Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2023 30.07.2019 yildagi PF-5775-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
So‘nggi yillarda respublikada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan ustuvor yo‘nalish hisoblangan odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yo‘qotish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatish, odam savdosiga aloqador shaxslarni tergov qilish va javobgarlikka tortish, shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolalar mehnatiga barham berildi, qishloq xo‘jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qo‘yish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash hamda xalqaro maydonda davlatimiz imijini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga hozirgi vaqtda odam savdosiga va majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi samarali kurashishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator salbiy omillar saqlanib qolayotganligini tahlillar ko‘rsatib turibdi. Jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, vakolatli organlarning tashabbuskorligi yetarli bo‘lmayapti, vakolatli organlarning yagona rahbarlik ostida yetarli darajadagi idoralararo hamkorligi mavjud emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida xolis va ishonarli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uyg‘unlashtirilmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, qonunchilik bazasi xalqaro standartlarga nomuvofiq, bu esa odam savdosiga va majburiy mehnatga aloqador shaxslarni samarali ta’qib qilish va jazolashga to‘sqinlik qilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olg‘a surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bo‘yicha belgilangan vazifalarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy komissiya) etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Milliy komissiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Milliy komissiya raisining o‘rinbosari hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Milliy komissiya raisining o‘rinbosari hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarlik qiladigan Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligi va bahamjihat ishlashlarini ta’minlash maqsadida ularning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish maqsadida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, oldini olish va ularga chek qo‘yish amaliyotini o‘rganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida samarali xalqaro hamkorlik va bahamjihat harakatni tashkil etish, shuningdek, mazkur sohada axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ma’ruzalar tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy komissiya bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya to‘g‘risidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya to‘g‘risidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-2020-yillarda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”)ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda — Hududiy komissiyalar) rahbarlik qilish vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Milliy komissiyaning taqdimnomalari so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hududiy komissiyalarning asosiy vazifasi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi (keyingi o‘rinlarda — Milliy ma’ruzachi) instituti ta’sis etilsin, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar Milliy ma’ruzachining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida mamlakatimiz va jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida, ushbu jinoyat turiga aloqador shaxslarni tergov qilish va jazolash hamda odam savdosi qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili axborot taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur sohada respublikamizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik korpusi va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini jalb etgan holda ommaviy axborot vositalari uchun muntazam ravishda brifinglar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamjamiyat bilan, ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan tashkilotlar va huquq himoyachilari bilan samarali hamkorlik va hamjihatlikni, davlatimizga nisbatan xurujlarga qarshi tezkor chora ko‘rishni, shuningdek, mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli ravishda quyidagi qonunlarning loyihalarini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi loyiha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosi qurbonlarini xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish mexanizmini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosi qurbonlarini qayta yo‘naltirishning milliy mexanizmini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilganlik uchun javobgarlik normasini belgilaydigan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi loyiha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy komissiyaning rasmiy veb-sayti ishlab chiqilishi va faoliyat yuritishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy komissiya bilan birgalikda, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda keng axborot-targ‘ibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, bunda davlat organlarining rahbarlari va jamoatchilik vakillarining chiqishlari nazarda tutilsin hamda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion ko‘rsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo‘llanilishiga ko‘maklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi 144-son Konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilganligi hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining faoliyatini tugatish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasini tugatish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 30-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-5775-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi PF-5775-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

T. Narbayeva

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy komissiya raisi

2.

P. Bobojonov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Milliy komissiya raisining o‘rinbosari — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya rahbari

3.

Sh. Kudbiyev

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Milliy komissiya raisining o‘rinbosari — Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya rahbari

4.

N. Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

5.

A. Azizov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi

6.

U. Mingboyev

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

7.

K. Kamilov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

8.

A. Kamilov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

9.

R. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

10.

A. Shadmanov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

11.

U. Muxammadiyev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

12.

A. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari milliy markazi direktori

13.

B. Ashrafxanov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

14.

R. Kamilov

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori

15.

K. Rafikov

O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi

16.

R. Mamatov

O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri

17.

K. Kuranbayev

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

19.

R. Ubaydullayeva

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori

20.

G. Jalibekova

Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi direktori

21.

X. Mirzaraximova

Andijon viloyati “Mehrimiz sizga” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi direktori

22.

N. Kamolova

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi Jizzax bo‘limi direktori

23.

Sh. G‘aniyev

Demokratiya va inson huquqlari instituti eksperti

24.

I. Matviyenko

“Nemolchi.uz” internet loyiha asoschisi

25.

U. G‘aynazarov

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boshqarma boshlig‘i — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya mas’ul kotibi

26.

S. Sulaymanov

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat bo‘yicha bosh davlat huquqiy inspektori — Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya mas’ul kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Milliy komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 06/19/5775/4080-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)