26.03.2024 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada yashillik darajasini oshirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda atrof-muhitga zararli taʼsirlarning oldini olish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, soʻnggi uch yil davomida jami 500 mln tupga yaqin daraxt va buta koʻchatlari ekildi, 935,0 gektar “yashil bogʻ”lar va 893,5 gektar “yashil jamoat parklari” tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birgalikda, bugungi kunda sohada oʻz yechimini kutayotgan ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlarini moliyalashtirish tizimli tashkil etilmagan boʻlib, loyihani jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish tizimi orqali amalga oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmonining 1-bandiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha yer maydoni manzili va rasmlari koʻrsatilgan holda, qiymati 250 mln soʻmdan oshmagan tashabbus bildirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetining tasdiqlangan koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, Ekologiya vazirligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlariga ajratiladigan mablagʻlardan shakllanadigan budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklidagi “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida “Mening bogʻim” loyihalari doirasida “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha tashabbusli budjet orqali moliyalashtirish mablagʻlari jamlanadigan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, Ekologiya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlarning kamida 50 foizini “Mening bogʻim” loyihalarini tashabbusli budjet orqali moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi. Bunda mablagʻlar tuman va shaharlarga teng ulushlarda, lekin 250 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mening bogʻim” loyihalari jarayonini tashkil etish, shu jumladan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ularning ijrosini monitoring qilish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari huzurida mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhlarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil uchun, 2025-yildan boshlab esa har yili dekabr oyida “yashil bogʻ” hamda “yashil jamoat parki”ni tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mening bogʻim” loyihalari doirasida saralab olingan tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq aniqlik kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritilgan mablagʻlar miqdori tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ishchi guruh tomonidan belgilangan dastlabki miqdordan oshib ketgan taqdirda, talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlar tegishli loyihalar doirasidagi boshqa tadbirlardan iqtisod qilingan mablagʻlar, mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari qaroriga asosan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ekologiya vazirligi “Mening bogʻim” loyihalarining amalga oshirilishi jarayonini muntazam ravishda tahlil qilsin hamda har mavsum yakunida Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shuningdek, “Mening bogʻim” loyihalari orqali respublikada yashillik darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 26-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
156-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qaroriga

ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish uchun “Ochiq budjet” axborot portali (openbudget.uz) (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi“E-auksion” portali orqali pudrat tashkilotini tanlash, “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish va ekilgan koʻchatlarni uch yil davomida parvarishlash boʻyicha shartnoma tuzadigan hamda bajarilgan ishlarni qabul qiladigan subyekt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mening bogʻim” loyihalari jarayoni (keyingi oʻrinlarda — jarayon) — Portalda jamoatchilik fikri asosida “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha loyihalarni shakllantirish, saralash, ovoz berish yoʻli orqali gʻolib loyihalarni aniqlash hamda moliyalashtirishni oʻz ichiga olgan jarayon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻolib loyiha — Portal orqali ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra toʻplangan ovozlar soni asosida Portal tomonidan avtomatik tarzda tanlab olingan loyiha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tuman (shahar) hokimliklari huzurida jarayonni tashkil etish va monitoring qilish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhning faoliyatiga tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh Portalda oʻziga biriktirilgan vakolatlardan elektron raqamli kalit orqali foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) jarayonni tashkil etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Mening bogʻim” loyihalari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari) buyurtmachi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashilloyiha” loyihalash instituti loyihachi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudrat tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Yashilloyiha” loyihalash instituti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etishda hududning suv taʼminoti, tuproq-iqlim va yer osti suvlari holatidan kelib chiqib talab etiladigan daraxt turlarini va ularning miqdorini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi va ekspertiza xulosalarini oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Pudrat tashkilotiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daraxt va buta koʻchatlarini yetishtirish va ekish boʻyicha kamida uch yillik tajribaga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatlari talabi asosida “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish uchun sugʻorish tizimini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni shartnoma talablari va loyihaga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekilgan daraxt va buta koʻchatlarini uch yil davomida parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekilgan barcha daraxt va buta koʻchatlarining koʻkaruvchanligini toʻliq taʼminlagan holda, ularni tegishli tuman (shahar) hokimliklariga yoki yer egalariga belgilangan muddatda topshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Loyihalarni baholash, saralab olish, ularning ijrosini monitoring qilish ishchi guruh tomonidan Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh gʻolib loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlinmalari tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar hududlarda “Mening bogʻim” loyihalari doirasida “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish mumkin boʻlgan tuman (shahar) hokimliklari balansidagi boʻsh turgan yerlar roʻyxati, maydoni va manzili haqida maʼlumotlarni toʻplaydi hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga va ishchi guruhga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-yanvarga qadar kelgusi yilda “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etish uchun tumanlar (shaharlar) kesimida boʻsh turgan yerlar roʻyxati, maydoni va manzili haqidagi maʼlumotlarni Portalga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auksionga chiqarilgan va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari boʻsh turgan yerlar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan yashil makon xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy budjet qoʻshimcha mablagʻlarining ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili respublika budjeti tasdiqlangandan soʻng yanvar oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlarni Ekologiya vazirligining “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya vazirligi “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlarning kamida 50 foizini “Mening bogʻim” loyihalari doirasida “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil etishni moliyalashtirish uchun tumanlarga (shaharlarga) teng taqsimlagan holda vazirlik hududiy boʻlinmalarining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hokimliklar ixtiyoriy ravishda mahalliy budjet qoʻshimcha mablagʻlarining bir qismini chorak yakuni boʻyicha tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalarida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazishi mumkin. Bunda mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori qabul qilingan kundan soʻng uch ish kun ichida tegishli maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi mablagʻlari faqat gʻolib loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu tadbirlar bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza xulosalarini olish, yer tayyorlash, daraxt va buta koʻchatlarini sotib olish, ekish, parvarishlash, sugʻorish tizimlarini yaratish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, saqlash, transport) xarajatlari uchun yoʻnaltiriladi. Mazkur mablagʻlarni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Gʻolib loyihada nazarda tutilgan tadbirlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng ushbu loyiha uchun ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻlar iqtisod qilingan mablagʻ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda ushbu mablagʻlar buyurtmachi tomonidan oʻn ish kuni ichida Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Loyihalarni shakllantirish, saralab olish va gʻoliblarni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jarayon har yili yanvar-fevral oylari davomida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda, vakolatli organ keng jamoatchilikni xabardor qilgan holda, jarayonni oʻtkazish muddatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Jarayon Portal orqali oʻtkaziladi. Bunda Portalning rasmiy veb-sayti va mobil ilovasi teng kuchli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Jarayon quyidagi uchta bosqichda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh tomonidan Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida loyihalarni saralab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saralashdan oʻtgan loyihalarga ovoz berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Fuqarolar Portaldan roʻyxatdan oʻtgan holda, oʻn kun davomida “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha loyihalarni joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Har bir fuqaro bir mavsumda faqat bitta “yashil bogʻ” va bitta “yashil jamoat parki”ni barpo etish boʻyicha loyihani ilgari surish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Loyihani shakllantirish uchun fuqarolar tomonidan Portalga quyidagilar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha mazmuni (“yashil bogʻ” yoki “yashil jamoat parki”ni tashkil etish), shu jumladan, bajariladigan ish turlari, xarid qilinadigan tovar va xizmatlar roʻyxati (nomi va soni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish uchun Portalga joylashtirilgan hududlar roʻyxatidagi yer maydoni hamda uning aniq manzili (qishloq, ovul, mahalla, mavze va koʻcha nomi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan daraxt turlari va miqdori, sugʻorish tizimini barpo etish, daraxt va buta koʻchatlarini ekish hamda ularni uch yil davomida parvarishlash uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tahminiy hisob-kitoblar. Bunda, loyihani amalga oshirishning dastlabki qiymati 250 mln soʻmdan oshmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha amalga oshiriladigan yer maydonining joriy holatini tasvirlovchi kamida 3 ta fotosurat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha amalga oshiriladigan hududning suv taʼminoti (mavjud suv manbalari) toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar, shu jumladan loyiha hujjatlari, vakolatli organ xulosalari va boshqalar (agar mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Loyiha ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmasi vakillari tomonidan oʻn ish kuni davomida quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada aks ettirilgan muammo tegishli tuman (shahar) hududiga tegishli boʻlishi (tanlangan hududda daraxtzorlar bilan qoplanish darajasi yetarli emasligi, “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari” mavjud emasligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar shaxsiy xususiyatga ega boʻlmasligi (shaxsiy xonadon va yer egaligidagi hududlarda ishlarni amalga oshirish va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilmaganligi hamda loyihani amalga oshirish natijasidan pulli foydalanish koʻzda tutilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada koʻrsatilgan yer maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek, boshqa dasturlarda nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati 250 mln soʻmdan oshmasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bir xil mazmundagi bir nechta loyihalar ilgari surilgan boʻlsa, ulardan maʼlumoti nisbatan aniq va toʻliq koʻrsatilgan dastlabki loyiha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ishchi guruh va Ekologiya vazirligi hududiy boʻlinmasining vakili tomonidan uch ishi kun ichida loyihani Portal orqali ovoz berish bosqichiga oʻtkazish yoki uni rad etish toʻgʻrisida xulosa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Loyihaning mazkur Nizomning 21-22-bandlarida nazarda tutilgan talablar va mezonlarga mos kelmasligi uni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh tomonidan loyihaning asossiz yoki boshqa sabab bilan rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Loyihaga Portal orqali ovoz berish jarayoni saralash bosqichi yakunlariga koʻra oʻn kun davomida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ovoz berish bosqichida fuqarolar bir mavsum doirasida bitta loyihaga ovoz berish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunda ovoz berishda fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, Portalda ovoz beruvchilar roʻyxati shakllantirilib boriladi hamda takroran ovoz berish holati qayd etilganda ushbu ovoz rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ovoz berish jarayoni SMS xizmati, mobil ilova yoki ijtimoiy tarmoqlarda ishga tushirilgan rasmiy botlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Har bir tumanda (shaharda) loyiha gʻolib deb topilishi uchun 10 tadan kam boʻlmagan eng koʻp ovoz soniga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir tuman (shahar) kesimida loyihalar toʻplangan ovoz soni boʻyicha pastdan yuqoriga saralanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovoz berish bosqichi yakunlangan kun holatiga Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalarida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida mavjud mablagʻlar Portalda qayd etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir tumanda (shaharda) bir mavsumda “yashil bogʻ” va “yashil jamoat park”ni tashkil etish boʻyicha eng koʻp ovoz toʻplagan loyiha Ekologiya vazirligining tegishli hududiy boʻlinmasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi mavjud mablagʻ doirasida Portal tomonidan avtomatik tarzda gʻolib deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Barcha tumanlar (shaharlar) boʻyicha gʻolib loyihalar bir vaqtning oʻzida Portal orqali eʼlon qilinadi. Loyiha tashabbuskorlariga gʻolib boʻlganligi toʻgʻrisida SMS xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Gʻolib loyihani amalga oshirishda yuzaga kelgan texnik muammolar yoki ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha boshqa manbalar hisobidan mablagʻlar ajratilganda mazkur loyiha gʻoliblar roʻyxatidan chiqariladi. Bunda ovozlar soni boʻyicha keyingi oʻrindagi loyiha gʻolib deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Gʻolib loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Gʻolib loyihalarni moliyalashtirish ishchi guruh tomonidan Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari vakillari ishtirokida tasdiqlanadigan ushbu Nizomga 3-ilovadagi manzilli roʻyxat asosida amalga oshiriladi. Bunda manzilli roʻyxat gʻolib loyihalar eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn ish kunida tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Gʻolib loyiha doirasida faqat tashabbuskor tomonidan loyiha mazmunida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Gʻolib loyihalarni amalga oshirish uchun yer va boshqa resurslar ajratilishi, shuningdek, tegishli soha inspeksiyalarining ekspertiza xulosalari talab etilgan hollarda ushbu resurslarni ajratish boʻyicha qaror qabul qilish vakolatiga ega tashkilotlarga manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng uch ish kunida ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan soʻrov yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng gʻolib loyihalarni moliyalashtirish maqsadida har bir loyiha uchun alohida “Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi”da shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga uch ish kunida Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalarida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan gʻolib loyihalar uchun manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib berilgandan soʻng buyurtmachi uch ish kunida tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) xarid qilish uchun taʼminot korxonalarini, “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari” tashkil etish uchun esa pudrat tashkilotini aniqlash boʻyicha davlat xaridlari elektron tizimiga eʼlon joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parki”ni tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari asosida gʻolib loyihaning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va davlat ekspertizadan oʻtkazilishi “Mening bogʻim” loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan buyurtmachi tomonidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Agar loyihaning yakuniy qiymati uning dastlabki qiymatidan yuqori boʻlsa (250 mln soʻmdan ortmagan holda), loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻ manzilli roʻyxatga tuzatishlar kiritilgan holda, Jamgʻarmadagi mavjud yoki kelgusida tushadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barpo etilgan “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni saqlash va parvarishlash tadbirlari uch yil muddatga pudrat tashkilotlari tomonidan, uch yildan soʻng tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Hisobdorlik va ochiqlikni taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ekologiya vazirligi gʻolib loyihalar roʻyxatini oʻzining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Gʻolib loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlash maqsadida Portalda “loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi” yuritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ekologiya vazirligi tomonidan koʻchat ekish mavsumi yakunlariga koʻra keyingi oyning 25-sanasiga qadar ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda gʻolib loyihalarni moliyalashtirish holati yuzasidan hisobot vazirlikning rasmiy veb-sayt orqali eʼlon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ekologiya vazirligi har yili 25-fevralga qadar oʻtgan yilda oʻtkazilgan jarayonlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga hisobot kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Javobgarlik va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari Portalga kiritilgan barcha loyihalarning ovoz berish bosqichi boshlangunga qadar saralashdan oʻtkazilishiga, Jamgʻarma mablagʻlarining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablagʻlarning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Jamgʻarma mablagʻlarining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Gʻolib loyihalar tashabbuskorlariga tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini kuzatish hamda bajarilgan ishlarni baholab borish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Loyihalarni saralash va moliyalashtirish bilan bogʻliq yuzaga kelgan nizolar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya vazirligi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi)

1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlarning kamida 50 foizini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari) ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

2. “Mening bogʻim” loyihalari jarayoni oʻtkazilishi yuzasidan OAV orqali eʼlon bergan holda keng jamoatchilikni xabardor qiladi.

Har yil 10-yanvarga qadar

2-bosqich

Fuqarolar

“Ochiq budjet” axborot portaliga “Mening bogʻim” loyihalari jarayoni yuzasidan oʻz takliflarini kiritadi.

10 kun

3-bosqich

Ishchi guruh, Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari

1. Kelib tushgan loyihalarni belgilangan talab va mezonlar asosida saralab oladi.

10 ish kuni

2. Saralangan loyihalarni ovoz berish bosqichiga oʻtkazadi yoki rad etadi.

3 ish kuni

4-bosqich

Fuqarolar

Saralashdan oʻtgan loyihalar uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz beradi.

10 kun

5-bosqich

“Ochiq budjet” axborot portali

Eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalarni avtomatik tarzda gʻolib deb topadi.

Ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra

6-bosqich

Ishchi guruh, Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari

Gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Gʻoliblar eʼlon qilingach,

10 ish kun ichida

7-bosqich

Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari

Manzilli roʻyxat asosida loyihalarni moliyalashtirish choralarini koʻradi.

Belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Ekologiya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, ishchi guruh,

Gʻolib loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini monitoring qilib boradi.

Doimiy ravishda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

“Mening bogʻim” loyihalari jarayonini tashkil etish va monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

tumandagi (shahardagi) mavjud davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.

Ishchi guruh aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaruratga koʻra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishchi guruh tarkibiga boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

___________ yilda oʻtkazilgan “Mening bogʻim” loyihalari jarayoni doirasida gʻolib boʻlgan loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MANZILLI ROʻYXAT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Loyihaning ID-raqami

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Obyektning aniq manzili (mahalla, koʻcha)

Loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar mazmuni

Loyiha qiymati

Jami

1.

2.

3.

...

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
_____ yilda oʻtkazilgan koʻchat ekish mavsumi yakunlariga koʻra “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish holati boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XISOBOT
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Loyihaning ID-raqami

Loyihaning qisqacha mazmuni

Loyihaning moliyalashtirilishi (mln soʻm)

Moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraq

Loyihaning qiymati

Ajratilgan mablagʻ miqdori

Bajarilgan ishlar hajmi

Bajarilgan ishlar uchun toʻlab berilgan mablagʻ miqdori

Qoldiq mablagʻ miqdori

Jami

1.

2.

3.

...

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2024-y., 09/24/156/0257)