07.11.2023 yildagi PF-188-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi orqali Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslari yaratilib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi. Shu munosabat bilan amaldagi qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish talab etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini toʻlaqonli amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni roʻyobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq ularni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi davlat xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlarni bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zaruratini hisobga olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvarga qadar oʻzlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni puxta xatlovdan oʻtkazgan holda ularni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mazmunan muvofiqlashtirish boʻyicha Adliya vazirligiga taklif kiritsin, bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerakligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi 2024-yil 1-fevralga qadar kiritilgan takliflar asosida qonunosti hujjatlarini yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlik va idoralar 2024-yil 1-yanvarga qadar oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga moslashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib borsin hamda zaruratga koʻra vazirlik va idoralarga ushbu masala boʻyicha taqdimnomalar kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar unga zid boʻlmagan qismida qoʻllanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va idoralar rahbarlari quyidagi masalalar uchun shaxsan javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlariga biriktirilgan soha va tarmoqlarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi va yangi ishlab chiqiladigan qonunosti hujjatlarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid normalar aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida zarur choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlariga biriktirilgan soha va tarmoqlarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida faqat qonunlar bilan tartibga solinishi nazarda tutilgan masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vaqtida ishlab chiqish va Hukumatga kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalarini qonunosti hujjatlarida rivojlantirish, aniqlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini belgilash boʻyicha ishlarni axborot-tahliliy hamda ekspertlik jihatdan taʼminlab borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qonun bilan tartibga solinishi belgilangan masalalarni qonunosti hujjatlaridan chiqarish va qonun darajasiga koʻtarish boʻyicha ishlarni amalga oshirishda vazirlik va idoralarga uslubiy koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-188-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-son Farmonining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6. Belgilansinki, Kengash raisi, rais oʻrinbosari, Kengash aʼzolari va kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan saylanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5060-son Farmonining muqaddimasidagi “93” raqami “109” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5268-son Farmoni muqaddimasining sakkizinchi xatboshisidagi “83” raqami “98” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PF-5439-son Farmonining muqaddimasidagi “93” raqami “109” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5723-son Farmoni 2-bandining “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi hamda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam boʻlishi mumkin emas”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5876-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandning uchinchi xatboshisidagi “shaxsiy va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilova 2-bandining uchinchi xatboshisidagi va 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “shaxsiy va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmoni 1-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6127-son Farmonining 4-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) muqaddimaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning boʻlinmasligi, oʻz xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yoʻl qoʻyilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-bob 2-paragrafining toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” deb kafolatlangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Konstitutsiyada “inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart” deb taʼkidlangan”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-son Farmoni 7-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandi birinchi va oltinchi xatboshilaridagi “(oqsoqollari)” soʻzi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)