01.03.2024 yildagi PQ-108-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta bozorini yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sugʻurta xizmatlarining ommabopligini va sifatini oshirish, shuningdek, sohani tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta polislarini faqat qogʻoz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos boʻladi hamda sugʻurtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurtalovchilar tomonidan koʻrsatiladigan sugʻurta xizmatlari sifati boʻyicha sugʻurtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitalining eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) barcha sugʻurta polislarini roʻyxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi transport vositalarini sugʻurtalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Oʻzbekistonning yagona sugʻurta portali, Sugʻurta polislarining yagona reyestri va “E-Sugurta servis” yagona mobil ilovasini Jamgʻarma tomonidan Agentlik balansiga begʻaraz balans qiymatida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, yangi axborot tizimlarini xarid qilish, ularning toʻliq ishlashini taʼminlash va saqlash, shu jumladan dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish va axborotlarni aktuallashtirish (yangilash) bilan bogʻliq boshqa tashkilotlar va mutaxassislarning xizmatlariga haq toʻlash Agentlik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilarga shartnomalarning oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlash majburiyati yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qoʻmitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga tegishliligi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablagʻlari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik sugʻurtaning yuqorida koʻrsatilgan turlari boʻyicha shartnomalarning majburiy tuzilishi boʻyicha tegishli tizimni (modullar, dasturiy mahsulotlar) ishlab chiqish va joriy etish uchun masʼul etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan vazifalar bajarilishini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalovchilarning hisobotlarini soddalashtirish, avtomatlashtirish va yagona axborot tizimida shakllantirishga bosqichma-bosqich oʻtish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta tavakkalchiligi darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi holatlardan kelib chiqqan holda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarini aktuar hisob-kitoblarga asosan qayta koʻrib chiqib, uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda sugʻurta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish, sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan elektron shaklda shartnomani majburiy tuzish imkoniyatini yaratish orqali majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish jarayonlari soddalashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda sugʻurta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etish boʻyicha qonun loyihasini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalarni tuzish, sugʻurta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish va sugʻurta hodisalari boʻyicha arizalarni elektron shaklda yuborish tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish uchun qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, Agentlikning texnik shartlari va talablariga muvofiq keladigan tashkilotlarni hamkorlik kelishuvi asosida jalb etishga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish Agentlikning, manfaatdor vazirlik va idoralarning, shuningdek, boshqa jalb qilingan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali ommaviy oferta shaklida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bosh prokuratura Agentlik bilan birgalikda majburiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining aniq va bir xilda bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, 3-ilovaga muvofiq belgilanadigan sugʻurtalovchilarning (qayta sugʻurtalovchilarning) kalendar badallari mablagʻlari Agentlikka yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) tomonidan 2023-yil uchun toʻlanmagan kalendar badallarining tegishli summalari Agentlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Agentlik bilan birgalikda milliy sugʻurta bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba asosida oliy taʼlimning milliy standartlari va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish orqali bakalavriatning sugʻurta ishi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddatini tayanch boʻlmagan fanlarni qisqartirish hisobiga toʻrt yildan uch yilgacha qisqartirish boʻyicha tegishli takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2024-yil 1-iyuldan Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot tizimlarida tegishli modullarni ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi va Agentlikning yagona axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (toʻliq qurilish davri uchun) mavjud boʻlmagan taqdirda, davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etiladigan obyektlarni moliyalashtirishga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik 2025-yil 1-yanvarga qadar ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarning koʻchmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sugʻurta qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takaful tamoyillarini va mahsulotlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklatilgan sugʻurta turlarini bosqichma-bosqich kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil sugʻurta” (Green insurance) mahsulotlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy tibbiy sugʻurtaning qamrovini oshirish va yanada rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Agentlik, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini, shuningdek, sugʻurta madaniyati va aholining sugʻurta xizmatlariga ishonchini oshirishga qaratilgan mavzuli koʻrsatuvlar va eshittirishlar tashkil etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-108-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Xalqaro sugʻurta tamoyillari (Sugʻurta asosiy prinsiplari) asosida sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yaratish

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunlariga sugʻurta faoliyatini tartibga solishga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

a) qayta sugʻurta brokerlari, syurveyerlar, adjasterlar, assistanslar va aktuar tashkilotlar faoliyatining boshlanishi yoki tugatilishi toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qilish tartibini joriy etish;

b) sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) va sugʻurta brokerining rahbarlari va bosh buxgalterlari bilan ularning sugʻurta faoliyati va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini bilishini aniqlash maqsadida suhbat oʻtkazish;

v) vakolatli davlat organiga sugʻurta va bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash huquqini berish;

g) prudensial meʼyorlar buzilganda, shuningdek, toʻlovga layoqatsizlik (toʻlovga qobiliyatsizlik) yoki bunday taqsimlash natijasida toʻlovga layoqatsizlik (toʻlovga qobiliyatsizlik) belgilari paydo boʻlganda, sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) foydasini taqsimlashni cheklash chora-tadbirlari;

d) sugʻurta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etish.

Qonun loyihasi

2024-yil sentabr

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(ILMA)

2.

Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan, belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganlik uchun sugʻurtalovchilarga (qayta sugʻurtalovchilarga) jarimalar qoʻllashning yangilangan tartibini tasdiqlash.

Jarima sanksiyalarini qoʻllash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, qoʻshimcha ravishda quyidagi javobgarliklarni nazarda tutish:

a) majburiy sugʻurta turlari boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda:

arizalarni koʻrib chiqmaganlik (sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish);

sugʻurta tovonini toʻlamaganlik uchun;

b) sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va ularning alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlarini vakolatli organ bilan kelishmagan holda tayinlaganlik uchun;

v) vakolatli davlat organining majburiy taqdimnomalari va/yoki koʻrsatmalarini bajarmaganlik, shu jumladan oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun;

g) sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi)ning hisob (valyuta) va boshqa bank raqamlarida oʻtgan oʻn ikki oy mobaynida hisoblangan sugʻurta tovonlari summasining 3 foizidan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻlari mavjud boʻlishiga oid talabga rioya qilmaganlik uchun.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

ILMA

3.

Sugʻurta xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish tartibini takomillashtirish.

Elektron shaklda sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishning yangilangan tartibini ishlab chiqish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

a) yagona axborot tizimi orqali sugʻurta shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta polislarini shakllantirish;

b) sugʻurta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish, sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan shartnomani elektron shaklda majburiy tartibda tuzish imkoniyatini taʼminlash, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar orqali majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish jarayonlarini soddalashtirish;

v) sugʻurta daʼvolarini tartibga solish;

g) sugʻurtalovchilar tomonidan yagona axborot tizimidan foydalanish talablari va shartlari, shuningdek, Agentlikning koʻrsatmasiga asosan qonunbuzilishlarni bartaraf etish davrida yagona axborot tizimidan toʻliq yoki qisman foydalanishni toʻxtatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

ILMA,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4.

Tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ustidan nazoratni kuchaytirish.

Tashish faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisiga ega boʻlish talabini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar yoʻl harakati qoidalariga kiritilishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Ichki ishlar vazirligi,

Transport vazirligi

5.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish talablarini kuchaytirish.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish talablarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini belgilash.

Qonun loyihasi

2024-yil may

Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

II. Xorijiy davlatlarning ilgʻor sugʻurta tajribasini joriy etish orqali milliy sugʻurta bozori infratuzilmasini kengaytirish

6.

Sugʻurta xizmatlari koʻrsatilishi sifati boʻyicha sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibini joriy etish.

Koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari sifati boʻyicha, shu jumladan quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda Sugʻurtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

a) sugʻurta tashkilotining toʻlovga qobiliyatlilik marjasining yetarlilik meʼyori;

b) umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan sugʻurta daʼvolarining soni;

v) umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan oʻz vaqtida toʻlangan sugʻurta tovonlari soni;

g) umumiy sugʻurta qildiruvchilar soniga nisbatan Agentlikka kelib tushgan sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilarining murojaatlari (shikoyatlar) soni;

d) umumiy sugʻurta daʼvolari soniga nisbatan qanoatlantirilgan sugʻurta daʼvolarining nisbati;

e) sugʻurta turlari boʻyicha yigʻilgan sugʻurta mukofotlari va sugʻurta toʻlovlarining nisbati.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

ILMA,

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi

7.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni faqatgina hayotni sugʻurta qilish sohasida litsenziyaga ega sugʻurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish.

3. Tahlillar natijalariga koʻra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2024-yil noyabr

ILMA

8.

Turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish amaliyotini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish.

3. Tahlillar natijalariga koʻra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2024-yil dekabr

ILMA

III. Sugʻurta bozorini jadal raqamlashtirish va sugʻurta bozori professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini takomillashtirish, sugʻurta xizmatlari sifatini va ommabopligini oshirish

9.

Vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va yagona axborot tizimi bilan majburiy sugʻurta turlari boʻyicha tegishli maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash.

1. Quyidagi maʼlumotlar almashinuvini nazarda tutuvchi idoralararo axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnoma ishlab chiqish:

yoʻlovchilarni tashish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

faoliyati boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi bilan bogʻliq boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

ish beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

majburiy sugʻurta shartnomalari va sugʻurta polislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Texnologik yoʻriqnoma

2024-yil aprel

ILMA

Transport vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

2. Majburiy sugʻurta shartnomalari tuzilishini taʼminlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni keyinchalik uzatgan holda yigʻish va qayta ishlash.

3. Axborot almashinuvi boʻyicha sinovlar oʻtkazish.

4. Onlayn axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Axborot almashish tizimi

2024-yil iyul

10.

Soliq qoʻmitasining “my.soliq.uz” elektron tizimida ish beruvchi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnomalar tuzish mexanizmini joriy etish.

Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish:

1. Muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etishda amaldagi majburiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan ish beruvchilar va tashuvchilarni avtomatik ravishda aniqlash.

2. Sugʻurta shartnomasini majburiy tartibda tuzish uchun sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan ommaviy ofertani qabul qilish imkoniyati.

3. Qonunchilikka muvofiq avtomatik ravishda sugʻurta mukofoti miqdorini hisoblash.

4. Sugʻurta polisini soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborish.

5. Sugʻurta hodisasi boʻyicha arizalarni sugʻurta tashkilotiga yuborish.

Elektron shakldagi sugʻurta xizmatlari

2024-yil iyul

ILMA,

Soliq qoʻmitasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Transport vazirligi

11.

Davlat budjeti mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan obyektlarni qurish jarayonida qurilish tavakkalchiligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnomalar tuzish mexanizmini elektron tizimda joriy etish.

Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish:

1. Amaldagi majburiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarni avtomatik tarzda aniqlash.

2. Sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan sugʻurta shartnomasini tuzish imkoniyati.

3. Sugʻurta polisini sugʻurta qildiruvchiga yuborish.

4. Sugʻurta hodisasi boʻyicha arizalarni sugʻurta tashkilotiga yuborish.

Elektron shakldagi sugʻurta xizmatlari

2024-yil iyul

ILMA,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

12.

Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz berganda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnomalarni elektron tizimda tuzish mexanizmini joriy etish.

1. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisi mavjudligi toʻgʻrisidagi talabni xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga kiritish.

Normativ huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

ILMA,

Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

2. Quyidagi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish:

a) amaldagi majburiy sugʻurta polisiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarni avtomatik tarzda aniqlash.

b) sugʻurtalovchini tanlash huquqi bilan sugʻurta shartnomasini tuzish imkoniyati.

v) sugʻurta polisini sugʻurta qildiruvchiga yuborish.

g) sugʻurta hodisasi boʻyicha arizalarni sugʻurta tashkilotiga yuborish.

Elektron shakldagi sugʻurta xizmatlari

2024-yil iyul

13.

Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning sugʻurta zaxiralarini shakllantirish va toʻlov qobiliyatini aniqlash metodikasini Solvency II meʼyorlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish.

2. Xalqaro tajribani implementatsiya qilish maqsadida milliy qonunchilikni tahlil qilish.

3. Tahlillar natijalariga koʻra takliflar tayyorlash va Prezident Administratsiyasiga kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2025-yil iyul

ILMA

Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi,

Oʻzbekiston aktuariylar uyushmasi

14.

Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalashda xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisi mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talabni belgilash.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash pasportiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

15.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari va ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifini koeffitsiyentlar va IFUT kodini kasbiy tavakkalchilik klasslari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlari) kesimida belgilash yuzasidan qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatni qayta koʻrib chiqish orqali oʻzgartirishlar kiritish, xususan:

har bir klass boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari;

kasbiy tavakkalchilik klasslari boʻyicha iqtisodiyotning har bir tarmogʻi (kichik tarmogʻi) uchun IFUT kodini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil oktabr

ILMA,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Statistika agentligi,

Soliq qoʻmitasi

16.

Sugʻurta tashkilotlarining sugʻurta va investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqish hamda zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash.

Quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning yangilangan tahririni tayyorlash:

1. Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi nizomni, jumladan, unda quyidagilarni nazarda tutish:

sugʻurta agentiga toʻlanadigan toʻlovlarning ishlab topilmagan qismini hisobga olish uchun akvizitsion xarajatlar zaxirasini joriy etish, bunda, akvizitsion xarajatlar zaxirasini shakllantirish sugʻurta shartnomasi kuchga kirgandan soʻng toʻliq hisoblangan holda amalga oshirilishini va sugʻurta davrining qolgan qismiga mutanosib ravishda hisoblanishini belgilash.

2. Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizom.

3. Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi nizom.

4. Aktuar xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

5. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari.

6. Sugʻurtalovchining muvaqqat maʼmuriyati toʻgʻrisidagi nizom.

7. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom.

8. Qayta sugʻurta qilish xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizom va uni zamonaviy talablarga moslashtirish, bunda tabiiy va texnogen ofatlarni qayta sugʻurtalashni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-2025-yillar davomida

ILMA,

Oʻzbekiston aktuariylar uyushmasi

17.

Sugʻurta xizmatlarini ommalashtirish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash va tarqatish.

1. Sugʻurta xizmatlari va ularning afzalliklari haqida targʻibot materiallarini tayyorlash.

2. Aholi oʻrtasida sugʻurtani ommalashtirish va uni keng targʻib qilish maqsadida sugʻurta xizmatlari toʻgʻrisidagi targʻibot materiallarini ommaviy axborot vositalarida tarqatish.

3. Mazkur yoʻnalishda brifing, konferensiya va amaliy seminarlar oʻtkazish.

4. Ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokisiz “E-Sugurta servis” mobil ilovasi orqali yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnomani (yevroprotokol) tuzgan holda yoʻl-transport hodisasining soddalashtirilgan tartibini qayd etish toʻgʻrisida maʼrifiy teledasturlar va radioeshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2024-2025-yillar davomida

ILMA,

AOKA,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

IV. Sugʻurta bozorida mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarning sugʻurta madaniyatini oshirish

18.

Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi (IAIS) bilan hamkorlikni kengaytirish.

Sugʻurta nazoratchilari xalqaro uyushmasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab har yili

ILMA,

Tashqi ishlar vazirligi

19.

Xorijiy davlatlarning oʻxshash tuzilmalari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan sugʻurta faoliyati sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar ekspertlari bilan seminar va uchrashuvlar oʻtkazish.

2. Xorijiy davlatlarning oʻxshash tuzilmalari bilan tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024 — 2027-yillar davomida

ILMA

20.

Sugʻurta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining sugʻurta ishi boʻyicha malakasini muntazam ravishda oshirib borishni taʼminlash.

Ikki yilda kamida bir marta sugʻurta tashkilotlari yuqori boshqaruv organlari xodimlarining malakasini oshirish. Bunda:

a) xodimlarni tayyorlash:

yuqori boshqaruv organlari xodimlari uchun — 80 akademik soat;

oʻrta boshqaruv organlari xodimlari uchun — 100 akademik soat;

boʻlinmalar rahbarlari va ularning xodimlari uchun — 120 akademik soat;

b) xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirish uchun ish haqi fondining kamida 3 foizi miqdorida mablagʻ ajratish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024 — 2027-yillar davomida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

ILMA,

Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitalining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ENG KAM MIQDORLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

mln soʻmda

T/r

Sugʻurta faoliyati turlari

1-oktabrdan

2025-yil

2027-yil

2029-yil

1.

Umumiy sugʻurta sohasida ixtiyoriy sugʻurta

35 000

45 000

60 000

2.

Umumiy sugʻurta sohasida majburiy sugʻurta

50 000

75 000

100 000

3.

Hayotni sugʻurta qilish sohasida ixtiyoriy sugʻurta

25 000

30 000

35 000

4.

Hayotni sugʻurta qilish sohasida majburiy sugʻurta

40 000

45 000

50 000

5.

Faqat qayta sugʻurta

80 000

100 000

120 000

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar badali miqdorini aniqlash va toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlari har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan xabardor qilingandan soʻng besh ish kuni ichida Agentlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tegishli miqdorda pul mablagʻi oʻtkazish yoʻli bilan kalendar badalini toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kalendar badali stavkasi sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlari sof sugʻurta mukofotlarining 0,2 foizi miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har bir oʻtgan chorak uchun sof sugʻurta mukofotlari toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta va birgalikda sugʻurta (sugʻurta tashkilotining birgalikda sugʻurtalash shartnomasida belgilangan ulushi) boʻyicha sugʻurta mukofotlari hamda kiruvchi qayta sugʻurta mukofotlari yigʻindisidan chiquvchi qayta sugʻurta mukofotlarini chegirib tashlagan holda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kalendar badalining 80 foizi miqdoridagi mablagʻ sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) bankrot deb topilganda, sugʻurta qildiruvchilarga (sugʻurtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) sugʻurta (qayta sugʻurta) toʻlovlarining yoki qaytarilishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofotlarining yetishmagan qismini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar badal summasining qolgan qismi quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta bozorini rivojlantirishga, aholining sugʻurta bozoriga ishonchini oshirishga va jamiyatda sugʻurta madaniyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek, xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va forumlarni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik rahbarlari va xodimlarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan xorijda tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy va xorijiy mutaxassislarni, xalqaro va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, konsalting tashkilotlarini jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning joriy xarajatlarini moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning idora qilish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq sarflar, shu jumladan, elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha xarajatlarni qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimlarini ishlab chiqish, sotib olish, joriy etish va ulardan foydalanish, shuningdek, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni aktuallashtirish (yangilash) bilan bogʻliq uchinchi tomon tashkilotlari va mutaxassislarining xizmatlariga haq toʻlash xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot xavfsizligi sohasidagi xarajatlarni, shu jumladan muhandislik va konsalting xizmatlari uchun toʻlovlarni, maʼlumotlarni qayta ishlash xizmatlarini va boshqalarni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan vakillik va tadbirlar xarajatlarini (videoroliklar, davriy nashrlar, broshyuralar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar tayyorlash, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va hokazolarni oʻtkazish) qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarga ish haqi toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish: jumladan mukofotlash, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar toʻlash, shuningdek, ijtimoiy taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlariga sugʻurta sohasida va (yoki) Agentlik tizimida koʻp yillik xizmatlari uchun mukofotlar toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kalendar badallarining vaqtinchalik boʻsh mablagʻlari tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Tartibda nazarda tutilmagan maqsadlarda Agentlikning hisobvaraqlaridan kalendar badali mablagʻlarini oʻtkazish va vaqtinchalik olish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-872-son qarorida 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“sugʻurtalovning, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi)”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4412-son qarori 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“vakolatli davlat organi sugʻurtalovchilar tomonidan qoʻllanilayotgan sugʻurta tariflarini, isteʼmolchilarning sugʻurta xizmatlari sifatidan qoniqishi darajasini, shuningdek, sugʻurta mahsulotlarining samaradorligini tahlil qilish asosida sugʻurta zaxiralarining qabul qilinayotgan tavakkalchiliklarga maqbulligini taʼminlaydigan sugʻurta zaxiralarining minimal darajasini belgilaydi, shuningdek, aktuar hisob-kitoblarga asoslangan tavsiyaviy xarakterdagi sugʻurta tariflarining minimal miqdorini oʻrnatish huquqiga ega”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5265-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “2024-yil” soʻzlari “2028-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 141-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

D.S. Maksudov

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining oʻrinbosari, Jamgʻarma kuzatuv kengashi raisi

O.Ch. Saidov

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi

O.O. Fayziyev

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi departamenti boshligʻi

K.A. Abduraximov

Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari uyushmasining bosh direktori

L.X. Zakirov

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi direktori (maslahat ovozi huquqi bilan), Jamgʻarma kuzatuv kengashi kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Jamgʻarma kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Jamgʻarma kuzatuv kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamgʻarma kuzatuv kengashi zarur hollarda Jamgʻarma direksiyasi tuzilmasi va soniga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 1-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi kirish qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari “sugʻurta sohasida vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ish beruvchi mazkur sugʻurta shartnomasini imzolash orqali shartnoma tuzilganidan boshlab besh ish kuni ichida sugʻurta mukofoti toʻlanmagan hollarda sugʻurtalovchi tomonidan ish beruvchining hisob raqamidan sugʻurta mukofotini soʻzsiz tartibda bank muassasasi orqali undirib olinishiga roziligini bildiradi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 2-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi kirish qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” soʻzlari “sugʻurta sohasida vakolatli davlat organi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 12-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tashuvchi mazkur sugʻurta shartnomasini imzolash orqali shartnoma tuzilganidan boshlab besh ish kuni ichida sugʻurta mukofoti toʻlanmagan hollarda sugʻurtalovchi tomonidan tashuvchining hisob raqamidan sugʻurta mukofotini soʻzsiz tartibda bank muassasasi orqali undirib olinishiga roziligini bildiradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga 6-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyati va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilish;

b) sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini taʼminlash;

v) litsenziyalovchi organ talabiga koʻra sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;

g) quyidagi shaxslarni sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishiga yoʻl qoʻymaslik:

terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;

shaxsga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan shaxslar;

d) “g” kichik bandda belgilangan shaxslarning sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta brokerlarining ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik;

e) litsenziya talabgorining (litsenziatning) va ular alohida boʻlinmalarining rahbari va bosh buxgalterining sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi, jumladan, kasbiy koʻnikmalar, bilim va tajribaning korporativ boshqaruv standartlariga muvofiqligi va ijobiy ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi;

j) litsenziya talabgorining (litsenziatning) rahbarlik lavozimlarida ishlovchi shaxslarining boshqa sugʻurta tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida oʻrindoshlik asosida ishlashiga yoʻl qoʻymaslik;

z) besh yil mobaynida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga oid barcha maʼlumotlarni, jumladan ish yozishmalarini saqlash.

Sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:

a) ustav fondining qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud boʻlishi;

b) Yagona axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida oʻzaro axborot almashish boʻyicha tegishli kelishuvning mavjudligi;

v) qonunchilik talablari asosida elektron sugʻurta xizmatlari koʻrsatishni taʼminlash uchun axborot tizimining mavjudligi;

g) sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini Yagona axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va ushbu tizim orqali sugʻurta polislarini rasmiylashtirish;

d) aksiyadorlar boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud boʻlmasligi;

e) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi)ning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan oʻz filiallariga ega boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;

j) sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimning mavjud boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;

z) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan oʻz filiallari mavjud boʻlishi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalovchilar uchun;

i) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli oʻz filiallariga ega boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;

k) sugʻurtalovchida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning mavjud boʻlishi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun.

Sugʻurta brokerlari uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari:

a) sugʻurta brokerining sugʻurta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlash;

b) sugʻurta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;

v) sugʻurtalashga doir vositachilik faoliyatini asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshirish.

Litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi jumlasiga kiradigan harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 54-moddasida belgilangan.

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-618-son qarorining 2-bandi va 2-ilovasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5265-son qaroriga ilovaning 14-pozitsiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1060-son qarorining 1 — 6-bandlari hamda qarorga 1 — 3-ilovalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-dekabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 40-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgustdagi “Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 332-son qarorining 8-bandi hamda ilovaning 9-pozitsiyasi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)