Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2017 20.03.2000 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga aylantirish to‘g‘risida” 2000-yil 7-fevraldagi PF–2536-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi respublika o‘rmon xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarish organi funksiyalarini amalga oshiradi, o‘rmonlarning saqlanishi, qayta barpo etilishi, muhofaza qilishini hamda o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanilishi uchun javob beradi, respublika boshqa idoralarining foydalanilmaydigan yerlarda tabiatni muhofaza etuvchi va dalalarni ihota qiluvchi daraxtzorlar barpo etish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash ularga qarashli korxonalar ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosari hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga boshliqning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin, ular lavozimga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi hamda viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda Moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha respublika o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarish birlashmasini belgilangan tartibda xo‘jalik hisobidagi firmaga aylantirish masalasini bir oy muddatda ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17-iyuldagi 192-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan birgilikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 15 kun muddatda takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajaralishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 20-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga muvofiq o‘zkuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)