasi hisoblangan tashkilotga yoki jismoniy shaxsga (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektiga) yuklanadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan moddiy javobgar shaxs tayinlanadi, buyruqda javobgar shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, saqlashga qoldirilgan yoʻq qilish lozim boʻlgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning nomlari va seriyalari, oʻramlari soni (miqdori) koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

18. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar uning egasi yoki vakili ishtirokida Komissiya tomonidan yoʻq qilinadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalar yoʻq qilish jarayoni foto yoki videosuratga olinib, bir yil muddatga saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni yoʻq qilish boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar belgilangan tartibda yoʻq qilingandan soʻng komissiya tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi, koʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri (jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Dalolatnoma nusxalari mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning egasiga, Agentlikning hududiy boʻlinmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitalarining hududiy vakillariga buyruq va Komissiya qarori nusxalari va foto yoki videomateriallar bilan birgalikda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning namunalari olingan taqdirda, saqlash muddatidan qatʼi nazar, koʻrib chiqish oxiriga yetmagunga qadar ular yoʻq qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

22. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning egasi

Qoʻllashga yaroqsiz boʻlgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qiladi.

Qoʻllashga yaroqsizligi aniqlanganda

2-bosqich

Agentlikning tuman (shahar) boʻlimi

1. Murojaatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tuman (shahar) inspeksiyasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmasi mutaxassislaridan iborat Yaroqsiz mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tuzadi.

2. Murojaatni Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Komissiya

1. Yaroqsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni yoʻq qilish sanasi, usuli va joyini belgilagan holda qaror qabul qiladi.

2. Yaroqsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni belgilangan tartibda yoʻq qiladi.

3. Yaroqsiz mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni yoʻq qilish ishlari yakuni boʻyicha dalolatnoma tuzadi.

*30 kun ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning namunalari olingan taqdirda, saqlang muddatidan qatʼi nazar, koʻrib chiqish oxiriga yetmagunga qadar ular yoʻq qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yaroqsiz mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yoʻq qilish komissiyasining

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

20___ yil ____ ___________

____________-son

Kun tartibi:

____________________________________________________________ ni yoʻq qilish usulini belgilash.

Qatnashganlar:

________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

Kun tartibi boʻyicha muhokama:

1. Yaroqsiz mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar haqida mahsulot egasining maʼlumoti;

2. Komissiyaning ekspert xulosasi;

3. Takliflar _____________________________________________________________________________

qaror qilindi:

________________________________________________________________________________________

(yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan

________________________________________________________________________________________

mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi eʼtiborga olingan holda

________________________________________________________________________________________

yoʻq qilish usullari koʻrsatiladi)

Oʻsimliklar karantini va himoyasi (tuman / shahar nomi) tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

___________________

___________________

(imzo)

(F.I.O.)

Oʻsimliklar karantini va himoyasi (tuman / shahar nomi) tuman (shahar) boʻlimi vakili (lavozim koʻrsatiladi)

___________________

___________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining (tuman / shahar nomi) tuman (shahar) boʻlimi vakili (lavozim koʻrsatiladi)

___________________

___________________

(imzo)

(F.I.O.)

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (tuman / shahar nomi) tuman (shahar) boʻlinmasi vakili

___________________

___________________

(imzo)

(F.I.O.)

korxonasi rahbari

___________________

___________________

(imzo)

(F.I.O.)

oʻsimliklarni himoya qilishda qoʻllaniladigan kimyoviy vositalarning egasi)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

YOʻQ QILISH DALOLATNOMASI

Ushbu dalolatnoma 20___ yil _______________ soat ____ da Komissiya aʼzolari tomonidan quyidagi yaroqsiz mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar yoʻq qilinganligi haqida tuzildi.

_________________________________________________________________________________________

(yoʻq qilinayotgan mineral oʻgʻitlarning va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning nomi,

_________________________________________________________________________________________

seriya raqami, oʻramlar soni (miqdori)

_________________________________ usulda yoʻq qilindi.

Yoʻq qilish joyi va sanasi

_________________________________________________________

Yoʻq qilishda ishtirok etganlar:

Oʻsimliklar karantini va himoyasi

(tuman / shahar nomi) tuman (shahar)

boʻlimi boshligʻi

_____________

_________________

(imzo)

(F.I.O.)

Oʻsimliklar karantini va himoyasi

(tuman / shahar nomi) tuman (shahar)

boʻlimi vakili (lavozim koʻrsatiladi)

_____________

_________________

(imzo)

(F.I.O.)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza

qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining

(tuman / shahar nomi) tuman (shahar)

boʻlimi vakili (lavozim koʻrsatiladi)

_____________

_________________

(imzo)

(F.I.O.)

Sanitariya-epidemiologik

osoyishtalik va jamoat salomatligi

qoʻmitasining (tuman / shahar nomi)

tuman (shahar) boʻlinmasi vakili

_____________

_________________

(imzo)

(F.I.O.)

_________________ korxonasi rahbari

_____________

_________________

(imzo)

(F.I.O.)

(Yaroqsiz mineral oʻgʻitlarning va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning egasi)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-son qaroriga

4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “2 — 35-ilovalarda” soʻzlari “2 — 36-ilovalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 36-ilova bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga

36-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PASPORTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Litsenziya nomi:

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji savdosi.

Mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning chakana savdosi.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor)

4.

Litsenziyalovchi organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), filiallari (mavjud boʻlsa, har birining manzili alohida koʻrsatilishi shart), litsenziyani toifalari boʻyicha tanlash, arizani toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) uchun:

familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid maʼlumotlar (pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

mavjud emas

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

10 ish kuni ichida

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlariga, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalar hamda tartibga rioya etish, mazkur vositalarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va atrof-muhitni ifloslantirishiga yoʻl qoʻymaslik;

b) oʻsimliklarni himoya qilish yoʻnalishida oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga, lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan xodimlarning mavjudligi;

v) xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzilganligi, shartnomalarga oʻzgartirishlar kiritilganligi va ular bekor qilinganligi, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish.

Bunda mutaxassislar uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va malaka sertifikatiga ega boʻlishi shart;

g) tovar-moddiy zaxiralarni toʻgʻri shakllantirish, hisobini yuritish va ularni boshqarishni taʼminlashda — “birinchi kiruvchi, birinchi chiqadi” tamoyiliga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimi joriy etilishi lozim;

d) mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi oʻrinlarda — mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar)ning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalashning moddiy-texnik bazasi va binosiga (xonasiga) qoʻyiladigan talablar:

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalashning binosiga (xonasiga) qoʻyiladigan talablar

Savdo shoxobchasi va shoxobcha filiallarining savdo xonalari hamda boshqa maqsadda foydalanishga moʻljallangan xonalar (mavjud boʻlganda) ajratilgan va alohida kirish eshigiga ega boʻlishi zarur.

Savdo shoxobchasi xonalari va asbob-uskunalarga qoʻyiladigan talablar

Xona devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan namli tozalashga yoʻl qoʻyiladigan holda taʼmirlangan boʻlishi kerak. Taʼmirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli boʻyoq, emal va oq rangli sirlangan kafel plitkalari (mayolika) qoʻllanilishi mumkin.

Shoxobcha asbob-uskunalari mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning taʼsiriga va baʼzi hollarda kimyoviy reaktivlarning taʼsiriga turgʻun materiallardan ishlangan, tashqi va ichki tomoni tekis boʻlishi kerak. Asbob-uskunalar va shoxobcha mebellari tozalashga qulay hamda yorugʻlik tushishini toʻsmagan holda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida ish faoliyatiga taalluqli boʻlmagan asbob-uskunalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Savdo shoxobchasi (filiallar) maxsus shaxobcha mebellari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, termolabil vositalarni saqlaydigan ishlab chiqarish uskunasi, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning savdosi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.

Savdo ofislari qoʻshimcha ravishda sovutish uskunalari bilan taʼmirlangan boʻlishi lozim.

Savdo shoxobchasi xonalarini yoritish va sanitariya jihatidan obodonlashtirish

Savdo shoxobchasi xonalarida bir soat ichida kamida bir marotaba havo almashtirishni taʼminlaydigan tabiiy umumlashtiruvchi ventilyatsiyani ishlatishga yoʻl qoʻyiladi.

Savdo shoxobchasi va ularning filiallari suv taʼminoti tarmogʻi yoki mahalliy suv manbayi orqali suv bilan taʼminlanadi.

Savdo shoxobchasi va ularning filiallari ishlatilgan suvni chiqarish uchun kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi kerak, kanalizatsiya boʻlmaganda chiqarish tizimi sifatida chuqur gidrohimoyalangan oʻralar qoʻllaniladi. Qattiq holdagi chiqindilar uchun germetik qopqoqli axlat idishlar oʻrnatiladi.

e) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan ulgurji savdo qilishga qoʻyiladigan talablar:

Ulgurji savdoni tashkil etish

Sotilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning hamda ular qaysi chakana savdo shoxobchasiga sotilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maxsus QR — kod) Agentlikning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — AAT)* kiritiladi.

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarni, shuningdek, ularning gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish va ulgurji savdo qilish taqiqlanadi.

Ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar mineral oʻgʻitlarning va kimyoviy vositalarning ishlatilishida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida darhol Agentlikni AAT orqali xabardor qiladi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek, litsenziya bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanishish uchun qulay va koʻrinadigan joyga joylashtirilishi kerak.

Ulgurji savdo qiluvchilarning bino va omborxonalariga qoʻyiladigan talablar

Ulgurji savdo qiluvchilar binosining kirish qismida uning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili) va ish tartibi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi peshlavha boʻlishi lozim.

Ulgurji savdo qiluvchilarning omborxona binolari mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning biologik, fizik-kimyoviy, toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning toʻgʻri saqlanishini taʼminlaydigan sharoitga ega boʻlishi shart.

Omborlar yopiq boʻlishi va mahsulotni yomon ob-havo va toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlaridan himoya qilinishi, chang va chiqindilardan toza holda saqlanishi, saqlash harorati mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning haroratga sezuvchanligini hisobga olgan holda saqlanishi lozim.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar sifatiga taʼsir etuvchi namlikdan saqlanishi lozim.

Omborxonada elektr taʼminoti, issiqlik va suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi (gidrohimoyalangan xandaq) hamda havo almashtirish uskunasi boʻlishi kerak.

Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:

yongʻinga qarshi uskunalar yoki yongʻinga qarshi qalqon (shit);

mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni saqlash uchun yetarli miqdorda hamda barcha xavfsizlik choralari koʻrilgan maydonga;

mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni saqlash uchun palletlik stellajlar hamda tagliklarga.

Omborxonaga qabul qilish

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni yuklash-tushirish ishlarida yogʻin-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita taʼsiridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilingan boʻlishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni qabul qilish hamda saqlash joylari bir-biridan ajratilgan boʻlishi lozim.

Omborxonadan realizatsiya uchun sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek, muomaladagi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning oʻsimliklarga zararli taʼsirini tasdiqlovchi holatlar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda muomaladan chiqariladi hamda omborxonaga qaytarilib, tuzilgan dalolatnoma asosida alohida maxsus izolyatsiya qilingan joyda saqlanadi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda, tahlillar natijalariga koʻra omborxonaga qaytarilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar asosiy saqlash xonasiga oʻtkazilishi mumkin.

Omborxonaga qaytarilgan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi hamda belgilangan tartibda utilizatsiya yoki yoʻq qilinadi**.

Saqlashni tashkil qilish

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni saqlash uchun omborlarda maxsus joy, javonlar (stellaj) hamda ventilyatsiya tizimi boʻlishi kerak. Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni nolda tagliklarsiz saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bir omborda saqlangan taqdirda, alohida joylashtirilishi shart.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar quyidagicha tizimlashgan holda saqlanishi lozim:

guruhlar boʻyicha;

qoʻllanish usullari boʻyicha.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning oʻramlaridagi tamgʻalari, etiketkasi tashqi tomonga qaragan holda joylashtirilishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning hisobi yaroqlilik muddati boʻyicha elektron shaklida yuritiladi.

Yorugʻlikdan himoya qilinishi talab qilinadigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qorongʻi xonada yoki qora rangga boʻyalgan, eshiklari zich yopiladigan shkaflarda yoxud qopqogʻi zich yopilgan idishlarda saqlanishi kerak.

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar saqlanadigan xonalar toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuridan himoya qilingan boʻlishi kerak. Yorugʻlik faqat sunʼiy (elektr orqali) yoki tabiiy boʻlishi lozim.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar saqlanadigan xonalarda isitish pechlari boʻlishi taqiqlanadi. Ushbu xonadagi buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam boʻlmagan uzoqlikda joylashtirilishi lozim**.

Mineral oʻgʻitlar ochiq maydonda saqlanganda, maydon:

asfaltlangan, koʻtarilgan, yuvishga qulay, quruq va tekis joyda saqlash;

suv va tuproq bilan oʻzaro taʼsirning oldini olish uchun (jumladan, yomgʻirli ob-havo sharoitda) mineral oʻgʻitlar qoplangan holda tagliklarda joylashtiriladi;

ochiq maydonda saqlanayotgan mineral oʻgʻitlar brezentli qoplama bilan tashqi taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi shart.

Mineral oʻgʻitlar saqlanadigan tagliklar va ularning atrofidagi yoʻllarda oʻgʻitlar toʻkilmasligini taʼminlash lozim.

j) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilishga qoʻyiladigan talablar:

Chakana savdoni tashkil etish

Savdo shoxobchasi mudiri oʻsimliklarni himoya qilish sohasi mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilishga faqat oʻsimliklarni himoya qilish sohasida oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarga ruxsat etiladi.

Savdo shoxobchalari tomonidan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni oʻrab berish orqali savdo qilish qoidalariga hamda saqlash sharoitiga rioya etilishi kerak.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchilarga Agentlik tomonidan tasdiqlangan hamda roʻyxatdan oʻtgan savdo joylaridan (shoxobchalaridan) tashqari muqim yoki sayyor usulda faoliyat yuritish taqiqlanadi.

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni, shuningdek, ularning gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilgan holda chakana savdo qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Savdo shoxobchalari mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarning ishlatilishi chogʻida nojoʻya taʼsirlar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida darhol Agentlikni AAT orqali xabardor qiladi.

Savdo shoxobchalari mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek, litsenziya bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki litsenziya nusxasini isteʼmolchilar tanishishi uchun qulay boʻlgan joyga joylashtirishi kerak.

Chakana savdo qiluvchilar savdo shoxobchasiga quyiladigan talablar

Savdo shoxobchasi binosining kirish qismida shoxobchaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan peshlavha boʻlishi kerak.

Savdo shoxobchasida mineral oʻgʻitlarni va kimyoviy vositalarning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi uchun tegishli sharoitlar mavjud boʻlishi kerak.

Savdo shoxobchasi savdo zali peshtaxtalarida retsept asosida beriladigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar qoʻyilishiga ruxsat berilmaydi.

Peshtaxtalarda, faqatgina oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning bir dona namunasi joylashtiriladi. Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan qolgan kimyoviy vositalar sotuvchilar zaharlanishining oldini olish maqsadida alohida xonada va zarur haroratda saqlanadi.

Retsept talab etiladigan oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan retseptsiz savdo qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi**.

Chakana savdo qilish

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan chakana savdo qilish agronom yoki davlat inspektorining retsepti (shu jumladan, elektron retsepti) asosida amalga oshiriladi.

Oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar bilan elektron retseptlar asosida chakana savdo Agentlikning AAT orqali amalga oshiriladi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar bilan birga sotib oluvchiga identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori), ularni beruvchi shaxsga oid maʼlumotlar, berish sanasi va narxi koʻrsatilgan tovar cheki beriladi.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni sotishda savdo shoxobchasining xodimi sotib oluvchiga vositani qoʻllash tartibi, davriyligi, meʼyorlari, usuli, saqlash tartibi, yaroqlilik muddati haqida maʼlumot berishi lozim.

Mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar QR-kod (matrik shtrixli kod)ga ega idishda sotilishi lozim (QR-kodga ega idishlardagi mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar qismlarga boʻlib sotish holatlari bundan mustasno).

Retsept asosida oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni berishda savdo shoxobchasining xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan vositaning nomi, seriya (lot) raqami, sotuvchi familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi hamda shoxobchaning shtampi qoʻyilgan holda vositani oluvchiga topshiradi, retsept shoxobchada qoldiriladi.

Quyidagi shakl asosida retseptlarni qayd etish jurnali yuritiladi va qayd etib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Retseptlarni qayd etish

JURNALI

(shoxobcha nomi)

T/r

Sana

Xoʻjalik nomi yoki xarid qiluvchining F.I.O.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi xodimi F.I.O.

Vositaning nomi, miqdori va dozasi

Vositaning shakli

Vositaning narxi

Vosita qoʻllaniladigan joy nomi va pochta manzili, telefon raqami

Xaridorning manzili, telefon raqami

Izoh

Retsept ushbu ilovaga zid ravishda rasmiylashtirilganda yoki bir-biriga nomutanosib vositalar koʻrsatilganda, savdo shoxobchasi tomonidan unga “Retsept haqiqiy emas” shtampi bosiladi va bekor qilinadi.

Bunda bekor qilingan retsept haqidagi maʼlumotlar quyida keltirilgan shakldagi “notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni savdo shoxobchasida hisobga olish jurnali”da qayd etiladi hamda bu toʻgʻrisida Agentlikning tuman (shahar) boʻlimi xabardor qilinadi.

Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni savdo shoxobchasida hisobga olish jurnali

(shoxobcha nomi)

T/r

Sana

Retseptni bergan tashkilotning nomi

Notoʻgʻri retsept bergan Oʻsimliklar karantini va himoyasi xodimi F.I.O.

Retsept tarkibi

Retseptdagi xatoliklar (dozasi notoʻgʻri koʻrsatilgan vositalar yoki undagi yozuvlarning noaniqligi koʻrsatiladi)

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman (shahar) boʻlimi xabardor qilinganligi haqidagi maʼlumot

Shoxobcha vakili F.I.O

z) savdo shoxobchasi mudiri oʻzgarishi, savdo shoxobchasi yopilishi haqida oʻn ish kuni oldin litsenziyalovchi organga mazkur pasportning 12-pozitsiyasida keltirilgan shakl boʻyicha yozma (elektron) xabarnoma taqdim etish**;

i) har 3 (uch) yilda bir marotaba litsenziat tarkibidagi savdo shoxobchalari xodimlarining malakasini oshirish**;

k) mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalarni savdo joylariga litsenziyaga ega boʻlgan tashkilot tomonidan yetkazib berish**.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh:

(litsenziatning rasmiy blankasi)

Shoxobcha mudiri yoki shoxobcha filialining mudiri oʻzgarganligi toʻgʻrisida

XABARNOMA

I. Litsenziat toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar:

1.1. Litsenziatning toʻliq nomi.

1.2. Berilgan litsenziya raqami.

II. Oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

2.1. Oʻzgarishlar:

□ shoxobcha mudiri;

□ shoxobcha filialining mudiri;

□ shoxobcha filialining yopilishi.

2.2. Yangi tayinlangan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda).

2.3. Pasportga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, pasportni bergan organning nomi).

2.4. Shoxobcha mudiri uchun — oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti, diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan), shuningdek, shoxobcha sotuvchisi uchun — oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha oʻrta maxsus kasb-hunar maʼlumoti, diplomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2.5. Yangi tayinlangan xodimni litsenziat shtatiga qabul qilish sanasi.

2.6. Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami.

2.7. Filialning yopilishi munosabati bilan litsenziya faoliyati toʻxtatilayotgan manzil.

2.8. Litsenziya faoliyati tugatilgan shoxobcha filialining yopilish sanasi.

2.9. Filialning yopilishi sababi.

III. Almashtirilayotgan xodim (mudir) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

3.1. Ishdan boʻshatilgan shoxobcha yoki shoxobcha filialining mudirining familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda).

3.2. Pasport yoki ID kartaga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, berilgan sanasi, pasportni bergan organning nomi).

3.3. Shoxobcha mudiri yoki shoxobcha filialining mudirini ishdan boʻshatilishi sanasi:

________________ _______ ______ ______ ____________________________

(litsenziat rahbari) __________ (ERI) __________ (familiyasi, ismi va otasining ismi)

*) joriy qilingandan soʻng;

**) Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2024-y., 09/24/481/0581-son; 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)