Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2202-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-aprel,
5-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-apreldagi 5-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 2-martdagi 53-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202, 2011-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 92-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 7-iyuldagi 174-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-1, 2017-yil 7-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 633-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 17-oktabrdagi 340-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-2, 2017-yil 17-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 10/17/2202-2/0133-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 31-oktabrdagi 508-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-3, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 10/18/2202-3/2139-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 22-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-4, 2021-yil 2-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2021-y., 10/21/2202-4/1136-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 5-oktabrdagi 21-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202-5, 2022-yil 5-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 10/22/2202-5/0895-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2202-6/0195-son)