1-ILOVA
T/r | Nafaqa nomlanishi | Muddati |
1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida | ||
1. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi | 2024-yil 1-dekabrdan |
2. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam | |
3. | Yoshga doir nafaqa | |
4. | Nogironlik nafaqasi | |
5. | Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oylik moddiy yordam | |
6. | Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqalari | |
7. | Nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqa | |
8. | Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher | |
9. | Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi | |
11. | “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan to‘lanadigan bir martalik moddiy yordamlar | |
2-bosqich. Loyihani O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy qilish doirasida | ||
12. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi | 2025-yil 1-oktabrdan |
13. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy yordam | |
14. | Yoshga doir nafaqa | |
15. | Nogironlik nafaqasi | |
16. | Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oylik moddiy yordam | |
17. | Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqalari | |
18. | Parvarishlash nafaqasi | |
19. | Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi | |
21. | Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher | |
22. | Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilinganlarga bir martalik moddiy yordam | |
221. | Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi | 2026-yil 1-yanvardan |
222. | Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi | 2026-yil 1-iyuldan |
23. | Yoshga doir pensiya (xohishiga ko‘ra) | 2026-yil 1-dekabrdan |
24. | Nogironlik pensiyasi (xohishiga ko‘ra) | |
25. | Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi (xohishiga ko‘ra) | |
27. | O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun har oylik va bir martalik ijtimoiy to‘lovlar | |
28. | Kambag‘al oila farzandlariga o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlarini xarid qilish uchun ajratiladigan mablag‘lar |
2027 yil 1-yanvardan
|
29. | Talabalar uchun maxsus stipendiya to‘lovi | |
30. | O‘rmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiya | |
2-ILOVA
T/r | Xizmatlarning nomlanishi | Muddati |
1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida | ||
2. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish | 2026-yil 1-fevraldan |
3. | Sog‘lomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yo‘llanma berish | 2026-yil 1-iyuldan |
4. | Bepul dori vositalari bilan ta’minlash | |
2-bosqich. Loyihani O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish doirasida | ||
5. | Shahar yo‘lovchi transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish | 2026-yil 1-iyuldan |
6. | Yashash joyi bo‘yicha ma’muriy tuman doirasidagi qishloq joylarda umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksi bundan mustasno), shuningdek, shahar atrofida qatnovchi temir yo‘l transportida va shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtobuslarda bepul yurish | 2026-yil 1-iyuldan |
7. | Yashash joyidan davolanish, dispanser, ambulator yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish | |
8. | Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot xizmatidan foydalanganda ikki tomonga borish-kelish xarajatlarini to‘lash | |
9. | Temir yo‘l transportida yilda bir marta bepul yurish (borish va kelishga), temir yo‘l qatnovi mavjud bo‘lmagan tumanlarda havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportida chiptalarni birinchi navbatda sotib olish huquqi bilan yurish | |
11. | Sog‘lomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yo‘llanma berish | |
12. | Bepul dori vositalari bilan ta’minlash | |
13. | Imkoniyati cheklangan yoshlarni “Imkon ta’lim” granti doirasida axborot texnologiyalari sohasida grant asosida bepul o‘qitish | |
14. | Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish | |
15. | Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozlari | |
16. | Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi | 2026-yil 1-iyuldan |
17. | Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi | |
18. | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi | |
19. | Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onani doimiy parvarish zarurligi sababli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish huquqi | |
20. | Shaxsning mulkidagi oltmish kvadrat metr doirasidagi mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod qilinganligi huquqi | |
21. | Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyoz huquqi | |
22. | Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashga imtiyoz huquqi | |
23. | Davlat ijtimoiy obyektlarida (teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, sport va fitnes majmualari, hayvonot bog‘lari, sirklar, kinoteatrlar, sanatoriy-kurort zonalari, istirohat bog‘lari, botanika bog‘lari), konsert-tomosha va boshqa tadbirlarda xizmatlardan bepul yoki imtiyozli foydalanish | 2027-yil 1-yanvardan |
3-bosqich. Ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxatini kengaytirish | ||
24. | Yashash joyi manziligacha yo‘l haqi xarajatlarini qoplash | 2027 — 2030-yillar |
25. | Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish | |
26. | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarda ko‘rsatish | |
27. | Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish (malaka oshirish, qayta tayyorlash, yangi kasblarga o‘rgatish, tayyorlov kurslari va hokazo) | |
28. | Oliy yoki o‘rta maxsus professional ta’lim olish uchun kontrakt to‘lovining bir qismini qoplash | |
29. | Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni saqlash va tarbiyalash uchun xizmatlarni sotib olish | |
30. | Alohida toifadagi aholi (nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar va boshqalar) uchun sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish xizmatlarini sotib olish | |
31. | Alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari xizmatlarini sotib olish | |
32. | Sog‘lig‘i tufayli internatga joylashtirish imkoni bo‘lmagan alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni uyda o‘qitish xizmatlarini sotib olish | |
33. | Davlat oliy ta’lim muassasalariga kvotali o‘rinlarga grant asosida kirishda imtiyoz berish | |
34. | Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarz olish uchun imtiyoz berish | |
35. | Tadbirkorlik subyektlarining xotin-qizlar doimiy bandligini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va kredit olishdan voz kechgan ayollarni ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli bank kreditini olish huquqi | |
36. | Tomorqadan va dehqon xo‘jaligidan daromad manbai sifatida foydalanish uchun imtiyozli kredit olish huquqi | |
4-ILOVA
Ma’lumotlar to‘plami nomi | T/r | Ma’lumotlar to‘plami tarkibi | Ma’lumotlarni olishdan kutilayotgan natija | Ma’lumotlar taqdim etishga mas’ullar |
I. Jismoniy shaxsga doir shaxsiy va boshqa ma’lumotlar | ||||
Shaxsga doir umumiy ma’lumotlar | 1. | Familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud bo‘lsa), tug‘ilgan yili, oyi, sanasi va joyi, jinsi | Axborot tizimida shaxsni identifikatsiya qilish, shaxsga doir ishonchli ma’lumotlar olish | Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Personallashtirish agentligi) |
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar (ro‘yxatdan o‘tgan, yashash manzili) | 2. | Viloyat, shahar, tuman, mahalla, ko‘cha, mavze, shohko‘cha, uy (imorat), berk ko‘cha, yo‘lak, kvartira | Shaxs bilan telefon, pochta, shu jumladan, elektron tarzda muloqot qilish | Ichki ishlar vazirligi |
3. | Abonent raqami, id.egov.uz dagi elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi | ||
4. | Amaldagi elektron raqamli imzoning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) | ||
Pasport ma’lumotlari, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ma’lumotlari (voyaga yetmaganlar uchun), o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari | 5. | Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami | Axborot tizimida shaxsni identifikatsiya qilish | Personallashtirish agentligi |
6. | Biometrik pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami, biometrik fotosurat, berilgan sanasi, qachon va kim tomonidan berilganligi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomasi ma’lumotlari | Ichki ishlar vazirligi | ||
7. | Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma ma’lumotlari, berilgan sanasi, qachon va kim tomonidan berilganligi | Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY) | ||
8. | O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari | Shaxsning o‘limini tasdiqlash va uning muomala layoqatini tugatish | ||
Ijtimoiy holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 9. | Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi | Shaxsni muayyan aholi guruhiga kiritish | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
10. | O‘quvchi (umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari) | |||
11. | Talaba (kollej, texnikum, bakalavriat, magistratura, doktorantura) | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||
12. | Ishsiz | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
13. | Pensioner | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) | ||
14. | Yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini-o‘zi band qilgan | Soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi | ||
15. | Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) | ||
16. | “Yoshlar daftari”ga kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Yoshlar ishlari agentligi | ||
17. | “Ayollar daftari”ga kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Agentlik | ||
18. | “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan yordam ko‘rsatish uchun ro‘yxatga olish ma’lumotlari | |||
19. | “Onlayn mahalla” axborot tizimida ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Mahalla va tadbirkorlik agentligi) | ||
20. | Ish qidirayotgan, ishsiz va jamoat ishlarida band bo‘lgan shaxslar maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
21. | Mehnat organlari tomonidan arizachiga va uning oila a’zolariga (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
22. | O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni bepul asosda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena buyumlari bilan ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Agentlik | ||
Oilaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 23. | Bo‘ydoq, uylangan, uylanmagan, ajrashgan, beva | Shaxsning oilaviy holatni belgilash | Adliya vazirligi |
24. | Farzandlar haqida ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa, ularning soni, yoshi) | Oilaning o‘zagini belgilash | FHDY | |
25. | Ota-onalar haqida ma’lumotlar | |||
26. | Yaqin qarindoshlar va qarindoshlik darajasi to‘g‘risida ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa) | |||
27. | Vasiylik va homiylik ostidagi bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Agentlikning vasiylik va homiylik organlari | ||
28. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlari to‘g‘risida ma’lumotlar | Bolalarning ijtimoiy holatini belgilash | Agentlik | |
29. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari qatoridan ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ovqatlanish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | ||
30. | Umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ayrim toifalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan darsliklar va qishki kiyim-bosh to‘plami bilan bepul ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
31. | Bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, shuningdek, boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qiganlik uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilingan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
32. | Oilaga tarbiyaga olingan har bir farzand uchun tayinlangan va to‘langan nafaqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Agentlik | ||
33. | Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga tayinlangan va to‘langan bir martalik pulli nafaqalar hamda uy-joy berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansubligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 34. | Shaxsni bir yoki bir nechta ijtimoiy ehtiyojmand toifaga kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Ijtimoiy huquqlar (imtiyozlar va boshqa ijtimoiy kafolatlar)ni belgilash | Agentlik |
35. | O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek, ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) haqidagi ma’lumotlar | Shaxsni ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan toifaga kiritish | ||
36. | Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||
37. | “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
38. | Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar orasidan o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari yoki oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
39. | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati | ||
40. | Nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Agentlik | ||
41. | Pensiyaoldi yoshidagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
42. | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Ichki ishlar vazirligi | ||
43. | Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalar | ||
Mol-mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 44. | Quyidagi ko‘chmas mulk turlari va ularning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ko‘chmas mulkning kadastr raqami, turar joy (noturar joy) maydoni, kadastr qiymati, ulushdorning hissali ishtiroki: binolar, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar; yer uchastkasi. | Mol-mulk mavjudligini aniqlash | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi |
45. | Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar orasidan bo‘lgan talabalarni uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Agentlik | ||
46. | Ko‘char mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar: avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishlab chiqarilgan yili, markasi, ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, dvigatel quvvati, texnik holati (soz, nosoz); | Ichki ishlar vazirligi | ||
47. | avtotransport vositasini boshqarish va sotish huquqi uchun ishonchnoma berilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, avtotransport vositasi turi (yengil, og‘ir, mototsikl, tirkama, traktor va boshqalar); | Adliya vazirligi, notariuslar | ||
48. | garov reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa ko‘char mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlar. | Markaziy bank, Markaziy bank huzuridagi “Garov reyestri” davlat unitar korxonasi (keyin o‘rinlarda — “Garov reyestri” DUK) | ||
49. | Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (miqdori, bozor va nominal qiymati, mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan olingan dividendlar) | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi | ||
50. | Ko‘char va ko‘chmas mulkning garovi (zakalati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Markaziy bank, “Garov reyestri” DUK | ||
Ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 51. | Maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari nomi va ularda o‘qitish, ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy), o‘qitish turi (davlat granti, to‘lov-kontrakt) to‘g‘risidagi, akademik ta’tilda bo‘lish haqidagi ma’lumotlar | Ta’lim darajasini aniqlash | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
52. | Bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qitish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
53. | Mutaxassislik (klassifikator bo‘yicha), ilmiy daraja to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
54. | O‘quv yurtini tugatganlik haqida davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar ma’lumotlari | |||
55. | Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
56. | Kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishga yuborilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularga to‘lanadigan stipendiyalar miqdori | |||
57. | Kollej, texnikum va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 18 yoshdan oshgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
58. | Chet tillarini bilish, IT va boshqa kurslarning sertifikatlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
59. | Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumot | Agentlik | ||
60. | Bolalar uylari, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va “G‘amxo‘rlik” markazlarida joylashtirilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Agentlik | ||
Ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 61. | Ish joyi, staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Ishi, daromadi mavjudligini va ish haqi miqdorini aniqlash | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
62. | Rasmiy ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
63. | Chet elda tashkil etilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
64. | To‘langan yoki to‘lashdan ozod qilingan daromad va mehnat faoliyati bilan bog‘liq boshqa soliqlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Soliq qo‘mitasi | ||
Bank ma’lumotlari | 65. | Quyidagilar haqida ma’lumotlar: bank plastik kartasi mavjudligi; to‘lovlar va qaydnomalar yuborilganligi. | Moliyaviy holatni aniqlash | Markaziy bank, tijorat banklari |
66. | Banklarda ochiq depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
67. | Quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: to‘langan mablag‘lar, oila a’zolari nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari; | |||
68. | bank plastik kartalaridagi mablag‘lar qoldig‘i. | Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard), Milliy banklararo protsessing markazi (NUMO) | ||
Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 69. | Mehnatga haq to‘lash, mulkiy daromad, deklaratsiyalangan daromad ko‘rinishidagi rasmiy daromadlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar. | Soliq qo‘mitasi | |
70. | Tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qo‘llanadigan soliq stavkasi turi | |||
71. | O‘zini o‘zi band qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar: o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summasi; | |||
72. | oilaviy tadbirkor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish. | |||
73. | Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i | |||
74. | Korxonalar muassislari va ularning yuridik shaxs — tijorat tashkilotining ustav fondidagi ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
75. | Mehnat organlari tomonidan to‘lanadigan subsidiyalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
76. | To‘lanadigan ishsizlik nafaqasining miqdori va davomiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
77. | Shaxsni (oila a’zolarini) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish va daromad miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
78. | Oliy o‘quv yurtlari talabalariga budjet va to‘lov-kontrakt mablag‘laridan to‘lanadigan stipendiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | ||
79. | Talabalar stipendiyalari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
80. | Qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarining hamda daromad keltiradigan va majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan boshqa bitimlarning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Adliya vazirligi, notarial idoralar | ||
81. | Fuqarolarga uy-joy sotib olish, uy-joy ijarasi uchun taqdim etilgan subsidiyalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | ||
82. | Tuman (shahar) mahalliy budjetida ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashga rejalashtirilgan mablag‘lar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jamg‘arma limitlari) | |||
83. | Tayinlangan nafaqalar va moddiy yordamni to‘lash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari uchun to‘lov topshiriqnomalari g‘aznachilik organlariga yuborilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
84. | “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB | ||
85. | Kredit tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi | ||
86. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolarining ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (bepul qishki kiyimlar, darsliklar to‘plami, ota-onalar uchun nafaqalarga chegirmalar va boshqalar) | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | ||
87. | Aliment to‘lovchilar va oluvchilar haqida hamda to‘langan va olingan aliment miqdori to‘g‘risida ma’lumotlar | Majburiy ijro byurosi | ||
88. | Yo‘lovchi tashish (taksi) faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Soliq qo‘mitasi | ||
89. | Pensionerlar va pensiya to‘lovlari miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Pensiya jamg‘armasi | ||
90. | Moliyaviy yordam, yoshga doir pensiya yoki nogironlik pensiyasini oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Agentlik | ||
91. | Shaxslar va ularga tayinlangan pensiya, nafaqa to‘lovlari va boshqa to‘lovlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
92. | Bolalarga Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari sifatida ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
93. | O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan oila a’zosini yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarishlayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
94. | Uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha oylik kompensatsiya pul to‘lovlari to‘langan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
95. | Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi uchun to‘lanadigan bir martalik nafaqa miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot | |||
Tomorqa xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 96. | Tomorqa yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mahsuldorlik darajasi (bonitet bali), maydoni) | Belgilangan daromad miqdorini aniqlash | Mahalla va tadbirkorlik agentligi |
97. | Yirik va mayda shoxli qoramollar (shu jumladan, parrandalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar | O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi | ||
Biometrik ma’lumotlar | 98. | Aniq bir shaxsning biologik va fiziologik o‘ziga xos xususiyatlari (barmoq izlari, shaxsning yuz qiyofasi biometrik fotosurati) | Ma’lumotlarni identifikatsiyalashning bir necha usullari yordamida aniqlash va himoya qilish | Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi |
Tibbiy ma’lumotlar | 99. | Shaxsning poliklinikada ro‘yxatdan o‘tganligi, surunkali kasalliklari borligi, ayrim dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy xizmatlar, ixtisoslashtirilgan (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam olish uchun berilgan order to‘g‘risidagi ma’lumotlar; shaxsning ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; onkologik kasalliklardan uzoq muddat davolanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ushbu varaqalar berilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; bepul davolanishga berilgan orderlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. | Tibbiy ehtiyojlarni aniqlash | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
100. | Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nogironlik guruhi va muddati) | Agentlik | ||
101. | Bepul oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
Sudlanganlik, ma’muriy huquqbuzarlik va alimentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 102. | Sudlanganlik holati mavjudligi, ma’muriy huquqbuzarliklardan qarzlar borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Qarzdorlik hamda aliment to‘lamaslik holatlarini aniqlash | Majburiy ijro byurosi |
103. | Aliment to‘lovlarini to‘lashda kechikish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
104. | Jazoni o‘tash, ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Ichki ishlar vazirligi | ||
105. | Yo‘l harakati qoidalarini buzish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
106. | Avtotransport vositasi sug‘urtasi qoidalarini buzish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
107. | Chet elda jazoni o‘tash, ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Tashqi ishlar vazirligi | ||
108. | Qarzdorlikka olib keladigan boshqa qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Oliy sud | ||
Davlat chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 109. | Mamlakatga kirish va chiqish sanasi to‘g‘risidagi ma’lumot | Ijtimoiy to‘lovlarni olishda qonuniylikni aniqlash uchun fuqaroning mamlakatda mavjudligini aniqlash | Personallashtirish agentligi |
110. | Mamlakatdan tashqarida bo‘lganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
111. | “Labor migration” dasturiy majmuasi ma’lumotlari | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi | ||
Kommunal xizmatlardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlari | 112. | Elektr ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | Xizmatlardan foydalanish uchun xarajatlar miqdorini aniqlash | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
113. | Gaz ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | “Hududgazta’minot” AJ | ||
114. | Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | “Veolia Energy Tashkent” MCHJ | ||
115. | Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | “O‘zsuvta’minot” Aj | ||
116. | Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlar | “Maxsustrans” DUK | ||
117. | Uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | ||
118. | Statsionar telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
119. | Mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | |||
120. | Internet xizmatlari uchun to‘lov ma’lumotlari | |||
Pulli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 121. | To‘langan davlat bojlari, gerb yig‘imlari, davlat xizmatlari ko‘rsatganlik uchun yig‘imlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
Tovar (ish, xizmat)ning bojxona qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 122. | Qiymati (Agentlik tomonidan belgilanadigan) miqdoridan oshadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar importi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Moliyaviy holat darajasini aniqlash | Bojxona qo‘mitasi |
123. | Qiymati (Agentlik tomonidan belgilanadigan) miqdoridan oshadigan xalqaro posilkalarni qabul qilib olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |||
Imtiyozli va boshqa ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 124. | Oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyozlarga ega bo‘lgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar ko‘rinishidagi davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini aniqlash | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
125. | Ko‘p bolali oilalar va ularga taqdim etilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi | ||
126. | Tayinlangan nafaqalar va moliyaviy yordam bo‘yicha “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan elektron to‘lovlarning amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar | AT “Xalq banki” | ||
127. | Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kirishda ota-onalar to‘lovidan ozod etish bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | ||
128. | Aholining ayrim imtiyozli toifalariga yo‘lovchilar tashish transporti (shahar, havo, temir yo‘l, daryo) xizmatlarini bepul yoki imtiyozli asosda taqdim etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Transport vazirligi | ||
Mahallalar to‘g‘risidagi ma’muriy ma’lumotlar | 129. | Har bir o‘zini o‘zi boshqarish organiga berilgan alohida identifikatsiya raqami bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining elektron ma’lumotnomasi ma’lumotlari | O‘zbekiston mahallalari uyushmasi | |
II. Fuqarolarning ayrim toifalariga nisbatan o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladigan ijtimoiy obyektlar | ||||
Tug‘uruq majmualari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 130. | Tug‘uruq majmualari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Davlat ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 131. | Maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim. | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
Nodavlat ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 132. | Maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim. | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasa va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 133. | Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning tasnifiga ko‘ra ma’lumotlar | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Agentlik |
Tegishli imtiyozlar asosida elektron davlat xizmatlaridan foydalangan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 134. | Elektron davlat xizmatlaridan foydalangan fuqarolar va ularga ko‘rsatilgan elektron davlat xizmatlarining nomi va qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
Shifoxona va boshqa sog‘liqni saqlash tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 135. | Oilaviy poliklinikalar, shifokor punktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Qamoqda saqlash joylari, tergov hibsxonalari, axloq tuzatish muassasalari va maxsus muassasalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 136. | Qamoqda saqlash joylari, tergov hibsxonalari, axloq tuzatish muassasalari va maxsus muassasalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Ichki ishlar vazirligi |
Moddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 137. | Moddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Madaniy meros agentligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi |
Madaniyat va san’at sohasi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | 138. | Teatrlar, sirklar va boshqa ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Kirish va chiqish hamda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar uchun to‘lovlarni hisobga olish | Madaniyat vazirligi |
Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi jamoat qabristonlari | 139. | Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari (Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmalari) tasarrufidagi jamoat qabristonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Davlat tomonidan ko‘rsatilgan kafolatlangan xizmatlarni hisobga olish | Tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organlari |