26.09.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3459
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 26-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3459]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga asosan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish vazifasi belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) 111-bandiga asosan qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. TAShKULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 26-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 26-sentabrdagi 11-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 30-sentabrda tasdiqlangan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga ishsiz shaxslarga moddiy yordam koʻrsatish tartibi, miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 548, 1998-yil 23-noyabr).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” agentligi, Oʻzdavneftegazinspeksiya va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2003-yil 15-oktabrdagi 01-637, 01-07-899 va 01-1137-son “Neft va gaz konlarini qidiruv ishlari, quduqlarni burgʻulash, sinash va ishga tushirishdagi texnologik jarayonlar ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1285, 2003-yil 31-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil., 19-20-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzdavneftgazinspeksiya va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2011-yil 2-dekabrdagi 271, 01/09-1462 va 01/2445-son “Neft va gaz konlarining qidiruv ishlari, quduqlarni burgʻulash, sinash va ishga tushirishdagi texnologik jarayonlar ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1285-1, 2012-yil 6-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 12-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzdavneftgazinspeksiya va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2012-yil 14-sentabrdagi 170, 01/09-1323 va 18-1906-son “Neft va gaz konlarini qidiruv ishlari, quduqlarni burgʻulash, sinash va ishga tushirishdagi texnologik jarayonlar ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1285-2, 2012-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 492-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 10/23/3459/0727-son)