1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini yaxshilash chora-tadbirlari | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Agentlikning Toshkent shahar, Ch. Aytmatov koʻchasi, 1A-uy manzilidagi binosini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash. |
Tadbirlar rejasi |
2019-yil qadar |
Agentlik (S. Kariyev), |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi hamda Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK qoshida Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) talablariga mos keladigan klinik-oldi tadqiqotlar laboratoriyasini tashkil qilish. |
Tadbirlar rejasi |
Ishlab chiqish — 2019-yil qadar Amalga oshirish — 2019-2020 yy. |
Agentlik (S. Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov), |
|
3. |
Agentlikka “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini taʼminlash maqsadida Samarqand shahrida operativ boshqaruv huquqi asosida maʼmuriy bino ajratish. |
Samarqand viloyati hokimining qarori |
2019-yil qadar |
Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), |
|
4. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish: Agentlik qoshida farmatsevtika texnoparkini tashkil qilish uchun yer maydonini ajratish; farmatsevtika texnoparki hududida farmatsevtika sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtining filialini joylashtirish; farmatsevtika texnoparki hududida ilmiy-tadqiqot va tajriba-ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish; farmatsevtika texnoparki hududida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning yangi binosini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2019-yil qadar |
Agentlik (S. Kariyev), |
|
II. Farmatsevtika tarmogʻi va sogʻliqni saqlash tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish chora-tadbirlari | ||||
|
5. |
Barcha mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarini Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)ning milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), “Oʻzstandart” agentligi |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining barcha klinik bazalarini klinik tadqiqotlar oʻtkazish boʻyicha Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
|
7. |
Farmatsevtika mahsulotining klinik-oldi tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha barcha laboratoriyalarni Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP)ning milliy talablariga moslashtirish boʻyicha majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov) |
|
8. |
Farmatsevtika mahsulotini ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi barcha korxonalarni Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)ning milliy talablariga moslashtirish nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
|
9. |
Agentlikning “Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme” (PIC/S) xalqaro tashkiloti va sohaga ixtisoslashgan boshqa xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Zarur amaliyotlar milliy sertifikatlashtirish organini sohaga ixtisoslashgan xalqaro organlardagi zarur amaliyotlar talablariga akkreditatsiya qilish va uning negizida zarur amaliyotlar milliy inspektoratini tayyorlash. |
Tadbirlar |
Ishlab chiqish — 2019-yil 1-iyunga qadar Amalga oshirish — 2019-2020 yy. |
Agentlik (S. Kariyev), Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov) |
|
10. |
Zarur amaliyotlar (GxR) talablariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiyalar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
11. |
Klinik tadqiqotlar natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash protokollariga yangi mahalliy original dori preparatlarini kiritish tartibini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Innovatsion sogʻliqni saqlash |
|
12. |
Eng ilgʻor regulyatorlik amaliyotlarini, xususan oraliq isbotlovchi maʼlumotlarga koʻra roʻyxatga olish rejimlari va ayrim toifadagi bemorlarning ixtiyoriy ravishda eng yangi terapiyadan foydalanish tartibini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-sentabrga qadar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
13. |
Farmatsevtika mahsulotlarining sifati va ular sifatini nazorat qilish usullariga qoʻyiladigan zamonaviy xalqaro talablarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining |
2020-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Agentlik (S. Kariyev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
III. Farmatsevtika tarmogʻini davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari | ||||
|
14. |
Agentlik qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), |
|
15. |
2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlarni oʻtkazish va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari roʻyxatini tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), |
|
16. |
Ulgurji va chakana savdo korxonalarida farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy texnikani saqlash hamda aylanmasi (realizatsiyasi) sifatini nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov) |
|
17. |
Klinik tadqiqotlardan oldin va ularni oʻtkazishda jarayonni hamda samarali oʻzaro hamkorlikni tashkil etish tartibini takomillashtirish, xodimlarning malakasi va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlar qiymatini va klinik tadqiqotlarni oʻtkazishning har bir bosqichida tomonlarning javobgarlik doirasini belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Innovatsion rivojlanish Agentlik (S. Kariyev), |
|
18. |
Import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Agentlik |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), |
|
19. |
Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz tatbiq qilinmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyxatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
Har chorakda (zarur boʻlganida) |
Agentlik (S. Kariyev), |
|
20. |
Xorijiy investorlarning mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning texnik koʻmagi (grantlari)ni, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda 2020 — 2024-yillarda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil |
Agentlik (S. Kariyev), |
2-ILOVA
|
T/r |
Loyiha nomlanishi |
|
1. |
Antibiotiklar |
|
2. |
Endokrin tizimi patologiyasini davolash dori vositalari |
|
3. |
Yalligʻlanishga qarshi nosteroid dori vositalari |
|
4. |
Viruslarga qarshi dori vositalari |
|
5. |
Meʼda-ichak yoʻllari patologiyasini davolash dori vositalari |
|
6. |
Immunobiologik dori vositalari |
|
7. |
Nafas aʼzolari patologiyasini davolash dori vositalari |
|
8. |
Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash dori vositalari |
|
9. |
Onkologiya kasalliklarini davolash dori vositalari |
|
10. |
Bolalarda sil (tuberkulyoz) bilan infeksiyalanishni erta aniqlash uchun diaskin testlari |
3-ILOVA