21.12.2023 yildagi PF-210-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama himoya qilish, majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishning tashkiliy, huquqiy asoslarini mustahkamlash, bu borada davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, majburiy mehnatga barham berildi, odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ishlar tizimlashtirildi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykot bekor qilindi, xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rni yaxshilandi. Mamlakatimizda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholandi va boshqa davlatlar uchun namuna sifatida e’tirof etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekistonda munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish va respublikaning barcha hududlarida ommalashtirish, mehnat munosabatlari sohasida xalqaro standartlarni keng joriy qilish hamda odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya (keyingi o‘rinlarda — Milliy komissiya) etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Milliy komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlanganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish, baholash, monitoring qilish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, xususan, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga qarshi kurashish, tartibga solinmagan mehnat migratsiyasi holatlarini kamaytirish, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish va xalqaro mehnat standartlarini tatbiq etish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga oid jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, ularning oldini olish va ularga chek qo‘yish hamda ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya va reyintegratsiya xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosidan hamda majburiy mehnat holatidan keng jamoatchilikni ogohlantirishga, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilishga va ommalashtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, mazkur sohada axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ma’ruzalar tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy komissiya bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya to‘g‘risidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiya to‘g‘risidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) rahbarlik qilish vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Milliy komissiyaning taqdimnomalari so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, hududiy komissiyalarning asosiy vazifasi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi (keyingi o‘rinlarda — Milliy ma’ruzachi) instituti ta’sis etilsin, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Milliy ma’ruzachining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini joriy etish bo‘yicha mamlakatimizdagi hamda mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bog‘liq vaziyatlar to‘g‘risida, ushbu sohada ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili axborot taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur sohalarda respublikada ko‘rilayotgan choralar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng tatbiq etish tizimini yanada takomillashtirish sohasida xalqaro hamjamiyat, ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan samarali hamkorlik va hamjihatlikni, davlatimizga nisbatan xurujlarga qarshi tezkor munosabat bildirib borishni, shuningdek, mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyaga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisiga yuklatilganligi munosabati bilan Milliy komissiya ishini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy Majlis Senatiga o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, umumiy shtat birliklari doirasida Oliy Majlis Senatining devoni tarkibida Milliy komissiya kotibiyatini tashkil etish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 21-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-210-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

T. Narbayeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy komissiya raisi

2.

P. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Milliy komissiya raisining o‘rinbosari — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya rahbari

3.

B. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, Milliy komissiya raisining o‘rinbosari — Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiya rahbari

4.

N. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

5.

A. Azizov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi

6.

X. Yodgorov

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

7.

B. Islomov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

8.

B. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

9.

A. Tashkulov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

10.

A. Inoyatov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

11.

A. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri

12.

F. Eshmatova

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)

13.

O. Fozilkarimov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

14.

K. Rafikov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi

15.

I. Xaydarov

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi

16.

N. Raximova

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori

17.

R. Alimov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi

18.

E. Margishvili

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

19.

Lavozimiga ko‘ra 

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

20.

A. Pardayev

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi direktori v.b.

21.

M. Qodirov

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi direktori

22.

M. Rasulova

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori

23.

X. Mirzaraximova

Andijon viloyati “Mehrimiz Sizga” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi direktori

24.

N. Karimova

Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi direktori

25.

Sh. G‘aniyev

Demokratiya va inson huquqlari instituti eksperti

26.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni boshqarma boshlig‘i — Milliy komissiya mas’ul kotibi

27.

N. Raximov

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya mas’ul kotibi

28.

L. Qarshiyev

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnatga haq to‘lash va mehnat standartlari boshqarmasi boshlig‘i — Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiya mas’ul kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Milliy komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 06/23/210/0955-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)