15.08.2023 yildagi PF-140-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvardan boshlab alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibini bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvardan boshlab import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga oʻzgartirish kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvardan boshlab dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimni bekor qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-oktabrga qadar tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvarga qadar dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bekor qilinishi munosabati bilan tegishli vazifalarni amalga oshirishni moliyalashtirishning muqobil manbalari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-yanvarga qadar transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi 2023-yil 1-noyabrga qadar tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yigʻimlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Farmon 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Farmonga ilovaning 1-bandi 2025-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 15-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-140-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5707-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-bandning yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi “Eksportchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6306-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-505-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ishlab chiqaruvchilarga alkogolli mahsulotni markirovka qilish uchun aksiz markalar faqat ular tomonidan aksiz markalar nominal qiymatining 50 foizi toʻlangach beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tovarlarning “erkin muomalaga chiqarish (import)” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni davlat tilida majburiy markirovka qilish talab etilmaydi. Bunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlari (isteʼmol qadoqlariga ega boʻlmagan hamda oʻz ehtiyoji uchun olib kelingan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili va import qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini hamda sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish taqiqlanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi “Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-392-son qarorining 5-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)