24.08.2023 yildagi PQ-285-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik sohasiga zamonaviy innovatsion usullarni joriy etish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-211-son qarori bilan hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy etishga 33 million AQSH dollari yo‘naltirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilishni quyidagi ikki bosqichda amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — 2024-2025-yillarda 1-ilovada keltirilgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 25 ta tumanda;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — 2026-2027-yillarda respublikaning qolgan tumanlarida.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki, Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkilotining Yer ustidagi hayvonlar sog‘lig‘i kodeksi va Hayvonlarni ro‘yxatga olish xalqaro qo‘mitasining normalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish sohasida mas’ul organ hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzurida davlat muassasasi shaklida Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazini (keyingi o‘rinlarda — Identifikatsiya markazi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Identifikatsiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boqib, ko‘paytiriladigan va saqlanadigan hayvonlar, jumladan uy hayvonlarini bosqichma-bosqich identifikatsiya qilish va ularning elektron hisobini yuritish tadbirlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish bo‘yicha yagona milliy ma’lumotlar bazasini muvofiqlashtirish hamda real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlariga jalb qilinadigan xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartib-taomillarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro tajriba asosida hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Identifikatsiya markazining ijro etuvchi apparati tuzilmasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining mavjud shtat birliklari doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisiga, zarur hollarda, Identifikatsiya markazining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi uch oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarida kamida 2 ta shtat birligidan iborat Identifikatsiya markazining sektorlari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari va chorvachilik fermer xo‘jaliklarini jalb qilgan holda mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan tumanlarda quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etilishini ta’minlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, aholidan yig‘ib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay bo‘lgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi xonadonlariga mahsuldor naslli mollarni yetkazib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorva mollarini so‘yish kushxonalari, terilarni qabul qilish va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terini qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda kooperatsiya asosida teridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan tumanlarda tashkil etiladigan chorvachilik klasterlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida jalb qilingan resurslar hisobidan 60 million AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100 — 150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil paxta va g‘alla hosili uchun rejalashtiriladigan ekin maydonlarini qisqartirishni hisobga olsin va ozuqabop ekinlar ekilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining “O‘znaslchilik” davlat korxonasini davlat muassasasi shaklidagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar Markazning seleksiya va naslchilik sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nasldor buqalarning urug‘ini qadoqlashning zamonaviy usullarini keng ko‘lamda joriy etish, “AndroVision” CASA dasturi asosida sifatli urug‘ tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
go‘sht va sut yo‘nalishida nasldor qoramollarning embrionlarini “in vitro” usulida tayyorlash va ko‘chirib o‘tkazishning innovatsion laboratoriyasini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nasldor va sport otlarining urug‘lari va embrionlarini chuqur muzlatilgan holda tayyorlash texnologiyasini yo‘lga qo‘yish hamda shartnoma asosida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nasldor hayvonlarning urug‘i va embrionlarini sotish, sifatli yetkazib berish, xalqaro va mahalliy konsultantlarni jalb etgan holda iqtidorli yoshlar hamda yosh olimlarning bu boradagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Markaz faoliyati uning xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlari, mahalliy va xorijiy grantlar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Toshkent viloyati hokimligi Kadastr agentligi bilan birgalikda Markazni joylashtirish va uning o‘z faoliyatini amalga oshirishi hamda yangi bino va inshootlarni qurishi uchun belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini, Milliy bog‘ ko‘chasida joylashgan Markazni ko‘chirish va joylashtirish uchun xususiy mulk sotib olish, ta’mirlash, yangi bino va inshootlar qurish hamda laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlarni xarid qilish xarajatlarini Qo‘mita huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 milliard so‘mgacha miqdorda moliyalashtirishga ruxsat etilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga qarashli Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini, Milliy bog‘ ko‘chasida joylashgan bino va inshootlar yer uchastkasi bilan birga (keyingi o‘rinlarda — obyekt) sotish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektni baholash, baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertiza qilish, savdoga chiqarish, sotish hamda tijorat banklari garovidan chiqarish yoki garov ta’minotini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektni sotishdan tushgan mablag‘lar (savdolarga chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chegirgan holda) to‘liq Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga obyektni zaruratga qarab lotlarga bo‘lgan holda elektron onlayn auksion savdolari orqali sotuvga chiqarishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Belgilansinki, Markazga qarashli yer maydoni hamda bino va inshootlarni sotishdan tushgan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Markazni joylashtirish uchun xususiy mulk sotib olish, ta’mirlash, yangi bino va inshootlar qurish, hamda laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlarni xarid qilish xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naslchilik ishi sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish, ularni xorijiy davlatlarga yuborish, chet eldan ekspertlarni jalb qilish, xalqaro ko‘rgazmalar va forumlar o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
naslchilik ishi va sun’iy urug‘lantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni moddiy-texnika vositalari, shu jumladan dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga Markazni joylashtirish uchun bino va inshootlarni qurish hamda ta’mirlash ishlarini taklif so‘rovi asosida amalga oshirishga ruxsat berilsin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining naslchilik sohasini nazorat qilish bo‘limi va hududiy bo‘linmalarining 146 ta shtat birliklarini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab chorvachilik xo‘jaliklari o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu bandda belgilangan tizimni joriy qilish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilansinki, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab 2025-yil 31-dekabrga qadar davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 15 ming so‘mini qoplash uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirishga oid topshiriqlari va ko‘rsatmalari barcha davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilishga hamda chorvachilik loyihalari uchun kredit mablag‘larini ajratishni tashkillashtirishga mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarda chorvachilik loyihalarini amalga oshirishga, ozuqa uchun yer maydonlarini ajratishga va to‘liq hajmda ishga tushirishga mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri A. Voitov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B. Norqobilov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 24-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-285-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimi dastlabki bosqichda joriy etiladigan chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Tumanlar nomi

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Taxtako‘pir tumani

Qo‘ng‘irot tumani

2.

Andijon viloyati

Qo‘rg‘ontepa tumani

Ulug‘nor tumani

3.

Buxoro viloyati

Romitan tumani

Buxoro tumani

4.

Jizzax viloyati

Zarbdor tumani

Sharof Rashidov tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

Nishon tumani

Koson tumani

6.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

Navbahor tumani

7.

Namangan viloyati

Kosonsoy tumani

Pop tumani

8.

Samarqand viloyati

Kattaqo‘rg‘on tumani

Bulung‘ur tumani

9.

Surxondaryo viloyati

Jarqo‘rg‘on tumani

Muzrabot tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Sardoba tumani

11.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

Quyi Chirchiq tumani

12.

Farg‘ona viloyati

O‘zbekiston tumani

Furqat tumani

13.

Xorazm viloyati

Urganch tumani

Shovot tumani

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

B. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari, Kengash raisi

2.

B. Norqobilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi, Kengash raisi o‘rinbosari

3.

A. Karimov

qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

4.

F. Po‘latov

Kadastr agentligi direktori

5.

A. Qosimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

6.

B. Raxmatullayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

7.

F. Djalilov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi

8.

A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

9.

O. Musayev

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi

10.

B. Isayev

“Parrandasanoat” uyushmasi raisi

11.

Sh. Baxriddinov

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi

12.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari

13.

U. Ismoilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, Kengash kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YO‘L XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimini tartibga solish bo‘yicha

1.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Markaz faoliyatini tartibga solish maqsadida uning ustavini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va Markazni kadrlar bilan to‘ldirish.

3. Markazni joylashtirish va aloqa vositalari bilan ta’minlash.

4. Markazni zarur mebel, kompyuter texnikasi va inventarlar bilan jihozlash.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

2.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tartibi hamda identifikatsiya tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish.

2. Hududlardagi chorva va uy hayvonlari bosh soni qamrab olinganligi holatini o‘rganish.

3. Respublika hududlaridagi kushxonalar, mol bozorlari, ichki postlar joylashuvini, shuningdek, chorva hayvonlarining bir hududdan boshqa hududga o‘tish harakatlarini tahlil qilish.

4. Mazkur tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 20-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Vyeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

3.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini respublikada to‘g‘ri tashkil etish maqsadida ushbu yo‘nalishda ijobiy natijalarga erishgan davlatlarning ekspertlarini jalb etgan holda taklif kiritish.

1. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalarini ishchi guruh tuzgan holda joyida o‘rganish.

2. Xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish va ularni jalb etish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

4.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimining tartib-taomillarini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida identifikatsiya tizimini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish.

2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribalari asosida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish.

3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 10-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

5.

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Manfaatdor idoralar va tashkilotlardan iborat ishchi guruhni tuzish.

2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi joriy etilgan xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish.

3. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimi bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash, muhokama qilish va kelishish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 31-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

6.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimiga jalb etiladigan mutaxassislarning malakasini oshirish.

1. Hayvonlarni identifikatsiya qilish tizimiga jalb etiladigan mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida hududlarda bosqichma-bosqich masofaviy shaklda nazariy bilimlarni berish.

3. Tajribali mutaxassislar tomonidan dehqon va fermer xo‘jaliklarida amaliy bilimlar berishni tashkil etish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Xorijiy hamda mahalliy kompaniya va konsultantlarni jalb qilgan holda identifikatsiya qilish tizimida ro‘yxatga olingan qoramollar va hayvonlarni vaksinatsiya qilish rejasi to‘g‘risida ma’lumotlar, maslahat va xabarlar, savdo maydonchasi va subsidiya berish tizimini o‘z ichiga olgan mobil platformani ishlab chiqib, ishga tushirish.

1. Xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda xorijiy hamda mahalliy kompaniyalar va konsultantlarni jalb qilish.

2. Qoramollar va hayvonlarni vaksinatsiya qilishning mavsumiy va davriy grafiklari hamda bu to‘g‘risida aholi va fermerlarni xabardor qilish mexanizmini ishlab chiqish.

3. Chorvachilik sohasida mahsulotlarni sotish maydonchasi va subsidiya berishning elektron xabardor qilish loyihasini tayyorlash.

4. Mazkur mobil platforma bo‘yicha texnik topshiriqlar (TT) loyihasini ishlab chiqish.

5. Ushbu tizim bo‘yicha mobil platforma dasturini ishga tushirish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2024-yil 1-mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

8.

Hayvonlarni ro‘yxatga olish xalqaro qo‘mitasining normalariga muvofiq, chorva va uy hayvonlarini identifikatsiya qilishda qo‘llanadigan chip, jeton, birkalarni olib kelish choralarini ko‘rish.

1. Xalqaro standartlarga muvofiq chip, jeton, birkalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan muzokaralar o‘tkazish.

Bunda, hayvonlarni identifikatsiya qilish imkonini beradigan individual raqam berish, hayvonlar to‘g‘risida ma’lumotlarni elektron axborot tizimiga kiritishni nazarda tutish.

2. Xalqaro tajribalar asosida talablarga javob beradigan chip, jeton va birkalar zaxirasini tashkil etish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

II. Naslchilik sohasini takomillashtirish bo‘yicha

9.

Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Markaz faoliyatini tartibga solish maqsadida uning ustavini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va Markazni kadrlar bilan to‘ldirish.

-

2023-yil 20-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

10.

Markazni joylashtirish va uning o‘z faoliyatini amalga oshirishi hamda yangi bino va inshootlarni qurishi uchun belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan yer maydoni ajratish.

1. Markazni ko‘chirish va uni joylashtirish uchun Toshkent viloyatidan sug‘oriladigan ekin yerlari va infratuzilma tarmog‘i (elektr energiya, gaz, suv va yo‘l) mavjud bo‘lgan hududlarni o‘rganish va tanlash.

2. Mazkur hududdan Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bino va inshootlarni qurish uchun yer maydoni ajratish.

-

2023-yil 10-noyabr

Toshkent viloyati hokimligi,

Kadastr agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

11.

Markazni ko‘chirish va joylashtirish uchun tanlangan hududda Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish obyektlarining zamonaviy master-rejasini ishlab chiqish.

1. Naslli materiallar ishlab chiqarish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalarini o‘rganish.

2. Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish obyektlarining dastlabki loyihasini shakllantirish.

3. O‘rganilgan xalqaro tajribalar asosida zamonaviy master-reja ishlab chiqish.

Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

12.

Markazni ko‘chirish uchun tanlangan hududda Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish.

1. Xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy master-rejaga ko‘ra Markaz faoliyati uchun moslashtirilgan bino va inshootlarni qurish loyihasini tayyorlash.

2. Pudratchi tashkilotlar bilan qurilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishish.

3. Qurilish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish.

4. Qurilish ishlarini yakunlash, topshirish va qabul qilish.

Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2025-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

13.

Markazga qarashli Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini, Milliy bog‘ ko‘chasida joylashgan bino va inshootlarni yer maydoni bilan birga sotish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

1. Obyektni baholash, baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertiza qilish, savdoga chiqarish.

2. Obyektni zaruratga qarab lotlarga bo‘lgan holda elektron onlayn auksion savdolari orqali sotuvga chiqarish.

3. Obyektni sotishdan tushgan mablag‘larni to‘liq Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish.

-

Markaz faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

III. Chorvachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha

14.

2023-yil 1-sentabrdan boshlab chorvachilik xo‘jaliklari o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimini joriy etish.

Mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni joriy etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tartib ishlab chiqish va tasdiqlash.

-

2023-yil 20-noyabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Bojxona qo‘mitasi,

Soliq qo‘mitasi

15.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining naslchilik sohasini nazorat qilish bo‘limi va hududiy bo‘linmalarining shtat birliklarini Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish.

1. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining mavjud shtatlarini hududlar kesimida tahlil qilish.

2. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining mavjud shtatlarini belgilangan tartibda qabul qilish.

3. Naslchilik sohasini monitoring qilish bo‘yicha yangi vazifalarni va ish tartibini joriy etish.

-

2023-yil 10-noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

16.

Quyidagi tartibda subsidiya ajratish tizimini joriy etish:

chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida;

parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 15 ming so‘mini qoplash uchun.

Mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni joriy etish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

-

2023-yil 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi,

Bojxona qo‘mitasi,

Soliq qo‘mitasi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2023-y., 07/23/285/0651-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son; 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)