29.01.2020 yildagi PQ-4576-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2020 — 2022-yillarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olingan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million so‘m miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlari 50 foizi miqdorida davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 07/21/5017/0177-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2020-yilda sotib olinadigan nasldor:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qoramollar uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olish uchun 10 milliard so‘m miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlardan import qilish uchun 40 milliard so‘m miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qo‘y va echkilarni import qilish uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi 6 milliard so‘m miqdorida belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xo‘jaliklarga subsidiya berish xarajatlarini 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanishini ta’minlasin va 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida tegishli mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chorvachilik sohasini rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun mustaqil konsalting kompaniyalarini o‘rnatilgan tartibda jalb qilgan holda takliflar ishlab chiqsin va 2020-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan qoplansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda o‘n besh kun muddatda mazkur qarorning 3-bandida belgilangan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya berish tartiblarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, subsidiya berish “O‘zbekchorvanasl” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chorvachilik sohasini rivojlantirish strategiyasiga asoslangan holda 2020-yil 1-iyulga qadar 2021-2022-yillarda respublikada faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklari tomonidan sotiladigan va import qilinadigan nasldor qoramollar, qo‘y va echkilar hamda jo‘jalar sonidan kelib chiqib, ajratilishi kerak bo‘lgan subsidiya hisob-kitobini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Moliya vazirligiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda chorvachilik sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va chora-tadbirlarga Osiyo taraqqiyot bankining chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari yo‘naltirilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar sun’iy suv havzalarining hosildorligidan kelib chiqib, ushbu maydonlarga yer solig‘ining tabaqalashtirilgan stavkalarini qo‘llash bo‘yicha asoslangan takliflarini Moliya vazirligiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kiritilgan takliflar asosida yer solig‘ining tabaqalashtirilgan stavkalarini qo‘llashni 2021-yil budjeti loyihasini tayyorlashda inobatga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga biriktirilgan sun’iy va tabiiy suv havzalarining kadastr hujjatlarini “O‘zdaverloyiha” instituti bilan o‘zaro shartnoma asosida rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari ekin maydonining 10 foiziga beda ekilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan Respublika kengashiga 2020-yil 1-mayga qadar axborot kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan chorvachilik, shu jumladan parrandachilik xo‘jaliklariga ozuqabop ekinlar ekish uchun chorva mollari va parranda bosh soniga mutanosib ravishda ekin yerlari ajratilishini doimiy ravishda nazorat qilib borsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti xodimlarini jalb qilgan holda, joylarda sut sog‘uvchilarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etsin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urchitish bilan shug‘ullanuvchi go‘sht yo‘nalishidagi II tartibli reproduktor naslchilik parrandachilik korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “Uzbekistan Airways” AJning 2022-yil 1-yanvarga qadar “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik korxonalariga o‘zi ishlab chiqargan tuxum va go‘sht mahsulotlarini eksport qilishda, nasldor inkubatsion tuxum va nasldor bir kunlik jo‘jalarni, vaksina, veterinariya dori vositalarini import qilishda, istisno tariqasida, amaldagi havo transportida tashish tariflariga nisbatan 20 foizlik chegirma berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ozuqa ekin maydonlaridan kelib chiqqan holda 2020 — 2022-yillar uchun ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Toshkent viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga o‘quv-tajriba uchastkasi uchun Yangiyo‘l tumani hududidan 30 gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda “O‘zbekchorvanasl” agentligi huzuridagi “O‘znaslchilik” davlat korxonasidagi nasldor buqalarni oziqlantirish uchun ozuqabop ekinlar ekishga Qibray, Yuqorichirchiq va O‘rtachirchiq tumanlari hududidan 80 gektar sug‘oriladigan yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov — mazkur qarorda belgilangan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xo‘jaliklarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov — chorva xo‘jaliklariga yer maydonlarini ajratishni ta’minlasin, mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin, har oyda ularning bajargan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov — chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishini hamda ajratilayotgan subsidiya mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlasin, chorvachilik xo‘jaliklariga mahsuldorlikni oshirishga ko‘maklashsin, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — chorvachilikning barcha tarmoqlari, shu jumladan qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik yo‘nalishida loyihalarni amalga oshiradigan tashabbuskorlarga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin;
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 29-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4576-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi PQ-4576-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4015-son qarori 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“13. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik va yem ishlab chiqaruvchi korxonalariga 2022-yil 1-yanvarga qadar o‘z ehtiyoji uchun maqsadli ravishda ozuqa komponentlari va qo‘shimchalarini (TIF TN kodi 1001, 1005, 1201, 1206, 2304, 2306, 2309, 2835, 2922, 2930) temir yo‘l orqali tashishda, istisno tariqasida, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi temir yo‘llari tarif siyosatining 35 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda chegirma berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik tirik tovuq, tovuq go‘shti, tuxum va tovuq mahsulotlari kiritmaslik to‘g‘risida”gi 188-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 30-31-son, 236-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 13-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik tirik tovuq, tovuq go‘shti, tuxum va tovuq mahsulotlari kiritmaslik to‘g‘risida” 2005-yil 5-avgustdagi 188-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 226-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 41-42-son, 318-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2020-y., 07/20/4576/0091-son, 07.05.2020-y., 07/20/4707/0545-son; 04.03.2021-y., 07/21/5017/0177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)