O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga aylantirish to‘g‘risida” 2000-yil 7-fevraldagi PF—2536-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq za suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jumhuriyat o‘rmon xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish haqida” 1991-yil 30-apreldagi 115-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-aprel,
149-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston KP MK va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika yaylovlarini tubdan yaxshilash va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida” 1978-yil 8-fevraldagi 82-son qarori 2-bandining birinchi xat boshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 26-yanvardagi 51-son qarori (O‘zSSR QT, 1982-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSRda yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlashning sanitar zonalari to‘g‘risida Nizomning:
2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasini” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 9-martdagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmonlarda va davlat o‘rmon fondining o‘rmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi mevalar, yong‘oqlar, rezavorlar, dorivor o‘simliklar va texnik xomashyoni hunarmandchilik yo‘li bilan tayyorlash tartibining 7 va 18-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1034/2351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon fondi yerlarida ovchilik xo‘jaligini tashkil etish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 12-oktabrdagi 469-son qarori:
uchinchi xat boshidagi “Davlat o‘rmon qo‘mitasi huzuridagi Ovchilik bosh boshqarmasi” so‘zlari “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining O‘rmon xo‘jaligi, qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oxirgi xat boshidagi “Ovchilik bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi, qo‘riqxonalar va milliy parklar boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasiga” so‘zlari “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni o‘tash amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar va konsernlarning ro‘yxatda (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori — O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va uni o‘tash tartibi to‘g‘risida Nizomga ilovadagi “Davlat o‘rmon qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin, “Qishloq” so‘zidan keyin esa “va suv” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 44-son, 459-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika o‘rmonlarini himoya qilish bo‘yicha ayrim me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 68-modda)ning:
2-bandidagi “Davlat o‘rmon qo‘mitasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalari:
2-bandining birinchi xat boshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi”, “Davlat o‘rmon qo‘mitasi amalga oshiradi” so‘zlari “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi amalga oshiradi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandining “v” kichik bandi birinchi xat boshidagi “Davlat O‘rmon qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.